Inson yer yuzida paydo bo‘lgandan hozirgi kunga qadar hayoti davomida ezgulik va jaholat o‘rtasida kurash olib boradi. Bu shaksiz hayot qonuni, hayot tarozisining ikki pallasi



Download 18,92 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi18,92 Kb.
#551179
Bog'liq
маколаа диний багрикенглик


Inson yer yuzida paydo bo‘lgandan hozirgi kunga qadar hayoti davomida ezgulik va jaholat o‘rtasida kurash olib boradi. Bu – shaksiz hayot qonuni, hayot tarozisining ikki pallasi. O‘tgan tariximizdan bunga minglab misollar keltirishimiz mumkin.
Bu hayotda insonning buyuk baxti uning Inson bo‘lib tug‘ilishi edi. Yillar o‘tib voyaga yetgach esa o‘z Vatanining koriga kamarbasta bo‘lish unga sharaf bag‘ishlaydi. Ming afsuski, bugungi globallashuv asrida bular xususida o‘ylash tugul, hattoki, Vatanini sotuvchi, ota-onasi yuziga oyoq qo‘yuvchi vatanfurushlarning oramizda bor ekanligi achinarli… Ayniqsa, yoshlar orasida muqaddas dinimizni niqob qilish, azaliy qadriyatlarimizni oyoqosti qilish holatlarining ham ko‘zga tashlanayotganligi achiranli albatta. Ma’lumki, O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududi qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo‘lgan, xilma-xil dinlarga e’tiqod qiluvchi, bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan bir necha xalqlar yashagan o‘lkadir. O‘zbekistonning jug‘rofiy nuqtai nazaridan muhim savdo yo‘llari chorrahasida joylashgani, ko‘plab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani turli xalqlarning diniy va ma’naviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o‘zga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta’sir ko‘rsatgan. Bu esa o‘ziga xos millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan.
Bugungi kunda respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari umrguzaronlik qilib keladilar. Turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritadi. Jumladan, birgina Toshkent viloyatining Angren shahar rus milliy-madaniyat markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy-madaniyat markazi, Oqqo‘rg‘on tumani koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyo‘l shahar tatar milliy-madaniyat markazi kabilar fikrimizning yaqqol isbotidir.
Maʻlumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom maʻnodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq va maʻruzalarida tinchlikni taʻminlash, millatlar va dinlararo totuvlik muhitini ko‘llab-quvvatlash, din niqobidagi ekstremizm va terrorizmga qarshi ayovsiz kurash masalalarini asosiy tamoyil sifatida ilgari surmokda.
Taraqkiyotning asosiy omillaridan biri bo‘lgan bag‘rikenglik borasida 1995 yil 16 noyabrda BMT tizimida Fan, taʻlim va madaniyat sohasida ixtisoslashgan tashkilot (YuNESKO) bosh konferensiyasining 28-sessiyasida «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» qabul qilindi. Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qatʻi nazar, bag‘rikenglikni targib etish, inson huquq va erkinliklariga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar belgilab qo‘yilgan.
1998 yil 6 noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan YuNESKO Ijroiya Kengashining 155-sessiyasida «Tinchlik madaniyati va YuNESKOning aʻzo davlatlaridagi faoliyati» deklaratsiyasi qabul qilindi. YuNESKOning «Tinchlik madaniyati» konsepsiyasi BMT tomonidan maʻqullanib, 2000 yil «Xalqaro tinchlik madaniyati yili», 2001 yil esa «Xalqaro madaniyatlararo muloqot yili» deb eʻlon qilindi. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, yurtimizda ayniqsa diniy bag‘rikenglik masalasiga nihoyatda katta eʻtibor qaratilib kelinmoqda. Davlatimiz siyosatining asosini tashkil etadigan diniy bag‘rikenglik tamoyilining nihoyatda muhim ekanligini bugun turli millat vakillari istiqomat qiladigan yurtimiz misolida ko‘rish mumkin. Zero, har bir inson, uning diniy qarashlaridan qatʻi nazar do‘st-inoq, birodar bo‘lib yashar ekan, bu yurtda faqat va faqat tinchlik-totuvlik hukmron bo‘ladi.
Download 18,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish