Intellektual tizimlar haqida umumiy ma’lumot. Informatsion Intelektual tizimning iqtisodiyotdagi vazifalari. Ekspert tizimlari tarkibi. Bilimlar bazasi



Download 67,79 Kb.
bet1/13
Sana21.06.2022
Hajmi67,79 Kb.
#690137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
axborot


Mavzu: Intelektual tizimlar va texnologiyalar
REJA:
1.INTELLEKTUAL TIZIMLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
2. Informatsion Intelektual tizimning iqtisodiyotdagi vazifalari.
3. EKSPERT TIZIMLARI TARKIBI. BILIMLAR BAZASI
4. Intelektual tizimlarining yaratilishi va ulardan foydalanish.
5. Intelektual tizimlarini prognozlashning uslublari va modellari
6.Intelektual tizimlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish


KIRISH.
“Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash o‘quv rejasida «Intellektual tizimlar» fani maxsus fanlar tarkibiga kiritilgan. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti - “5521900 - Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash mazmuni va saviyasining majburiy minimumiga bo‘lgan talablar’ga muvofiq tuzilgan. «Intellektual tizimlar» fanini o‘qitishdan maqsad: «Intellektual tizimlar» haqida umumiy tushunchalar berish, ekspert tizimlar va bilimlar bazasidan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish. Intellektual tizimlar - xisoblash texnikasini takomillashtiruvchilarning diqqat e’tibori yetuk ekspert tizimlarini yaratishga qaratilgan. Bu birinchidan, EXMda yoki shaxsiy kompyuterda (ShK) yechiladigan masalalar sinfini, EXMning mavjud imkoniyatlarini va undan foydalanuvchilar ishtiyoqini kengaytirish, ikkinchidan ulardan foydalana bilish, ShK va dasturlash sohasiga mansub bo‘lmagan shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar bilan aloqasini soddalashtirishdir. Yetuk ShKlar topshiriqlarni kiritish va ijodiy jarayonni amalga oshirish, haqiqiy (tabiiy) til so‘rovlarini qabul qilish, axborotni belgi, tasvir, signal ko‘rinishida qayta ishlash, ShKdagi bor bilimlarni yig‘ish imkoniyatiga ega. ShKda joylashtirilgan yetuk interfeys kompyuterlarining bir qismi bilangina tanish bo‘lgan insonlarni mashinada ishlashiga yordam beradi. Shuning uchun yetuk EHMlarning kelajagi porloqdir. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish va iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish borasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ekspert tizimlarini ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqarishida qo‘llashni talab etmoqda. Bu esa informatika va informatsion texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanayotgan kadrlarni chiqarishda intellektual tizimlar fanini axamiyati nihoyatda yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda. Fanni o‘qitishning maqsadi — oxirgi foydalanuvchiga u yoki bu masalani yechishda uning kasbi faoliyati doirasida malakali mutaxasis (ekspert)larning yillar davomida orttirgan bilimlaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Fanning asosiy vazifalari - intellektual tizimlar, sun’iy intellekt g‘oyalari va usullar, bilimlar, ma’lumotlar yig‘indisi va ular yordamidagi boshqaruv sistemalari hamda mantiqiy qidiruv, assotsiativ hisoblash amallari kabilarni o‘rgatishdir.
«Itellektual tizimlar» fanini o‘rganishi natijasida talaba yoki malakasini oshiruvchi shahs quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ladi: - bilimlar bazasining algoritmini yaratish; - zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlaridan foydalanib bazalar tuza olish; - yuqori darajadagi algoritmik tilda dasturlar tuza olish; - turli muhandislik masalalarini yecha olish; - tanlab olingan predmet soxa uchun intellektual tizim yarata bilish; - foydalanuchi uchun qulay interfeys tuza olish va boshqalar. Insonlarning zamonaviy kompyuterlarda turli masalalarni yechishi (algoritmlash va dasturlash), ulardan zamonaviy axborot texnologiyalar bo‘lgan INTERNET, elektron pochta, kompyuter tarmoqlari, multemedia, grafik dasturlarida ishlashi mumkin. Bundan tashkari INTERNET tizimi orqali turli fanlar bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarga ega bo‘lishi, fizika, kimyo kabi tabiiy fanlarda tajribalar natijalarini qayta ishlashda ShKdan oqilona foydalana olishi mumkin. Talabalarning «Itellektual tizimlar» fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot - pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muxim axamiyatga egadir.



Download 67,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish