Ishsizlik va inflyasiya darajasining iqtisodiy tahlili



Download 238,88 Kb.
bet1/4
Sana09.10.2022
Hajmi238,88 Kb.
#851987
  1   2   3   4
Bog'liq
8-мавзу (2)
Obilov O\'ral, pejogomosupis, Raqamli dasturiy boshqarish, 1 курслар Меъёрий хужжатлар бўйича масъуллар, 1-курс фан ўқитувчилари, ogiz-boshligi-shilliq-qavati-tuzilishi-va-funksiyasi-obshqdagi-patologik-jarayonlar-morfologik-eleme, 7-мавзу (1), 9-SINF-Geometriya, Fanga oid kompetensiyalar-fayllar.org, 51.Ergasheva Hilola 7-son, 2 5339307401684197664, dental caries, 3-lekciya, file




Mavzu-8. ISHSIZLIK VA INFLYASIYA DARAJASINING IQTISODIY TAHLILI


Reja:

1. Aholi bandligi siyosati, usullari va yo‘nalishlari


2. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari, turlari, asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari
3. Inflyasiyaning mohiyati va turlari va hisoblash usullari


8.1. Aholi bandligi siyosati, usullari va yo‘nalishlari

Aholi bandligini muayyan darajada barqaror ushlab turish har qanday mamlakat oldida turgan murakkab vazifalardan sanaladi. Bandlik sohasida bozorning o‘zini o‘zi avtomatik suratda tartibga solish jarayoniga ta’siri har doim ham sezilmaydi. SHu sababli bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan barcha mamlakatlarda doimiy, bandlik sohasiga ta’sir ko‘rsatish shakllari va vositalari jihatidan egluvchan choralarni qo‘llash asosida bandlikni tartibga solish siyosati amalga oshirilmoqda. Aholining to‘liq va samarali bandligini ta’minlash har qanday demokratik jamiyatning muhim vazifalaridan biridir.


Bandlik siyosati – bu jamiyat va uning har bir a’zosining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi chora tadbirlar yig‘indisidir.
B andlik sohasidagi davlat siyosati ikkita asosiy vazifani hal qilishga qaratilgan: birinchidan, amalda investitsiyalanadigan kapitalning ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish. Jadal va foydali amal qiladigan kapital ishchi kuchidan samarali foydalanishning eng muhim dalilidir; ikkinchidan, mehnatga layoqatli aholini kishilarning me’yordagi hayot kechirishlarining muhim sharti sifatida ish joylari bilan ta’minlash.
Aholi farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish davlatning an’anaviy vazifasi hisoblanadi.
Davlat mehnat bozorida ikki turdagi siyosatni, ya’ni passiv va aktiv siyosatni amalga oshirishi mumkin. Passiv siyosat ish izlayotgan fuqarolarni ro‘yxatga olish, ishsizlik nafaqasini tayinlash, uni taqdim qilish tizimini tashkil etish, ishsizlar va ularning oilalarini qo‘llab quvvatlashning pulsiz shakllarini amalga oshirish bilan cheklanadi.



Download 238,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti