O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
“Tasdiqlandi”
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
dotsent___________F.B.Ahrorov
2021 yil “ ____” ________
IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMMUNIKASION
TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR
FAN SILLABUSI
Kafedra mudiri __________________dots. M.Xolmurzayev
Fan o’qitiuvisi ___________________ass. A.A.Adilov
Toshkent – 2021 yil
Fan Sillabusi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Fan to’g’risida ma’lumot
Fan shifri: ( ICTM116)
Fan nomi: Iqtisodiyotda axborot-kommunikasion texnologiyalar va tizimlar
Semestr/Yil: 1-semestr/ 2021-2022 o’quv yili
Kafedra: Raqamli iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari
Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS (180 auditoriya soati)
Ma’ruza
|
Amaliy mashg’ulot
|
Laboratoriya
|
Mustaqil ish
|
Jami
|
10
|
0
|
12
|
158
|
180
|
Ta’lim yo’nalishi -5230800 Soliqlar va soliqqa tortish sirtqi
Ta’lim yo’nalishi -5231200 Sug’urta ishi
Fan bo’yicha mashg’ulotlarning joylashuvi:
Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan
Talablar:
Fan uchun mas’ul kafedra: Raqamli iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari Instruktor to’g’risida ma’lumot
Instruktor: A.A.Adilov
Kafedra joylashgan joyi: TDIUSF, _____ -o‘quv binosi, _____ -xona
Telefon: 93 3544999 ish telefoni
E-mail: AxrorAdilov0101@gmail.com
Ish vaqti: Dars jadvaliga asosan
Fan tavsifi
Mamlakatda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko’rsatishga to’sqinlik qilmoqda.
Ushbu kurs yordamida talabalar iqtisodiyotda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari, dasturiy va texnologik ta’minoti, zamonaviy texnik vositalar, operasion tizimlar va zamonaviy dasturlarda axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama o’rganadilar.
Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va unda bulutli texnologiyalarni qo’llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini ta’minlashning strategik yo’nalishlari, raqamli iqtisodiyotning blokcheyn texnologiyalari bilan amallarni bajarish, biznes-muhitlarda biznes axborot tizimlarining faoliyat yuritishi, elektron biznes va biznes anatilika xisobotlarini tayyorlash va samarali foydalanish bo’yicha har tomonlama bilimlarga ega bo’ladilar.
Fanning maqsadi
mustaqil fikrlashni namoyish etish;
mustaqil ishlashga tayyorlash;
axborotlarni qayta ishlash uchun texnik ta’minot, zamonaviy operasion tizimlar funksiyalari bilan tanishish va dasturiy vositalarda iqtisodiy masalalarni yechishni o’rganish;
tarmoq texnologiyalari bilan tanishish va internet xizmatlaridan oqilona foydalanish;
iqtisodiyotni turli sohalarida raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan foydalanish asoslarini o’rgatish va ularda ishlash;
elektron xukumat to’g’risida amaliy ko’nikmalar va nazariy bilimlar bilan har tomonlama tanishtirib chiqish;
elektron biznes turlari bilan tanishi va savdo amallarini bajarishni o’rganish;
katta hajmdagi kelib tushayotgan axborotlarni samarali qayta ishlash uchun intellektual tizimlari va biznes-analitikadan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |