Ijodkor ruhiyati



Download 27 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi27 Kb.
#650096
Bog'liq
Ijodkor ruhiyat-WPS Office


Ijodkor ruhiyati

Har bir davrda mualliflar oʻz asarlarida ijodkor obrazini turli qiyofada gavdalantirib kelganlar. Bugungi XXI asr qissa va hikoyachiligida ijodkor ruhiyatining betakror, tizginsiz, joʻshqin va tushkin iztiroblarini tasvirlash yozuvchilarning asl maqsadiga aylandi. Jumladan, Sh. Xolmirzayev, E. Aʼzam, N. Eshonqul, U. Abdulvahob asarlarida ijod dardiga yoʻliqqan insonning qalb iztirobi, orzu-armonlari tasvirlanadi. Xoʻsh, ijodkor kim oʻzi? Ijodkor – rassom, ijodkor – haykaltarosh, ijodkor – bastakor, ijodkor – yozuvchi… Ular inson ruhiyatidagi kishi ilgʻamas his-tuygʻularni, dard, iztirob, quvonch va baxtni nozik tasvirlar orqali ifodalovchi sanʼatkorlardir.


Ijodkor ahli tafakkur, aql, kuchli ruhiy taassurot asosida hayot haqidagi xulosalarni qogʻozga tushiradi. Shuning uchun har bir tirik asarga yozuvchining dunyoqarashi, ruhiy quvvati singib ketadi. Hamma narsa shaxsning imkoniyatlarini amalga oshirish uchun atrof-muhit qanday imkoniyatlar bera olishiga bogʻliq. Albatta, ijodkor uchun ham ijodiy erkinlik muhim masalalardan biri sanaladi. “Ijod uchun birlamchi navbatda zarur boʻlgan narsa erkinlikdir. Erkinlik boʻlmasa, har qanday isteʼdod ham juda tez soʻnib qolishi mumkin”, deb taʼkidlaydi adabiyotshunos O. Sharafiddinov. Yozuvchi oʻz ijodi davomida insonning eng oliy tuygʻularini, uning ruhiyati, hayot soʻqmoqlaridagi qiyinchiliklarni yenga olish xususiyatlariga ega boʻlishi lozim.
Xuddi mana shu nuqtai nazar Nazar Eshonqulning “Momoqoʻshiq” qissasida oʻz aksini topgan. Asarda Shamsi Saloh va Muazzam obrazlari orqali ijodkor maʼnaviy qiyofasining nozik qirralari tasvirlanadi. Ijodkorlik insonning intellekti va ilohiy qobiliyati orqali amalga oshadi. Adabiyotshunos S. O. Gruzenburg badiiy ijodning namoyon boʻlishini ikkiga ajratadi: ilohiy va iblisona. Ilohiy ijod bu – Alloh tomonidan berilgan neʼmat. Iblisona ijod esa insonni shayton boshqarib, uni nafs komiga tortadi, barcha narsaga shayton nazari bilan dunyoni qora va jirkanch koʻradi.
Sh. Saloh iblisona ijod yoʻlini tanlagan ijodkor. U hamma narsaga ijirgʻanib, gʻashlanib qaraydi. Shamsi Saloh nafs yoʻlida davr qobigʻiga oʻralib, mashhurlik, shon-shavkat uchun atrofdagi odamlar nazarida juda qobiliyatli ekanini koʻrsatish uchun oʻzini yasama holda sirli tutishga urinadi. U oʻz asarlarida mehnatkash xalqning orzu-armonlarini tasvirlayman deb maqsad qilib qoʻyadi, ammo uning onggi mustabid tuzumning boʻlmagʻur safsatalari bilan zaharlanib ulgurgan edi. Insonning ruhiy olamiga, uning maʼnaviy dunyosiga oʻzga bir yot gʻoya, fikrlar qanchalik mustahkam singdirilmasin, har bir inson qalbining tub-tubida asl “men”i saqlanib qoladi, oʻzlik, milliylik oʻzini ochiqdan-ochiq namoyish qiladi. Mana shu Shamsi Salohning ichki qiyofasi Muazzamning qoʻshigʻidan soʻng oshkor boʻladi.
Insonning qalbi, uning ruhiyati va koʻnglining nozik torlarini chertadigan sanʼat turlaridan biri bu qoʻshiqdir. Qissada qoʻshiq epizodi odamiylik timsoli sifatida kuylanadi. Balki bu Odam Ato va Momo Havodan farzandlariga qolgan insoniylik haqidagi qoʻshiqdir. Mana shu qoʻshiqni kuylayotgan Muazzam esa tugʻma iqtidor va ilohiy qobiliyat egasi. Uning qoʻshiq aytishini hamma biladi va qiz ziyofatlarini usiz tasavvur qila olishmaydi. Shamsi Saloh ham oʻz xalqi uchun shunday qadrli edimi? Yoʻq, u qalban va fikran yolgʻiz edi. U odamlar uning gaplaridan kulayotganini va tushunmayotganini aytib siqiladi. Bu holdan Shamsi Saloh gʻazablanib, odamlardan yiroqlashib, oʻz dunyosi ila yolgʻiz yashaydi. Bundan koʻrinib turibdiki, tashqi qiyofasi kam-koʻstsiz, ammo ichki dunyosi boʻm-boʻsh ijodkordir.
Muazzamning bu goʻzal qoʻshigʻi Sh. Salohning uxlab, mudrab yotgan butun qalbini larzaga soldi. Kirill Skott “Muzika va uning asrlar mobaynidagi sirli taʼsiri” nomli kitobida qoʻshiqchi haqida shunday deydi: “Buyuk sanʼatkorlar ham notiq, ham aktyor va shu bilan birga qalbi, yuragi kuy bilan hamohang boʻlishi lozim”. Haqiqiy ijodkor oʻz sanʼat asarini yuksak iqtidor va yurak-yurakdan, mehrini berib yaratsa, albatta, u oʻlmas, tirik bir moʻjizaga aylanadi.
Sh. Saloh oʻzini Muazzamning ovozi uchun jon kuydirayotgan sanʼat homiysi qilib koʻrsatadi. Aslida, uni sanʼat yulduzi darajasiga koʻtarsa, esankiragan Muazzam Sh. Salohning yelkasiga bosh qoʻyib: “Bular bari siz tufayli, siz boʻlmasangiz shu kunlarga yetmasdim” deb shivirlaydi…” Bu oʻy esa oʻzicha uni magʻrurlantirardi. Bu esa Sh. Saloh psixologiyasidagi xudbinlikni koʻrsatadi. Sh. Saloh bu iqtidor egasining ovozini eshitgandan soʻng, qoʻshiq taʼsiridan uning oyoqlarini quchib yigʻlagisi kelsa ham buni qalban tan olmaydi.
Ijodkor shunday bir iqtidor egasiki, u boshqa insonlarga nisbatan hayotni chuqur falsafiy mushohada etib, bu insonlarning qalbidagi tuygʻu-kechinmalarni toʻgʻri baholaydigan ruhshunos boʻlishi lozim. Ammo Shamsi Salohda bunday iqtidor yoʻq edi. Shuning uchun Muazzamning qalb tugʻyonlarini notoʻgʻri tushunadi. Shamsi Saloh nazarida Muazzam omi, hayotni faqat turmush tashvishlaridan iborat deb tushunadigan odamlar orasida yashab, hayotda orzu-havassiz, hissiz, baxtsiz yashashga mahkum, deb oʻylaydi. Lekin aslida Muazzamning ovozi oʻzining kichik kulbasi, atrofidagi daraxtzorlar, qishloq hayotidagi mehnatlari bilan uygʻunlashgan va bu ovoz shular bilan goʻzal edi. Shamsi Saloh unga shon-shavkatli kelajakni taklif qilsa ham, Muazzam oʻz maskani va oʻzligidan kechmaydi.
Insonning fantaziyasi va fikr doirasining torligi, uning qatʼiy, oʻzgarmas narsalarga bogʻlanib, chegaralanib qolishi yaratuvchanlik qobiliyatini susaytiradi. Shamsi Salohning butun ongi va qalbi oʻz davridagi madaniy mafkura bilan shunday oʻrgimchak toʻri misol oʻrab tashlangan, u oʻzining mana shu maʼnaviy tutqunlikdagi hayotini “erkin hayot” deb oʻylardi. Shamsi Saloh Muazzamni va, hattoki, atrofidagi butun borliq, dov-daraxtu paxta dalasidagi gʻoʻzalarni ham tutqun bir maʼyus-mahzun oʻzbek ayoli timsolida tasavvur qiladi. Hattoki bu ayolni zanjirband Prometeyga qiyoslaydi. Aslida esa Muazzam erkinlikda baxtiyor qoʻshiq kuylardi. Shamsi Saloh uning tovushidagi erkinlikni sezdi, ammo Muazzamning oʻzini bu mehnatlarga tutqun, deb oʻyladi. Ijodkor qalban erkin boʻlsa, albatta, uning ovozi butun borliq uzra masrur yangraydi. Muazzzamning qoʻshigʻi Sh. Salohning xotirasida unutilgan bir voqeani oʻygʻotadi: “Bu qoʻshiqni eslab qol… Bu odam haqidagi qoʻshiq. Odamlar oʻlib ketadi, lekin qoʻshiqni aytadigan yangi-yangi zuryodlar dunyoga keladi, lekin qoʻshiq oʻlmaydi…”, deb momosi Shamsi Salohga oʻzligini hech qachon unutmaslikni va bu qoʻshiqni kelajak avlodga yetkazishni bir vasiyat singari uqtiradi. Sh. Saloh esa buni eslash tugul, bu haqda birovlarga gapirishni or biladi. Kimligini aytishdan choʻchiydi. Chunki u qoʻrqoq edi.
Yozuvchi Shamsi Saloh psixologiyasi va tabiatdagi tasvirlarni psixologik paralellizm sifatida uygʻunlikda olib boradi. Sh. Saloh qalbini qora toʻr shunchalik egallaganki, u atrofidagi goʻzal tabiat tasvirlarini qora va xira koʻzoynak bilan koʻrar, keng dalada yastanib yotgan gʻoʻzalarni son-sanoqsiz lashkarga, tiniq koʻl esa unga qurib qolgan siyohdonday va undan sasigan balchiq hidi kelayotganday tuyuladi. Bu tasvirlarning barchasida Sh. Saloh maʼnaviy dunyosi, ruhiyatining qanchalik zaharlanganini koʻrish mumkin. Sh. Saloh hikoyaning boshidan to oxirigacha tund, arishon, loqayd holda tasvirlanadi. Sh. Salohda mana shu illatlarning barchasi mujassam edi.
Yozuvchining “Tun panjaralari” qissasidagi ijodkor ham oʻzini qoʻrqoq va hafsalasiz deb biladi. U oʻttiz bir yoshida jurnaldagi ishidan ayrilgan, butun hayoti davomida omadsizlikka uchragan, bir umr eʼtiqod qilib kelgan baxt haqidagi tuygʻulari sarob ekanligini bilib, oʻzini olmaning qurt yegan qismi deb hisoblagan ijodkor. U ismsiz, chunki oʻz eʼtiqodiga, or-nomusiga, shaʼniga ega boʻlmagan odamga ism berilmaydi. U butun jamiyatni gʻaflat qoʻrgʻoni deydi. Hafsalasizlik va qoʻrqoqlikni gʻaflat tunining hibsxonalariga oʻxshatadi, oʻzini esa undagi mahbus deb biladi. U oʻzini mana shunday oʻtmishi va kelajagi sarob boʻlgan jamiyatda yashab, panjara, qobiqqa oʻralib qolayotganidan oʻkinadi. “Tun panjaralari“qissasi mantiqan “Momoqoʻshiq” qissasining davomidi
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish