Ikki qatlamli yangi ko’p komponentli gazlamalar tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish Annotatsiya



Download 26,83 Kb.
bet1/2
Sana23.06.2022
Hajmi26,83 Kb.
#697286
  1   2
Bog'liq
Davronov Bahromjon


Ikki qatlamli yangi ko’p komponentli gazlamalar tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish
Annotatsiya
Ushbu maqolada kiyim-kechik va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan, murakkab to’qimalar o’rilishi asosidagi ikki qatlamli yangi ko’p komponentli gazlamalar tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish asoslari bo’yicha amaliy tajribalar keltirilgan. Shuningdek, bu sohada tabiiy ipakning ahamiyati xususida aytib o’tilgan.
Annotation
This article presents practical experiments on the basics of creating a new multi-component fabric composition and production technology of two-layer. The importance of natural silk in this area was also mentioned.
Kalit so’zlar: ko’p komponentli to’qimalar, tabiiy ipak, to’quv dastgohi, mato, pillakashlik, kalava, babina, g’altak
Key words: weaving, natural silk, loom, cloth, silk, yarn, spool
Tabiiy ipak – jonivorlardan olinadigan qimmatbaho to’qimachilik xom ashyosi hisoblanib, pilla va ipak ishlab chiqarish, uni qayta ishlash va tabiiy ipakdan gazlamalar tayyorlash Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi an’anaviy milliy hunarmadchiligi bo’lib, xususan, mamlakat hududida Farg’ona vodiysi va Zarafshon vohasida keng rivojlangan.
Respublikamiz iqtisodiyotini yuksaltirishda xom ashyodan unumli foydalanish, uni tola qayta ishlab, tayyor mahsulot darajasiga yetkazish eng muhim vazifadir. Yurtimizda yetishtirilayotgan pilla xom ashyosi va undan ishlab chiqariladigan tabiiy ipak sifatini jahon andozalariga mos qilib tayyorlash, tabiiy ipakdan xaridorgir, zamon talabiga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish va turlarini ko’paytirishni talab etmoqda. Respublikamiz to’qimachilik sanoati oldida turgan asosiy masala mamlakatimizda yetishtiriladigan paxta va tabiiy ipak tolalarini qayta ishlash hajmini oshirib xom ashyo o’rmiga tayyor mahsulot bilan nafaqat ichki bozorni, balki eksport hajmini oshirishdir. Bu masalani yechishda mavjud va yangi tashkil etilayotgan to’qimachilik korxonalarini ishlab chiqarish hajmini oshirish bilan birga ulardan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xilma-xilligini ko’paytirish maqsadga muvofiq. XX asr ikkinchi yarmida to’qimachilik matolarini ishlab chiqarishni takomillashtirishi va yangi usullarini yaratilishi (trikotaj, noto’qima matolar) bu mahsulotlarni xilma-xilligining ko’lamini ancha kengaytirdi. Lekin to’quv texnologiyasi o’ziga xos afzalliklari bilan kiyim-kechak va texnik maqsadda ishlatiladigan to’qima ishlab chiqarishda o’z mavqeyini yo’qotmadi. Bunga yangi to’quv jihozlarini yaratilishiga yo’naltirilgan ishlar, to’qima shakllanish jarayonini muqobillashtirish, yangi tarkibli, jumladan, murakkab to’qimalarni yangi turlarini yaratilishi bilan bog’liq tadqiqotlar misol bo’la oladi. Mazkur ilmiy maqoladan asosiy maqsad kiyim-kechak va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan, murakkab to’qimalar o’rilishi asosida yangi tarkibli ikki komponentli mato va uni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
O’rganilgan adabiyotlar asosida quyidagi masalalarni yechish zarurligi aniqlandi:

  • Yaratiladigan yangi ko’p komponentli to’qimalarda ishlatiladigan xom ashyo tarkibini aniqlash;

  • Yangi tarkibli to’qimalarni taxtlash dasturini tuzish;

  • Ko’p komponentli to’qima tuzlishini aniqlovchi omillarning tahlili asosida taxtlash ko’rsatkichlarini aniqlash;

  • Yangi tarkibli ikki qatlamli to’qimalarni zamonaviy to’quv dastgohida ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish;

  • Yaratilgan yangi tarkibli ikki qatlamli to’qimalarning ahamiyatli xossalari majmuasini aniqlash.

Yangi tarkibli ikki qatlamli to’qima tarkibini tuzishda mavjud shoyi gazlamalar assortimenti o’rganiladi. Ma’lumki, shoyi gazlamalarning assortiment matoning tolaviy tarkibiga qarab sakkiz sinfga bo’linadi. Mazkur maqolaga birinchi – sof tabiiy ipak va ikkinchi – tabiiy ipak bilan boshqa tolalar (paxta tolasi)dan ishlab chiqariladigan matolar asos qilib olingan. Shoyi gazlamalar tasnifining kichik sinflaridan – krep va silliq gazlamalar tarkibidan foydalaniladi. Ikki komponentli gazlamalar tarkibini loyihalashda, ipak ipining asosiy afzalligidan foydalanib matoning badiiy bezagini, paxta tolasini esa matoning kerakli qalinligiga va bikrligiga erishishda foydalanildi. Yangi tarkibli gazlamalar ishlab chiqarish uchun tanda va arqoq iplarini to’quvchilikka tayyorlashda quyidagi jarayonlar tanlanadi:
1-variant. Yuqori qatlam tanda va arqoq iplari uchun pillakashlik fabrikasidan xom ipak kalavalardan keltiriladi va quyidagi o’timlarda tayyorlanadi:

  1. Qayta o’rash jarayonida kalavalardan g’altaklarga o’raladi;

  2. Qo’shib eshish mashinalarida birlamchi buramlar beriladi;

  3. 1)Tanda iplari yuqori buramalar berish uchun etajli pishitish mashinalarida tayyorlanadi;

  4. Piltalab tandalash mashinalarida to’quv g’altaklari tayyorlanadi;

  5. O’tkazish yoki ulash usullari bilan tanda iplari to’quv dastgohiga keltiriladi;

3. 2) Arqoq iplari katta hajmli g’altaklarga yoki uchkonusli babinalarga o’ralib mokkisiz to’quv dastgohlariga keltiriladi.
To’quvchilikda mokkisiz to’quv dastgohlaridan Respublikamiz shoyi korxonalarida ko’plab o’rnatilgan CTB rusumli dastgohlarda ishlab chiqarish mo’ljallangan. Pastki qatlam tanda va arqoq iplari paxta yigiruv fabrikalaridan konussimon babinalarda keltiriladi.
2-variant. Yuqori qatlamli tanda va arqoq iplari pillakashlik korxonasidan keltirilgandan so’ng qayta o’rash jarayonida g’altaklarga o’raladi. To’qimaga badiiy bezak berishga qarab keyingi jarayonlar ikki xil bo’lishi mumkin:

  1. Gazlama sidirg’a rangli bo’lishi uchun qayta o’rash jarayonidan keyin qo’shib pishitish mashinalarida bir paytning o’zida to’rtta ip qo’shib pishitiladi. G’altakka o’ralgan pishitilgan ipak katta o’rovchi mashinalarda kalavaga o’raladi va bo’yash sexiga keltiriladi. So’ngra pishitilib bo’yalgan iplar qaytadan kalavalardan babinalarga o’ralib tandalash mashinalariga keltiriladi. Olingan to’quv g’altagi o’tkazish va ulash jarayonlaridan so’ng to’quvchilikka keltiriladi.

  2. Gazlama chiporrangli(melanj effektli) bo’lishi uchun dastlab, ikkita ip qo’shib pishitilib, bo’yashga tayyorlanadi. So’ngra pishitilgan iplar kalavalarga qayta o’ralib, turli ranglarda bo’yaladi. Bo’yalgan iplar qayta g’altaklarga o’ralib, ikki xil rangli iplar qo’shib pishitiladi. Natijada chipor rangli iplar olinib, ulardan tandaga mo’ljallanganlari babinalarga o’ralib tandalashga, shoda terish yoki ulash jarayonidan o’tib to’quv dastgohiga taxtlanadi. To’quvchilikdan so’ng o’lchash-saralash bo’limlaridan o’tib, kalandrlash bo’limiga keltiriladi. U yerdan tayyor mahsulot olinadi. Pastki qatlam tanda va arqoq iplarini to’quvc hilikka tayyorlash 1-variantga o’xshagan bo’ladi.

  3. 3-variant. To’qim yuqori qatlam tanda va arqoq iplari uchun “Silk Road” Yapon-O’zbek qo’shma korxonasida tabiiy ipak chiqindilarini qayta ishlab yigirilgan va 2 qavatlab pishitilgan ipak ipi ishlatiladi. To’qimachilik korxonasida yigirilgan ipak ipi babinalarda keltirilib, tanda uchun tandalash va o’tkazish jarayonlaridan o’tib, to’quv dastgohlariga keltiriladi. Bu to’qimaning pastki qatlami uchun ham paxta tolasidan yigirilgan ip ishlatilib, 1-variantga o’xshash to’quvchilikka tayyorlash jarayonlaridan o’tkaziladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856 qaroriga muvofiq “O’zbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etildi. Respublikada pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurtini parvarish qilish va pilla yetishtirish jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish pilla, xom ipak, ipak kalava ishlab chiqarish va ularni chuqur qayta ishlashning samarali usullarini keng joriy etish, ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda qishloq joylarda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirishni ta’minlaydigan yagona va yaxlit tshkiliy-texnologik tizimni barpo etish asosida pillachilik tarmog’ini kompleks rivojlantirish ko’zda tutilgan. 2017-yil 22-sentabrdan “O’zbekipaksanoat” uyushmasi O’zbekiston nomidan Xalqaro ipakchilik kengashiga a’zo bo’lishi sohani yanada rivojlantirishga , xalqaro talablarga javob beradigan yangi innovatsiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etishga keng yo’l ochadi. To’qimachilik sanoatida ipakchilik tarmog’i yuqori o’rinni egallaydi, ayniqsa, tabiiy ipakdan tayyorlangan gazlamalar hamma vaqt chiroyli, mustahkam va yengil hisoblanadi. Xom ipak assortimentini ko’paytirish aholini kelib chiqishi va an’analari, sanitariya gigiena talablari, iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ipak mahsulotlarini yangidan-yangi turlarini yaratish imkonini beradi. Tabiiy ipak jahonda ishlab chiqarilayotgan to’qimachilik tolalarining faqatgina 0,15 %ni tashkil etsada, ammo uning ijobiy xususiyatlari tufayli, jahon bozorida tabiiy ipakka bo’lgan talab juda yuqoridir.

Download 26,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish