2-IJODIY ISH TOPSHIRIQLARI
1-topshiriq. “islom ta’limoti asoslari” mavzusidan kelib chiqib 20 ta so’z yozing va izohlang
|
Termin
|
Izoh
|
1
|
Islom
|
arab. bo’ysunish, itoat etish – Allohga til bilan imon keltirib,dil bilan tasdiqlash, uning ko’rsatmalariga bo’ysunishni anglatadi.
|
2
|
Qur’oni karim
|
Alloh taolo tarafidan 23 yil mobaynida Muhammad payg’ambarga oyat-oyat,sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitob hisoblanadi.
|
3
|
Nabiy
|
Habarchi , habar yetkazuvchi degani.
|
4
|
Hadis
|
Arabcha so’z bo’lib,ma’nosi “habar”,”yangil”,”hikoya” demakdir.
|
5
|
Baqara
|
Qur’on karimdagi eng uzun sura 286 oyatdan iborat.
|
6
|
Kalom
|
gap,suhbat,til,so’zlashuv,nutq,bayon ma’nolarini anglatadi
|
7
|
Qadariya
|
Aqidaviy masaalada adashganlar.Ular Allohning xohishi,qazosi va qadarini inkor qiladilar va “Alloh bandalarining ishidan ojiz” deydilar.
|
8
|
Imom buxoriy
|
Buyuk hadisshunos hadis ilmining sultoni “Al-jomi as-sahih” asari juda mashhur.
|
9
|
Muhammad s.a.v
|
(571-632) –islom dini asoschisi.Eng so’ngi payg’ambar
|
10
|
Hadisi Qudsiy
|
Aytilgan hadisni ma’nosini Allohniki, aytilishi Muhammad (s.a.v) dan bo’lgan.
|
11
|
Hadisi Nabaviy
|
Muhammad (s.a.v)ning Qur’onga tayanib aytgan so’zlari,javoblari,ko’rsatmalari,qilgan ishlari haqidagi hikoyat va rivoyat.
|
12
|
Sahih
|
Eng to’g’ri ya’ni ishonchli hadislar.Imom buxoriy Imom muslim to’plagan.
|
13
|
Musnad
|
Hadislar ma’nosi asoslangan,dalillangan demakdir. Axmad ibn xanbal ibn Muso to’plagan.
|
14
|
Sunan
|
Hadislarning hammasi sahih bo’lmay,ularda zaif hadislar mavjud bo’lgan.Abu Dovud,Iso at Termiziy,an-Nasoiy va ibn Moja to’plagan.
|
15
|
Moturidiy
|
Iymon til bilan iqror qilib,dil bilan tasdiqlash.
|
16
|
Asha’riy
|
Iymon til bilan iqror qilib dil bilan tasdiqlash va amal qilish.
|
17
|
Iymon
|
Ishonmoq,tasdiqlamoq ma’nolarini bildirib,kalimai shahodatni ya’ni “La ilaha illalohu Muhammadun Rasululloh”ni til bilan aytish va tasdiqlashdir.
|
18
|
Kavsar
|
Qur’oni karimdagi eng qisqa sura,3 oyatdan iborat.
|
19
|
Sura
|
Qo’rg’on manzil,sharaf
|
20
|
Hasan
|
Hadislarning eng go’zali
|
2-topshiriq. “Islom ta’limoti asoslari” mavzusi doirasidagi jadvalmi to’ldiring.
Islom dinining asosiy sharti-rukni
|
Diniy amallar kategoriyasi
|
Diniy bayramlar
|
Islomdagi ilk bo’linish
|
Islom (arabcha-bo’ysunish,itoat etish,o’zini Alloh irodasiga topshrish)-jahonda keng tarqalgan 3 dindanbiri hisoblanadi.Islom diniga e’tiqod qiluvchilarni arabcha ,,muslim”(,,sadoqatli”)
Deb ataladi.Islomning
Asosiy sharti ,,Allohdan
Boshqa iloh yo’q va Muhammad uning rasuli”.Islom ilohiyotining ilk shakli kalom bo’lib 8-asrda Arab halifagida vujudga kelgan.Islom dini 5 ,,asos” yoki ,,ustun” (arkon ad-din al-islomiyga) ega:
1)Kalimai shahodat;
2)Namoz o’qish;
3)Ro’za tutish;
4)Zakot berish;
5)Imkoniyat topilsa
Haj qilish;
|
1.Farz-Islom dini ta’limotiga ko’ra,inkor qilib bo’lmaydigan darajada qat’iy dalil bilan bajarilishi talab
qilingan amalga aytiladi.
2.Vojib- atamasi xanafiy mazhabi ta’limotiga ko’ra,Qur’oni karimda to’g’ridan to’g’ri buyruq,kelmagan holda bajarilishi shart bo’lgan amallarga nisbatan ishlatiladi.Masalan,vitr,
Xayit namozlarini ado etish.Vojibning darajasi farz bilan deyarli barobar.
3.Sunnat-islom shariatiga ko’ra,Rasululloh (s.a.v)
buyurgan zimmaga yuklanmagan,lekin bajarilishi talab qilingan amal.
4.Mandub-bajarilishi Afzal bo’lgan amal
5.Muboh-islom shariati
Qilish yoki qilmaslikni
Kishilar ixtiyoriga qo’ygan amallar .
|
Islom dinida Iyd
al-fitr yoki ,,Iyd Ramazon”deb nomlanuvchi musulmonlar bayrami xijriy oyi hisobida ramazon oyi tugashi bilan nishonlanadi.
,,Iyd al-adho”-Qurbon hayiti deb nomlanuvchi
Ushbu bayram iyd al-fitrdan taxminan 70 kun keyin nishonlanadi.
Ushbu bayram qo’y,mol va tuya
So’yilib nishonlanadi ,,Iyd al-adho” kuni hojilar islom dinining 5 ruknidan biri bo’lgan haj ibodatini amalga oshirdilar
|
Islomdagi ilk bo’linishlarning birlamchi zamini Muhammad (s.a.v) vafotlaridan keyin boshlangan edi.chunki musulmon jamoasiga endi kim boshchilik qiladi,degan masalada barchaning fikri bir xil emasdi.Bunga sabab musulmonlarning marhum yo’lboshchisi tomonidan jamoaga keyingi rahbar kim bo’lishi ochiq oydin ko’rsatilmagan edi.Ammo Payg’ambarga “xalifa” (o’rinbosar) bo’lishga sahobiy Abu Bakr Siddiq uchun alohida “ishora” bo’lgani manbalarda qayd etilgan.Ali tarafdorlari ,,shia” nomini olib Islomda birinchi bo’linishni boshlab berdilar.
|
Mazhablar
|
Asoschisi
|
Tarqalgan hududlari
|
Yo'nalishning maqsadi
|
Hanafiylik
|
Abu Xanifa kunyasi bilan mashhur an-Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy (699-767)dirlar.
|
O’zbekiston, Shimoliy Kavkaz,
Hindiston, Xitoy,
Markaziy Osiyo
|
chiqarilgan xulosadan musulmonlar uchun foydaliroq tomonini olish tamoyili
|
Molikiylik
|
Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abi Omir al-Asbahiydir.Hijriy 93-sanada tavallud topgan
|
Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Kuvayt, Bahraynda
|
Qur'on, sunna va ijmoga tayanadi.
|
Shofeiylik
|
Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon ibn Shofi’ al-Hoshimiy al-Muttalibiy
|
Suriya ,Misr, Sharqiy Afrila, Indoneziya, Shimoliy Kavkaz
|
Qur'on, sunna ijmo va qiyosga tayanadi.
|
Hanbaliylik
|
Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad ash-Shayboniy
|
Sau-diyArabiston,
Falastin,
|
Hanbaliy mazhabida Qur'on, sunnat, ijmo va sahobalarning gaplari asosiy o'rin egallaydi.
|
3-topshiriq.Sunniylik mazhabiga doir jadvalni to'ldiring
4-topshiriq. Shialik mazhabiga doir jadvalni to'ldiring
Mazhablar
|
Asoschisi
|
Tarqalgan hududlari
|
Yo'nalishning maqsadi
|
Ismoiliylar
|
Muhammad ibn Ismoil
|
Suriya, Yaman, Hindisron, Eron , Misr, Pokiston, Afg’oniston
|
Ularning ta’limoti ikkiga zohriy(tashqi)-ochiq va botiniy(ichki)
|
Jafariylar
|
Ja’far as Sodiq
|
Hozirda Iroq va Eronda ucharab turadi.
|
Jafariy mazhabi shia yo’nalishidagi diniy-huquqiy tizimgakirib 12 imomga e’tiqod qiluvchi imomilarning asosiy oqimidir.
|
Zaydiylar
|
5-imom Muhammad al Bokirning ukase Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan
|
Saudiya Arabistonida,
Pokiston va hokazo
|
O’z aqidalarida mu’taziliylardan iroda erkinligi va Qur’onni Olloh yaratganligi,dinniy e’tiqotni amlaiy yo’l bilan mustahkamlashga asoslanganlar
|
5-topshiriq.Tasavvuf ta’limoti va uning namoyondalari jadvalini to’ldiring.
Tariqat
|
Asoschisi
|
Ta’limoti
|
Yassaviya
|
Ahmad Yassaviy
|
Yassaviya tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g'oyasi ilgari suriladi
|
Kubraviya
|
Najmiddin Kubro
|
Kubroviya taraqqiyoti tarkidunyochilikni rad etadi. Kamolot yo'lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne'matlaridan bahramand bo'lishning joyizligi olg'a suriladi
|
Naqshbandiya
|
Bahouddin Naqshband
|
Naqshbandiya tariqati insonlarni pok va halol bo'lishga,o'z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga hayr-ehson berishga,sofdil va kamtar bo'lishga chaqiradi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |