Ii-bob. Sholi quritish qurilmasining konstruktiv sxemasini ishlab chiqish, uning parametrlarini asoslash va texnik xizmat ko’rsatish tizimini ishlab chiqish



Download 293,77 Kb.
bet1/5
Sana09.07.2022
Hajmi293,77 Kb.
#760061
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 BOB

II-BOB. SHOLI QURITISH QURILMASINING KONSTRUKTIV SXEMASINI ISHLAB CHIQISH, UNING PARAMETRLARINI ASOSLASH VA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH.

2.1. Sholi quritish qurilmasi ishlashining prinsipial sxemasini ishlab chiqish


O‘tkaziladigan nazariy tadqiqotlarning maqsadi – sholini quritish jarayonida o‘zgarib turadigan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarni aniqlash, hamda ishlab chiqilayotgan qurilmaga qo‘yiladigan umumiy talablar va parametrlarni asoslash hisoblanadi. Har qanday quritish qurilmasi texnologik va ekologik talablarga javob beradigan, samaradorligi yuqori, energiya va jismoniy mehnat sarfi kam bo‘lishi lozim. Hozirda sholini konvektiv usulda quritish jarayonidagi issiqlik va massa almashinuvi bo‘yicha nazariy ma’lumotlar etarli darajada. Shuning uchun ishlab chiqilayotgan qurilmadagi termik ishlash jarayonining nazariyasini aniqlashtirish imkoniyati mavjud. Konvektiv usulda donnni quritish amalda tasdiqlangan bo‘lib, ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan va keng qo‘llaniladi. Bu usulda quritish agenti sifatida qizdirilgan havo oqimidan foydalaniladi. Quritishning konvektiv usulida issiqlikni uzatilish tezligi qizdirilgan havo temperaturasiga, don massasining qalinligiga, donni issiq havo bilan kontaktda bo‘lish vaqtiga bog‘liq. Xususan, sholini quritishda don massasining temperaturasini oshirish uni qayta ishlash natijasida olinadigan sifatli guruch miqdorini kamayishiga olib keladi. Quritishda sholi massasini kamaytirish va donni issiq havo bilan kontakt vaqtini oshirish uchun siklli quritishni amalga oshirish kerak. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda sohta qaynash usuli orqali quritish hamda termik ishlash jarayonining sifatini ta’minlash uchun, sholi quritish qurilmasining struktura sxemasi ishlab chiqildi.


Quyidagilar sholi quritish qurilmasining asosiy parametrlari hisoblanadi:
- quritish kamerasining geometrik o’lchamlari, m;
- quritish kamerasidagi havoning bosimi P, Pa;
- quritish kamerasidagi havoning tezligi Vsh, m/s;
- donni solishtirma issiqlik sig‘imi s, J/(kg∙ ºS) ;
- mikroto’lqin quvvati N, kVt;
- quritish kamerasining sozlanadigan tirqishini kengligi s, sm
Taklif etilayotgan qurilmaning vazifasi sholini xajm bo‘yicha bir xil qurishini ta’minlash, ya’ni quritish sifati va energiyatejamkorlikni oshirishdir. Qurilmaga bunday vazifalarni qo‘yilishi quyidagilar bilan bog‘liq. Birinchi bob xulosalariga asosan, sholini hozirda mavjud bo‘lgan ayrim quritish qurilmalarida va tabiiy (radiatsion) usulda quritishning asosiy kamchiliklaridan biri, quritilgan mahsulotning to‘la hajmi bo‘yicha namlik darajasini bir xil emasligi, ya’ni sholini tekis qurimasligi hisoblanadi. Sholini tekis qurimasligining asosiy sabablaridan biri, uni quritishda aralashish to‘la ta’minlanmaydi. Quritilgan sholini qayta ishlash jarayonida uning to‘la hajmi bo‘yicha namlik darajasining bir xil bo‘lishi (tekis qurishi) muhim ahamiyatga ega. Sholi quritilgandan so‘ng, mexanik (kuch ta’siri ostida) usulda qayta ishlov beriladi. Uning tashqi va ichki po‘stlog‘i mexanik usulda olib tashlanib, guruch hosil qilinadi. Shu jarayonda quritilgan sholining namlik darajasi hajm bo‘yicha bir xil bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holatni eryong‘oq, kungaboqar va boshqa don mahsulotlarini qayta ishlashda ham kuzatish mumkin. Shuning uchun qurilmaga qo‘yiladigan asosiy vazifa – sholini hajm bo‘yicha bir tekis quritishni ta’minlashdan iborat.
Taklif qilinayotgan qurilmada sholi massasi (ma’lum porsiya)ning hajm bo‘yicha to‘la aralashishi katta bosimdagi havo orqali sohta qaynash amalga oshiriladi va bu tekis, bir xil qurishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Sholini quritish jarayonining asosiy qismi magnetrondan tarqalayotgan mikroto’lqinlar yordamida quritish kamrasida amalga oshiriladi. Qurimagan don maxsuloti qaytarish quviri orqali quritish kamerasiga qaytariladi bu esa quritish samaradorligini, sifatli hamda energiyatejamkorlikni oshirishga xizmat qiladi. Sholi uchun taklif qilinayotgan quritish qurilmasida soxta qaynash kamerasining quyi asosiga quritiladigan materialni (donni) ko‘tarib turuvchi panjara o‘rnatilgan, uning osti va havo berish kamerasi markazida magnetron joylashtirilgan bo‘lib, uning to‘lqin tarqatish fronti yuqoriga yo‘nalgan, kameraning magnetron joylashgan hajmiga bosim ostida atmosfera havosi haydash uchun kameradan tashqarida nasos mahkamlangan, kameraning yuqori qismida qurigan va qurimagan materialni ajratish uchun ikkita darcha ochilgan.

2.1-rasm. Shaklda qurilmaning funksional sxemasi ko‘rsatilgan:
1-havo berish kamerasi; 2-magnetron; 3-panjara; 4-havo nasosi; 5-yuklash bunkeri; 6-richagli to‘siq; 7-qopqoq; 8-soxta qaynash kamerasi; 9-qaytarish quvuri; 10-to‘kish quvuri; 11-to‘siq; 12-yig‘ish idishi.

Qurilma quyidagicha ishlaydi. Yuklash bunkerining 5 qopqog‘i 7 ochilib quritilishi kerak bo‘lgan sochiluvchan material bilan to‘ldiriladi va qopqoq yopiladi, keyin bunker to‘sig‘i 6 ochiladi, so‘ngra mikroto‘lqin tarqatuvchi magnetron 2 va nasos 3 ishga tushiriladi, bosim ostidagi havo berish kamerasida yuqori bosim hosil qiladi, bosim ostidagi havo oqimi quritiladigan materialni yuqoriga ko‘tarib muallaq holga keltiradi, magnetron tarqatayotgan mikroto‘lqinlar quritiladigan material ichidan o‘tib, silindr dvorlariga urilib yana material ichiga qaytadi, bu jarayon mikroto‘lqinning energiyasi tugaguncha davom etadi. Nasos orqali bosim bilan haydalayotgan atmosfera havosi sochiluvchan material oralaridan o‘tib, undan chiqayotgan issiqlik va namlikni o‘zi bilan birga to‘kish quvurdan 10 atomosferaga olib chiqib ketadi. To‘kish quvuridan chiqayotgan havo oqimi qurigan materialni o‘zi bilan olib kelib yig‘ish idishiga 12 tashlaydi va atmosferaga qaytadi. Qurimagan material qaytarish quvuri 9 orqali soxta qaynash kamerasiga qaytadi. Soxta qaynash kamerasidagi bosim to‘kish quvurining to‘sig‘i bilan sozlanadi.




Download 293,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish