O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” FAKULTETI
«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
O’QUV - TANISHUV AMALIYOT
HISOBOTI
Madad-Invest
(amaliyot o’tkazilgan joy nomi va manzili)
Guruh: K 4 – 19 I
Yo’lchiyev Sanjar
Institut tomonidan tayinlangan rahbar: ___________________
Korxona tomonidan tayinlangan rahbar: ___________________
Hisobotga qo’yilgan baho:___________
FARG’ONA 2021
MUNDARIJA.
Kirish…………………………………..............................……………………………………… 3.
1.“Madad invest”bankining umumiy harakteristikasi va sturukturasini o’rganish........... ................... ......................................................6
2. Asosiy yo’nalishlar va bankning umumiy ichki tartib qoidalari va faoliyati…….....................................................................................9
3.Bank onlain xizmatlari…………………………………………….20
Xulosa…………………………………………………………………….. 21
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………..………………………......... 24.
Internet saytlari……………………………………………..........……... 25
Kirish
Tijorat banklari xodimlarining yurtdoshlarimiz xonadonlariga kelib, ularni tadbirkorlikka jalb qilish yuzasidan bevosita muloqotlar o‘tkazishi yo‘lga qo‘yildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muxtor Shonazarov. – Uchrashuvlar mobaynida yurtdoshlarimizga chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, meva-sabzavot yetishtirish, issiqxonalar tashkil qilish singari yo‘nalishlarda kredit ajratish tizimi soddalashtirilgani, imtiyozlar joriy etilgani ma’lum qilindi. Bank xodimlari tomonidan ushbu faoliyat turlarining namunaviy biznes-rejalari taqdim etildi. Natijada joriy yilning birinchi choragida tijorat banklari tomonidan mazkur yo‘nalishda qariyb 1 trillion 500 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. 218 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi.
“Xalqni tadbirkor qilish” shiori ostida o‘tkazilayotgan joriy ko‘rgazmada mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari, yetakchi sug‘urta, lizing, axborot texnologiyalari kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar namoyish etilmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Hunarmand” uyushmasi singari kichik biznes subyektlari, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida bank tizimi bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan tashkilotlar ham ishtirok etmoqda.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.
Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bo‘lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyasiya darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi.
Demak, iqtisodiyotda tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatlikning ta’minlanishi, birinchidan, bankning iqtisodiyotdagi rolini oshirsa, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq, bu muvozanatlikni ta’minlanishiga qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir qiladi.
Masalan, 90 yillarning oxirlarida Rossiyada, shuningdek, qator sobiq ittifoq respublikalarida, shu jumladan malakatimizda ham pullarni muomalaga chiqarish hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarni vujudga kelishiga, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida debitor – kreditor summalari miqdorining sezilarli darajada oshib ketishiga olib keldi.Banklarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ularning rolini real sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo‘lib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning to‘lovga layoqatsizligi korxonalarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bo‘lgan kuchli talabni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta, ushbu talab to‘lig‘icha banklarning kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish uchun etarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo‘ladi.Bundan tashqari, eng muhimi banklar tomonidan berilgan kreditlarning to‘liq qaytmaslik xavfi, ya’ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo‘lsada, banklar kredit quyilmalari hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, balki banklar ham tijorat muassasa sifatida asosiy e’tiborini iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi banklar risk asosida kredit sifatida beradigan mablag‘lari o‘z mablag‘lari emas, balki chetdan jalb qilingan boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |