Ich sinflarda miqdor,narx va baholarga doir masalalarni yechishga orgatish metodikasi



Download 41,43 Kb.
bet1/2
Sana26.03.2022
Hajmi41,43 Kb.
#511396
  1   2
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA MIQDOR,NARX VA BAHOLARGA DOIR MASALALARNI


BOSHLANG’ICH SINFLARDA MIQDOR,NARX VA BAHOLARGA DOIR MASALALARNI YECHISHGA
ORGATISH METODIKASI


REJA:

1.Asosiy miqdorlar haqida tushuncha.
2.Uzunlik va uning birliklari bilan tanishtirish metodikasi.
3.Massa va hajm, ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi
4.Bunda o’lchov boshini 0 bilan ham belgilamasdan 1 bilan belgilab xato o’lchashga yo’l qo’yishi mumkin.
KIRISH
Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli miqdorlarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo’lib, bu tushunchalar o’quvchilarning butun o’qishi davrida shakllanadi.Biz o’quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og’irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to’g’risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o’rganish arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi.Masalan: o’lchashni o’rganish, sanashni o’rganish bilan, o’lchov birliklari sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o’qitiladi. Miqdorlarni o’qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog’liq holda o’qitib, politexnik bilimlar berish demakdir.Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta’lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko’rgazmali, aynan o’zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o’lchashni amaliyotda ko’radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.Uzunlik va uning biliklari bilan tanishtirish metodikasi Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning “teng”, “katta”, “uzun”, “qisqa”, “kalta” kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo’yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o’lchov birliklarini tanlash mumkin.Masalan: sanoq cho’pini uzunlik birligi qilib, u bilan boshqa uzunliklarni o’lchab taqqoslaydilar. Bularga daftarning uzunligi, qarich, qadam kabi birliklarni ham tushuntirish kerak. Shundan keyin sanoq cho’pining uzunligini sm bilan o’lchash va u bilan boshqa uzunliklarni sm bilan aniqlash imkoni tug’iladi. Sm moduli orqali o’quvchilar:Berilgan kesmani o’lchash.
Berilgan uzunlik masalasini hal qiladi.1 smli kesmani ketma-ket 10 marta qo’yish bilan 1 dm ni o’lchab kesib oladilar. Tayoqchalardan 1 sm, 1 dm o’lchov birliklarini namuna sifatida yasab ular bilan atrofdagi turli xil narsalarning uzunligini o’lchaydilar. O’lchashda kesmada o’lchash necha marta joylashish malakasi berilgandan keyin sm yoki dm li bo’linmalarni raqamlar bilan belgilashga o’tiladi. Shu asosda sm li, dm li o’lchov birliklari hosil qilinadi. Chizg’ich qanday yasalgani hamda chizg’ich bilan o’lchash malakalari beriladi. Chizg’ich bilan qog’ozda kesmalar chizish va o’lchash, turli xil uzunliklarni o’lchashga doir amaliy mashqlar bajartiriladi. Dm bilan 2-o’nlikni o’tishda tanishtirish amalga oshiriladi. Metr bilan tanishtirish 100 likni o’tishda tanishtiriladi.Navbatdagi bosqich o’nliklarni hisoblashda dm va sm ni birgalikda ishlatishdir. O’lchatishlar asosida 5 dm va 4 sm kabi uzunliklar hosil qilinadi va aksincha chizdiriladi. Eng kichik uzunliklarni o’lchashda va 1000 liklar mavzusida km tushunchalari beriladi.O’quvchilar chamalash yordamida uzunliklarni o’lchash, qadamlarni metrga aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha bo’lgan masofalarni m va km lar bilan aniqlaydilar. 4-sinfda uzunlik birliklari va ular orasidagi bog’lanishni biladilar va daftar orqasidagi jadvalni bilib olish topshiriq qilib beriladi. Bunda quyidagi topshiriqlar bajariladi:1 m 1 sm dan qancha katta, 1 dm 1 m dan necha marta kichik,1 mm 1 sm ning qanday qismini, 1 dm 1m ning qanday qismini tashkil qiladi.g) 36647 m, 3807 m kabilarni km va m larda ifodalang.Kesmalarni o’lchashning puxta ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida bolalarni faqat qog’ozga chizilgan kesmalarni o’lchash bo’yicha mashq qildirib qolmay, balki bu maqsadda boshqa obyektlarni masalan, qalam, daftar va boshqa uncha katta bo’lmagan obyektlarni o’lchash bo’yicha ham mashq qildirish kerak.Ko’pincha chizish ishlarini bajarishda santimetr modelidan foydalaniladi. Chizg’ich o’rniga katakli daftarning bir necha varag’ini buklab har ikki katak 1 sm ekanligidan foydalaniladi. 20 katak yoki 10 sm 1 dm ga tengligini qog’ozda raqamlar bilan ham belgilab chizg’ich yasash mumkin. Bunda o’lchov boshini 0 bilan ham belgilamasdan 1 bilan belgilab xato o’lchashga yo’l qo’yishi mumkin. Shuning uchun qog’ozda sm larni raqamlar bilan belgilashda shoshmasdan nol soni o’tilganidan keyin raqamli uzunlikni hosil qilish mumkin. Shuning uchun qog’ozda sm larni shoshmasdan 0 soni o’tilgandan keyin raqamli uzunlikni hosil qilishi foydalidir.Dm modeli yordamida o’lchashlarga doir ba’zi mashqlarni keltiramiz. Dm ning uchta modelini ketma-ket qo’ying, qanday uzunlikdagi yo’lakcha hosil bo’ladi.Qog’oz lenta yoki ip uzunligi 3 dm bo’lgan bir bo’lak o’lcham va yo’lakchaning yoki ipning shu qismini qirqib oling.To’g’ri chiziqda berilgan nuqtadan boshlab ikki marta dm qo’ying va boshqa bir nuqta qo’ying. Hosil bo’lgan kesma uzunligini ayting.Partaning, doskaning, stolning uzunligini toping.Agarda o’lchashda dm butun son marta joylashmasa, o’lchash natijasi taqriban ifodalanadi.Masalan, 3 dm ga 5 sm dan ozgina ortiq yoki kam va hokazo. Uzunlik o’lchovining yangi birligi km bilan tanishtirilayotganda bu birlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar o’tkazish tavsiya qilinadi. 1 km masofani qadamlab o’tib, necha qadam km bo’lganini, bir qadam uzunligi qancha uzunlikka egaligini keltirib chiqaradilar. Bir qadamning uzunligi chizg’ich, ruletka, o’lchov lentasi bilan taxminan hisoblangandan keyin turli masofalarni qadamlab, keyin m yoki km ga aylantiradilar.1 km=1000 m, 1 m=10 dm, 1 dm=10 sm, 1 sm=10 mm, 1 m=100 sm=1000 mm.Massa, hajm va ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi.Massani jismning yerga tortilish xossasidan kelib chiqadi, deb o’rgatish osondir. Boshlang’ich sinflarda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli, “og’irlik”, “og’irlikni tortish”, “og’irlik toshlari”, “og’irlikni tenglashtirish”, so’zlarini iloji boricha ishlatmay, “massa”, “jismlarning massasini o’lchash”, “massani o’lchash asboblari” kabi so’zlardan foydalanish kerak.Narsalarni massasiga ko’ra “og’ir”, “yengil” so’zlari bilan farqlaymiz. Massa birliklari qilib, kg, g, s, t lar qabul qilingan.Shulardan keyin massa o’lchovlari jadvali kiritiladi, daftar orqasidan massa jadvalini tushuntiradi, uni bilish va yodda saqlash tavsiya qilinadi.1 t = 10 s, 1 s = 100 kg, 1 kg = 1000 g. Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalar, “yengil”, “og’ir”, “bir xil og’irlikda” kabi so’zlarni eshitib, shug’ullanib massa haqida boshlang’ich tushunchalarni egallaganlar. 1-sinfda massa birligi 1 kg bilan tanishadilar. Tarozilar yordamida tortish bilan turli xil predmetlardan 1 kg haqida tushunchani amaliy ko’rsatish mumkin. Navbatdagi darsda hajm (sig’im) o’lchov birligi litr bilan tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarda bo’lishi, ya’ni 1 litrli banka, krujka, shuningdek ular yordamida chelak, kastryulka, bidon kabilarni o’lchab to’ldirish ishlari amalga oshiriladi.O’qituvchi amaliyotdan misollar keltiradi. Masalan, suvni, yog’ni, kerosinni nima bilan o’lchab, nimaga solib olib kelamiz, degan suhbatni tashkil qiladi.“Idishlarning sig’imi”, va “litr” tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi.“Litr” darsiga o’quvchilarni tayyorlash uchun hajmga ega bo’lgan jismlar haqida tushuncha berish maqsadida quyidagi mashqlarni berish mumkin.Qaysisi, ya’ni shar yoki kub kattami?G’isht quyadigan qoliplardan qaysi biri kattaq Choy qoshiq va osh qoshiq bilan suvni o’lchab stakanni to’ldir, qaysi qoshiq bilan ko’p miqdordagi suv quyiladiq O’qituvchi 1 litr yozuvli metall krujkani ko’rsatadi va umum qabul qilingan o’lchovning nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sig’imini o’lchash zarur bo’lgan holatlar sig’imlarni o’lchash yoki hajmlarni o’lchash deb ataladi. So’ngra 1 l li krujka bilan suvni bankaga quyamiz. Banka to’ladi. Nima uchun banka 1 l li deb atalishini endi tushunadilar, keyin o’quvchilarga topshiriq beradi: 1 l li krujka va 1 l li banka bilan paqir va bidon kabi boshqa idishlarning sig’imini aniqlash topshiriladi.O’qituvchi amaliy ish sifatida quyidagilarni uyushtirishi mumkin.magazin o’yini. Sotuvchi va oluvchi sifatida sut, kerosin, yog’ kabilar o’lchashni bilib olishadi;banka, kostryulka, chelakka suyuqliklarni litrlab o’lchab solish;bir chelakda 5 l, 2-chelakda 3 l suv bo’lsa, ularni tenglashtirish uchun nima qilish kerak, degan masalalar berish. 2-sinfda o’quvchilari gramm bilan tanishadilar. Bolalarga bir tiyinning massasi 1 g, 2 tiyinniki 2 g, 3 tiyinniki 3 g deb tangalarni o’lchab, ularning qanday og’irlikka ega ekanligini amaliy ko’rsatadi.Shulardan keyin savdo tarozisi va katta tarozi bilan tanishtiriladi. Buning uchun yaqin oraga ekskursiya o’tkazish maqsadga muvofiqdir.3-sinfda “sentner”, “tonna” kabi massa o’lchovlari tushunchalari bilan tanishadilar. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bolalarni hayotiy tajribasiga murojaat etish). Bir xil nomli miqdorlarni solishtirishi (chamalab ko‘rinish, o‘lcham va boshqa xil usullar bilan).Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tinishtirish.O‘quvchilarda o‘lcham ko‘nikmalari hosil qilish.Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayrish (masalalarni yechish jarayonida).Miqdorlarni yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayirish.Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish.Turli miqdorlar haqida tasavvurlarni shakllantirish maqsadida turli amaliy mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko‘nikmali vositalardan foydalaniladi. Bu ish barcha o‘quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o‘quvchi bilan va guruh usulida amalga oshiriladi. O‘quvchilar “Miqdor” tushunchasining asosiy belgilarini turli xil amaliy mashg‘ulotlar davomida va turli xil muammoli sharoitlar tufayli o‘zlashtirib oladilar.Miqdorlar va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga mashq, ayni vaqtda u o‘quvchilarda hayotiy muammolarni ko‘ra bilish imkoniyatini shakllantirish va shu bilan ularning bilishga qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga “Miqdor” tushunchasini o‘rgatishda Oliygohni endi bitirgan yangi o‘qituvchidan quyidagi talablarga amal qilishi talab etiladi:maktabning qaysi sinflarida matematikakursi (fani) o‘quvchilar qanday miqdorlar va ularning o‘lcham birliklari bilan tanishishlarini lozimligini;boshlang‘ich sinflarda miqdorlar haqida tushunchalar tasavvurlarini shakllantirishga umumiy yondashishni bilishi kerak va shuningdek; uzunlik,massa,hajm, vaqt va maydonlarni o‘rganishda o‘quvchilarda miqdorlar haqida tasavvurni shakllantirishi uchun umumiy yondashuvni qo‘llay ola bilishi; maqsad sari yo‘naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilishi;miqdorlarni o‘rganishda turli xil vositalardan foydalanishi,o‘quvchilarda o‘lchash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini amalda ko‘llay olishi lozim.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi1 asr 1 yil 1oy 1 kun 1 soat 1min 100 yil 12oy 30yoki 31 24 60 min 60 sekMavjud dastur bo‘yicha vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi tshlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.2-sinfda “Vaqt o‘lchovlari” mavzusini o‘rgatishda bolalar vaqt o‘lchovining asosiy birliklari haqida konkret tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Bular yil, hafta, sutka, soat, minut.Ma’lumki, vaqt o‘lchovlari, o‘lchovlarning metrik tizimidan farqli o‘laroq bevosita o‘lchash imkoniyatini bermaydi. Bu xol turli ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish kerakligini ko‘rsatadi.Tabel-kalendar. Joriy yil uchun bunday tabel-kalendarni o‘quvchilarning o‘zlari o‘qituvchi raxbarligida mehnat darslarida tayyorlaydilar.Soatlarning namoyish modellari.Maktab o‘quvchisining kundalik rejimli jadvallari.Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga tanish bo‘laklari bo‘lgan ertalab, kunduzi, kechqurun, tun tushunchalari orqali kiritiladi. O‘quvchilarga kalendardagi chislolar sutkalarni ifodalashni, sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishini tushuntirish kerak.Shundan keyin soat va minut qaraladi. Soat va minut bilan tanishtirishga bag‘ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o‘lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka 24 soatdan, 1 soat 60- minutdan iborat.2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi.3-sinfda esa sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berish mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach, bolalar ham qarsak chalishni tushuntiradi2. (bolalar bir minut vaqt o‘tish uchun 60 gacha sanashlari kerak.). Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda berilgan mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar. Quyida 3-sinf “Matematika” darsligidan 587-masalani echamiz. 587-masala. Soat qaysi vaqtni ko‘rsatmoqda? Bir vaqtni har xil bayon eting: Javoblar:Soat 3 dan 5 minut o‘tdi yoki soat 3 u 5 minut: Soat 6 dan 15 minut o‘tdi yoki saot 6 yu 15 minut, yoki 6 dan chorak soat o‘tdi; Soat 5 u 30 minut yoki besh yarim Uzunlik va uning o‘lchov birliklari Bolalar uzunlik jismning davomiyligini narsaning o‘lchamlarini tasvirlaydigan xossasi ekanini maktabgacha bo‘lgan davrdayoq tassavur qila oladilar. Bolalar uzunroq–qisqaroq, keng-tor, baland-past,
yo‘g‘on-ingichka, munosabatlarni to‘g‘ri aniqlay oladilar. O‘qitishning navbatdagi vazifasi-o‘lchash ishining mohiyatini ochib berish, uzunlikning turli o‘lchov birliklarining ahamiyatini ko‘rsatish va o‘lchov asboblaridan foydalanishga o‘rganishdan iborat. Tayyorgarlik bosqichining birinchi davridayoq o‘qituvchi “miqdor” tushunchasini rivojlantirish imkoniyatiga ega. “Miqdor” so‘zining o‘zi ko‘pchilik bolalarga tushunarli emas, chunki bu so‘zni ular kam ishlatadilar. O‘qituvchining vazifasi narsalarning hossasi taqqoslanayotganda bu taqqoslashni miqdor jihatdan ifoda qilish mumkinligini miqdor haqida so‘zlash mumkinligini har doim ko‘rsatib berishdan iborat.“Uzun qisqa ” mavzusi bo‘yicha dars parchasini keltiramiz.Darsning maqsadi. Uzunlik tushunchasini jismning o‘lchamlarini tavsiflaydigan hossasi sifatida shakllantirish.Ish narsalarning uzunliklarini ko‘z bilan chamalab va ustiga qo‘yish usuli bilan taqqoslashdan boshlanadi.Amaliy ish. Gorizantal tortilgan ipcha eni bir xil, lekin rangi va uzunliklari turlicha bo‘lgan tasmalar ilingan.Bolalar qaysi tasma uzunroqlinini, qisqaroqligini, bir xil uzunlikda ekanligini ko‘z bilan chamalab aniqlaydilar. O‘qituvchi esa tasmalarni ip bo‘ylab surib ularni ustma-ust tushiradi. Bolalarning e’tiborini quyidagilarga qaratadi: tasmalarning bir uchlari ustma-ust tushgan bo‘lsa, endi ularning oxiriga, ya’ni ikkinchi uchiga qaraymiz va qaysi xolda “Uzunroq”, “Qisqaroq”, “Bir xil uzunlikda” deb ayta olishmiz mumkinligini aniqlaymiz. Mustaxkamlash uchun esa frontal amaliy ish o‘tkaziladi. Bolalarga uchtadan qog‘oz tasmalar tarqatiladi. (ikkitasi bir xil uzunlikda, uchinchi tasma esa uzunligi bo‘yicha ularga teng emas). Bu qog‘oz tasmalarni uzunliklari bo‘yicha qanday taqqoslash mumkin?Ustiga qo‘yish bilan taqqoslash mumkin. Tasmalarning bir birining ustiga shunday qo‘yingki, qaysi tasmalar bir xil uzunlikda, qaysi tasma uzunroq ekani ko‘rinib tursin. Keyin tasmalarni bir birining ustiga tushurish mumkin bo‘lmagan xolat yaratiladi. Buning uchun uzunligi turlicha bo‘lgan ikkita tasma doskaning turli qismlarida turli balandliklarda ilib qo‘yiladi. Uchinchi tasmani o‘qituvchi ushlab turadi. Qaysi tasma uzunroq? Bolalar bilan birgalikda o‘qituvchi bunday xulosaga keladi: uchinchi tasmani birinchi tasma ustiga qo‘yish kerak, ular ustma-ust tushadi, demak bu tasmalar teng. Keyin uchinchi tasmani ikkinchi tasma ustiga qo‘yiladi, u uchinchi tasmadan uzunroq ekan. Qaysi tasma uzunroq, ikkinchi tasmami yoki birinchi tasmami? Bunday xulosa chiqariladi: agar birinchi tasmaning uzunligi uchinchi tasmaning uzunligiga teng bo‘lsa, ikkinchi tasmaning uzunligi esa uchinchi tasma uzunligidan katta bo‘lsa, u xolda birinchi tasmaning uzunligi ikkinchi tasmaning uzunligidan kichikdir3.SHunga o‘xshash sh ish va xulosani uzunligi bo‘yicha bir xil, biroq rangi bo‘yicha turlicha uchta cho‘p ustida ham bajaramiz. Keyingi darsda frontal amaliy ish o‘tkaziladi. Bolalar ichiga turli uzunlikdagi 5-6 ta qog‘oz tasma solingan konvertlar oladilar.Topshiriq: eng uzun tasmani, keyin qisqaroq tasmani va eng qisqa tasmani toping.Navbatdagi darslikda “Uzunlik” tushunchasi kengaytiriladi. Bo‘yi, eni, qalinligi, balandligi so‘zlari kiritiladi.O‘qituvchi: Sinfimizdagi doskaga qarang. Bu doskaning (uzunligi) bo‘yi (qo‘li bilan chapdan o‘nga tomon ko‘rsatadi). Doskaning o‘lchamini yana qanday ko‘rsatish mumkin? (yuqoridan pastga). Demak doskaning o‘lchamlarini ikki yo‘nalishda ko‘rsatish mumkin. Ularni chalkashtirmaslik uchun doskaning eni (kengligi) deb gapiriladi. O‘z ish o‘rningizga qarang. Qo‘lingiz bilan partaning uzunligini (bo‘yini), partaning enini ko‘rsating. Darslikning bo‘yini, enini ko‘rsating. Darslikning yana qanday o‘lchamini ko‘rsatish mumkin? O‘qituvchi darslikni ikkita barmog‘i bilan ushlab ko‘tarib ko‘rsatadi. (qalinligini). Daftar va darsligigingizni solishtiring. Qaysi biri qalin? Qaysi biri yupqa?Xulosa: narsalarning o‘lchamlari haqida gapirilayotganda bu o‘lchamlarni turli yo‘nalishlarda ko‘rsatish mumkin. Turli yo‘nalishdagi uzunlik turlicha ataladi: bo‘y, eni, balandligi, qalinligi. Bu so‘zlar uchun qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bormi? “Teskarisiga” o‘yinini o‘ynaymiz. Men rasmlarni ko‘rsataman va narsalarni bir so‘z bilan taqqoslayman, siz esa bu taqqoslashni qarama-qarshi ma’noli so‘z bilan aytamiz. Qizil qalam ko‘k qalamdan uzun (narsalar ko‘rsatiladi.).Qayrag‘och archadan baland. SHarf kamardan keng (narsalar ko‘rsatiladi).Kundalik daftar darslikdan yupqa (narsalar ko‘rsatiladi). Dars irmoqlardan keng. Yo‘l so‘qmoqdan uzun va hakozo.Darslik bo‘yicha ishlash bu tushunchalarni mustahkamlaydi. Atrofingizga qarang va hossalarini yangi so‘zlar bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan narsalarni ayting.Yakunlab o‘qituvchibunday deydi: Biz bugun yangi tushuncha-miqdor bilan tanishdik. Narsalarning hossasini taqqoslash mumkin. Narsalarning hossasini taqqoslash mumkin bo‘lgan holda miqdor haqida gapiriladi. Narsalarning o‘lchamlari haqida gapirilganda miqdorni turli so‘zlar bo‘yi, eni, balandligi, qalinligi deb aytiladi. Agar narsaning bir yo‘nalishdagi o‘lchami haqida gapiriladigan bo‘lsa, ko‘pincha “bo‘yi”, uzunligi so‘zini aytadilar.Navbatdagi darslarda og‘zaki sanoq ishiga miqdorlarni taqqoslashga doir topshiriqlarni muntazam kiritib borish kerak4. Ustiga qo‘yishning amaliy usullaridan ham vaqti-vaqti bilan foydalanib turish kerak.Yuza va uning o‘lchov birliklari Tekis figuralarning boshqa hossalari orasida yuzalarni o‘lchash tushunchasini kiritish amaliy usulga asoslanadi. Yuza birliklari mavzusi 4-sinfda o‘rganiladi. Yuza haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirishga tayyorgarlik ishi 1-2-sinflardayoq boshlanadi.Bosma aosdagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo‘yash, mehnat darslarida qog‘ozdan figuralar qirqib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani tekislikning yopiq siniq chiziq bilan chegaralangan bo‘lagi sifatida qabul qilinishiga imkon beradi. Bolalar ko‘pincha yuzani o‘lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash bilan aralashtirib yuboradilar. “To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini o‘lchash nima?” olgan savolga ko‘pincha bolalar “ bu uning bo‘yini va enini o‘lchab ularni ko‘paytirish ” deb javob beradilar. Biroq to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish degan so‘z unda yuza birligi (sm2, m2) necha marta joylashgan ekanini aniqlash demakdir. O‘qituvchi bolalarni yuza tushunchasi va yuza atamasi bilan tanishtirishda amaliy ishdan foydalaniladi: stollar, partalar, kitob va daftarlar, turli figuralar sirti, yuzasi birligini, ularni matematikada “yuza” (yuz) deb atalishini suhbat mobaynida tushuntiradi. (17 rasm)Umumlashtirish. Biz figuralar va narsalarning yangi hossasi-yuzasi bilan tanishdik. Yuza figura qanday joy egallaganini ko‘rsatadi. Yuza-bu miqdordir, chunki u bo‘yicha figuralarni taqqoslash mumkin.Yuza o‘lchov birligi kvadrat santimetr bilan tanishtiruvchi dars fragmenti (parchasi)ni keltiramiz. O‘qituvchi. Biz narsalarning bir necha hossalarini va ularni ifodalaydigan miqdorlarni bilamiz (uzunlik, massa, sig‘im).To‘g‘ri chiziq kesmasi uzunlikka ega to‘g‘ri to‘rtburchak,
uchburchak, doira, bayroqcha esa yuzaga ega. Yuzalarni o‘lchash uchun katakchalarga bo‘lingan paletkadan foydalanamiz.Agar paletkaning har bir katagi tomoni 1 sm dan bo‘lgan kvadrat bo‘lsa, yoki 4 ta daftar katakchasini o‘z ichiga olsa, uni 1 kvadrat santimetr deyiladi. (18 rasm).1 kvadrat santimetr 18 rasm O‘quvchilar bilan frontal ish tashkil etiladi. Ularga orqa tomonlari katakchalarga bo‘lingan quyidagi shakllar tarqatiladi ( 18 rasm) Topshiriq. Paletka yordamida (18 rasmdagi) quyidagi figuralar yuzalarini o‘lchang. Ustma-ust tushadigan figuralar teng figuralar, ustma-ust tushmaydigan figuralar (yuzalari teng) tengdosh figuralar deyiladi 1 2 1 2 3 3 Yuqoridagi I va II varianlardagi 1-figuralar teng , 2-figuralar tengdosh, 3-figuralar teng ham emas, tengdosh ham emas.So‘ngra kvadrat detsimetr bilan tanishtiriladi. Buning uchun 10x10 (kvadrat santimetr) li taxtachadan foydalanamiz, u 100 ta 1 kv – sm li kataklarga ega. Uning tomonlari 10 sm =1 dan bo‘lgani uchun uni 1 kvadrat detsimetr deyiladi.1 dm 2 10 · 10 = 100 sm2 Kvadrat metr va kvadrat detsimetrlar orasidan munosabat ham shu tariqa o‘rnatiladi.1m2 = 100 dm2 . 1m2 = 100 sm2 · 100 = 10000 sm2 Kvadrat metr va kvadrat detsimetrlar orasidagi munosabat ham shu tariqa o‘rgatiladi.1m2 = 100 dm2 . 1m2 = 100 sm2 - 100 = 10000 sm2 Eng so‘ngi bosqichda to‘g‘ri to‘rtburchak yuzasini topish o‘rganiladi. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini topish uchun uning tomonlari (bo‘yi va eni) ni o‘lchab, ularni ko‘paytiramiz. ( 19 rasm).Yuza birligini kiritishga tayyorgarlik davrida beriladigan topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin5Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarinig asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqeylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur uchun foydalaniladi.1–2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va «raqam» tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lchash birligdetsimetrdan foydalanib, 1 dm , 2 dm, 3 dm, . , ...20 dm. Kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan - (20 dm) yozib qo‘yamiz.Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (200 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqamli ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m).Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqichda mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 78,40,11,99 kabi misollarda belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5 dm.1 m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganligi qayta-qayta takidlanishi lozim.Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; «385 va 481 sonlarini qo‘shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm. miqdorlarni qo‘shing» kabi.U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘qituvchi har bir miqdorlarni o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib, o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.Miqdorlarni o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema.Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish, taqqoslash, o‘lchash va boshqa xil usullar bilan).Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tanishtirish.O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish.Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish. (Masalalarni yechish jarayonida).Miqdorlarning yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayrish.Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish.Bu bo‘limda o‘quvchilar massa (vazn) tushunchasi va uningo‘lchov birligi - «kilogramm» bilan tanishadilar. Bu mavzuni o‘rganishdagi atamalarga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Sababi, so‘nggi vaqtlargacha massani oddiy tarozda tortib, uning ko‘rsatkichlarini «og‘irlik» deb atar edilar. Vaholanki, massa va og‘irlik bir xil narsa emas. Og‘irlik – massani tezlanishga ko‘paytmasidan iborat bo‘lgan kuchdir. Shuning uchun bolalarga savol berilganda «ushbu predmetni og‘irligi qancha?» deb emas, «ushbu predmetning massasi qancha?» deb so‘rash joiz bo‘ladi. Savolning bunday shaklda qo‘yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan.Massa haqida tasavvurni shakllantirish metodikasida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin.Bolalarda massa haqida qanday tushuncha borligini aniqlab olish kerak. Buning uchun o‘qituvchi shunday vaziyatdan foydalanish mumkin.Stolga ikkita bir xil rangli va o‘lchamli ikkita kubikni qo‘yish lozim. (Ularning birini yog‘ochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin. Ularning tashqi tomondan farqi bo‘lmasligi kerak).O‘qituvchi bu ikkala kubik bir xil bo‘lsa ham, ularning o‘rtasida farqlar borligini tushuntirishi kerak. Shunda bolalarda bu farq nimada ekanligiga qiziqish uyg‘onadi. Ba’zi bolalar esa kubiklarni yaqindan va hatto ko‘tarib ko‘rishga harakat qilishadi. Shunda o‘qituvchi «og‘irroq» va «yengilroq»predmetning massasi bilan bog‘liq sifati ekanini tushintiradi. Matematikada «og‘irroq» va «engilroq» so‘zlari o‘rniga «Ushbu predmetning massasi ko‘p (yoki kam)» degan iboralar ishlatiladi. So‘ng o‘qituvchi har bir o‘quvchiga (massasiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi) ikkita kitobni ikki qo‘liga olib, ulardan qay biri og‘iriroq ekanini so‘raydi. Javob turlicha bo‘lishi mumkin. Shunda o‘qituvchi predmetlar massasini qo‘lga olib chamalash mushkul ekanligini uqtiradi. Bunday hollarda eng oddiy pallali tarozilardan foydalanish mumkinligini tushintiradi va predmetlar massasini taqqoslash jarayonida undan foydalanish yo‘llarini tushuntiradi. Zaruriy tajribaga esa amaliy mashqlar davomida erishiladi. O‘quvchilarning diqqatini taroz pallalari bo‘sh vaqtida ko‘rsatkich tillarning holatiga, so‘ngra esa, pallalarga har xil buyum qo‘yilgandan keyingi holatga qaratiladi.O‘qituvchi bolalarga, uzunlikni o‘lchashda qo‘llanilgani kabi, massani o‘lchash uchun o‘lchov birligi zarurligini ma’lum qiladi. Bunday o‘lchov birligi sifatida «kilogramm» qabul qilingan.O‘qituvchi 1 kg, 2 kg, 5 kg li taroz toshlarini namoyish etadi. O‘quvchilar toshlarini o‘lchash (tortish) bo‘yicha mashqlarni o‘tkazadilar. Buning oqibatida ular miqdorlar haqida tasavvurni kengaytirish o‘lchov bilan boshqa mavzularni kengroq anglash, hisob-kitob bo‘yicha ko‘nikmalarini mukammallashtiradilar.Massalarning yig‘indisi, ayirmasi yoki qoldig‘ini topish bilan bog‘liq masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilar bir xil nomdagi birliklarda ifodalangan miqdorlarni qo‘shish va ayirishga oid vazifalarni bajaradilar.Hajm tushunchasi va uning o‘lchov birligi litr tushunchasi bilan bolalar birinchi sinfda tanishadilar. 4- sinfda hajm o‘lchov birligining sodda ko‘rinishlari o‘rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o‘rganishda bir nomli ko‘rsatkichdan boshqa nomli ko‘rsatkichga o‘tish, ikki xil nomdagi hajm miqdorini qo‘shish va ayirish kabi jarayonlar bo‘lmaydi.Hajm va uning o‘lchov birligi litr bilan tanishish jarayonida quyidagi muammoli holatlardan foydalanish mumkin.1. O‘qituvchi stolida suv to‘latilgan ikki xil idish turibdi. Har ikkovida suv bir xil to‘latigan bo‘lsa ham idishlardan biri ingichka, ikkinchisi esa yo‘g‘on va ikki xil hajmda ikkita stakan (ularni 1 va 2 deb belgilaymiz) va suvni quyish uchun ishlatiladigan yana boshqa uchinchi idish bor.O‘qituvchi 1 sonli stakan bilan har ikkala idishdagi suvlar hajmini o‘lchashni topshiradi. O‘quvchilar katta idishda 10 stakan, kichik idishda 5 stakan suv borligini aniqlaydilar. Bundan tegishli xulosa chiqariladi. Keyin ikkinchi stakan bilan har ikki idishdagi suv o‘lchanadi. Bu holatda katta idishdagi suv 4 stakan, kichik stakandagi suv 2 stakan chiqadi. Ya’ni xulosa qilinadi. Endi o‘qituvchi katta idishdagi suvni ikkinchi stakan bilan, kichik idishdagi suvni birinchi stakan bilan o‘lchashni topshiradi. Yakunlarni muhokama qilish o‘quvchilarni shunday xulosalarga olib keladiki, idishlardagi suv hajmini o‘lchash va taqqoslash uchun bitta o‘lchov birligidan bitta stakandan foydalanish zarur ekan. Bu holatda uzunlikni santimetr bilan, massani esa kilogramlar bilan o‘lchashni misol keltirib, hajmni o‘lchash uchun litrdan o‘lchov birligi sifatida foydalanishni tushuntiradi. 2. Suvli ikki idishdan biri kengroq ikkinchisi uzunchoq bo‘lib, ikkinchisidagi suvning balandligi birinchisiga nisbatan yuqoriroq. O‘qituvchi savol beradi: «Bu idishlarning qaysi birida suv ko‘proq?». Javoblar turlicha bo‘ladi. Qaysi idishda suv ko‘proq ekanligini hal etishkerak.O‘quvchilarning o‘zlari idishlardagi suvni o‘lchash uchun uchinchi idishdan foydalanishni taklif etadi. Bolalar suvni o‘lchash jarayonida har ikkala idishda ham bir xil hajmdagi bir xil suv bor degan fikrlarga kelishlari ham mumkin. O‘qituvchi o‘lchovlar yakuni bo‘yicha qo‘yidagicha xulosaga keladi: turli hajmli idishlarda turli miqdorda suv bo‘lishi mumkin va ularni yuzaki chamalash mumkin emasligini, o‘lchov yo‘li bilan aniq natijaga erishish mumkinligini tushuntiradi. Hajmning o‘lchov birligi kiritilganidan so‘ng turli amaliy mashqlar bajariladi. Masalan: «Bir idishda 5 l suv bor, ikkinchisida 3 l suv bor. Har ikkala idishdagi suvlar hajmi teng bo‘lishi uchun nima qilishi kerak?». (Birinchi idishdan ikkinchisiga suv quyilsa unda ikkala idishda 4 litrdan suv bo‘ladi, yoki birinchi idishdagi 2 l suv to‘kib tashlansa, har ikkala idishdagi suvning hajmi teng bo‘ladi). «Bir idishda 3 l. suv bor. Ikkinchisida esa 2 l. ko‘proq. Nima qilsak, ikkinchi idishda birinchi idishga nisbatan 1 l suv ko‘proq bo‘ladi?».Birinchi masala kabi, bu ham bolalarda fikrlash haqiqiy javobni topish davomida aqliy harakatni yuzaga keltiradi. Masalan, bolalar, birinchi idishga 1 l suv qo‘shimcha quyishni, yoki birinchisiga 2 l, ikkinchisiga 1 l suv yana quyishni taklif etishlari mumkin. Bu takliflarning hammasi amalda bajarilib ko‘rilishi kerak, ya’ni, hajmni o‘lchash bo‘yicha mashqlarga aylanishi kerak. Yuqorida keltirilgan vazifalar bolalarda oddiy holat – idishdagi suvni stakan bilan o‘lchashga nisbatan ko‘proq qiziqish uyg‘otish mumkin.Mavjud dastur bo‘yicha vaqt miqdori va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv 2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim.O‘quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi.2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi. 3-sinfda esa, sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berishi mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach,bolalar haqarsak chalishini tushuntiradi. (bolalar bir minut vaqt o‘tishi uchun 60 gacha sanashlari kerak ). Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda keltirilgan mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar.Тopshiriq 1. Darsligidan kalendar bilan ishlashga oid mashqlarni tanlab va o‘zingiz masala tuzing;3-sinfda vaqt birliklari bilan bog‘liq mashqlarni bajarish jarayonida «ulush»(dolya) mavzuiga oid materiallar bolalar ongida mustahkamlashga erishiladi. Soatga qarab vaqtni belgilash ko‘nikmasini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi. Soat modelidan foydalanib, o‘qituvchi har kuni bu ishga birgina minut vaqt ajratishi mumkin.Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirishda unumdorlik, umumiy ish hajmi va vaqt, tezlik va vaqt masofa va vaqt kabi miqdorlar o‘rtasidagi mutonasiblikka oid masalalar katta ahamiyatga egadir.Тopshiriq 2. Darsligida vaqt birliklari bilan ifodalangan miqdorlarni qo‘shish va ayirishga oid mashqlarni toping. Bu maqsadlarda darslik qanday usullarni tavsiya etadi.Тopshiriq 3. Kecha - kunduzda soatlar ketma - ketligini o‘rganishda asr vaqt birligi bilan tanishish jarayonida darsligi qanday ko‘rgazmali o‘quv vositalaridan foydalanishdan tavsiya etiladiBu ko‘rgazmali vositalardan foydalanish maqsadga muofiq bo‘lgan topshiriq va savollar tuzing.Тopshiriq 4. O‘quvchilarga tavsiya etilgan, amaliy mashqlarni yozib oling. Bu mashg‘ulotda dars shunday qismlarga bo‘linsinki, ulardan birida o‘quvchilar «sekund» vaqt birligi bilan, ikkinchisida esa «sutka» (kecha va kunduzning) 12 soatlik va 24 soatlik hisoblash usuli mavzusini qamro bo‘lsin.Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni O‘rgatish metodikasi va Hisoblash KO‘nikmalarini tarkib toptirishUshbu mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:o‘quvchilarni qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarining mazmuni bilan tanishtirish;Hisoblash usullaridan o‘quvchilarning ongli foydalanishlarini ta’minlash:Sonni qismlari bo‘yicha (bittalab yoki guruhlab) qo‘shish va ayirish usuli Yig‘indining o‘rin almashtirish xossasidan foydalanib qo‘shish usuli;Sonlarni ayirishda qo‘shishning tegishli holini bilishdan yoki yig‘indi va qo‘shiluvchilardan biri bo‘yicha ikkinchi qo‘shiluvchini toppish
malakasidan foydalaniladigan holda yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslangan ayirish usuliQo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish ko‘nikma malakalarini shakllantirish (yod olishga yetkazish) 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish ishini o‘zaro bog‘langan bir nechta bosqichga bo‘lish mumkin. O‘quvchilarda og‘zaki va yozma hisoblash ko‘nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Arifmetik amallarni o‘rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma’nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish asosida o‘tkaziladi. Masalan, «o‘nlik» mavzusini qo‘shish va ayirish amallarining manosi 2 to‘plam elementlarini birlashtirish va to‘plamdan uning qismlarini ajratish kabi amallar yordamida olib boriladi. Ko‘paytirishni uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish esa bo‘lish amalini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Demak, o‘qitishning 1-bosqichida abstrakt bo‘lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos bo‘lib xizmat qiladi. Тurli hisoblash usullarining o‘zlashtirilishi uchun dasturda arifmetik amallarning ba’zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Masalan, 1-sinfda 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin almashtrish xossalari bilan tanishadilar. Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o‘rganishdan tashqari arifmetik amal hadlari va natijalari orasidagi bog‘lanishlarni tanishtirishni ham ko‘zda tutadi. Bu ish amallarni, tenglamalarni tekshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, 6*4 = 24 bo‘lsa, uni bo‘lishga bog‘lab 24:6=4, 24:4 = 6 kabi hollar hosil qilinadi.Muhim vazifalardan biri hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Og‘zaki va yozma usulda hisoblashlar 1-4 sinfning har bir mavzusida o‘z aksini topgan.Masalan, og‘zaki 276 + 432 = (200+400)+(70+30)+(6+2) = 600+100+8 = 708 yozma, + 276432Arifmetik amallarni o‘rganishda oldin o‘quvchilar ongiga uning ma’nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu ish predmetlarning har xil to‘plamlari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o‘tkaziladi. O‘quvchilarni qo‘shish va ayirish amallarining ma’nosi bilan tanishtirish ikki to‘plam elementlarini birlashtirishga oid va berilgan to‘plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy munosabatlar orqali amalga oshiriladi. Qo‘shish amali sonlarni ko‘paytirish amallari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘paytirish uning komponentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish o‘z navbatida bo‘lish amalini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Arifmetik amallarni o‘rganishdagi masalalardan biri og‘zaki va yozma hisoblash usullarini ongli o‘zlashtirish, hisoblash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bog‘liqdir. Og‘zaki hisoblashlarning asosiy ko‘nikmalari 1- va 2-sinflarda shakllanadi. Og‘zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan natijalari orsidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Ammo og‘zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor. Ushbu mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:o‘quvchilarni qo‘shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtirish;hisoblash usullaridan o‘quvchilarning ongli foydalanishlarini ta’minlash:“sonni qismlari bo‘yicha (bittalab yoki guruhlab) qo‘shish va ayirish” usuli ikkita sonni yig‘indining o‘rin almashtirish xossasidan foydalanib qo‘shish usuli;sonlarni ayirishda (masalan, 8–5) qo‘shishning tegishli holini (8=5+3) bilishdan yoki yig‘indi va qo‘shiluvchilardan biri bo‘yicha ikkinchi qo‘shiluvchini topish malakasidan foydalaniladigan holda yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanishlarni bilishga asoslangan ayirish usuli10 ichida qo‘shish va ayirish ko‘nikma malakalarini shakllantirish (yod olishga yetkazish), 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish ishini o‘zaro bog‘langan bir nechta bosqichga bo‘lish mumkin.Qo‘shish va ayirish amallarining aniq mazmunini ochish; a+1 ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish hollari.Raqamlashni o‘rganish jarayonida birinchi o‘nlikdagi har bir son o‘zidan oldingi songa birni qo‘shishdan hosil bo‘lishi yoki o‘zidan keyingi sondan birni ayirish yo‘li bilan hosil bo‘lishi bolalar ongiga yetkazilgan edi, bu bolalarga sonlarning qatordagi tartibini o‘sish bo‘yicha ham o‘zlashtirish imkonini beradi.10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganishga bag‘ishlangan darsda bolalar olgan bilimlarini umumlashtirish kerak, umumlashtirish asosida a+1 va a-1 ko‘rinishdagi hollar uchun jadvallar tuziladi va bu jadvallarni bolalar tushunib olishlari va xotirada saqlashlari kerak
Birinchi darsdanyoq (1–1=0 va 0+1=1) ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish xollari qaraladi.II bosqich. a+2, a+3, a+4 ko‘rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish.Bu ko‘rinishdagi holatlar uchun taxminan bir xil reja tuzib ishlash mumkin.Yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik sifatida sonlarning ikki qo‘shiluvchidan iborat tarkibining mos hollari va qo‘shish hamda ayirishning o‘rganilgan jadval hollari takrorlanadi. a+4 hollariga doir usullarni qarashdan oldin 4 sonining tarkibi a+1, a+2, a+3 hollari takrorlanadi.Mos hisoblash usuli (sonni qismlari bo‘yicha qo‘shish va ayirish usullari) bilan tanishish.Yangi bilimlarni mustahkamlash va bu bilimlarni har xil vaziyatlarda qo‘llash.Qo‘shish sonlarining tarkibi va ayirishning mos hollariga to‘g‘ri keladigan jadval hollarini ongli o‘zlashtirish va eslab qolishga doir ishlar.Hisoblash usullarini mustahkamlash uchun 2 ni qo‘shish va ayirish bilan bog‘liq bo‘lgan misollar va masalalar og‘zaki va yozma usulda yechiladi, 2 talab qo‘shish va 2 talab ayirishga doir mashqlar bajariladi.Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasini o‘qitishQo‘shiluvchilarning o‘rnini almashtirish usullarini bolalar tushunib olishlari uchun dastlab ularga qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir.Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi bilan bolalarni quyidagicha tanishtirish mumkin. O‘quvchilarga masalan, 4 ta yashil va 3 ta qizil uchburchak olish buyuriladi.O‘qituvchi: 3 ta uchburchakni 4 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying. Uchburchaklar nechta bo‘ladi? Buni qanday bildingiz?O‘quvchi: 4 ga 3 qo‘shilsa 7 hosil bo‘ladi ( yozadi: 4+3=7).O‘qituvchi: endi uchburchaklarning ranggiga qarab yana ajrating va 4 ta uchburchakni 3 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying. Uchburchaklar nechta bo‘ladi?O‘quvchi: bu gal ham 7 ta (yozadi 4+3=7). O‘qituvchi: bu misollarni sonlarning qo‘shishdagi parametr nomlari bilan aytib bering.O‘quvchi: birinchi qo‘shiluvchi 4, ikkinchi qo‘shiluvchi 3, yig‘indi 7. Birinchi qo‘shiluvchi 3 ikkinchi qo‘shiluvchi 4 yig‘indi 7. Shunga o‘xshash x-4=3, 8-x=5 kabi ayirishdagi no’ma’lum komponnentlarni topishga doir ham yetarlicha misollarni yechdirish mumkin.Nazorat uchun tekshirish savol va topshiriqlar.10 ichida qo‘shish va ayirishga oid mantiqiy fikrlashga oid mashqlar.10 ichida qo‘shish va ayirishga oid dars rejasini tuzing.Misol va masalalar tuzing, konspekt yozing.Ijodiy xaraktyerdagi didaktik o‘yinlar tizimini deganda nimalarni tushunasiz?“Yuzlik” mavzusida arifmetik amallarni o‘rganish.100 ichida qo‘shish va ayirisUshbu mavzuda amallarni o‘rgatish bilan birga 1-sinfda sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shish, sonni yig‘indidan ayirish va yig‘indini ayirish xossalari, 2-sinfda yig‘indini yig‘indiga qo‘shish va yig‘indidan ayirish xossalari qaraladi.Bu xossalarni va tegishli hisoblash usullarini ochib berishdan avval tayyorgarlik ishini bajarish kerak, natijada o‘quvchilar sonlar yig‘indisi va sonlar ayirmasi kabi matematik ifodalarni o‘zlashtiradi, qo‘sh tengliklar, bir va ikki amalli ifodalarni qavslar yordamida yozishni o‘rganadi, ikki xonali sonlarni o‘nlik va birlik yordamida yoza oladilar.«Yig‘indi», «ayirma» tushunchalari bilan 4+3=7, 7-4=3 kabi misollarni yechishda tanishadilar. 10 ichida qo‘shish va ayirishdayoq 5+4=5+2+2=9, 8-3=8-1-2=5 kabi qo‘sh tengliklarni ishlatib, qo‘shish va ayirishning turli ko‘rinishlarini yoza oladilar, qavslar ishlatish yordamida 6+(3+1)=6+4=10 kabi hisoblash usullarini bilib olishadi.Raqamlashni o‘rganish davrida «qavs» belgisi bilan tanishadi, va «5 va 3 sonlari yig‘indisiga 2 ni qo‘shing» kabi og‘zaki masalalarni yechadilar. Qo‘shish va ayirishni o‘rgatish quyidagi tartibda olib boriladi. Oldin nol bilan tugaydigan 2 xonali sonlarni qo‘shish va ayirish o‘rganiladi, so‘ngra sonni yig‘indiga qo‘shish va ayirish o‘rganiladi. Sonni yig‘indidan ayirish, yig‘indini songa qo‘shish va yig‘indini sondan ayirish qoidalari ham shu tartibda qaraladi.Nol bilan tugaydigan sonlar ustida amallar bajarish:60+20= ? 70–40 = ?6 o‘nli + 2 o‘nli = 8 o‘nli 7 o‘nli – 4 o‘nli = 3 o‘nli60 + 20 = 80 70–40 = 30kabi ko‘rinishda savollar bilan olib boriladi.har bir qoida o‘rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:1 bosqich. Narsalar to‘plami ustida amallar bajarib, o‘quvchilar xossani ochishadi va ifodalashadi.II bosqich. Xossani misollar yordamida har xil usullar, jumladan, qulay usul bilan yechishga tatbiq qiladi.III bosqich. Arifmetik amallar xossalari asosida chiqariladigan hisoblash usullari o‘rganish obyekti bo‘lib xizmat qiladi.IV bosqich. O‘rganilgan xossalarni va hisoblash usullarini taqqoslash natijasida bu xossalar va usullar umumlashtirishning yuqoriroq darajasiga ko‘tariladi.Misol: 36+23 = (30 + 6)+(20 + 3) = (30 + 20)+(6+3)=50 + 9=59.1-sinfda o‘rganilgan to‘rtta xossa:Sonni yig‘indiga qo‘shish;Yigindini songa qo‘shishSonni yigindidan ayirish;Yig‘indini sondan ayirishlar 100 ichida qo‘shish va ayirishning barcha hollari uchun hisoblash usullari kiritiladi.Nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo‘shish va ayirishni ochib berishda bolalarga bunday sonlarni qo‘shish va ayirish bir xonali sonlarga o‘xshash bajarilishini ko‘rsatish kerak.Masalan: 60+20= yigindini topish uchun 6 o‘nlikka 2 ta o‘nlikni qo‘shish yetarli.60+20=? 70–406 o‘nl+2 o‘nl =8 unl 7 o‘nl– 4 o‘nl=3 o‘nl 60+20=80 70–40=30 Har bir xossani o‘rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:Birinchi bosqichda obyektlar to‘plamlari ustida amallar bajarib, o‘quvchilar xossani ochishadi va uni ifodalashadi.Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar xossani maxsus tanlangan misollarni har xil usullar va xususan, qulay usul bilan yechishga tatbiq qilishadi, shuningdek, masalalarni har xil usullar bilan yechishga ham tatbiq qilishadi.Uchinchi bosqichda arifmetik amallar xossalari, shuningdek, hisoblash usullarini taqqoslash natijasida bu xossalar va usullar umumlashtirishning yuqoriroq darajasiga ko‘tariladi.Birinchi bosqichda sonni yigindiga qo‘shish qoidasini ochib berish ishida bolalar ongiga yig‘indiga sonni uchta har xil usul bilan qo‘shish mumkinligi va bularning hammasida bir xil natija chiqishi faktini yetkazish kerak. Doskaga (5+2)+3 ifoda yozib qo‘yishgan. Bu ifodaning qiymatini uch usul bilan topish talab qilinadi:
(5+2)+3=7+3=10(5+2)+3=(5+3)+2=8+2=10(5+2)+3=5+(3+2)=5+5=10Ikkinchi bosqichda maxsus mashqlar bajarish yo‘li bilan xossalarni bundan keyin o‘zlashtirishga oid ish amalga oshiriladi. Asosan birinchi xossaga mashqlarni bilan cheklanamiz.Misolni o‘qing va natijani har xil usul bilan hisoblang:(4+2)+3II. Qulay usul bilan hisoblang:(8+6)+4 (30+3)+5 (40+2)+30Bunday mashqlarni bajarishda o‘quvchilar natijani topishning uchchala usulini xayolan takrorlashlari va eng osonini tanlab olishlari kerak.III. Yozuvni tamomlang:(40+7)+2=40+(...) (50+1)+30=(50+30)+...IV. Amallar xossalarini bilganlik asosida masalalarni har xil usullar bilan yechish:Zuhrada 5 ta katak va 3 ta chiziqli daftar bor. 2 tasini ukasiga berdi. Zuhrada nechta daftar qoldi?(5+3)–2=8–2=6 (daftar)O‘qituvchi masala shartini o‘zgartirishi mumkin:(5+3)-2=5 (3-2)=5+1=6......Uchinchi bosqichda tegishli qoidaga asoslangan hisoblash usullari ustida ish olib boriladi

Har bir hisoblash usuli ustida ishlash metodikasini ko‘rib chiqamiz.Sonni yig‘indiga qo‘shish xossalari o‘rganilgandan keyin 34+2, 34+20 hollarga doir usullar qaraladi. Тayyorgarlik sifatida nol bilan tugamaydigan ikki xonali sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida tasvirlash shuningdek, (80+4)+2, (50+4)+20 va hokazo.Misollarni qulay usul bilan yechish taklif qilinadi.Doskaga 46+30=(40+6)+30=(40+30)+6=76 46+3=(40+6)+3=40+(6+3)=40+9=49(Natijasi hisoblashda 40 ga 30 qo‘shish 70 bo‘ladi, 6 ni qo‘shsa 76 bo‘ladi)Shundan keyin tushuntirish asosida oldin sonni yig‘indi bilan almashtiramiz, so‘ngra eng qulay usul bilan yechamiz.Hisoblash usullari o‘zlari asoslanayotgan xossalarga mos ravishda qanday guruhlanishini ko‘rsatamiz.Yig‘indiga sonni qo‘shish, bu qoida quyidagi hisoblash usullariga asos bo‘ladi.34+20=(30+4)+20=(30+20)+4=5434+2=(30+4)+2=30+(4+2)=36


54+6=(50+4)+6=50+(4+6)=60Yig‘indidan sonni ayirish.48–30=(40+8)–30=(40–30)+8=1848–3=(40+8)–3=40+(8–3)=4530–6=(20+10)–6=20+10–6)=24 Songa yig‘indini qo‘shish.9+5=9+(1+4)=(9+1)+4=1436+7=36+(4+3)=(36+4)+3=4340+16=40+(10+6)=(40+10)+6=56 45+18=45+(10+8)=(45+10)+8=63Sondan yig‘indini ayirish.12–5=12–(2+3)=(12–2)–3=7 36–7=36–(6+1)=(36–6)–1=2940–16=40–(10+6)=(40–10)–6=24 45–12=45–(10+2)=(45–10)–2=33 45–18=45–(10+8)=(45–10)–8=27 Тo‘rtinchi bosqichda amallar xossalarini umumlashtirish va bu bilimlarni differensiallash imkonini beruvchi maxsus mashqlar bajarish nazarda tutiladi.36+23=(30+6)+(20+3)+(30+20)+(6+3)=59 65-21=(60+5)-(20+1)=(60-20)-(5-1)=44Og‘zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan natijalari orsidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Ammo og‘zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor.
Xulosa

Tayoqchalardan 1 sm, 1 dm o’lchov birliklarini namuna sifatida yasab ular bilan atrofdagi turli xil narsalarning uzunligini o’lchaydilar. O’lchashda kesmada o’lchash necha marta joylashish malakasi berilgandan keyin sm yoki dm li bo’linmalarni raqamlar bilan belgilashga o’tiladi. Shu asosda sm li, dm li o’lchov birliklari hosil qilinadi. Chizg’ich qanday yasalgani hamda chizg’ich bilan o’lchash malakalari beriladi. Chizg’ich bilan qog’ozda kesmalar chizish va o’lchash, turli xil uzunliklarni o’lchashga doir amaliy mashqlar bajartiriladi. Dm bilan 2-o’nlikni o’tishda tanishtirish amalga oshiriladi. Metr bilan tanishtirish 100 likni o’tishda tanishtiriladi.Navbatdagi bosqich o’nliklarni hisoblashda dm va sm ni birgalikda ishlatishdir. O’lchatishlar asosida 5 dm va 4 sm kabi uzunliklar hosil qilinadi va aksincha chizdiriladi. Eng kichik uzunliklarni o’lchashda va 1000 liklar mavzusida km tushunchalari beriladi.O’quvchilar chamalash yordamida uzunliklarni o’lchash, qadamlarni metrga aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha bo’lgan masofalarni m va km lar bilan aniqlaydilar. 4-sinfda uzunlik birliklari va ular orasidagi bog’lanishni biladilar va daftar orqasidagi jadvalni bilib olish topshiriq qilib beriladi. Bunda quyidagi topshiriqlar bajariladi:1 m 1 sm dan qancha katta, 1 dm 1 m dan necha marta kichik,1 mm 1 sm ning qanday qismini, 1 dm 1m ning qanday qismini tashkil qiladi.g) 36647 m, 3807 m kabilarni km va m larda ifodalang.Kesmalarni o’lchashning puxta ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida bolalarni faqat qog’ozga chizilgan kesmalarni o’lchash bo’yicha mashq qildirib qolmay, balki bu maqsadda boshqa obyektlarni masalan, qalam, daftar va boshqa uncha katta bo’lmagan obyektlarni o’lchash bo’yicha ham mashq qildirish kerak.Ko’pincha chizish ishlarini bajarishda santimetr modelidan foydalaniladi. Chizg’ich o’rniga katakli daftarning bir necha varag’ini buklab har ikki katak 1 sm ekanligidan foydalaniladi.




Download 41,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish