Ikkinchi tartibli egri chiziqlarning umumiy xossalari va fan –texnikada qo’llanishi Reja: 1. Ikkinchi tartibli egri chiziqlarning umumiy xossalari va farqlari. 2. Ikkinchi tartibli egri chiziqlar konus kesimlari sifatida. 3. Ikkinchi tartibli egri chiziqlarning fan va texnikada qo’llanishi.
Har uchala egri chiziq – ellips, giperbola va parabolani shunday nuqtalarning geometrik o’rni deb ta’riflash mumkinki, bu nuqtalardan berilgan nuqtagacha (fokusgacha) masofalarning berilgan bir to’g’ri chiziqqacha (direktrisagacha) bo’lgan masofalarga nisbati o’zgarmas miqdordir (4,6,8 – chizmalar), ya’ni (1.1)
I va II boblarda aylana, ellips, giperbola va parabolani ma’lum shartlarni qanoatlantiruvchi geometrik o’rin sifatida ta’riflab, bu egri chiziqlarning tenglamalarini chiqargan edik. Bu egri chiziqlarning hammasi 2 – darajali tenglamalardan iborat bo’lib, aylana tenglamasi ellips tenglamasining xususiy holi ekanligini ko’rdik.
Ikkinchi tartibli egri chiziqlar konus - Ikkinchi tartibli egri chiziqlar konus
- kesimlari sifatida.
-
- T a’ r i f. Berilgan to’g’ri chiziqni uni kesuvchi boshqa bir to’g’ri chiziq (aylnish o’qlari) atrofida aylantirish natijasida hosil qilingan sirt doiraviy konus deyiladi.
-
- Bunda aylanayotgan to’g’ri chiziq o’zining istalgan holatida konusning yasovchisi deb, to’g’ri chiziqning aylanish o’qi bilan kesishish nuqtasi esa konusning uchi deb ataladi. Konus uning uchi ajratib turadigan ikkita pallaga ega.
- Aylana, ellips, giperbola va parabolani doiraviy konusning uchidan o’tmaydigan tekislikning kesmalari sifatida hosil qilinadi. Shuning uchun bu egri chiziqlar konus kesimlar deyiladi.
Agar tekislik konus o’qiga perpendikulyar bo’lsa, kesimda aylana hosil bo’ladi. Agar tekislik o’qqa perpendikulyar bo’lmay, konusning faqat bitta pallasini kessa va uning yasovchilaridan bittasiga ham parallel bo’lmasa, kesmada ellips hosil bo’ladi. - Agar tekislik konus yasovchilaridan biriga parallel ravishda uning pallalaridan birini kessa, kesimda parabola hosil bo’ladi.
- Agar tekislik konusning ikkala pallasini kessa, kesimda parabola hosil bo’ladi. (17 – chizma).
5 – m a s a l a. Gorizontga nisbatan o’tkir burchak ostida otilgan tosh parabola yoyini chizib, boshlang’ich joyidan 16 metr uzoqqa tushadi. Toshning 12 metr balandlikka ko’tarilganligini bilgan holda uning parabolik traektoriyasi tenglamasini tuzing. Y e c h i s h. Koordinata o’qlarini shunday joylashtiramizki, tosh otilgan nuqta bilan toshning tushgan nuqtasi abssissalar o’qida yotsin. Hosil bo’lgan kesmaning o’rtasidan hamda toshni eng balandlikka ko’tarilgan nuqtasidan ordinatalar o’qini o’tkazamiz (18 – chizma)
6 – m a s a l a. Fontandan otilib chiqayotgan suv oqimi, parametri bo’lgan parabola shaklini oladi. Suvning otilib chiqayotgan joydan 2 m uzoqlikka tushayotganligi ma’lum bo’lsa, otilib chiquvchi suvning balandligi topilsin.
Y e c h i s h. Bu masalada ham koordinata o’qlarini shunday joylashtiramizki, suvning otilib chiqish nuqtasi bilan tushush nuqtasi abssissalar o’qida yotsin. Hosil bo’lgan kesmaning o’rtasidan hamda suvning eng balandga ko’tarilgan nuqtalari orqali ordinatalar o’qini o’tkazamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |