Bilet № 1
Dars tushunchasi
Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari
Yangi bilimlarni berish darsi va uning strukturasi
Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari
Nazorat tushunchasi
Javob
1.Dars — maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. D. muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. D. — insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni oʻquvchilarga juda qisqa vaqtda oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning D. shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. D.ni tashkil etish va uning samaradorligini taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Turkiston maktablarida taʼlimning tashqi shakliy jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan. Chunonchi, oʻquvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt oʻqiganligiga emas, balki oʻtilgan mashgʻulotlarni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida taʼlimning D. shakli boʻlganligi bilan mashgʻulotlarni sinfdars tizimi tarzida uyushtirish tajribasi boʻlmagan. Shuningdek, D.ning davomiyligi, predmetlarning oʻrinlashuvi, kundalik mashgulotlarning miqdori singari taʼlimiy chegaralar har bir oʻqituvchining uzi tomonidan belgilangan. D. kad. turkiy maorif tizimida oliy va oʻrta taʼlim boʻgʻinlarini ifoda etgan Madrasa taʼlimida ham asosiy ish shakli hisoblangan. Madrasalarda D. belgilangan muayyan tartib asosida uyushtirilgan. Ayni vaqtda, Madrasa D.larida talabalarning mustaqil oʻzlash-tirishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Qad. taʼlim muassasalari uchun D.ning jamoa va individual shakllari krri-shikligi xos boʻlgan.
D. taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, D. maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. D.da oʻquv mashgʻulotlarining individual, guruhiy va umumsinf shakllari uygʻunlashadi.
Har qanday jamiyatda D. jamiyat tomonidan taʼlim oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. D.ning vazifalari taʼlim jarayonining qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalari bilan qatʼiylashadi.
Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga koʻra zamonaviy D. oʻquv muassasasining mulkiy mansubligidan qatʼi nazar quyidagi xususiyatlarga ega boʻlishi lozim: taʼlimning tarbiyaviy maqsadlarga boʻysundirilganligi, oʻquvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratilganligi, insonparvarlik yoʻnalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda oʻzlashtirishga qaratilganligi, amaliy axa-miyatga egaligi va h.k.
Zamonaviy taʼlim tajribasida bir D. uchun belgilangan standart vaqt mavjud. Bu vaqt taʼlim muassasalarining tabiati, taʼlimning bosqichlari va oʻquvchilar imkoniyatidan kelib chiqib, 45, 40, 35 va 30 min.ni tashkil etadi.
2. Informatika fanining birinchi va muhim vazifalaridan biri o’quvchilarda aniq bir
fikrlash usulini shakllantirishdir.
O’qitish shakli va usuli yosh o’quvchilarning fikrlashini va ijodiy
qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Masalaning qiyin tomoni
shundaki, bir tomondan o’quvchining fikrlashini va ijodiy qobiliyatini
rivojlantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan ularga zamonaviy kompyuterlar olami
haqidagi bilimlarni qiziqarli va uyg’un ko’rinishda berishdir.
Informatika fanining yoshlik darajasidagi dolzarblik jihatlari quyidagilarda
akslanadi:
- O’quvchilarda axborotlarni qayta ishlash jarayonida fikrlash tartibotlarini,
jumladan, mantiqiy va abstrakt fikrlashni shakllantirish.
- Kompyuterdan o’quv vositasi sifatida foydalanishni ta’minlash
maqsadida, uning yordamida axborot ustida amaliy ishlar olib borish, zamonaviy
dasturiy ta’minot bilan tanishish.
- Kompyuterdan foydalanish ko’nikmasini shakillantirish o’quvchilarda uni
o’rganilayotgan jarayonda hisoblash, tasvirlash, tahrirlash ishlarini bajarishda
vosita sifatida qo’llash tajribasiga ega bo’ladilar.
- Yoshlarda hisoblash texnikasiga nisbatan uning samarali vosita sifatidagi
ijobiy munosabatlarni shakllantiradi.
- Yoshlarda turli o’quv kurslarida olayotgan axborot va ma’lumotlarni
kompleks ravishda o’rganish hamda ularning uzviyligini ta’minlash ko’nikmasini
shakillantiradi.
Kompyuter o’quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yaxshiroq
tushunish, o’z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki,
bunday fikrlash uyg’unligi matematika va boshqa fanlarni o’zlashtirishga katta
ta’sir ko’rsatadi.
Informatika fanining boshqa fanlarga o’xshamasligi o’quvchilarda yoqimli
o’yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o’z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga
turtki bo’lib xizmat qiladi.
8
O’quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi va tadqiqotchiga aylanishadi.
Bunda o’z tajribalariga tayangan holda ular hulosa chiqarish va umumlashtirishga
o’rganadilar.
Informatika kursining asosiy maqsadi – o’sib kelayotgan avlodni kompyuter
yordamida mustaqil fikrlashga, tasavvurini rivojlantirishga va o’zining ijodiy
rejalarini hayotda tadbiq etishga o’rgatish.
Respublikamizda 2005-2006 o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’lim
maktablarida informatika fani 5-6-7-8-9 sinflarda o’qitila boshladi. Umumiy o’rta
ta’lim maktablarida informatika fanining mazmuni quyidagilardan iborat:
5-SINF. Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun.
Kompyuter bilan tanishuv (16 soat). Mazmun. Kompyuter honasi uchun Texnika
xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiena talablari. Kompyuterning asosiy
qurilmalari, ularning vazifalari. Kompyuterni boshqarish dasturi. Kompyuterning
ba’zi qo’shimcha qurilmalari, vazifalari. Klaviaturada ishlashning boshlang’ich
saboqlari. Sichqoncha bilan ishlash ko’nikmalari. Kompyuter hisoblash vositasi
sifatida. Kompyuterda sodda rasmlar hosil qilish. Fikrlashni rivojlantirishga va
kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko’nikmalarini
chuqurlashtirishga yo’naltirilgan kompyuter o’yinlari bilan tanishish.
5 - sinf informatika fanidan mavzuviy rejalashtirish (haftasiga 0,5 soatdan, jami
17 soat)
t\r
3.Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o’quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o’quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy jihatdan foydalidir. O’quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi o’qituvchi uchun har bir o’quvchi faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo’lmaydigan ustunligi hisoblanadi.
Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog’liq..
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko’rsatilgan:
aralash darslar;
yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo’yicha yoki umumlashtirishlarni anglab yetish va o’zlashtirish maqsadiga ega darslar;
bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
o’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;
malaka va ko’nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o’rganish darsi;
o’z tuzilishi bo’yicha oddiy bo’lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo’lgan dars turlari (o’rta va katta sinflarda qo’llash uchun mos keladi).
4. . O’quv maqsadiga muvofiqligi. Test topshiriqlarining mazmuni aniqlashtirilgan (identifikatsiyalangan) o’quv maqsadlariga muvofiq bo’lishi lozim. O’quv maqsadlari majmui Blum taksonomiyasi bo’yicha ierarxik tuzilishiga ega. SHuning uchun nisbatan yaqin maqsadni amalga oshirmay turib, umumiy (nisbatan olis) maqsadga erishib bo’lmaydi. Har bir test savoli ma`lum bir o’quv maqsadining ro’yobga chiqishini ta`minlashi zarur.
2. Materialning ahamiyatliligi. Test savollariga o’quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini kiritish lozim. Testda topshiriqlar soni, odatda, cheklangan bo’ladi. Binobarin, to’g’ridan-to’g’ri qo’yilayotgan masalada barcha mavzular to’liq qamrab olinmagan bo’lishi mumkin. Talabaning umumiy holatdan xususiy xulosaga kelishi (deduktiv) va aksincha, ayrim dalillardan umumiy xulosalar (induktiv) chiqara olishi, uning nazariy qoidalarni alohida holatlarda qo’llashni nechog’lik o’zlashtirib olganini, tafsilotlarni bilishi esa nazariy asoslarni tushuntira olish qobiliyatlarini ko’rsatadi.
3. Ilmiy aniqlik. Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin bo’lgan haqqoniy ma`lumotlar kiritiladi. Fandagi munozarali qarashlarni test savollariga kiritish tavsiya etilmaydi. Test topshiriqlari tabiati, avvaldan ma`lum, aniq javob berishni taqozo etadi.
4. Izchillik. Testdagi topshiriqlar ma`lum bir fanga taaluqli, umumiy bilim mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’liq bo’lishi lozim. Izchillik ayni bir topshiriq javobini umumiy test natijalariga nisbatan munosabatida (korrelyativ) ko’rinadi.
5. To’kislik va uyg’unlik. Testdagi topshiriqlarning umumiy soni mavzu va qismlarga nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli. Bu talab test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim.
6. O’zlashtirish darajasiga ko’ra tabaqalanganligi. O’quv materialining ma`lum bir tarkibiy qismiga oid o’zlashtirish darajasi turlicha (bilish, eslab qolganini tasvirlash, samarador bilimlar va ijodiy fikrlash) bo’lgan test topshiriqlarini tuzish lozim. Bu talab ham test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim.
Bilish darajasidagi test topshiriqlari avval o’zlashtirib olingan ma`lumotlarni qayta tiklashga asoslanadi. Bunda xotira quvvati katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Reproduktiv darajadagi testlarda esa, talaba oldin o’zlashtirilgan ma`lumotlar asosida mustaqil fikrlaydi, topshiriq bajarganda esa, fanda avvaldan ma`lum bo’lgan qoida va algoritmlarga (yo’llanmalarga) suyanadi. Bunday holda u, esda qolganni tasvirlash, qayta tiklash yo’lidan boradi.
Samarador mustahkam bilimlar va ijodiy fikrlashga oid test topshiriqlari esa sinalayotgan shaxsning ma`lum umumiy uslublarni topshiriqda ko’rsatilgan aniq shart-sharoitlarga mustaqil qo’llash layoqatini sinaydi. Samarador bilimlar va ijodiy fikrlash faoliyati tayyor qoidalar va algoritmlar asosida emas, ma`lum qoidalarga ko’ra yaratilgan yoki yangi sharoitdagi faoliyat jarayonida qayta yaratilgan qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
5.Nazorat bu aniq qiymatlarni aniqlash, baholash va belgilangan qiymatlardan chetlanishlari yoki ularning bir-biriga to'g'ri kelishi va tahlil natijalari to'g'risidagi ma'lumotlarni. Siz maqsadlarni, (maqsad / maqsad), rejaning bajarilishini (maqsad / iroda), prognozlarni (iroda / iroda), jarayonning rivojlanishini (xohlaysizmi) boshqarishingiz mumkin.Nazorat predmeti nafaqat faoliyatni amalga oshirish, balki menejerning ishi ham bo'lishi mumkin. Nazorat qilish to'g'risidagi ma'lumotlar tartibga solish jarayonida qo'llaniladi. Shunday qilib, ular rejalashtirish va nazoratni yagona boshqaruv tizimiga (Controlling) birlashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida gapirishadi: rejalashtirish, nazorat qilish, hisobot berish, boshqarishNazorat jarayonga bevosita yoki bilvosita bog'liq bo'lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Tekshirish (qayta ko'rib chiqish) - jarayondan mustaqil shaxslar tomonidan nazorat qilish.
Shakl: 1.1. Boshqaruvning asosiy tushunchalari
Nazoratni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. nazorat sub'ekti (ichki, tashqi) korxonasiga mansubligi bilan;
2. majburiyat asosida (ixtiyoriy, ustavga binoan, shartnomaviy, qonunga binoan);
3. nazorat ob'ekti bo'yicha (ob'ekt uchun, qarorlar uchun, natijalar uchun);
4. muntazamlik bo'yicha (muntazam, tartibsiz, maxsus).
Umuman olganda, nazorat jarayoni quyidagi bosqichlardan o'tishi kerak:
1. Nazorat tushunchasining ta'rifi ("Controlling" keng qamrovli boshqaruv tizimi yoki shaxsiy cheklar);
2. Nazorat maqsadini aniqlash (boshqaruv jarayonining maqsadga muvofiqligi, to'g'riligi, muntazamligi, samaradorligi to'g'risida qaror qabul qilish);
3. Tekshiruvni rejalashtirish:
- boshqarish ob'ektlari (potentsiallar, usullar, natijalar, ko'rsatkichlar va boshqalar);
- tekshiriladigan me'yorlar (axloqiy, huquqiy, sanoat);
- nazorat sub'ektlari (ichki yoki tashqi nazorat organlari);
- boshqarish usullari;
- boshqarish ko'lami va vositalari (to'liq, doimiy, selektiv, qo'lda, avtomatik, kompyuterlashtirilgan);
- tekshiruvlarning vaqti va davomiyligi;
- tekshiruvlar ketma-ketligi, usullari va tolerantliklari.
4. Haqiqiy va belgilangan qiymatlarni aniqlash;
5. Tafovutlar identifikatorini aniqlash (aniqlash, miqdoriy baholash);
6. Eritmani ishlab chiqish, uning og'irligini aniqlash;
7. Yechimni hujjatlashtirish;
8. Meta-chek (chekni tekshirish);
9. Qaror to'g'risida xabar berish (og'zaki, yozma hisobot);
10. Yechimni baholash (og'ishlarni tahlil qilish, sabablarni lokalizatsiya qilish, javobgarlikni belgilash, tuzatish imkoniyatlarini tekshirish, kamchiliklarni bartaraf etish choralari)
Do'stlaringiz bilan baham: |