biror narsani bilish asosida. Misol sifatida parol, shaxsiy identifikasiya kodi PIN (Personal Identification Number) hamda “so’rov javob” xilidagi protokollarda namoyish etiluvchi maxfiy va ochiq kalitlarni ko’rsatish mumkin;
biror narsaga egaligi asosida. Odatda bular magnit kartalar, smart-kartalar, sertifikatlar va touch memory qurilmalari;
qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida. Ushbu kategoriya o’z tarkibiga foydalanuvchining biometrik xarakteristikalariga (ovozlar, ko’zining rangdor pardasi va to’r pardasi, barmoq izlari, kaft geometriyasi va x.) asoslangan usullarni oladi. Bu kategoriyada kriptografik usullar va vositalar ishlatilmaydi. Beometrik xarakteristikalar binodan yoki qandaydir texnikadan foydalanishni nazoratlashda ishlatiladi.
Parol — foydalanuvchi hamda uning axborot almashinuvidagi sherigi biladigan narsa. O’zaro autentifikasiya uchun foydalanuvchi va uning sherigi o’rtasida parol almashinishi mumkin. Plastik karta va smart-karta egasini autentifikasiyasida shaxsiy identifikasiya nomeri PIN sinalgan usul hisoblanadi. PIN — kodning maxfiy qiymati faqat karta egasiga ma’lum bo’lishi shart.
Dinamik — (bir martalik) parol - bir marta ishlatilganidan so’ng boshqa umuman ishlatilmaydigan parol. Amalda odatda doimiy parolga yoki tayanch iboroga asoslanuvchi muntazam o’zgarib turuvchi qiymat ishlatiladi.
“So’rov-javob” tizimi - taraflarning biri noyob va oldindan bilib bo’lmaydigan “so’rov” qiymatini ikkinchi tarafga jo’natish orqali autentifikasiyani boshlab beradi, ikkinchi taraf esa so’rov va sir yordamida hisoblangan javobni jo’natadi. Ikkala tarafga bitta sir ma’lum bo’lgani sababli, birinchi taraf ikkinchi taraf javobini to’g’riligini tekshirishi mumkin.
Sertifikatlar va raqamli imzolar - agar autentifikasiya uchun sertifikatlar ishlatilsa, bu sertifikatlarda raqamli imzoning ishlatilishi talab etiladi. Sertifikatlar foydalanuvchi tashkilotining mas’ul shaxsi, sertifikatlar serveri yoki tashqi ishonchli tashkilot tomonidan beriladi. Internet doirasida ochiq kalit sertifikatlarini tarqatish uchun ochiq kalitlarni boshqaruvchi qator tijorat infratuzilmalari PKI (Public Key Infrastructure) paydo bo’ldi. Foydalanuvchilar turli daraja sertifikatlarini olishlari mumkin.
Autentifikasiya jarayonlarini ta’minlanuvchi xavfsizlik darajasi bo’yicha ham turkumlash mumkin. Ushbu yondashishga binoan autentifikasiya jarayonlari quyidagi turlarga bo’linadi:
parollar va raqamli sertifikatlardan foydalanuvchi autentifikasiya;
kriptografik usullar va vositalar asosidagi qat’iy autentifikasiya;
nullik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo’lgan autentifikasiya jarayonlari (protokollari);
foydalanuvchilarni biometrik autentifikasiyasi.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan yuqorida keltirilganlarning har biri o’ziga xos masalalarni yechishga imkon beradi. Shu sababli autentifikasiya jarayonlari va protokollari amalda faol ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda ta’kidlash lozimki, nullik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo’lgan autentifikasiyaga qiziqish amaliy xarakterga nisbatan ko’proq nazariy xarakterga ega. Balkim, yaqin kelajakda ulardan axborot almashinuvini himoyalashda faol foydalanishlari mumkin.
Autentifikasiya protokollariga bo’ladigan asosiy hujumlar quyidagilar:5
maskarad (impersonation). Foydalanuvchi o’zini boshqa shaxs deb ko’rsatishga urinib, u shaxs tarafidan harakatlarning imkoniyatlariga va imtiyozlariga ega bo’lishni mo’ljallaydi;
autentifikasiya almashinuvi tarafini almashtirib kupit (interleaving attack). Niyati buzuq odam ushbu hujum mobaynida ikki taraf orasidagi autenfikasion almashinish jarayonida trafikni modifikasiya-lash niyatida qatnashadi. Almashtirib quyishning quyidagi xili mavjud: ikkita foydalanuvchi o’rtasidagi autentifikasiya muvaffaqiyatli utib, ulanish o’rnatilganidan so’ng buzgunchi foydalanuvchilardan birini chiqarib tashlab, uning nomidan ishni davom ettiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |