Mavzu: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi- inson huquqlari va erkinliklari kafolati.
REJA:
I.KIRISH
II. ASOSIY QISM
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI – OLIY QADRIYAT
1.1. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati.
1.2. Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning o’rni .
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI KAFOLATLASHDA MUSTAQILLIK OMILI
2.1 Inson huquqlari boyicha O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan ishlar.
2.2. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari boyicha tashkilotlar faoliyati
III. XULOSA
Adabiyotlar .
I.KIRISH
Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo’limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi.
Shavkat Mirziyoev
Inson huquqlari – insoniyat paydo bo’lgandan buyon turli darajalarda, mutafakkirlar va faylasuflarning bahs munozarasi mavzusi bo’lib kelgan. Uning huquqiy manbalari juda qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Hozirgi zamon Inson huquqlariga oid qonunchilik 3 bosqichga bo’lib o’rganiladi.
Inson huquqlari - insoniyat paydo bo’lgandan buyon turli darajalarda, mutafakkirlar va faylasuflarning bahs-munozarasi mavzusi bo’lib kelgan. Uning huquqiy manbalari juda qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Hozirgi zamon Inson huquqlariga oid qonunchilik 3 bosqichga bo’lib o’rganiladi.
Birinchi bosqich, 1789 yilda qabul qilingan Inson va fuqaro huquqlari frantsuz Deklaratsiyasidan boshlanib to birinchi jahon urushiga qadar davrni o’z ichiga oladi. Inson huquqlari qonunchiligi birinchi bosqichida shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi; shaxs daxlsizligi, xususiy mulk, saylov huquqlariga oid masalalar asosiy o’rin egallagan.
Inson huquqlarining ikkinchi bosqichi XX asrning 1 yarmini o’z ichiga oladi. Bunda insonning mehnat qilish huquqi; dam olish huquqi; ijtimoiy yordam olish huquqi qonunchilikni asosiy mavzusi bo’lgan.
XX asrning 2 yarmi Inson huquqlariga oid qonunchilikning uchinchi bosqich davri hisoblanadi. Bu davrda inson huquqlari himoyasiga oid yaratilgan qonunlar inson huquqlari qonunchiligining “yangi avlod” davri deb nomlanadi. Uchinchi bosqich qonunchiligi markazida insonlarni tinch yashash huquqi; sof va toza atrof muhitga ega bo’lish huquqi; axborot olish huquqiga katta e’tibor qaratilgan.
Mantiqan ketma-ketlikdan kelib chiqilsa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Inson huquqlariga oid qonunchilik tizimini uchinchi bosqichida yaratilgan Konstitutsiyalar qatoridan o’rin olgan. Shu nuqtai nazardan oladigan bo’lsak, biz yuqorida aytib o’tgan inson huquqlarining barchasi Konstitutsiyamizda o’z aksini topgan desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Jumladan konstitutsiyaning II-bo’limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanadi. Ushbu bo’lim 7 bobdan iborat bo’lib, unda Umumiy qoidalar; Fuqarolik; Shaxsiy huquq va erkinliklar; Siyosiy huquqlar; Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari; va Fuqarolarning burchlari belgilab berilgan.
Shu o’rinda nima uchun fuqarolarning burchlari ham inson huquqlari qatorida e’tirof etilmoqda, degan savol tug’ilishi tabiiy. O’zi bunday savolni berish to’g’rimi? Bizningcha to’g’ri. Chunki, fuqaro o’z burchini bajarish orqali boshqa fuqarolarning huquqlarini ta’minlashda ishtirok etadi.
Masalan, yoshlar vatan oldidagi yigitlik burchini bajarar ekan, mamlakatimiz sarhadlarini himoya qiladi. Shuning barobarida, boshqa fuqarolarning tinch yashash huquqini ta’minlashda ishtirok etadi.
Shu o’rinda Konstitutsiyamiz normalaridan ko’pchilikning xabardorligini inobatga olib, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari kafolatlarini xalqaro hujjatlarga qiyoslash orqali ochib berishga harakat qilsak.
Ma’lumki, Inson huquqlariga oid BMT tomonidan 70 ga yaqin, Evropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan 160 dan ziyod, YuNESKO tomonidan 70 dan ortiq, Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq xalqaro konventsiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilingan. Ma’lumotlarda keltirilishicha hozirgi paytda Inson huquqlari bo’yicha 400 ga yaqin xalqaro hujjatlar mavjud.
Men e’tiboringizni barchaga yaxshi ma’lum bo’lgan BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiya bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ga qaratsam.
Nimaga? Chunki, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” obrazli aytganda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o’zagini tashkil etadi.
Qolaversa, butun dunyoda inson huquqlariga taalluqli bo’lgan qonunlar hujjatlari “ildizi” mana shu BMTning asosiy hujjatidan “oziqlanadi”.
Jami 30 moddadan iborat bo’lgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining moddalarini o’qiymiz. Shu narsaga ishonchim komilki, ular O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi normalar bilan egizak. Ishonmasangiz, o’zingiz ko’ring.
Masalan: “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 3-moddasi. “Har bir inson yashash, erkin bo’lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir”.
Endi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 24-moddasini o’qiymiz: “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir.”
Deklaratsiyaning 5-moddasi: “Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo’rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak.”
Bunga hamohang bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining ikkinchi qismini o’qiymiz. “Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’ravonlikka shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.”
Yoki, Deklaratsiyaning 9-moddasi, “Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvg’in qilinishi mumkin emas.
Aynan shu qoida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasida aks etgan. Unda jumladan shunday deyiladi: “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.”
Ko’rib turganingizdek, mamlakatimiz Konstitutsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining asosiy g’oyasi va qoidalarini o’zida aks ettirgan.
Qolaversa, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bir-biriga ikki tomchidek o’xshash bo’lgan inson huquqlariga oid qoidalarni ko’plab keltirish mumkin. Gap ularni qiyoslashda emas, balki dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan inson huquqlariga oid qoidalarni milliy qonunlarimizda mustahkamlanganligini aytmoqchimiz xolos.
Mavzuning dolzarbligi. Inson huquqlari muammosi hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib, davlatning demokratik taraqqiyotini ko’rsatuvchi muhim mezon bo’lib xizmat qiladi. Inson huquqlari va erkinliklari g’oyasi asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Bu g’oya rivojiga ko’plab mutafakkirlar o’z hissalarini qo’shganlar. Shu ma’noda ham inson huquq va erkinliklari butun insoniyat umumiy ma’naviyhuquqiy merosining ajralmas tarkibiy qismi va qadriyatidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Inson huquqlari va demokratiya O’zbekistonning milliy va davlat manfaatlariga, xalqning erksevar milliy tafakkur tarzi va ruhiyatiga to’la mos keladi”1 . Davlat mustaqilligiga erishish O’zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot, siyosiy, madaniy va ma'naviy yangilanishning ulkan istiqbollarini ochib berdi. O’zbekiston Respublikasida rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakillantirish, huquqiy davlat qurishning asosini respublikaning o’ziga hos xususiyatlari, xalq an'analarini hisobga olish va o’z rivojlanish yo’liga qat'iy va izchil amal qilish tashkil etadi. Inson huquqlarini himoya qilish mustaqillikning asosiy qomusi bo’lmish Konstitutsiyaning bosh g’oyasi, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy tizimini tubdan isloh qilishning asosiy yo’nalishi va yakuniy maqsadidir. Inson huquqlari va erkinliklari himoya qilishda yangi davr boshlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995-2004-yillarni kurramizda "Inson huquqlari bo’yicha ta'lim o’n yilligi" deb e'lon qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1996-yil avgust oyida bo’lib o’tgan oltinchi sessiyasida respublika Prezidenti I. A. Karimov "Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari" mavzuida ma'ruza qilib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim va ajralmas qismi buinson huquqlari va erkinliklari ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, inson huquqlari huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy boyligi bo’lib, unga bundan keyin ham katta e'tibor berish huquq va erkinliklarga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish, buning uchun nazorat olib boruvchi tuzilmalar tizimini takomillashtirib, bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yahshilash alohida ko’rsatib o’tildi1 . Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon o’tgan qisqa muddat ichida taraqqiyot sari, demokratik huquqiy davlat qurish yo’lida dadil qadamlar qo’yilmoqda. Barcha sohalarda islohotlar chuqur ildiz otmoqda. Taraqqiyotning bu bosqichda qonunchilik va qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosi nazoratini yanada takomillashtirish katta ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunga kelib mamlakatimizda qonunlarni tayyorlash va qabul qilish, ularni hayotga to’la tadbiq etish, amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini huquqiy ta'minlashning samarali tizimi yaratilgan bo’lib, u o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |