Insoniyat yaralibdiki doimo uyushib yashab kelgan



Download 20,26 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi20,26 Kb.
#925641
Bog'liq
Microsoft Word Document


Insoniyat yaralibdiki doimo uyushib yashab kelgan .
Chunki bir joyda uyushib yashash turli xil xavf-xatardan himoyalashni osonlashtirgan .Shu sababli ovular ,qishloqlar va shaharlar paydo bo’lgan .Ayniqsa ishlab chiqarishning o’sishi va mehnatni tashkil etish masalasi kun tartibiga qo’yilishi bilan xalqni bir joyda to’planib yashash istiqbolini yanada rivojlantirdi .Bu hol mamlakatimiz halqlari tarixiga mos bo’lib ,xalqimizning turmush tarzi va tafakkurida o’chmas iz qoldirgan .O’zbek qishloqlarida turli marosim va to’ylarni o’tkazish uchun oqsoqollar muhim rol o’ynagan .Qishloq oqsoqoli obro’li ,halol inson bo’lib boshqalarga o’z ta’sirini o’tkazgan .Chorvador xalqlarda ham qishgi va yozgi yaylovlarda muvaqqat ovular bo’lgan hamda ularni oqsoqollar ,yurtning obro’li insonlari boshqarganlar .Shaharlarning paydo bo’lishi bilan mahallalar yuzaga kelgan . Uzoq tarixda turli xil kasb egalari alihida – alohida bo’lib birlashganlar . Natijada baqqollar, kosiblar kulollar va h.k. mahallalari paydo bo’lgan. Lekin yaqin o’tmishda barcha kasb egalari aralash-quralash bo’lib ketgandan keyin ma’lum bir hudud mahalla bo’lib shakllanadi . Mahallalar ham davrga qarab o’zgarib boradi , ularning boshqaruv shakli ham yildan – yilga takomillashib , hozirgi ko’rinishga ega bo’ldi. Mahallaning o’ziga xos turmush tarzi bo’lib , kim bo’lishidan qat’iy nazar uning qonun-qoidalariga bo’sunadi, bir-birlariga yordam beradi, to’y – ma’raka , hasharida birga bo’ladi. Shu sababli mahallaning turmush tarzi unda yashayotganlar tafakkyrida o’ziga xos iz qoldirdi.
Mahallada norasmiy ijtimoiy aloqalar tizimi tarkib topgandir. Agar biron to’ bo’lsa, oqsoqolning biror og’iz gapi bilan barcha qo’ni-qo’shilar xizmatda bo’ladi. Kim choy qaynatadi,kim masalliq olibkeladi. Xotin-qizlar ham barchasi xizmatda bo’ladi.
Ma’raka ham xuddi shunday,bir og’iz gap-so’zsiz ijro etiladi.Hamma mahalla sha’nini saqlashga harakat qiladi .Bu yerda jamoa va oqsoqollar fikriga bo’yso’nish tamoili ustuvordir.Bu narsa sharqona ruxiyatga mosdir .Shu sababli xalqimiz orasida “Mahallang otang –onang”, “Bir bolaga yeti maxilla ota –ona “ iboralari paydo bo’lgan bo’lib ,kishilarning eng hursanchilik va og’ir kunlarida ham msxala insonlarning kuniga yaraydi, yordam ko’rsatadi, kishilarning ko’nglini ko’taradi .Yuqorida keltirilgan iboralarning mazmun moxiyati naqadar chuqur bo’lib tarix sinovlaridan o’tgan .Shuning uchun xalqimiz orasida hamon yangi mazmun bilan yashab kelmoqda .
Ayni paytda maxilla ko’pchilik uchun ma’naviyat muxit hisoblanadi .Chunki bu yerda iborat bo’larli voqialar ham ,ogohlantiruvchi voqealar ham sodir bo’ladi .Agar mahallada ma’naviy muhit yomon bo’lsa ,u yerda turli bezorilar , jinoyatchilar , noqonuniy ishlar bilan shug’ullanuvchilar ko’payadi . Agar ma’naviy muxit yaxshi bo’lsa , buning teskarisi bo’ladi ,ya’ni ilimli , iymonli , mehnatkash insonlar ko’payadi . Shu sababli ma’naviy muxit shaxsnin ham ,butun avlodni ham muayan yo’nalishda shakillantiradi ,tarbiyalaydi ,ijobiy hislatlarni yuzaga chiqaradi ,ularninomaqbul ta’sirlardan himoya qiladi .Ma’naviy muhit har qanday yutuq va kashfiyotlarnig (chetdan qabul qilingan yangi qadriyatlarning ham ) taqdirini belgilaydi:yo rivojlantiradi, yo unutilishiga mahkum etadi yoki deformatsiya qilib , o’ziga moslashtiradi .
M’naviy muhit – jamiyatning hissiy , aqliy va jismoniy kamolot borasida erishgan o’rtacha saviyasi asosida vujudga kelgan talablari va ularning amalga oshirish tartibi. Muhit odatda, barqarorlikka bir tekislik va bir xillikka intiladi, uning talablari va t’siri hammaga birdek – o’rtacha bo’ladi. Uning talablariga javob berish uchun kimlardir o’zini tarbiyalaydi,takomillashadi, o’sadi va hokazo. Kimlar uchundir umumiy ma’naviy muhitning talablari kamlik qiladi. Bunda shxslar yoki ijodiy guruhlarning imkoniyatlari to’liq yuzaga chiqmasdan qolish xavfi tug’iladi. Shu boisdan umumiy ma’naviy muhit doirasiga nisbaran xoslashgan tabaqaviy , kasbiy-professional yoki guruhiy muhitlar-submuhit mavjud. Submuhitlar o’zaro biroz farq qiladi. Farq muayyan ijtimoiy guruh , tabaqa va sinflarning psixologiyasi va siyosiy mavqei , intilishlari ta’sirida vujudga keladi. Ammo bu farqlar ortiqcha baholanmasligi va ma’naviyatga bolshevikchasiga mutloqlashtirilgan sinfiylir nuqtai nazaridan yondashish uchun asos bo’lmasligi kerak. Submuhit umum muhitdan ajralib keta olmaydi va pirovardida uning talablariga bo’ysunishga majbur bo’ladi.
Har bir yosh avlodning ma’naviy yetuk, komil shaxs bo’lib voyaga yetishida musaffo havo , tabiat bilan birgalikda mahalla va oila muhiti juda katta rol o’ynaydi.
Buyuk yunon olimi Demokritdan bir kishi kelib so’raydi: - Hozirgi yoshlar to’g’risida nima deya olasiz ?
--Hozirgi yoshlar o’z bilganidan qolmaydilar ularda kattalarga hurmat , kichiklarga izzat yo’qolgan, mahmadona va o’zbashimcha bo’lib ketishgan . Buning oldini olish uchun oiladagi va mahalladagi tarbiyani kuchaytirish kerak,- deb javob beribdi buyuk mutafakkir.
Demak, mahalla kishilarning tarixan shakllangan yagona maqsad bilan yashab , faoliyat ko’rsatadigan makoni hisoblanad. U o’zbek xalqining turmush tarzi ,ruxiyati ,ijtimoiy hayotining o’ziga xos xususiyatlarini aks etiruvchi, milliy ananalarni, urf – odatlari , axloqiy ma’naviy qadiryatlarini avloddan - avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan bo’lib kelgan. Maxalla insonlarining millati , yoshi ,jinsi ,dini ,irqi tili ,e’tiqodi ,ijtimoiy kelib chiqishi ,shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo’lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta oila hisoblanadi .Bu oila insonlarning bir- biriga bo’lgan o’zaro hurmati ,muhabbati ,mustaxkam do’stligi asosida yashaydi ,faoliyat ko’rsatadi
Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog’liq .Zotan maxilla oilalardan tashkil topadi .Farzandlar oila bag’rida kamol topgani kabi ,oila ham mahalla ichida ravnaq topadi ,nurli kelajak sari intladi .Kerak bo’lsa ,mahalla oilaning eng yaqin maslaxatchisi ,tog’day tayanchidir .Sharq xalqlari chunonchi o’zbek xalqi shu narsani biladi ,teran ma’no mazmunini yaxshi tushuvadi . Darhaqiqiqat, Sharq xalqlari uchun muhim xususiyat xursandchilik kunlari ham , boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdart va hamnafas bo’lishdir. Insonlar o’rtasidagi bunday bog’liqlik va hamjihatlikning muhim vositasi – mahalladir PROFESOR O. Musurmonovaning “ Oila ma’naviyati - milliy g’urur ,, ( Toshkent : “ O’quvchi ,, 1999) nomli kitobida mahalla haqida malumot beriladi .
Zotan ,to’p –to’p bo’lib mahalla –mahalla bo’lib kuv kechirganda yashash uchun turli qulayliklar vujudga kelgan ,odamlararo muhim munosabatlar ,muomala yo’sinlarishakillangan .
O’zbekistonda turmush madaniyatini yuksaltirish va juda ko’plab muammolarning hal etilishida tarixiy vazifani bajargan mahalla –halqning halq bo’lib maydonga chiqishiga eng birinchi omillardan bo’ldi, desak sira yanglishmagan bo’lamiz halla birlashtiruvchi kuch bo’lib ,Vatanning bir bo’lagi hisoblanadi . Mahallada yutuqlar , kam ko’stlar ham qo’ni –qo’shnilarga ma’lum .Odamlarning bir –birlarini yaxshi bilishlari natijasida o’rtada mexir –oqibat paydo bo’ladi .Mehr5
Oqibatning boshi andishalikda.Bularning barchasi xalqimizni ma’naviy jixatdan yuksaltirgan, uni madaniyatli xalqlar qatoriga ko’targan eng qimmatli milliy belgilar-
dandir .Mahallani tinchlik va osoyishtalik qo’rgoni, deyish ham mumkin. Afsuski ,bizda mahallalar tarixi kam o’rganiladi .Aslida ,millat tarixini o’rganish maxallalar tarihini o’rganishdan boshlanadi.
Bizda mahallalar yangi o’zaro yaqin hamkorlik va turli hunarmandchiliklarning ham maskani bo’lgan .Mahallalar nomlarining o’zi ko’xna bir tarix; ko’nchilik ,pichoqchilik ,jivoz kashlik ,charxchilik etikdo’zlik va hokazo .Shu bilan birga «professorlar», “olimlar “,”shifokorlar” ,” geologlar “ nomi bilan yurutiladigan mahallalar ham mavjud .
Mahalla shunday bir muqaddas makonki, unda insonlar bir- birlari bilan opa- singil,aka- uka, quad- anda, do’st-birodar bo’lib, bir xonadondagi to’yu maraca, motam, barcha xonadonlarning farzand tarbiyasida ham barcha mahalla ahli mas’ul, yutuqlar ham kamchiliklar ham umummahalla ahliniki hisoblanadi. Shuning uchin ham halqimizda “ Otang – mahalla , onang –mahalla “ degan naqil bejiz aytilmaydi .
Mahalla haqidagi gap ketganda , yurtboshimiz I. Karimov takitlagani dek : Asirlar mobaynida mahallalarda ko’pdan – ko’p muammolar o’z yechimini topip kelar. To’y- marakalar ham , xaytu xashadlar ham mahalla ahlisiz o’tmaydi. Mahallalarda siyosiy , iqtisodiy va boshqa masalalarga dair jamoatchilik fikri shakillanadi . Bu esa halqimizning turmush tarzi , ota – bobolarimizdan bizga meros bo’lib kelayotgan tafakkur tarzida . Binobarin , hayotning o’zi mahallalarni rivojlan tirish va ularni qo’llab – quvatlasni taqoza etmoqda. Mamlakatimizda ko’p miqdorda islohatlar amalgam oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchnli tayanch va tasi’rchan kuch bo’lib hizmat qilishi lozim .
Mahallalarning faolitatini yanada jonlanlatirash va ularning tasirini kuchaytirish maqsadida Prezidentimiz va Respublika Oliy Majlisning qator ibratli farmon va qonunlari hayotga tadbiq qilinmoqda .
Mahalla katta mamlakatning ichidagi kichik bir mamlakatdir , katta davlat ichida kichi davlat . Shuning uchun uni boshqaruv tizimi bo’lgani kabi, uning o’ziga has ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy – ma’rifiy faoliyat mexanizm ham asirlar davamida shakillangan .
Mahaqlla , unda yashovch oilalar va turli hal yoshu jinsdagi insonlar uchun hos bo’lgan tadbirlar amalgam oshirilib kelinmoqda . “Balli qizlar “ , “ Yoshlar mustaqil hayot ostonasida “ ,
“Huquqingizni bilasizmi ? “ , “ Oila mustahkamligi kimga bog’liq “, “Oila – jamiyat tayanchi “,”
“Bolali oilalarga imtiyozlar “ , “Qaynona- kelin munosabatlarining ahlaqiy –ma’naviy asoslari”
va boshqa tadbirlar .
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ushbu qonun bo’yicha mahallalarga katta huquq berildi, ularning rahbarlik faoliyati kengaytirilib budjetidan qo’shimcha shtatlar ajratildi va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tarqatish ham mahallalarga yuktatildi .
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Respublika “ Mahalla “ xayriya jamg’armasini tashkil etish to’g;risida “ gi 1999 --yil 12—sentabrdagi Farmoniga ko’ra tarixan tarkib topgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash va izchil targ’ib qilish , xalqimizning eng yaxshi udum va an’analarini keng ommalashtirish , respublikalarda mahallalarida madaniy va ma’rifiy ishlarni keng yo’lda qo’yish , shuningdek , ularni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yanada mustahkamlash choralarini davlat yo’li bilan qo’llab—quvvatlash maqsadida jamg’arma tashkil etilgani aytiladi .
Ushbu jamg’armaning asosiy vazifasi ahalining tarihan qaror topgan udum va an’analarini avaylab asrash va boyitishga har tomonlama ko’maklashish kam ta;minlangan oilalarga , nogironlar , yetimlarga va yolg’iz qariyalarga nisbatan insonparvarlik va mehrshavqat munosabatida bo’lish g’oyalarni targ’ib qilish , ularga moddiy va ma’naviy yordam ko’satish, bozor iqtisodiyoti sharoyitida mahallalarini ijtimoiy , iqtisodi va ma’daniy rivojlantirishga ko’maklashishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mahsus farmoniga ko’ra jamg’armaning hisob raqamiga 25 mln so’ pul o’tkazildi, shuningdek respublika idora va muassasalariga jamg’armaga aniq maqsadni ko’zlab yordam ko’satish tavsiya etildi . Undan tashqari mahallalarda kam ta’minlangan , ko’p bolali oilalar, yolg’iz keksalar nogironlar, yetim—yesirlar, boquvchisini yoqotgan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish , xotin—qizlarning manfaatlarini muhofoza qilish mahalla jamoat tartibini ta’minlash, yoshlar va o’smirlar o’rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, voyaga yetmaganlarninig huquqlarni muhofaza qilish yoshlarni harbiy hizmatni o’tashga jismoniy va ma’naviy tayorlash ishlari ham amalgam oshiriladi. Har bir oilaninig o’z kasbiy sulolasi bo’lganidek , mahallaning ham uzoq tarixga ega bo’lgan kasb –hunar sulolasi mavjud. Mahalaning nomlanishi aynan shu nomi bilan kam bog’liq.Masalan: zardo’lik mahallasi etikdo’zlik yoki duradgorlar mahallalari kabi. Mahallaning tartib qoidasi, qadriyatlariga barcha aml qilishi shart . Kimda-kim bularga rioya etmasa , hurmat qilmasa u mahalladagi o’tadigan tadbirlardan, to’y—marakalardan chetlatadi, taklif etilmaydi. Agarda kibra havo bilan qo’ni—qo’shni mahlla ahli an’analarini oyoq osti qilsa yoki bepisantlik bilan munosabatda bo’lsa amaldagi qonunlarga xilof ish tutsa, u mahalladan chiqarib yuboriladi. Bu esa mahalla qonunida eng oily jazodir. B u jazo ota – onaning noqobil farzandni “ oq qilsh “ I bilan tengidir . mahalalardagi choyxonalar ham o’ziga xos ahamiyat kasb qilib aynan ko’pgina tadbirlar, ta’lim—tarbiya ishlari va hokazolar ana shu joyda o’tkaziladi.
Xulosa qilib aytganda, mahalla , Sharq xalqlari uchun muhim qadriyat bo’lib uning sha’ni , gullab yashnashi taraqiyoti uchun butun kuch va imkoniyatini safarbar etadigan barchning kelajak avlod ,m illat oldidagi burch va vazifasini ado qiladigan kelajagi buyuk Vatanimizning poydevoridir
Download 20,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish