Ishlab chiqarishda boshqaruv



Download 0,6 Mb.
bet1/5
Sana18.04.2020
Hajmi0,6 Mb.
#45750
  1   2   3   4   5
Bog'liq
str



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” FAKUL’TETI

MENEJMENT KAFEDRASI

5340200 – “Menejment bakalavr ta’lim yo’nalishi bo’yicha

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Mavzu: Inqiroz sharoitida strategik boshqaruv imkoniyatlarini oshirishning zaruriyati (MCHJ shaklidagi “ UZ – HANWOO engineering QK misolida)

Talaba: Mizrabov G’.

Bitiruv malakaviy ishiga

rahbar-maslahatchi: dots.X.G’oziyev

Bitiruv-malakaviy ishi 2014 yil ____ iyun kuni dastlabki himoyadan o’tgan. “Menejment” kafedrasining 2014 yil ____ iyun kungi (№ ____ sonli majlis bayoni) yig’ilishi qaroriga asosan himoyaga ruxsat berilgan

Farg’ona – 2014

MUNDARIJA

KIRISH..................................................................................................................3

1-bob. INQIROZ SHAROITIDA STRATEGIK BOSHQARUV IMKONIYAT-LARINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI..................................7

1.1. Strategiya va strategik boshqaruv to’g’risida tushuncha…...…………….…7

1.2. Strategik rejalashtirish va uning bosqichlari..……………….…………….15

1.3. Inqirozning yuzaga kelishi va uni bartaraf etishda strategik boshqaruvni ro’li………………………………………………………………………....22

2-bob.“UZ-HANWOO ENGINAREERING” QO’SHMA KORXONASIDA STRATEGIK BOSHQARUV JARAYONLARIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAXLILI……………………………………………………27

2.1. “UZ-HANWOO ENGINAREERING” qo’shma korxonasining strategik

rejalashtirish asoslari…………………………………….………………27

2.2.“UZ-HANWOO ENGINAREERING” qo’shma korxonasining moliyaviy

natijalari taxlili…………………………………………………………..44

3-bob.INQIROZ SHAROITIDA “UZ-HANWOO ENGINAREERING” QO’SHMA KORHONASINING MEXNAT VA MODDIY RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO’LLARI…….49

3.1. Inqiroz sharoitida mexnat resurslarini oqilona tashkil etish……………..49

3.2. Strategik boshqaruvda korxonaning moddiy resurslari va ishlab chiqarish harajatlarini o’rni va ahamiyati…………………………………………….53

XULOSA……………………………………………………………………….61

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………...64

ILOVALAR…………………………………………………………………….65



KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi, uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallagan boshqaruv mutaxassislarini tayyorlashni zaruratga aylantirmoqda. Bugungi kunda malakali menejerlar – sifat jihatidan yangi boshqaruv namoyondalari bu soxada ko’p masalalarni hal etmoqda. Yangilikka intilish menejerlik kasbining mazmun mohiyatini tashkil qiladi. Shu bois “Menejment” fanini chuqur va har tomonlama o’rganish, bu sohada xorij tajribasini tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish bozor munosabatlariga o’tish davrida muhim o’rin tutadi.

O’zbekiston Prezidenti tomonidan asoslab berilgan “Taraqqiyotning o’zbek modeli” tamoyillariga tayanib, mamlakatda amalga oshirilayotgan tub islohotlar uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash orqali aholining turmush farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan. “Shu nuqtai nazardan qaraganda, - deb yozadi Yurtboshimiz, bozor munosabatlariga o’tish davrida jamiyat a’zolarining o’z salohiyati va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun ularga birinchi galda keng imkoniyat va erkinlik muhitini, ham qonuniy, ham amaliy shart – sharoitlarini yaratib berish zarur. Oddiy qilib aytganda, kuch-g’ayrat bilan birga, bilim va tajribasi, aql–idroki, kasb –malakasi etarli bo’lgan, qonunlarni, o’z haq – huquqlari va majburiyatlarini yaxshi bilgan odamgina tadbirkorlik yoki fermerlik bilan shug’ullanishi, o’z xususiy ishini oqilona va samarali tashkil etishi mumkin.1

Mamlakatimiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan buyon o’tgan qarib chorak asrlik davr ichida iqtisodiyotni barqaror sur’atlar bilan rivojlantirish, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minlash alohida xalqaro jamiyatning muhim, ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, qo’shma korxonalar tuzish, korxonalarni ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish, ayniqsa kichik hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga bog’liqdir. Dastur o’ziga qamrab olgan, o’z vaqtida qabul qilingan xujjatlarda avvalo mamlakatimiz moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalarga yordam ko’rsatish, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning puxta ishlab chiqilgani o’zining amaliy samarasini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz”2.

Milliy iqtisodiyot rivojlanishining xozirgi bosqichida boshqaruv soxasida talay muammolar borligini ko’rsatmoqda. Vatanimiz iqtisodiy manfaatlari, jahon kapital bozorlariga o’zbek emitentlarni olib chiqish masalasi respublika uchun eng mos keladigan boshqaruv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi. Mazkur boshqaruv shakli tadbirkorlar uchun yangi tushunchadir, xozirgi vaqtda bozor munosabatlari va mulkdor sinfning shakllanishi jarayoni tez rivojlanmoqda, lekin investitsiyalarni keng jalb qilish orqaligina o’z ishlarini rivojlantirish va kengaytirish mulkchiligini hali to’la tushunib etgani yo’q, ayni shu sabab mavzuning nechog’lik dolzarbligini ko’rsatib beradi. O’tgan 21 yil davomida mamlakatda bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllarini yaratish hamda sog’lom raqobat muhitini rivojlantirish asosida amalga oshirildi. Shu bilan birga bozor munosabatlari sharoitida korxonalarda ishlab chiqarishni yanada jadallashtirish va korxonalarda menejment samaradorligini oshirish, korxonalarning samarali ishlashini hamda yangilanib borishini amalga oshirish, oldiga qo’yilgan reja ko’rsatkichlarini to’la-to’kis ado etish talab etiladi. Hozirgi paytdagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Respublikamiz milliy iqtisodiyot tarmoqlarida, shu jumladan korxonalarda ham boshqaruv tamoyillarini tubdan qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Respublikamiz hukumati tomonidan inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo’limlari — belgilangan kompleks chora-tadbirlarda birinchi navbatda mavjud sanoat korxonalari ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bozor iqtisodiyotida korxonani to’g’ri boshqara bilish ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo’lish, demak, yashab qolishni anglatadi. Bunga qanday erishish esa, bu boshqaruv tashkiloti san’ati, ya’ni samarali menejment masalasidir. Korxonalarning xo’jalik yuritish erkinligi doirasining kengayishi, ularga boshqaruvning tashkiliy shakl va tuzilmalarini erkin tanlash huquqining berilishi rahbarlarga boshqaruvning nisbatan tejamkor va mahsuldor tuzilmalari, moslashuvchan jarayon va metodlarini izlab topishni talab etadi.



Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Inqiroz sharoitida ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish soxalarida strategik boshqaruv imkoniyatlarini oshirish yo’llarini ishlab chiqish. Ishlab chiqarish jarayonida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni strategik boshqaruv imkoniyat-laridan samarali foydalanishni ko’zda tutadi.

Oldimizga qo`yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan:

- korxonada strategik boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishni nazariy jixatdan asoslash;

- sanoat korxonalarida tovar ishlab chiqarishni strategik rejalashtirish xolatini o’rganish;

- O’zbekistonda raqobat bozori sharoitida sanoat korxonalarida strategik boshqaruv imkoniyatlarini oshirishni ishlab chiqish.



Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi: Korxonalarda strategik boshqaruv imkoniyatlarini oshirishning zaruriyati, nazariy va amaliy masalalarini respublikamizdagi bir qator olimlar: SH.Zaynutdinov, S.G’ulomov, Rasulov.M.R, B.Kattakishiyev, I. Mamayusupov, Kazansev A.K, Kempbel D, A.Vixaniskiy va boshqalarning asarlarida yoritilgan va ularning tadqiqotlarida alohida to’xtalib o’tilgan.

Bitiruv malakaviy ishining obekti va predmeti: Ishning obekti bo’lib, MCHJ “UZ-HANWOO ENGINAREERING” qo’shma korxonasi xisoblanadi. Korxonaning inqiroz sharoitida strategik boshqaruv imkoniyatlarini oshirishning zaruriyatlarini ko’rib chiqish masalalri ushbu bitiruv malakaviy ishi predmeti xisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining uslubiy asoslari bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari,ma’ruzalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari, shuningdek, menejment va strategik boshqaruv nazariyalariga oid maxsus respublika va xorij mamlakatlarida chop etilgan ilmiy adabiyotlar, jurnal, va gazetalar, internet ma’lumotlari xizmat qiladi.

Bitiruv malakaviy ishining axborot bazasi. Axborot bazasi sifatida“UZ-HANWOO ENGINAREERING” MCHJ shaklidagi qo’shma korxonasi ma’lumotlaridan, korxonaning moliyaviy va buxgalteriya xisobotlaridan foydalanildi.

Bitiruv malakaviy ishini ilmiy yangiligi. Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, korxonada inqiroz sharoitida strategik boshqaruv imkoniyatlarini oshirishning zaruriyatlaridan samarali foydalanishda xorijiy tajribalaridan foydalanilgan.

Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Korxona inqiroz sharoitida strategik boshqaruv imkoniyatlarini oshirishning zaruriyatlari va korxonada mexnat resusrlarini to’g’ri boshqarish ahamiyatini yoritib berish natijasida mehnat unumdorligi xamda ishlab chiqarish rentabelligini o’stirish bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyatini aks ettiradi

1-bob. INQIROZ SHAROITIDA STRATEGIK BOSHQARUV IMKONIYATLARINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. Strategiya va strategik boshqaruv to’g’risida tushuncha

Strategiya so’zi grekcha «strategos» iborasidan olingan bo’lib «general san’ati» ma’nosini bildiradi. Bu atamaning harbiy sohadan kirib kelganiga ta’jublanmaslik kerak. Zero, strategiya Aleksandr Makedonskiyga butun dunyoni ishg’ol qilishga imkon tug’dirgan.

O’zbek tilining izohli lug’atida ham strategiya atamasi:

• «yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish san’ati»;

• «ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish san’ati va ilmi» ma’nosida talqin etilgan.

Xarbiy sohada hozir ham bu atama yuqori qo’mondonlik tomonidan harbiy jarayon (operatsiya)larni rejalashtirish san’ati ma’nosida ishlatiladi.

Istiqbolni aniq bashorat qilish uchun strategiya zarurdir.

Startegiya-bu:

• istiqbolni tadqiq qilish, turli stsenariyalarni tahlil qilish san’ati;

• istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g’oya;

• korxonaning umum faoliyati (fondi, quvvati, harajati, foydasi va zarar)ni nazorat qiluvchi keng qamrovli tizimdir.

Strategiya o’z harakat doirasi bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi :


  1. Obdon o’ylangan strategiya

  2. Mo’ljallangan strategiya

  3. Amalga oshirilgan strategiya

  4. Amalga oshmagan strategiya

  5. Paydo bo’ladigan strategiya

Bosh strategiya korxona vazifalarini ro’yobga chiqarishning asosiy usulidir.

Bundan tashqari korxonada quyidagi startegiyalar ham ishlab chiqiladi:



  • maxsus strategiyalar;

  • funktsional strategiyalar;

  • mujassamlashtirilgan strategiyalar;

  • diversifikatsiyalashgan strategiyalar.

Maxsus strategriyalar juda e’tiborli hollarni oldindan bashorat qilish maqsadida ishlab chiqiladi. Masalan, korxonaning bankrotlikka qarab borayotganligi payqab qolinsa uning oldini olish bo’yicha uzoq muddatga to’zilgan strategiyalar shu strategiyalar turkumiga kiradi.

Funktsional strategiyalar korxonaning ayrim bo’limlari va xizmatlari oldidagi vazifalarni amalga oshirish yo’llarini ifodalaydi. Bu ishchi strategiyalardir.

Mujassamlashtirilgan strategiyalar bu korxonaning yaxlit faoliyatini o’zida jamlagan mo’ljaldir.

Diversifikatsiyalashgan strategriya korxona (firma) larning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlar to’rini kengaytirish oldidagi vazifalarning amalga oshirish yo’llarini ifodalaydi.

Qayd qilinganlarni aniqlash jarayonida strategiyaning quyidagi tamoyillariga e’tibor berilsa foydadan holi bo’lmas edi:

• «Bo’sh kema»

• «Oqimga qarab suz»

• «O’zgaruvchanlikni rejala»

• «Yangilik ekanmi – bu yaxshidir»

• «Kelajakni o’z qo’ling bilan yarat».

Ammo strategiyani aniqlashda unutmaslik kerakki:



  • Tovuq donni bittalab cho’qiydi.

• Boshingdan oshib sakray olmaysan.

Strategiyani belgilash korxona miqyosidan boshlanadi. Strategiyani belgilash korxona menejeridan mo’ljalni aniq olishni talab etadi. Odatda korxona (firma)ning istiqboldagi faoliyatini mo’ljallash jarayoni quyidagi muhum jihatlarning tahlilidan boshlanadi (1-jadval).



1-jadval

Korxona darajasidagi strategriya



Bo’limlar

Aniqlab olinishi zarur bo’lgan jihatlar

1

2

3

1.

Marketing

• Bozorning qaysi bir segmentiga e’tiborni kuchaytirish lozim?

• Nima uchun aynan bizning tovarlarni sotib olishlari kerak?

• Assortiment va sifat qanday bo’lmog’i lozim?

• Tovarni reklama qilishdan boshlab to sotishgacha bo’lgan bosqichlarda sarflanadigan mablag’larni qanday taqsimlash kerak?

• Baho siyosati qanday bo’lmog’i lozim?

• Bozorimiz salmog’i regionlar bo’yicha qanday bo’lishi kerak?



2.


Ishlab chiqarish

 


• Ishlab chiqarishimizning mo’ljaldagi darajasi qanday bo’lishi kerak?

• Qayerga va qachon investitsiyani jalb qilish ma’qulroq?

• Ehtiyot qismlarni sotib olishimiz kerakmi yoki ularni o’zimiz ishlab chiqarishimiz ma’qulmi?

• Band bo’lgan ishchilarga qanday darajadagi malaka zarur?

• Qaysi muddatga zaxiralar bilan ta’minlamog’imiz zarur?


3.


Moliya

• Joriy va kapital harajatlar ko’lami kanday?

• Moliyalashtirish manba’lari qanaqa?

• Aylanma kapitalni ko’paytirishni qanday moliyalashtirish kerak?


4.

Kadrlar

• Xodimlarni ishga qabul qilish kerakmi yoki borlarini o’qitish lozimmi?

• Band bo’lganlar sonini qanday qisqartirish kerak?

• Ishchi kuchiga bo’lgan xaqiqiy talab qanday?

• Xodimni qanday qilib saklash yoki jalb qilish mumkin?



5.

Tadqiq faoliyati

• Tadqiqotning qaysi yo’nalishiga ustuvorlikni berish lozim?

• Tovarning qaysi jihatlariga qachon o’zgartirish kiritish kerak?



6.

Ta’minot


• Tovarni kim etkazib beradi?

• Yetkaziladigan tovar assortimentiga qanday o’zgaritirish kiritish zarur?



Manba: B.Kattakishiyev,I.Mamayusupov.Strategik menejment.

Korxonaning istiqboldagi strategiyasini asoslash maqsadida quyidagi holat-larga nisbatan xodimlarning fikrini aniqlab olish o’rinlidir (2-jadval). Boshqaruv jarayonlaridan bizga malumki xodimlar fikri va ularni ish yuritishi korxonani kelajakda qay darajaga erishishiga bog’liq bo’ladi. Bu yerda qoniqarsiz javoblar salmog’i qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik strategiyani aniq belgilash havf ostida qoladi. Misolimizda ja’mi 28 javobdan 18 ta javob qoniqarsiz bo’lgan. Demak ularning salmog’i 64 foizni tashkil qilgan. Bunday holat juda ham noxush holat bo’lib hisoblanadi va strategiyani ishlab chiqish jarayonini salbiy javoblarning chuqur tahlilidan boshlanishi lozimligidan dalolat beradi.



2-jadval

Korxonaning istiqboldagi taraqqiyotini aniqlash bo’yicha savollar



Mo’ljaldagi holatlar

Yo’q

Aniqrog’i

ha

Yo’q

ha

1

2

3

4

5

6

1.1.

Korxona o’z taraqqiyotining aniq maqsadlariga ega










+

1.2.

Reja va topshiriqlar har doim bajariladi

+










1.3.

Mahsulot aniq standart va me’yorlar asosida ishlab chiqarilyapti




+







1.4.

Mahsulot sifatini yaxshilash bo’yicha rejali ish olib borilayapti










+

1.5.

Mahsulot assortimenti, tez-tez yangilanib turadi

+










1.6.

Ishlab chiqarish to’la yuklangan

+










1.7.

Korxona doimiy tovar yetkazuvchi bilan ishlaydi.




+







1.8.

Ishlab chiqarishning to’xtab qolgan hollari kamdan-kam bo’ladi










+

1.9.

Mahsulotni sotib oluvchilarga juda ham yaxshi ma’lum

+










1.10.

Haridorlarning fikri doimo o’rganilib boriladi










+

1.11.

Asosiy raqobatdoshlar faoliyati muntazam tahlil qilib boriladi










+

2.1.

Yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilgan, tartibbuzarlik barbod bo’lish kabi noxushliklar sodir bo’lgan hollarda ularning sababchilarini aniqlash faollik bilan olib boriladi.










+

2.2.

Boshqarishning quyi va o’rta bo’g’inlaridagi ko’pgina rahbarlar o’z tinchligini turli yozishma va chiroyli hisobotlarni taqdim etish yo’li bilan saqlaydilar







+




2.3.

Axborotlarga ruhsat xodimning funktsiyasiga qarab emas balki uning egallagan mavqeiga qarab beriladi







+




2.4.

Korxonaning o’z oldiga qo’ygan maqsadi aniq emas. Ko’plarga bu maqsad noma’lum










+

2-jadval davomi

2.5.

Agar xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa, unda bu xatoni xatoga yo’l qo’ygan xodimning o’zi emas, balki eng avvalo uning boshlig’i yoki kasbdoshlari biladi.







+




2.6.

Korxonada «korxona xudbinligi» xukumron

+










2.7.

Qabul qilingan qarorlarni xodimlar o’zlari uchun emas, balki o’zlariga qarshi qarorlar deb qabul qilishadi.

+










2.8.

Ko’pgina rahbarlar boshqarishni kollektiv asosida bo’lishiga intilishmaydi. Ular «Buysinuvchiga buyrug’» qabilida ish tutadilar.










+

2.9.

Rahbarlar to’g’risida gap borar ekan, odatda «Ular yuqoridagilar» deb sha’ma qilishadi










+

2.10.

Ixtiloflar ko’p hollarda mayda-chuydalar tufayli yuzaga keladi










+

2.11.

Majlislar uzoq davom etadi va ko’p hollarda natijasiz tugaydi. Bu yerda gap masalaning mohiyati haqida emas, balki o’zining nafsoniyati to’g’risida boradi













2.12.

Xodimlar qanchalik o’z kasbini biladi va uni qanday darajada uddalayapti, u haqida rahbar juda ham kam biladi. Hattoki u xodim mehnatini qaysi me’yorlar asosida baholashni ham bilmaydi










+

2.13.

Ishda g’ayrat, ishtiyoq tashabbus kam uchraydi

+










2.14.

Ko’pgina xodimlar shartnomalarning tuzilganini, ish rejimini va mansabga oid qo’llanmalarni sinchkovlik bilan «kovlashadi». Ular o’zlarining xaq huquqlariga nisbatan xushyor










+

2.15.

Rahbarlarning o’quvsizligi ko’pgina xodimlarni ta’jubga soladi. Shu saviya uchun ham shuncha uzoq o’qish kerakmidi? Unday rahbarlar nimaga qodir ekanliklarini ko’rsata olmaydilar.







+




2.16.

Zero, ketgan vaqt va sifatsiz bajarilgan ish oxir oqibatda korxonaga, qolaversa har bir xodimga ziyon yetkazadi, degan tashvish hamma vaqt ham o’z aksini topmaydi.

+










2.17.

Xodimlar kollektiv uslubidagi rahbarlikni unchalik yoqtirmaydilar. Ular korxonaning rivojlanish yo’nalishini aniq bilishni xoxlaydilar. Topshiriq olishni va agar u bilan bog’liq bo’lgan qaror noto’g’ri bo’lgan bo’lsa, bu uchun qayg’uradilar










4-

Manba: B.Kattakishiyev,I.Mamayusupov.Strategik menejment.

Qoniqarsiz javoblarning ko’pligi strategiyani ishlab chiqishda korxona menejeridan puxta o’rganishni talab etadi.

Xo’sh, strategik boshqaruvning o’zi nima? Strategik boshqaruv - bu korxona (firma)ning istiqboldagi maqsadi va imkoniyati bilan xodimlar manfaatini uyg’unlashtirishga mo’ljallangan uzoq muddatli boshqaruv usulidir. Boshqacha qilib aytganda, strategik boshqaruv - bu strategik maqsadni amalga oshirishga qaratilgan boshqaruv faoliyatidir.Ayrim korxona (firma)lar turli sababalarga ko’ra strategik boshqaruv jarayoni bilan chuqur shug’ullanmaydilar. Bu sabablarning ayrimlarini keltiramiz:

• yuqori pog’onadagi rahbariyat korxona ahvolini to’liq tavsiflovchi axborotga ega emas. Bunday hol mavjud hisob-kitoblar, axborot tizimining mukammal emasligi oqibatida bo’lishi mumkin. Tabiiyki bunday sharoitda boshqaruvchilar mazkur korxonaga raqobatdosh bo’lgan korxonalar to’g’risida, bozordagi talab, tannarh baho haqidagi ma’lumotlarga ega bo’la olmaydilar. Ko’pchilik menejerlar korxona faoliyatini bilishi nuqtai nazaridan o’zlarini yuqori baholaydilar. Ular odatda salbiy ma’lumotlarni tan olishmaydi va ularga o’zgartirish kiritishga o’rinishadi.

• ko’pgina firma rahbarlari mavjud holat yordamida korxona nufuzini saqlab turishga harakat qilishadi. Ular yangilikka intilishmaydi, xodimlar tomonidan inovatsiyaga bo’lgan tashabbusini qo’llab-quvvatlamaydi.

• aksariyat rahbarlar korxona (firma)ning joriy rejalarini tuzishni afzal ko’rishadi, kundalik vazifalari bilan cheklanishadi. Bunday hol ularni korxona istiqboli to’g’risida fikrlashga undamaydi.

• o’tkinchi muvaffaqiyat menejerlarning eski rahbarlik uslubini qo’llashga majbur qiladi. Aynan shunday holat bugungi kun yoki istiqboldagi holatni inkor etishga undaydi.

Bunday va shunga o’xshash salbiy sabablarga qul bo’lgan rahbar korxona inqirozga yuz tutgandagina strategik boshqaruvga murojaat qiladilar. Afsuski, unda kech bo’lgan bo’ladi.

Strategik boshqaruv usulining paydo bo’lishi va amaliyotga qo’llanish zaruriyati ob’ektiv sabablar bilan bog’liq bo’lib, bunga eng avvalo korxonaga ta’sir qiluvchi tashqi muhitning o’zgaruvchanligi muhim rol o’ynaydi. Bu usulning rivojlanishi bir necha bosqichni o’z ichiga oladi.

Bajaruvchanlikni nazorat qilish asosida boshqarish usuli. Bu bosqichda

korxonaning o’zgarishga bo’lgan ta’sirlanishi (reaktsiyasi) voqea sodir bo’lgandan so’ng paydo bo’ladi. Bu reaktiv moslashuv bo’lib, ko’pgina korxona rahbarlariga xos. Ammo tez sur’at bilan sodir bo’ladigan o’zgarishlar sharoitida bunday usul hech ham qo’l kelmaydi.

Ekstrapolyatsiya qilish asosida boshqarish usuli. Bunda o’zgarish sur’ati tezlashadi. Ammo istiqbol (kelajak)ni faqat oldingi davr o’zgarishlari tendentsiyasiga asoslanib ekstropolyatsiya qilish yo’li bilan belgilash mumkin (uzoq muddatli rejalashtirish).

O’zgarishlarni oldindan bashorat qilish asosida boshqarish usuli. Bu usul o’zgarish sur’ati tezlashib, kutilmagan voqealar sodir bo’lgan hollarda shunga mos ravishda strategiyani ishlab chiqish yordamida amalga oshiriladi (strategik rejalashtirish).

Shoshilinch ixcham qarorlarni qabul qilish asosida boshqarish usuli. Bozor munosabatlari barcha sohalarga shiddat bilan kirib kelayapti. Shunday sharoitda turli tuman vazifalar tezkor paydo bo’ladi. Ular faqat uzoqni ko’zlagan holda rejalashtiriladi va boshqarilish amalga oshiriladi (strategik boshqaruv). Umuman olganda strategik boshqaruv evolyutsion tarzda strategik rejalashtirish bag’rida paydo bo’ladi va uning tub mohiyatini aks etadi. U tubdan yangi strategiyani qo’llash bo’yicha qiyinchiliklarga duch kelgan korxonalar uchun juda ham qo’l keladi.



    1. Download 0,6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish