Ilmning avvali sukut,so`ng eshitish,so`ng yod olish,so`ng amal qilish,so`ng uni tarqatishdir.” Imom G`azzoliy.
Mavzu: Ikki qanotlilar turkumi
(7-sinf zoologiya)
Darsning texnologik xaritasi
I
|
Darsning ta`limiy maqsadi.
|
1.Ta`limiy maqsad:Ikki qanotlilar haqida ma’lumotlar, ularning yashash sharoiti, tuzilishi, xillarini ko’rsatib berish, kasallik tarqatuvchi parazitlarni odam hayotidagi zararini o’quvchilarga tushuntirib berish, ularda tasavvurni hosil qildirish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarning tana gigiyenasi haqida tushuncha berish, estetik va ekologik tarbiya berish, atrof – muhitni toza toza tutishga, o’quvchilarni ilmiy dunyoqarashuni shakllantirish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarning aylanish ikki qanotlilar turkumi haqidagi umumiy tushunchalar orqali ularda darslik ustida mustaqil ishlash , jamoa bo`lib ishlash ko`nikmalarini shakillantirish.
4. Kasbga yo`naltiruvchi maqsad:O`quvchilarni entomologik, qishloq xo’jaligida zootexnik kasblariga yo`naltirish. Odamlar sog’ligiga e’tiborliroq bo’lishga, shu soha egalari egallagan kasblar haqida yo’nalish berish.
|
II
|
Yangi mavzuning mazmuni
|
Ikki qanotlilarning oldingi juft qanotlari yaxshi rivojlangan; keyingi qanotlaridan faqat kalta o’simta saqlanib qolgan. Hasharotlar uchganida bu o’simta tebranib, ovoz chiqaradi. O’simta havoda uchayotgan hasharotlar uchun muvozanat saqlash organi hisoblanadi. Ikki qanotlilarning 150 000 ga yaqin turi ma’lum. Ulardan pashshalar, chivinlar, so’nalar, bo’kalar keng tarqalgan.
|
III
|
O`quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
|
1.Darsning shakli:Noana`naviy, suhbat, munozara, aralash ,ko`rgazmali,hamkorlikda ishliash.
2. Darsnung metodlari :
1. Uchinchisi ortiqcha metodi.
2. Venn diagrammasi metodi.
3.Bliss so`rov metodi .
4.Moychechak metodi.
5.Krossvord.
3.Darsning jihozlanishi: Ikki qanotlilar turkumlarining rasmlari, chivin va pashshaning tuzilishi va rivojlanishi aks etgan jadvallar, kompyuter, proektor, ekran.
4.Darsning usuli:didaktik o`yin texnologiyasining o`yin mashqi metodi,og`zaki, namoyish,kichik guruhlarda ishlash.
5.Baholash reyting tizimi (5- ball)
|
IV
|
Kutiladigan natijalar.
|
O`qituvchi faoliyati.
O’qituvchi ikki qanotlilar haqida mavzuga oid yangi ma`lumotlarni yoritib o`quvchilarga yetkazishda yangi texnologiyalardan foydalaniladi
|
O`quvchi faoliyati.
Ikki qanotlilarning tuzilishi,yashashi va vazifalari haqida bilim, ko`nikma ,malakalarga ega bo`ladilar.
|
V
|
Kelgusidagi rejalar.
|
O`qituvchi faoliyati.
1.O`tilgan darsni tahlil qiladi va o`zini baholaydi.
2.Kelgusida shu mavzuni yanada qiziqarli bo`lishini ta`minlaydi .
3.Yangi metodlar va g`oyalarni o`ylab topadi.
|
O`quvchi faoliyati.
Ikki qanotlilarning insonlar hayotidagi ahmiyati va ular haqidagi yangi tushunchalarni va vazifalarini do`stlari bilan o`rtoqlashadi. Hayotiy misollar izlaydi.
|
Darsning texnologik bosqichlari
N
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqti.
(min)
|
O`qituvchi faoliyati
|
Oquvchi faoliyati.
|
I
|
Tashkiliy qisim
|
3
|
1. O’ qituvchi o’quvchilar bilan salomlashadi.
2. Sinfning tozaligiga e`tibor beradi.
3.Davomatni aniqlaydi.
4.Sinfni darsga tayyorlaydi.
|
1. O`qituvchi bilan salomlashadi.
2.Darsga tayyorgarlik ko`radi.
3. Berilgan metodlar bo’yicha darsga tayyorgarlik ko’radilar.
|
II
|
O`tilgan mavzuni so`rash va xulosalash.
|
12.
|
O`qituvchi o`tilgan mavzuni 3 ta metod yordamida so`rab oliadi.
1. Uchinchisi ortiqcha metodi
2.Venn diagrammasi.
O`qituvchi o`quvchilarning bergan javoblarini xulosalaydi,yakunlaydi va olgan baholari bilan tanishtiradi. Yangi mavzuning nomini yozuv taxtasiga yozadi.
|
O`quvchilar Berilgan metodlar bo’yicha ishlaydilar va faol qatnashadilar. Nazorat topshiriqlarini bajaradilar va olgan baholari bilan tanishadilar.
|
III
|
Yangi mavzuning bayoni.
|
10.
|
Ko`rgazmali, og`zaki, suhbat usulida tushuntiriladi.
Reja:
1.Uy pashasining tuzilishi.
2.Uning ko’payishi va rivojlanishi.
3.Chivinlar haqida ma’lumot.
4.Izkabtoparlar haqida ma’lumot.
5. So’nalar va bo’kalar haqida ma’lumot.
|
O’quvchilar
o`qituvchi ma`ruzasini tinglaydilar va kerakli ma`lumotlarni daftarlariga yozadilar. O`qituvchi hamkorligida yangi mavzuni o`zlashtiradilar. Darsda faol qatnashishga harakat qiladilar.
|
IV.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash.
|
15.
|
O`qituvchi o`quvchilarning yangi mavzu bo`yicha o`zlashtirgan bilimlarini 3 ta nazorat topshiriqlari yordamida baholaydi.
3. Bliss so’rov
4. Moychechak metodi.
5.To’g’ri – notug’ri
metodi.
|
O`quvchilar o’qituvchi tomonidan berilagan nazorat topshiriqlarini guruhlarga bo`lingan holda bajaradilar va natijalari bilan tanishadilar.
|
V
|
Darsni yakunlash .
|
5.
|
1.O`tilgan mazu bo`yicha xulosa qilinadi.
2.O`quvchilarning darsda erishgan natijalarini izohlaydi va e`lon qiladi.
3. Uyga vazifa beradi.
|
1. O’qituvchi tomonidan qo’yilgan baholarini bilib oladilar.
2.Yangi mavzini o`qituvchi yordamida xulosalaydi.
3.Olgan baholari bilan tanishadilar.
4.Olgan baholarini kundalik daftarlariga qo`ydiradilar.
5.Uyga vazifani yozadilar.
|
II bosqich O`tilgan mavzuni so`rash va hulosalash.
“Venn diagramasi “.Bu usulda o`quvchilar 2ta mavzuga oid tushunchalarni 2ta jadvalgato`ldirishlari kerak. 3 chi jadvalga umumiy xususiyatlarni to’ldirishlari kerak.
1 nazorat topshirig`I (o`quvchi tarqatmasi.)
Leykositlar
Trombositlar
-
nazorat topshirig`I .(o`qituvchi taqatmasi)
-
Ikki qanotlilar turkumi.
-
Kasallik tarqatadi.
-
Hayvonlar qonini so’radi.
-
Tez ko’payadi.
-
Hasharot
-
Naslga g’amxo’rlik.
-
Rivojlanishi to’liq o’zgarish bilan.
Uy pashshasi
-
O’ljasini havoda tutadi.
-
Ichburug’, sil, qorin tifini tarqatadi.
-
Og’iz apparati yalovchi
-
Yuqori lab o’zgarib xartumcha hosil qiladi.
Chivin
1.Turli hayvonlar va odamlar qoni bilan oziqlanadi.
2. Ensefalit, bezgak ensefalitini tarqatadi.
3.Og’iz apparati sanchib so’ruvchi.
4. Yuqori lab, pastki jag va yuqori jag’ qo’shilib xartumcha hosil qilgan.
2- nazorat topshirig`I Ortiqcha so`zni toping.
O`quvchi tarqatmasi.
1.So’na, pashsha, ari .
2. G’umbakka, kapalakka aylanadi.
3. Pashsha foydali tekinxo’r.
4. Juda harakatchan serpusht.
5. Bir mavsumda 4-8 – 10 avlodi rivojlanadi.
6. Bo’kalar qurtlari qoramol, itlarda parazitlik qiladi.
7.Chivinlar urg’ochisi odam qoni , nektarni so’radi.
8. Chivinlar erkagi odam qoni , nektarni so’radi.
2- nazorat topshirig`i. (o`qituvchi tarqatmasi)
1.Ari
2.Kapalak.
3 Foydali..
4. Harakatchan.
5. 4.
6.Itlar.
7. Nektar.
8. Odam qoni
III. bosqich . Yangi mavzuning bayoni.
Reja:
1.Uy pashasining tuzilishi.
2.Uning ko’payishi va rivojlanishi.
3.Chivinlar haqida ma’lumot.
4.Izkabtoparlar haqida ma’lumot.
5. So’nalar va bo’kalar haqida ma’lumot.
Uy pashshasi – juda harakatchan hasharot. Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan. Pastki labining uchi qalinlashib, yostiqchasimon yalovchi xartumcha hosil qiladi. Pashsha oziq – ovqat maxsulotlarini xartumchasi bilan yalab ozqlanadi. Oziq ta’mini oldingi oyoqlari panjasida joylashgan tukchalar bilan sezadi.
Pashshaning qurti axlatlar, hojatxonalar va hayvonlar go’ngida rivojlanadi. Qurtning boshi va oyog’I bo’lmaydi, tanasi sirtidagi kichik bo’rtmachalar yordamida harakat qiladi. Qurtlar tez o’sadi; quruq tuproqqa chiqib g’umbakka aylanadi. Pashsha juda serpusht bo’ladi; har 2-4 kunda 100 – 150 tadan tuxum qo’yadi. Bir mavsumda pashshaning 8 – 10 avlodi rivojlanadi. Bitta urg’ochi pashshaning avlodi bir mavsumda 5000 000 000 ga yetishi mumkin. Pashshalar ichburug’, qorin tifi, vabo, sil, bo’g’ma kabikasalliklarning mikroblarini hamda gijjalarning tuxumlarini tarqatadi. Ular axlatxona va boshqa iflos joylardan mikroblarni oyog’I va tanasida ilashtirib olib, oziq – ovqat mahsulatlariga yuqtiradi.
Pashsha tez ko’payib ketmasligi uchun uy – joylar atrofini doimo toza saqlash va har xil chiqindilarni o’z vaqtida yo’qotib turish zarur. Xonadonlarda ular yelimli qog’ozlar va har xil zaharli moddalar sepib yo’qotiladi.
Ikki qanotlilarning hilma – xilligi . Ikki qanotlilardan bir qancha turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Chivinlarning urg’ochisi odam va hayvonlar qoninni so’radi. Erkak chivinlar o’simlik shirasi bilan oziqlanadi. Chivinlarning qurtlari hovuz va ko’lmak suvlarda rivojlanadi. Chivinlar qon so’rib, odam va hayvonlarni bezovta qilish bilan birga bezgak kasalligini tarqatadi. Bahor va yoz mavsumida chivinlarning bir necha avlodi rivojlanadi. Turar joylarning yerto’lalarida ular qishda ham rivojlanishi mumkin.
Iskabtoparlar chivinlarga o’xshash mayda hasharotlar. Ular cho’llardagi kemiruvchilar inida ko’p uchraydi. Hayvonlar va odam qonini so’radi. Odamdagi teri leyshmaniozi (yomon yara) kasalligi qo’zg’atuvchisini tarqatadi. Bu kasallik janubiy viloyatlarda uchraydi.
So’nalar va bo’kalarning tashqi ko’rinishi pashshalarga o’xshash. So’nalar hayvonlar terisini jag’lari yordamida teshib, qonini so’radi. Ular cho’l mintaqalarida juda kop ichraydi; issiq yoz mavsumida uy hayvonlariga tinchlik bermaydi. Bo’kalarning qurtlari qoramollar terisi ostida, otlar oshqozoni va qo’ylarning burun bo’shlig’ida parazitlik qilib, ularning mahsuldorligini oshiradi.
V bosqich .Yangi mavzuni mustahkamlash.
3- nazorat topshrig`i. ( o`quvchi tarqatmasi)
Blits so`rov metod.
-
Pashshalar qurtni qaerga qo’yadi?
-
Pashshalarning qurti qanday harakatlanadi?
-
Ikki qanotlilar 2 – 4 kunda qancha tuxum qo’yadi?
-
Bir mavsumda ularning qancha avlodi rivojlanadi?
-
Pashshalar qanday kasalliklarni tarqatadi?
-
Qaysi chivin odam qonini so’radi?
-
Chivinlarning qurti qaerda rivojlanadi?
-
Chivinlar qaysi kasalliklarni tarqatadi?
-
Iskabtoparlar qaerda uchraydi?
-
Bo’kalarning qurti qaerda parazitlik qiladi?
( o`qituvchi tarqatmasi)
-
Axlatlar, xojatxonalar va hayvonlar go’ngiga qo’yadi.
-
Tanasi sirtidagi kichik bo’rtmachalar yordamida harakatlanadi.
-
100 – 150 tadan tuxum qo’yadi.
-
8 – 10 avlodi rivojlanadi.
-
ichburug’, qorin tifi, vabo, sil, bo’g’ma kabikasalliklarni tarqatadi.
-
Urg’ochi chivinlar.
-
Hovuz va ko’lmak suvlarda.
-
Bezgak kasalligini.
-
Cho’llardagi kemiruvchilar inida.
-
Qoramollar terisi ostida, otlar oshqozoni va qo’ylarning burun bo’shlig’ida
parazitlik qiladi.
4- nazorat topshirig`I “Moychechak” metodi.
(o`quvchi tarqatmasi)
(o`qituvchi tarqatmasi)
5 – 7 notug’ri
5- nazorat topshrig`I “ To`g`ri- noto`g`ri “ metodi. ( o`quvchi tarqatmasi)
N
|
Ma’lumotlar
|
To`g`ri
|
Noto`g`ri
|
1.
|
Uy pashshasi axlatlar, xojatxonalar va hayvonlar go’ngiga qo’yadi
|
|
|
2.
|
Uy pashshasining bir mavsumda 8 – 10 avlodi rivojlanadi.
|
|
|
3.
|
Foydali hasharot
|
|
|
4.
|
Uy pashshasi har 2 – 4 kunda tuxum qo’yadi
|
|
|
5.
|
Kunda 50 – 100 ta tuxum qo’yadi
|
|
|
6.
|
P ashshalar qorin tifi, vabo, sil kabi kasalliklarni tarqatadi
|
|
|
7.
|
So’nalar va bo’kalar asalariga o’xshaydi
|
|
|
(o`qituvchi tarqatmasi)
N
|
Ma’lumotlar
|
To`g`ri
|
Noto`g`ri
|
1.
|
Uy pashshasi axlatlar, xojatxonalar va hayvonlar go’ngiga qo’yadi
|
+
|
-
|
2.
|
Uy pashshasining bir mavsumda 8 – 10 avlodi rivojlanadi.
|
+
|
-
|
3.
|
Foydali hasharot
|
-
|
+
|
4.
|
Uy pashshasi har 2 – 4 kunda tuxum qo’yadi
|
+
|
-
|
5.
|
Kunda 50 – 100 ta tuxum qo’yadi
|
-
|
+
|
6.
|
P ashshalar qorin tifi, vabo, sil kabi kasalliklarni tarqatadi
|
+
|
-
|
7.
|
So’nalar va bo’kalar asalariga o’xshaydi
|
-
|
+
|
V bosqich. Darsni yakunlash .
1.O`tilgan mavzu yuzasidan xulosa qilinadi.
2.Uyga vazifa –yangi mavzuni o`qish,savollarga javob yozish , rasmlar bilan ishlash.
3.Darsga faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish ,qolgan o`quvchilarning natijalarini e`lon qilish,kundaliklariga baho qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |