I. Mavzu: Polimer materiallardan foydalanib turli XIL formadagi suvinerlarni yasashni o’rganish. II. Darsning maqsadi: Ta‘limiy maqsad



Download 22,17 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi22,17 Kb.
#726980
Bog'liq
Suvinerlar


______ 2022 yil
I.Mavzu: Polimer materiallardan foydalanib turli xil formadagi suvinerlarni yasashni o’rganish.
II.Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: Polimer materiallardan foydalanib turli xil formadagi suvinerlarni yasash haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka, tejamkorlikka o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Polimer materiallardan foydalanib turli xil formadagi suvinerlarni yasash haqida ma’lumotlar berish. Nazariy bilim ,ko’nikma va malakalarni hosil qilish
III.Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
IV.Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
V.Darsda jihozi: “Polimer loydan suviner yasash ” uchun texnologik xarita, darsga oid slaydlar, buyum maketlari, xom-ashyo, asboblar va stanoklar.
VI.Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
2.Uyga vazifani so‘rash:
a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

3.Yangi mavzu bayoni:
Bilamizki, har qanday kattayu-kichik inshoatlar, loyiha asosida quriladi, avtomobillar ham loyiha asosida ishlab chiqariladi. Shuningdek, duradgorlikda yasaladigan har qanday buyum ham o’z loyihasiga egadir.Zero xalqimiz “Yetti o’lchab bir kes” degan maqolni bejiz keltirishmaganki, rejali ish samarali va tejamli bo’ladi.
Texnologik xarita Texnologik jarayon deganda: Ishlab chiqarish jarayonining bir qismi va bir detalni tayyor buyumga aylantirishni aytamiz; Texnologik jarayon o’quvchi har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi va texnologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik kartasidir; Texnologik kartalarni tuzish va ulardan foydalanish ijodiy faollikni oshiradi, texnik tajakkurni rivojlantiradi va mustaqil ishlashga, o’rganishga yordam beradi.
Tarixda ma`lum davrlarni tosh asri bronza asri va temir asri deb atalgan. Chunki, bu davrlarda tosh, bronza va temir as osiy konstruksion material hisoblangan. Yaqin o`tmishdagi XVIII va XIX asrlarni metallar asri deb atash mumkin. Chunki, bu davrlarda asosiy konstruksion material sifatida qora va rangli metallardan foydalanilgan.XX asrda esa xalq xo`jaligining barcha sohalarida metall va uning qotishmalari bilan birgalikda metallmas materiallar: polimer, plastmassa, kauchuk, rezina, beton, temirbeton, sopol va boshqa konstruksion materiallardan yasalgan konstruksiyalar, elementlar va detallar keng qo`llanildi. Xususan, po`latdan qattiq va po`kakdan yengil plastiklar yaratildi, mashina va samolyot dvigatellari sopoldan yasaldi, beton va temirbetondan ulkan inshootlar bunyod qilindi. Shuning uchun bu asrni shartli ravishda metal va metallmaslar asrideb atash mumkin.Mutaxassislar tomonidan biz yashayotgan XXI asr plastiklar asri bo`lishi ta`kidlangan. Chunki, bu asrda plastmassalar asosiy konstruk sion materialga aylanadi.Hozirgi vaqtda sanoatda yog`och va metallar bilan birgalikda plasmassalar ham keng ko`lamda ishlatilmoqda. Chunki, yog`och va metallarga nisbatan plasmassalarning tannarxi arzon hisoblanadi. Polimer deganda molekulalari yuzlab va minglab atomlarning o`zaro valentlik bog`lanishidan hosil bo`lgan yuqori molekulyar birikma tushuniladi. Ular tabiiy, sun`iy yoki sintetik bo`lishi mumkin.Polimerlar bir necha mingdan tortib, to bir necha milliongacha atomdan iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy va sun`iy bo`ladi. Tabiiy polimerlarga sellyuloza, jun, ipak, tabiiy kauchuk va boshqalar, sun`iylarigaesa organik shisha, polietilen, viskoza, kapron, neylon, sintetik kauchuk vaboshqalar kiradi.Yuqori molekular organik birikmalar yoki ularning guruhlari, ko`pincha,smolalar deb ataladi.
Plastiklik barcha polimerlarga ham xos bo`lavermaydi.Polimer materiallardan istalgan shakldagi xilma-xil buyumlar, shuningdek, ip, plyonka, list, truba va hokazo mahsulotlar tayyorlanadi.Polimerlarning o`ziga xos fizikaviy va texnologik xususiyatlari ularni buyumlarga va yarimfabrikatlarga aylantirishda maxsus usullardan foydalanishni talab etadi. Polimerlarni buyumlarga aylantirishning asosiy usullari ekstruziyalash, odatdagi usulda quyish, bosim ostida quyish, presslash, quyma presslash, ko`pirtirish, payvandlash, qizdirib purkash, randalash,
shuningdek, dastgohlarda qirindi kesib olish yo`li bilan ishlash mumkin.
Polimer loyini tayyorlash texnologiyasi.
Polimer loyini tayyorlash uchun kerak bo`ladigan xom ashyo va asbob-uskuna,
moslamalar:
– 1 stakan kraxmal (200 gramm);
– 1 osh qoshiq limon sharbati (15 ml);
– sirli idish;
– yog`och qoshiq;
– 200 gr PVA yelimi;
– rang berish uchun turli xil rangli bo`yoqlar;
– qo`l kremi;
– 2 tomchi glitserin;
– suv;
– mineral moy;
– 1 stakan makkajo`xori uni.
Polimer loyini tayyorlash ketma-ketligi:
1. Polimer loyini tayyorlash uchun sirli idishga PVA yelimi va suv quyib ilitiladi.
2. Kraxmal solib, yog`och qoshiq bilan aralashtiriladi.
3. Quyuq massaga keltirilgach, ustidan mineral moy, limon sharbati, glitserin solib, yana bir xil massaga kelguncha aralashtiriladi.
4. Tayyor bo`lgan massa yaxshi ishlanishi uchun qo`l kremi solinadi va aralashtirish davom ettiriladi.
5. Polimer loyi yaxshi turishi uchun yelim xaltada saqlanadi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Texnologik jarayon deb nimaga aytiladi?

  2. Texnologil xaritani tushuntirib bering?



Amaliy mashg‘ulot:
5. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. .
6. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish

______________________________
Download 22,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish