Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq oichash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf oichash tizimlarining qoilanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug1, yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng m aqbul rejim ini ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bogiiq holda tez aniqlashga imkon beradi. Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini oichash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi. Sarf olchash uchun ishlatiladigan asboblar sarfo ‘Ichagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o ‘tgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf olchaydigan asboblar oniy sarfni oichaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa, uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi. Moddaning hajmiy sarfi 1/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda oichanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta ’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarfo ichagichlar deyiladi. Modda miqdorini oichaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. Hisoblagichlar o ‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va hokazo) mobaynida oichaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m 3) yoki massa (kg, t) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita oichash asboblari boiib, ularning shkalasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi. Sanoatda keng tarqalgan sarf vamiqdor oichagichlar ishlash prinsipi va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga boiinadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug1 va gazlarning sarfmi oichaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1) bosim farqi o ‘zgaruvchan sarfoichagichlar; 2) bosim farqi o ‘zgarmasarfo ichagichlar; 3) tezlik bosimi sarfoichagichlari; 4) o‘zgaruvchan sathli sarfoichagichlar; 5) induksion sarfoichagichlar; 6) ultratovushli sarfoichagichlar; 7) kalorimetrik (issiqlik) sarfoichagichlar; 8) ionli sarfoichagichlar. Oichanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarfoichagichlar suv, mazut, bug‘, gaz va hokazolar sarfmi oichagichlarga boiinadi. Suyuqlik va gazlarning miqdorini oichaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy guruhlarga boiinadi: 1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari. Quyida texnologik jarayonlarni nazorat qilishda keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |