Injenerlik geologiyasi fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan o’zbek olimlari



Download 41,44 Kb.
bet1/3
Sana21.05.2023
Hajmi41,44 Kb.
#941926
  1   2   3

REJA

Injenerlik geologiyasi fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan o’zbek olimlari



Yer rel’efming asosiy shakl va turlari



Tog‘ jinslari massivining darzligi va ulaming tasnifi..



Gruntlar tarkibidagi suv turlari, tasnifi va tavsifi



Gruntlarning mexanik xossalari



Yer osti suvlari va ulami shakllanishi.Grunt suvlarining rejimi va ulami gidrogeologik xarita va kesmalarda ko‘rsatish.



To‘rtlamchi davr yotqiziqlarining tasnifi



Lyoss va lyossimon jinslar va ulaming xossalari..



Bino va gidrotexnika inshootlar qurilishida injener-geologik qidiruv ishlari.Tadqiqot ishlarining vazifasi.




Geologiya (geo... va...logiya) — Yer poʻsti va Yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dastlabki davri uzoq oʻtmishdan boshlanib togʻ jinslari, minerallar, rudalar haqidagi maʼlumotlar bilan bogʻliq. Geologiya terminini birinchi marta norvegiyalik olim M. P. Esholt (1657) ishlatgan. Geologiyaning umumiy metodi qiyosiy-tarixiy metod boʻlib, oʻtmishni bilish, zamonaviy taraqqiyotni oʻrganish orqali boʻladi (k,.Aktualizm). 18-asr va 19-asr boshlarida Geologiya tabiatshunoslikning mustaqil tarmogʻiga aylandi (xorijda U. Smit, A. G. Verner, J. Getton, Ch. Layel, M. V. Lomonosov, V. M. Severgin). Hozirgi Geologiya bir necha tarmoqlardan iborat: stratigrafiya, tektonika, dinamik, dengiz geologiyasi, mineralogiya, petrografiya, litologiya va geokimyo, foydali qazilmalar Geologiyasidan iborat. Geologiya tabiiy geografiya, geofizika („qattiq“ Yer fizikasi), kristallografiya, paleontologiya va boshqa fanlar bilan yaqindan bogʻliq. Amaliy ahamiyatga ega boʻlganlari: gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, geokriologiya va boshqa Shuningdek, boshqa tabiiy fanlar bilan tutashgan joyida tarkib topgan yangi yoʻnalishlar — petrokimyo, petrofizika, tektonofizika va boshqa G.ning alohida tarmoqlarini tashkil etadi. Geologiyada 3 asosiy yoʻnalish mavjud: tavsifiy Geologiya — minerallar, togʻ jinslari, ularning tarkibi va yotish shaklini oʻrganadi; dinamik Geologiya— geologik jarayonlar va ular evolkshiyasini tadqiq qiladi; tarixiy Geologiya va geoxronologiya — Yer pusti rivojlanishining izchilligini oʻrganadi.
Geologiya Yer yuzasida (yoki oz chuqurlikda) boʻladigan jarayonlarni oʻrganishda tabiiy geogr. fanlari (geomorfologiya, glyatsiologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanshunoslik va boshqalar) yutuqlaridan foydalanadi; chuqurlikdagi jarayonlar, radiologik yoshni aniqlashda, geologik kddiruv va razvedkada geokimyo va geofizika metodlari qoʻllaniladi („qattiq“ Yer fizikasi, seysmologiya bilan birga).
Geologiya fan sifatida odamlarning amaliy faoliyati negizida tarkib topdi va rivojlandi. Uzoq oʻtmishda odamlar temir, mis, oltin kabi sof metallar qatori qalay, mis birikmalariga boy rudalarni ham topa bilganlar. Shuningdek, ular Yerning, togʻ jinslarining hosil boʻlishi, quruqlik va dengizlarning tarqalish masalalarini hal etishga ham uringanlar. Yunon faylasufi Fales atrofdagi hamma narsalar suvdan hosil boʻlgan va soʻngra qaytadan suvga aylangan deb hisoblagan. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda togʻ tepalarida dengiz mollyuskalarining toshqotgan chigʻanoqlari topilganda. Strabon (miloddan avvalgi 63 yil — milodiy 1-asrning 20-yillari) Yer doimiy oʻzgarishda, harakatda boʻlib goho koʻtarilgan, natijada orol va qitʼalar hosil boʻlgan, goh qaytadan choʻkkan, degan fikr yuritgan. 18-asrning 2-yarmida G. fan boʻlib shakllandi. Rus olimi M. V. Lomonosov „Yer qatlamlari haqida“ (1763) asarida tabiatiing qonuniy evolyutsiyasi gʻoyasini olgʻa surdi. Shotland geologi J. Getton „Yer nazariyasi“ (1788) kitobida Yer tarixini davriy ravishda bir kontinentning yoʻq boʻlishi va yangi kontinentning vujudga kelishining toʻxtovsiz takrorlanuvchi sikllaridan iborat deb tasvirlagan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshida U. Smit, J. Kyuvye, P. S. Pallas, D. I. Sokolovlar stratigrafiya va geologik yilnomaga asos soldilar. M. V. Lomonosov va K. Goff (19-asrning 1-yarmi) aktualizm prinsipini ishlab chiqdilar. Geologiya nazariy asoslarining keyinchalik rivojlani-shi 1829-yilda Eli de Bomon yaratgan kontraksiya nazariyasi (bu nazariyaga koʻra tektonik harakatlarning sababchisi Yer yadrosining qisqarishi boʻlgan) va amerika olimi J. Xoll (1811—98) tomonidan ishlab chiqilgan geosinklinallyar toʻgʻrisidagi taʼlimot asosida boʻldi. 1930-yillarda Geologiyadan neft va gaz geol.si mustaqil soha boʻlib ajralib chikdi. Bu sohaning asoschisi I. M. Gubkin neft va gaz konlarining organik yoʻl bilan paydo boʻlishi toʻgʻrisida yangi gipoteza yaratdi va natijada VolgaUral oraligʻida „Ikkinchi Boku“ neft koni topiddi.
Oʻzbekistan hududida foydali qazilmalarni izlab topish va oʻrganish juda qadim vaqtlardan boshlangan. Geologik izlanishlar oʻrta osiyolik olimlar — Xorazmiy, Fargʻoniy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning asarlarida oʻz aksini topgan. Minerallar va ularning tasnifiga Abu Ali ibn Sino ham koʻp ahamiyat bergan. Uning „Shifo kitobi“ asarida toshlar, avvalo, mayda gil choʻkindilarining bir-biriga yopishuvi, soʻngra qotishi tufayli paydo boʻlganligi taʼkidlanadi. U osmondan tushgan tosh (meteorit)lar haqida ham oʻz fikrini aytgan. Ibn Sino togʻ hosil boʻlish va zilzilalar sababini tushuntirib, quruqliklar bir necha bor dengiz bilan almashinib turganligini taʼkidlaydi. Beruniyning minerallar haqidagi asarlari ayniqsa katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. U „Mineralogiya“, „Kimmatbaho toshlarni oʻrganish uchun maʼlumotlar toʻplami“ kabi asarlarida 50 dan ortiq mineral va maʼdan: oltin, kumush, mis, temir, qalay, margimush va ayrim mis qotishmalari va boshqa toʻgʻrisida maʼlumot berib, Movarounnahrda qanday konlar borligini aytgan. Minerallarni qattiqligi, s. of. kabi fizik xossalarini oʻrgangan. Yerning yoshini aniqlashda ham olimning hissasi bor. Oʻrta Osiyo hududini rejali ravishda urganish I. V. Mushketov faoliyati bilan bogʻliq (19-asr). U Oʻrta Osiyoning toʻliq, haqiqiy ilmiy geologik va tektonik sxemasini tuzdi. 20-asr boshlarida K. I. Bogdanovich, V. N. Veber, D. V. Nalivkin, V. A. Obruchev va boshqa tadqiqot ishlari olib borishgan. Oʻzbekistonda geologik tadqiqotlar olib borish 1920-yillardan keyin jadallashdi. Oʻrta Osiyo davlat universiteti (Toshkent)ning fizikamatematika fakultetida geolog olimlar O. K. Lange, M. M. Protodyakonov, A. S. Uklonskiy, V. G. Muxin, N. F. Bezobrazovalar rahbarligida geolog mutaxassislar boʻlimi tashkil etildi.
1920-yillar oʻrtalaridan geologik tadqiqot ishlari markaziy geol. tashkilotlaridan tashqari joylardagi muassasalarda ham olib borildi. Oʻzbekistonda geol. xizmati tashkil etildi.
1928-yilda Toshkentda geologlarning sʼyezdi chaqirildi. Sʼyezd Oʻrta Osiyoda olib borilgan geologik tadqiqotlarga yakun yasadi. Sʼyezdda Oʻrta Osiyoning kumir, neft, oltingugurt, rangli metallar, nodir metallarga boy ekanligi eʼtirof etildi. 1930—1940-yillarda regional Geologiyaga oid ishlar qilindi va ayrim kon va rayonlar mukammal tekshirildi. 1931-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti huzurida Oʻrta Osiyo geol. va qidiruv boshqarmasi tashkil kilinib, 1933-yilda Oʻrta Osiyo industriya institutining kon fakultetiga aylantirildi. 1932-yilda Fanlar qoʻmitasi tuzildi. Uning qoshida gidrogeologiya va muhandislik geol. yasi, geol. va mineralogiya sektorlari ishlay boshladi. 1937-yilda Oʻzbekistonda geologiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi, natijada geol.ning deyarli hamma sohalari boʻyicha yuqori malakali olimlar yetishtirish imkoniyati yaratildi va ilmiy tadqiqot ishlari avj oldi. Oʻsha yili Oʻzbekistonning mayda masshtabli geologik haritasi va unga oid uch jildli „Oʻzbekiston geologiyasi“ asari (1937—1939), shuningdek Oʻzbekistonning mineral xom ashyo boyliklarini tadqiq qilinishiga bagʻishlangan yirik ilmiy asarlar nashr etildi. A. V. Korolevning „Olmaliqning strukturasi va metallogeniyasi“, V. N. Nasledovning „Gʻarbiy Tyanshan va Oʻzbekiston metallogeniyasining asosiy belgilari“ va boshqa ilmiy asarlarida Oʻrta Osiyo rudali rayonlarining geologik tuzilishi va ruda konlari tasvirlab berildi.
H. M. Abdumasv „Oʻrta Osiyoning sheelitli skarn konlari“ (1947) ilmiy asarida sheelitli skarnlar, ularning istiqbollari haqida yangi nazariyani olgʻa surdi. Uning rahbarligida otqindi jinslar bilan rudali konlarning genetik bogʻliqligi haqidagi muammo ustida ish olib borildi. Bu tadqiqotlarga H. M. Abdullayev „Rudalanishning granitoid intruzivlar bilan genetik bogʻlikligi“ asarida yakun yasadi. Bu asar Oʻzbekistonda birinchi boʻlib Davlat mukofotiga sazovor boʻldi (1959). Olimning ilmiy fikrlarini Oʻzbekistan Fanlar akademiyasining akad.lari H. N. Boymuhamedov, I. H. Hamroboyev, H. A. Akbarov, muxbir aʼzolari E. M. Isamuhamedov va professorlar Q. L. Boboyev, I.M. Mirxoʻjayev, R. A. Musin va boshqa yanada rivojlantirdilar. Ular Yerning chuqur qatlamlarida sodir boʻladigan jarayonlar bilan genetik bogliq boʻlgan endogen konlarni vertikal zonalar boʻylab joylashishi haqidagi nazariyani ishlab chikdilar. Bu nazariya asosida Oʻzbekistonning metallogenik haritasi tuzildi.
1960-yillardan Oʻzbekistonda geologik tadqiqotlar atroflicha olib borildi. Petrometallogenik tadqiqotlar (H. M. Abdullayev, I. H. Hamroboyev, E. M. Isamuhamedov, H. N. Boymuhamedov, Q. L. Boboyev, T. Sh. Shoyoqubov, T. N. Dolimov), mineral geokimyoviy tadqiqotlar (A. S. Uklonskiy, 3. M. Protodyakonov, S. T. Badalov), litologik, gidrogeologik (V. I. Popov, N. P. Petrov, O. M. Akramxoʻjayev, A. G. Boboyev, V. I. Troitskiy), gidrogeologik (X. T. Toʻlaganov, M. M. Krilov, N. A. Kenesarin, N. N. Tojiboyev, S. Sh. Mirzayev), muhandislik geol.si (F. O. Mavlonov), geofizika (Ye. M. Butovskaya, V. I. Ulomov, F. Zunnunov va boshqalar), geotektonika va regional geologiya va boshqa tadqiqotlar (M. A. Ahmadjonov, O. M. Borisov), seysmologiya tadqiqotlari, metamorfizm tadqiqotlari (I. M. Mirxoʻjayev) keng koʻlamda olib borildi, respublikada koʻp oltin, gaz va neft konlari topildi.
Keyingi paytlarda Oʻzbekistan geolog olimlari tomonidan Tyanshan togʻlarining Ural toglari bilan genetik bogʻliqligi toʻgʻrisidagi fikr olgʻa surildi. Bu muammoning ijobiy hal qilinishi bilan Tyanshan togʻlarida Uralga xos metall konlarini qidirish maqsadga muvofiq boʻladi, togʻ tizmalari orasida joylashgan choʻllarning bagʻrida turli metall konlarini qidirib topish istiqbollarini kengaytiradi. Qizilqumda va Sulton Uvays togʻlarida Ural togʻlariga xos oltin, temir, nikel kabi konlarning ochilishi yuqoridagi muammoni ijobiy hal qilishga olib kelmoqda.
Oʻzbekistan geol.sini oʻrganish, turli masshtabdagi maxsus geologik haritalar tuzilganliga, mineral xom ashyo konlarining ochilishi, ularni razvedka qilib va ishlab chiqarishga topshirilganligi Oʻzbekiston Geologiya va mineral resurslari davlat qoʻmitasi geolog mutaxassislari olib borgan ishlarining mahsulidir.
Keyingi yillarda geolog olimlar okeanlar tubining tuzilishi, tarkibini oʻrganishga kirishdilar. Okean tubidagi choʻkindi jinslar ichida temir, marganes, polimetallar borligi, shuningdek okean qirgʻoqlarida tuz choʻkindilari va ular bilan neft va gaz qatlamlari bogʻliq ekanligi maʼlum boʻldi. Okean tubida tarqalgan jinslarning tarkibiy tuzilishi va ularning hosil boʻlish payti va sharoitlari mukammal oʻrganildi. Olingan maʼlumotlar asosida okean tubining tobora kengayib borayotganligi haqida yangi gipoteza ishlab chiqildi.
Oʻzbek geol. maktabi respublikada ham, undan tashqarida ham geol.ga oid ilmiy ishlab chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilgan koʻplab mashhur geolog olimlarni yetishtirdi (H. M. Abdullayev, O. M. Akramxoʻjayev, H. N. Boymuhamedov, N. P. Vasilkovskiy, V. G. Garkoves, E. M. Isamuhamedov, N. A. Kenesarin, A. V. Korolev, Gʻ. O. Mavlonov va boshqalar).
Hozirgi paytda geol.ning paleontologiya va stratigrafiya, dinamik geol., petrologiya, paleogeografiya, tektonika, geofizika, mineralogiya va boshqa sohalari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari UzR Davlat Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tasarrufidagi ilmiy tadqiqot institutlarida, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutida hamda UzMU va ToshDUda bajarilmoqda.

Relyef (fransuzcha: relief, lotincha: relevo — koʻtaraman) (geografiyada) — yer yuzasi, okean va dengiz tubidagi tashqi koʻrinishi, oʻlchamlari, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixiga koʻra turlituman notekisliklar: togʻ, tekislik, payettekislik, adir, yassitogʻ, tepalik, qir, vodiy, botiq, soylik, jarlar va boshqa pastbalandliklar majmui. R. kattaligiga koʻra quyidagi toifalarga ajratiladi: megarelyef (materik doʻngliklari, okeanlar tubi), shuningdek, bir qadar kichikroq boʻlgan shakllar (togʻ sistemalari, tekisliklar); makrorelyef (togʻ tizmalari, togʻlar oraligʻidagi botiqlar, qirlar, pasttekisliklar); mezorelyef (jarliklar, suv osti kanʼonlari, tepaliklar); mikrorelyef (karst chuqurliklari, jarlar, doʻng tepa, dasht tepaliklari va boshqalar); n a n o relyef (juda kichik chuqurchalar, doʻngchalar va boshqalar). Bu boʻlinish shartli ravishda ajratilgan. Muhim orografik birliklarni tavsiflovchi R.ning tashqi yoki morfografik belgilari, shuningdek, uning miqdoriy xususiyatlari R.ni kompleks baholash uchun har doim ham ishonchli asos boʻla olmaydi, chunki bir xil tashqi koʻrinishga ega shakllarning kelib chiqishi va rivojlanishi turlicha boʻlishi mumkin.
R. endogen (ichki) va ekzogen (tashki) kuchlarning birgalikda hamda muntazam oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi. Shuningdek, Yer yuzasining shakllanishiga gravitatsiya jarayonlari, inson faoliyati ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Endogen jarayonlar (Yer poʻstining tektonik harakatlari) taʼsiri natijasida nisbatan yirik mikyosdagi — kuru klik, dengiz va okeanlar tubida strukturali R. shakllari hosil boʻladi. Yirik R. shakllarining vujudga kelishi (sayyoraviy masshtabda), shuningdek, kosmik kuchlar — Yerning aylanishi, QuyoshOy tortilishi va boshqa bilan ham bogʻliq. Ekzogen kuchlar (oqar suvlar, dengiz toʻlqinlari, shamol va h.k.) odatda, nisbatan maydaroq R. shakllarini yuzaga keltiradi, yirik masshtabli R.larni yemiradi, pasaytiradi, mayda shakllarga boʻlib yuboradi, pastqam joylarni nurash mahsulotlari bilan toʻldiradi. Endogen kuchlar natijasida yuzaga kelgan R. shakllari morfostrukturalar tarkibiga kiritiladi. Ularda Yer poʻstining geologik strukturasi (tuzilishi) aniq ifodalanadi. R.dagi katlamlar gorizontal yotgan platformali geologik strukturalarga tekislik xududlar, burmali strukturalarga togʻli oʻlkalar toʻgʻri keladi. R.ning nisbatan mayda, asosan, ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga kelgan shakllari (dare vodiylari, jarliklar, barxanlar, qator tepalar va boshqalar) morfoskulipuralar sifatida ajratiladi.
R.ning kelib chiqishi va shakllanishini geomorfologiya fani oʻrganadi. R.ni oʻrganish natijalaridan bir qator masalalar: melioratsiya, muhandisliktexnik izlanishlar, foydali qazilmalarni qidirish va h.k.da foydalaniladi. Quruklik va okeanlar tubi R. saqida Yer maqolasiga q.[1] bu ham toʻgʻri



Download 41,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish