Imom al-Buxoriy asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn



Download 145,33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.10.2019
Hajmi145,33 Kb.
#24535
Bog'liq
Buxoriy - Vikipediya


Buxoriy

Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu

Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn

Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro —

870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang

qishlog‘i) — islom olamining yirik

mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis

ilmining sultoni deb ham yuritiladi.Otasi

Ismoil o‘z davrining yetuk

muhaddislaridan, Malik ibn Alasning

shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat

ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi


taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi

vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi

zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan

islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning

hadislarini o‘rganishga va yodlashga

kirishadi. Taniqli muhaddislar — alDoxiliy,

Muhammad ibn Salom alPoykandiy,

Muhammad ibn Yusuf alPoykandiy,

Abdulloh ibn Muhammad alMasnadiy va

boshqalardan saboq olgan. Azaldan

muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z

yurtidagi roviylardan birorta ham hadis

qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va

shundan keyingina boshqa shahar yoki

mamlakatga safarga otlanishi mumkin

edi. B. 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi

mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib,


xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l

oladi. 825 yil B. onasi va akasi Ahmad

bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado

etadi. Onasi va akasini Buxoroga

qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda

faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning

ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yil

Madinaga boradi. Madinadagi mashhur

ulamolardan Ibrohim ibn alMunzir, Mutrif

ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va

boshqa bilan muloqotda bo‘lib, ulardan

hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda

Rasulullohning sahobalari, sahobalarning

izdoshlari turli mamlakatga tarqab

ketgan edilar. Shunday sharoitda

Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash

turli shahar va mamlakatlarga borishni


taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning

taʼkidlashicha, B. Hijoz, Makka, Madina,

Toif, Jiddaga qilgan rihlati 6 yil davom

etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga

safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi.

Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx,

Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi

shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi

olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi.

Xorijiy yurtlardagi safardan keyin

Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib

etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu

ko‘shishlari bu vaqtda Buxoroda

isoblanadi. Bu asar Hindiston va

Qohirada chop etilgan. B. yaratgan „Kitob

alfavoid“ („Foydali ashyolar haqida

kitob“), „AlJomi’ alkabiyr“ („Katta


tayanch“), „Xalq af’ol alibod“, („Alloh

bandalari ishlarining tabiati“), „AlMusnad

alkabiyr“ („Katta tayanch“), „Attafsir

alkabiyr“ („Katta tafsir“), „Kitob alxiba“

(„Xayrehson haqida kitob“) va boshqa

asarlarning baʼzilari bizgacha yetib

kelmagan, baʼzilari jahonning turli

mamlakatlari kutubxonalarida

saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar

bor. B.ning boshqa asarlari orasida

„Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini

ham alohida taʼkidlash kerak. B. asarlari

musulmon dunyosining barcha Madrasa

va dorilfununlarida payg‘ambar (as)

sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik,

qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari,

olimu ulamolar va din peshvolari B.


asarlariga tayanib ish tutadilar.Istiqlol

sharofati bilan B.ning o‘lmas merosi

elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

„Imom alBuxoriy tavalludining

hijriyqamariy taqvim bo‘yicha 1225

yilligini nishonlash to‘g‘risida“gi qarori

(1997 yil 29 aprel) asosida B.ning ilmiy

merosini o‘rganish va targ‘ib qilish,

xotirasini abadiylashtirish borasida katta

ishlar qilindi. 1998 i. 23 okt.da

Samarqandda yubiley to‘ytantanalari

bo‘lib o‘tdi. www.ziyouz.com kutubxonasi

750Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak

tumanidagi Hartang qishlog‘ida ulkan

yodgorlik majmui ochildi (qarang Buxoriy

yodgorlik majmui).B.ning boy maʼnaviy


merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib

qilish maqsadida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning

tashabbusi bilan Imom alBuxoriy xalqaro

jamg‘armasi tuzildi (1998 yil 4 noyab.;

raisi Zohidillo Munavvarov).

Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni

karim va B.ning „alJomi’ assahih“i

tarjimalarining akademik nashrlarini

tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy

merosini tadqiq etish, diniyfalsafiy

mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va

shular yordamida yosh avlodni milliy

anʼanalarimizga sadoqat ruhida

tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan

boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining

maʼnaviymaʼrifiy, ilmiyadabiy „Imom


alBuxoriy saboqlari“ jur.ini nashr eta

boshladi. Jur. xalqimizni milliymaʼnaviy

merosimizdan bahramand etish, milliy,

liniy qadriyatlarning sog‘lom idrok

etilishiga yordam berishni uz oldiga

maksad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda

Buxoriyning xotirasi munosib tarzda

abadiylashtirilgan. Toshkent Islom in-tiga

B. nomi berilgan. B.ning hayoti va ijodiga

bag‘ishlab bir necha tillarda kitobalbom,

2 qismli film (1995), „Hadis ilmining

sultoni“ 4 qismli kinoqissa (1998)

yaratilgan.


Hadis 

Ism Abu Abdulloh

Muhammad ibn Ismoil

ibn Ibrohim al Buxoriy

Tavalludi 19-iyul 810-yil, Buxoro

Vafoti 1-sentabr 870-yil  

(60 yoshda),

Samarqand

Falsafa maktabi  


Aladab almufrad (Adab durdonalari), T.,

1990;


Hadis [AlJomi’ assahih], 1—4 j.lar

(2nashri), T., 1997.

Moziydan taralgan ziyo. Imom al

Buxoriy, T., 1998;



Imom al-Buxoriy maqbarasi, Samarqand yaqiniga

Asarlar


Adabiyotlar

Uvatov U., Imom alBuxoriy, T., 1998;

Madaminov S, Imom Buxoriy taʼrifi, T.,

1996;

Imom alBuxoriy — muhaddislar sultoni



[nashrga tayyorlovchilar Usmonhoji

Temurxon o‘g‘li, Baxtiyor Nabixon ugli],

T., 1998;

Dushan Fayziy Zarafshoniy, Imom

alBuxoriy, T., 1998;

Babaxanov Sh.Z., Velikiye muxaddisi o

mire i drujbe mejdu narodami, T., 1998;

Maʼnaviyat yulduzlari [2nashri], T.,

2001.Ubaydulla Uvatov.

Havolalar



Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil

al-Buxoriyning „Al-Jomi’- as-Sahih“

kitobidan hadis namunalari

Imom al-Buxoriy. Al-jomeʼ as-sahih (1-

jild)

Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad



Islom ensiklopediyasida

 

 



Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 


Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Buxoriy&oldid=2041581



" dan 

olindi 


So‘nggi tahrir 7 oylar avval Muhammadoshiq tomonidan amalga oshirildi

Download 145,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish