19-MAVZU. INFORMATIKA XONASIDA O‘QUV-TARBIYA
ISHLARINING TASHKIL ETISH
Reja:
1.
O`quv jarayonini rejalashtirish tizimi
2.
Darslar tizimini tayyorlash
3.
Informatika darsini o`tkazishga tayyorlash va
rejalashtirishning ajralib
turuvchi xususiyatlari
4.
O`quv jarayonini tematik va xar bir darsni rejalashtirish
5.
Dars rejasi, uning asosini tashkil etuvchilari
6.
Dars tahlili
Darsga tayyorlanish – og`ir ish, bu o`qituvchining o`ziga
xos ijodiy
laboratoriyasi, lekin yaratish uchun uslubiyot soxasida yaxshi nazariy bilimga ega
bo`lishi, shu bilan birga darsga tayyorlanish va rivojlantirishni bilishi kerak.
Rejalashtirish tizimi o`z ichiga quyidagilarni oladi.
1.
Yillik va yarim yillik rejalashtirish.
2.
Tematik rejalashtirish
3.
Har bir dars rejasi.
Bunday taqsimlanishga muvofiq darsga tayyorlanishni uch bosqichga
bo`lish mumkin:
ya`ngi o`quv yiliga tayyorlash;
o`quv temasi bo`yicha fanlar
tizimining tayyorlanishi;
navbatdagi darsga tayyorlanish.
Birinchi bosqichda sinf o`quvchilari tomonidan nima uchun, nimaga va
qandvy o`qitish kerak degan savollar echiladi. Bunda o`quvchilar o`tgan yili
nimani va qanday o`qiganligini kelajagini ko`ra bilishi zarur.
Informatika bo`yicha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki hujjatlar:
o`quv jarayonida informatika darsing o`rni,
darsning mazmunini aniqlovchi, kursning rasmiy dasturi;
tematik reja, odatda Xalq ta`limi ministrligining instruktiv hujjati yoki
o`qituvchi uchun metodik qo`llanmalari
O`quv yili boshlangunga qadara o`qituvchi programmani,
tushuntirish xatini
o`rganib chiqadi, maktab darsligi mazmunini tahlil qiladi, o`qituvchi va o`quvchi
uchun alohida adabiyotlar ro`yxatini tuzadi.
O`quv rejasi va dasturiga muvofiq darslar bo`yicha o`quv materialini
taxminiy bo`linishini o`z ichiga olgan yillik yoki yarim yillik rejalashtirish amalga
oshiriladi.
Tematik rejalashtirish har bir aniq darsda berilgan mavzu bo`yicha
darslarning umumiy zanjirida muhim bo`g`inday ko`rib chiqishga imkon beradi.
Bu, shubhasiz, har bir darsning ahamiyatini oshiradi, o`qitish sifatini butunlay
yaxshilaydi.
Tematik rejalashtirishning sxemasi
Darslar
1
2
3
4
5
.
.
.
.
K
1.
Dars maqsadi
2.
Darsning turi
3.
Darsning shakli
4.
O`qitish usuli
5.
Apparat ta`minoti
6.
Dasturiy ta`minoti
7.
Pedagogik
dasturiy
ta`minoti
8.
Adabiyotlar
va
internet
saytlari
Takrorlash uchun atamalar
Yangi bilimlar va atamalar
Yangi ko`nikmalar
Informatika darslariga va informatika xonasida darslarni o`tkazishga
tayyorlanish va rejalashtirishning ajratib turuvchi xususiyatlari, dars negiziga
qo`shilishi kerak bo`lgan pedagogik vositalarni bo`laklarini, barcha aspektrlarni
yaxshilab ko`rib chiqish zarur.
Pedagogik dasturiy ta`minot ishlatilishi mo`ljallanayotgan dars stsenariysini
ishlab chiqishda o`qituvchi bir qator omillarni hisobga olishi kerak.
Ular orasida;
-
real maqsadga muvofiq o`sha yoki
boshqa pedagogik dasturiy
ta`minotlarni ishlatish;
-
tayin vaqtda pedagogik dasturiy ta`minotdan foydalanishda talab
qilinadigan bilim;
-
o`qituvchilarning komp`yuter bilan ishlashda
gigienik chegarasi;
-
pedagogik dasturiy ta`minot talab qiladigan tayyorlik va qobiliyat.
-
pedagogik dasturiy ta`minotning tayyorligi, ishlash imkoniyati va texnik
holati.
Informatika darsiga tayyorlanish o`qituvchining boshqa darslarga
tayyorlanish rejasidan farq qilmaydi. Lekin bir qancha hal qiluvchi omillar borki,
ularsiz informatika darsiga tayyorlanish samarasiz bo`ladi va maqsadga muvofiq
emas.