Ipak qurtining ichki sekreksiya orginlari va jinsiy bezlari



Download 0,75 Mb.
bet1/2
Sana09.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#649170
  1   2
Bog'liq
Ipak qurtining ichki sekreksiya orginlari va jinsiy bezlari


Ipak qurtining ichki sekreksiya orginlari va jinsiy bezlari

Reja
Suyuqlik pufakchasi ikki joyidan keskin rivojlanish


Ipak ajratuvchi bezlar
Ipak ajratuvchi bezning o‘lchami

Ipak hosil bo‘lishi va uning ajralib chiqishi tut ipak qurtlaridagi oqsil almashinuvi jarayonining eng katta qismidir: Ipak ishlab berish uchun ipak qurti tanasidagi juda ko‘p oqsil va ko‘p miqdor energiya sarf bo‘lishi kerak. G‘umbakning vazni odatda ipak qurti vaznining yarmini tashkil etishi hisoblab chiqilgan. 12% gacha quruq modda va 13% energiya pilla o‘rash uchun sarf bo‘ladi. Ipak hosil qilish- ipak qurtining rivojlanish davridagi faoliyatsiz va himoyasiz bosqichida (g‘umbaklik bosqichida) qo‘lay sharoit vujudga keladigan maxsus ajratish faoliyatidir. Bu faoliyat organizmning tashqi muhitga nihoyatda moslanishidan iborat, chunki buning natijasida bu bosqichdan oldingi bosqich uchun mo‘ljallangan moddalar almashinuvi shu bosqichda bo‘lib o‘tadi, ya’ni g‘umbaklik bosqichidan oldin ipak ajralib chiqadi. Xonakilashtirilgan ipak qurtlari juda ko‘p ipak ajratadi, bu uzoq vaqt olib borilgan tanlash ishlari natijasidir; xonakilashtirilmagan ipak qurtlari anchagina kam ipak ajratadi.


Ipak - maxsus bez ajratib chiqaradigan quyuq cho‘ziluvchan suyuqlikdir. Ipak ajratuvchi bez kelib chiqish jihatidan so‘lak bezlarining shakli o‘zgargan ikkinchi juftidir. Ipak ajratuvchi bez - juft naysimon organ bo‘lib, deyarli tiniq, shishasimon juda ochiq qahrabo (och sariq ), ba’zan yashilroq rangli bo‘ladi. Bu bez qurt tanasi bo‘shlig‘ining ikki yonida va ichakning o‘rta yo‘lidan salgina pastroqda joylashgan, faqat umumiy hajmi jihatidan undan salgina kichikroqdir. Bezning har bir tomoni ipak ajratuvchi bo‘lim bilan boshlanadi, undan keyin suyuqlik pufagi keladi, suyuqlik pufagidan suyuqlik yo‘llari ketadi, bu yo‘llar pastki labga joylashgan ipak ajratuvchi toq naychaga borib qo‘shiladi va shu yerga kelib tugaydi. Ipak ajratuvchi bo‘lim ipak qurti qorin qismining oltinchi bo‘g‘imidan boshlanadi va nisbatan ingichka egri-bugri naychadan iborat bo‘ladi.
Bu bo‘lim bezning eng uzun qismi bo‘lib, ipak qurti beshinchi yosh oxiriga yetganda juda uzayib ketadi; egri-bugri joylarining oralig‘i ham shunga muvofiq
ravishda uzayadi, uning egiklari qorin qismining ettinchi va sakkizinchi bo‘g‘imlariga borib kiradi. Qorinning to‘rtinchi yoki beshinchi bo‘g‘imida ipak ajratuvchi bo‘limning old qismi kengaya boshlaydi va bezning eng yo‘g‘on qismiga - suyuqlik pufakchasiga aylanadi.
Suyuqlik pufakchasi ikki joyidan keskin qayrilgan bo‘lib, bir- biriga parallel joylashgan uchta tirsak (burilish) hosil qiladi. Ikkinchi (o‘rtadagi) tirsak qolgan ikkitasiga qaraganda bir oz uzunroq va yo‘g‘onroq bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi tirsaklar oralig‘idagi yegik birinchi yoshdagi ipak qurtlari qorin qismining ikkinchi bo‘g‘imida bo‘ladi.
Beshinchi yoshda o‘sib ketgan bezda u ko‘krak qismining ikkinchi bo‘g‘imiga ko‘chadi. Ikkinchi va uchinchi tirsaklar oralig‘idagi ikkinchi egik birinchi yoshdagi ipak qurtlari qorin qismining uchinchi bo‘g‘imida, beshinchi yoshdagi qurtlarning esa oltinchi bo‘g‘imiga joylashgan. Shunday qilib, birinchi yoshdagi qurtlarda suyuqlik pufagi o‘rtadagi tirsagining bo‘yi bir bo‘g‘im uzunligicha qisqaradi, beshinchi yoshdagi qurtlarda esa yetti bo‘g‘imni egallaydi; beshinchi yoshdagi qurtlarda o‘rta tirsakning yo‘g‘onligi 5 mm ga yetadi. Uchinchi tirsak, asta-sekin ingichkalanib borib, juft chiqaruv bezining eng ingichka qismi - juft yo‘lga aylanadi: uning yo‘g‘onligi beshinchi yoshdagi qurtlarda 0,2- 0,3 mm, ya’ni suyuqlik pufagidan 15 marta ingichka bo‘ladi.
Juft chiqaruv yo‘lining naychalari birinchi yoshdagi qurtlarda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yotadi, beshinchi yoshdagi qurtlarda esa halqa-halqa bo‘lib buraladi; bular qorin qismining ikkinchi yoki uchinchi bo‘g‘imlaridan boshlanib, bosh bo‘shlig‘ida tugaydi, bu yerda ular bitta toq yo‘lga qo‘shiladi, bu yo‘l butunlay boshga joylashgan bo‘lib, o‘z navbatida uch bo‘limdan: orqa, ipak siqib beruvchi va oldingi bo‘limlardan iborat bo‘ladi.
Orqa bo‘lim juft yo‘llar qo‘shilgan y yerdan boshlanadi va naychaga o‘xshagan bo‘ladi: ipak siqib o‘tuvchi bo‘lim maxsus presslovchi organdir;oldingi bo‘lim ham naychadan iborat bo‘lib, bu naycha pastki labga joylashgan konussimon do‘mboqchadagi- ipak ajratish naychasidagi teshik bilan tamomlanadi.
Ipak ajratuvchi bezning bo‘yi beshinchi yoshda juda o‘sib ketadi, serhosil
zotlarda bu bezning bo‘yi ipak qurtining bo‘yidan deyarli besh marta uzun bo‘ladi va 35 sm ga, og‘irligi esa 1,7 g ga yetadi.




72 rasm [27]A- Ipak chiqaruvchi bezning chizmasi B- Ipak chiqaruvchi bezning


flyurografiya rasmi:
1-Glands of filippi – filippi bezlari .

  1. Anterior section birinchi ipak chiqaruvchi yo‘l;

  2. -Reservior section -- suyuqlik pufakchasi (rezervuar)

4.Posterior section-- ipak chiqruvchi (fibrik ajratib chiqaruvchi) bo‘lim.


73- rasm .[27]


Ipak ajratuvchi bez - juft naysimon organ a- tiniq, shishasimon juda ochiq
b-kahrabo (och sarik):c- och pushti: d- pushti rangli

Ipak ajratuvchi bezning o‘lchami biror zot qurt pilla o‘rash vaqtida ajratib chiqaradigan ipakning miqdoriga to‘g‘ri keladi.


Serhosil zot qurtlarning bezi kamhosil zot qurtlarning beziga qaraganda ikki martadan ziyodroq yirik bo‘ladi. Ularda ipak ajratuvchi bo‘lim, ayniqsa, yaxshi rivojlangan bo‘lib, serhosil zot qurtlarda kamhosil zot qurtlarnikiga qaraganda 3,3 marta uzun va 6 marta og‘ir bo‘ladi.
Ipak ajratuvchi bezlar har bir bo‘limining (ipak ajratuvchi, suyuqlik pufagi va juft hamda toq chiqaruv yo‘llarining) uzunligi o‘rta hisobda quyidagicha nisbatda bo‘ladi: 6 : 2 1/2 : 1.
Qurtlar o‘sgan sari ipak ajratuvchi bez ham kattalashib boradi, ammo dastlabki to‘rt yoshda o‘sish bilan kattalashish bir me’yorda borsa, beshinchi yoshga borib, bezning bo‘limlari rivojlanishida birdan keskin o‘zgarish ro‘y beradiki, buni quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan yaqqol ko‘rish mumkin.





74-rasm.
Siquvchi apparat naychasi (ipak chiqaruvchi bezning siquvchi apparat naychasi): 1-ipak chiqarish
naychasi,(ichn -ipak ajratish naychasi); 2- toq ipak chiqaruvchi yo‘l;
3- naychaning baland joyi; 4- naychaning keng joyi; 5- siquvchi apparat naychasida qisilib qolgan ipak tomchisi;
6--lione bezining ipak chiqarish yo‘li;
7-- lione bezi;
3m-4 m-muskullar.

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ipak ajratuvchi bo‘limning o‘lchami juda ham kattalashib ketar ekan. Ipak ajratuvchi bo’limning hajmi uchinchi yoshda atigi 0,15 mm, to‘rtinchi yoshda1,09 mm, beshinchi yoshning boshida 7,8 mm bo‘ladi, beshinchi yoshning oxiriga borib, u birdan kattalashib ketadi va deyarli 250 mm ga etadi.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish