Identifikasiya va autentifikasiya



Download 40,09 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi40,09 Kb.
#347168
  1   2   3
Bog'liq
Identifikasiya va autentifikasiya

Identifikasiya va autentifikasiya.



Reja:

  1. Identifikasiya tushunchasi.

  2. Autentifikasiya tushunchasi.

  3. Autentifikasiya usullari

Kompyuter tizimida ro’yxatga olingan har bir subyekt (foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir ma’noda indentifikasiyalovchi axborot bog’liq.

Bu ushbu subyektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo’lishi mumkin. Bu axborot subyekt indentifiqatori deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda ro’yxatga olingan indentifiqatorga ega bo’lsa u legal (qonuniy), aks holda legal bo’lmagan (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Kompyuter resurslaridan foydalanishdan avval foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikasiya va autentifikasiya jarayonidan o’tishi lozim.

Identifikasiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo’yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so’rovi bo’yicha o’zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o’zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi.1

Autentifikasiya (Authentication) — ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o’zi ekanligiga ishonch hosil qilishiga imkon beradi. Autentifikasiya o’tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o’z xususidagi noyob, boshqalarga ma’lum bo’lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikasiyani tasdiqlaydi.2

Identifikasiya va autentifikasiya subyektlarning (foydalanuvchilarning) haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning o’zaro bog’langan jarayonidir. Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga tizimning ruxsati aynan shularga bog’liq. Subyektni identifikasiyalash va autentifikasiyalashdan so’ng uni avtorizasiyalash boshlanadi.

Avtorizasiya (Authorization) — sub’ektga tizimda ma’lum vakolat va resurslarni berish muolajasi, ya’ni avtorizasiya subyekt harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi. Agar tizim avtorizasiyalangan shaxsni avtorizasiyalanmagan shaxsdan ishonchli ajrata olmasa bu tizimda axborotning konfedensialligi va yaxlitligi buzilishi mumkin. Autentifikasiya va avtorizasiya muolajalari bilan foydalanuvchi harakatini ma’murlash muolajasi uzviy bog’langan.3

Ma’murlash (Accounting) — foydalanuvchining tarmoqdagi harakatini, shu jumladan, uning resurslardan foydalanishga urinishini qayd etish. Ushbu hisobot axboroti xavfsizlik nuqtai nazaridan tarmoqdagi xavfsizlik hodisalarini oshkor qilish, tahlillash va ularga mos reaksiya ko’rsatish uchun juda muhimdir.

Ma’lumotlarni uzatish kanallarini himoyalashda subyektlarning o’zaro autentifikasiyasi, ya’ni aloqa kanallari orqali bog’lanadigan subyektlar haqiqiyligining o’zaro tasdig’i bajarilishi shart. Haqiqiylikning tasdig’i odatda seans boshida, abonentlarning bir-biriga ulanish jarayonida amalga oshiriladi. “Ulash” atamasi orqali tarmoqning ikkita subyekti o’rtasida mantiqiy bog’lanish tushuniladi. Ushbu muolajaning maqsadi — ulash qonuniy subyekt bilan amalga oshirilganligiga va barcha axborot mo’ljallangan manzilga borishligiga ishonchni ta’minlashdir.4

O’zining haqiqiyligining tasdiqlash uchun subyekt tizimga turli asoslarni ko’rsatishi mumkin. Subyekt ko’rsatadigan asoslarga bog’liq holda autentifikasiya jarayonlari quyidagi kategoriyalarga bo’linishi mumkin:


  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish