Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Energetika va transport tizimlari fakulteti “Transport inshootlari ekspluatatsiyasi



Download 25,52 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi25,52 Kb.
#480949
Bog'liq
Fikirnoma


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Energetika va transport tizimlari fakulteti “Transport inshootlari ekspluatatsiyasi,, ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 7-19 guruh talabasi
Tojiyev O‘rol To‘lqin o‘g‘liga
TAVSIYANOMA

Iqtidorli talabamiz Tojiyev O‘rol To‘lqin o‘g‘li 2019 yildan beri Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Energetika va transport tizimlari fakulteti “Transport inshootlari ekspluatatsiyasi,, ta’lim yo‘nalishida tahsil olib kelmoqda. Shu davr moboynida Tojiyev O‘rol jamoat ishlariga ma’sulyat bilan yondashishi, zehinliligi, tirishqoqligi, mehnatsevarligi, ilmga chanqoqligi tashabbuskorligi, liderlik qobilyati, na’munali xulqi hamda faolligi bilan ajralib turadi. U nafaqat universitet miqyosida balki respublika miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlar va tanlovlarda ham muntazam faol ishtirok etib yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.


Filialning “Yoshlar ittifoq,, boshlan‘ich tashkilotida Yoshlar yetakchisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o’rinbosari, o‘zining notiqlik san’ati va mustaqil ravishda tizimli fikrlash, hozirjavoblik kabi qobilyatlari bois turli xil tadbirlarda rag‘batlantirilib kelinmoqda. Bundan tashqari “O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi,, , “O‘zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi,, va Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi volontyori sifatida ko’plab tadbirlar o’tkazib kelmoqda.
2021 -yil “Oltin qanot” volontyorlar tashkiloti, “Yosh volontyorlar akademiyasi” va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikda o’tkazilgan “Yetakchi liderlar” online forumida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2021- yil 13-14 mart kunlari Samarqand viloyatida bir qator nufuzli tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan “Samarkand youth forum 2021” da faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2021- yil 28-29-oktyabr kunlari Termiz shahrida bo’lgan “Davlat xizmatlaridan foydalanish bo’yicha aholi bilan ishlash uchun volontyorlarni o’qitish” treningda ishtiroki uchun Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan.
2021- yil Islom Karimov nomidagi TDTU Termiz filiali ma’muriyati tomonidan Tojiyev O‘rolning ota-onasi tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2021- yil “Yosh saylovchi 2021” forumi doirasida Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan “Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” targ’ibot aksiyasida faol ishtiroki hamda amaliy yordami uchun Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2021- yil O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar kelajak drayverlari” shiori ostida I viloyat forumida faol ishtiroki uchun O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2021- yil Nemis xalq universitetlari assotsiatsiyasi (DVV) va “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifiy markazining “O’zbekistonda davlat va fuqorolik jamiyati bilan hamkorlikda ta’lim, o’zaro muloqot va zaif guruhlarning radikallashishiga qarshi barqarorligini oshirish orqali zo’ravon ekstremizmni oldini olishga ko’maklashish” loyihasi doirasida “Yoshlarning ongini manipulyatsiya qilishning dolzarb jihatlari, radikallashuv, zo’ravon ekstremizm va terrorizm muammolari, media-kontent tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib qilish” mavzusida volontyorlar uchun tashkil etilgan 3 kunlik treningda faol qatnashganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2021 - yil Yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi tomonidan “Ishonch yorlig’i” va Mentori unvoni bilan taqdirlangan.
2021 - yil 10-12-iyun kunlari “Scientific progress markazi”, “Yoshlar ittifoqi”, “Adolat” sotsial demokratik partiyalari tomonidan Respublikamiz miqyosida o’tkazilgan “Strategy forum”ni yuqori saviyada tashkillashtirishda ko’maklashgani uchun forum tashkilotchilari tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan.
2021- yil Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari qoshidagi “Volontyorlar maktabi” mentor-trenerlari uchun o’tkazilgan o’quv-seminarni muvaffaqiyatli tamomlaganligi uchun Yoshlar ishlari agentligi direktori, Senator A.Sa’dullayev tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan.
2021- yil Islom Karimov nomidagi TDTU Termiz filiali Energetika va transport tizimlari fakulteti tomonidan Tojyev O‘rolningning ota-onasi tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2021- yil “Farg’ona yoshlar SAMMITI 2021” da faol ishtiroki uchun sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2021- yil UNDP, UNESCO, UNODC, Peace building Fund, O’zbekiston yoshlar ishlari agentligi va O’zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi qo’shma dasturi doirasida o’tkazilgan “O’zbekiston Respublikasi volontyorlik madaniyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish” mavzusida trenerlar uchun treningni muvaffaqiyatli tamomlagani uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2021- yil O’zbek xalqaro huquq Assotsiatsiyasi va Westminster Academy tomonidan Surxondaryo viloyatida bo’lib o’tgan “Termez Volunteers Forum” da faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlanadi.
2021-yil Termiz davlat pedogogika institute va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda o’tkazilgan Zakovat intellektual o’yini “Institut ligase 2021” turnirining jamoaviy bahslarda o’zining zukkoligi va topqirligi bilan faol ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlangan..
2021-yil 23-27-may kunlari bo’lib o’tgan “UPWARD GROWTH FORUM” xalqaro onlayn forumida “Eng faol tashkilotchi” sifatida ushbu forumni yuqori darajada o’tkazilishiga qo’shgan hissasi uchun hamda tashkiliy masalalarda o’z jamoatchiligi bilan barcha tashkilotchilarga o’rnak bo’lib kelganligi uchun tashakkurnoma taqdirlangan.
2021- yil bir qator tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “THE FUTURE YOUTH” onlayn konfrensiyasida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2021-yil 10-15 may kunlari “Yoshlarni ijtimoiy, siyosiy va zomonaviy kasblardagi bilim va ko’nikmalarini yanada rivojlantirish” maqsadida o’tkazilgan “Future Juventud Forum” onlayn forumida tashkilotchi sifatida ishtirok etganligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.
2021-yil 25-26-sentabr kunlarida o’tkazilgan “Yuksalish” VI mavsum onlayn xayriya forumi doirasida tashkil qilingan “Islohat uchun taklif #saylov 2021” nomli tanlovda faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
Tojiyev O‘rol har bir ishda tashabbuskor, jur’atli, to’g’ri so’z, mehribon va g’amxo’r talaba. Berilgan topshiriqlar va vazifalarni bajarishga masulyat bilan yondashadi, filial talabalari orasida alohida hurmatga ega.
Tavsiyanoma “Tranport inshootlari va avtomobil yo‘llari”kafedrasi
tomonidan Tojiyev O‘rol To‘lqin o‘g‘liga “Yil talabasi 2021” tanlovida ishtirok etish uchun berildi.

Tranport inshootlari va avtomobil yo‘llari”


kafedrasi mudiri: M.Karimov
Download 25,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish