I-mavzu. «Mehnat bozori iqtosodiyoti» fanining mohiyati, predmeti va



Download 284,78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.06.2022
Hajmi284,78 Kb.
#639689


I-MAVZU. «MEHNAT BOZORI IQTOSODIYOTI » FANINING MOHIYATI, PREDMETI VA 
MAZMUNI
Reja:
1.1. Mehnat bozori iqtosodiyoti kategoriyasining mazmuni va mohiyati
1.2. «Mehnat bozori iqtosodiyoti » fanining maqsadi, vazifalari, predmeti va tamoyillari
1.3. Mehnat bozori iqtosodiyoti ning darajaviy bo‘limlari
1.1. Mehnat bozori iqtosodiyoti kategoriyasining mazmuni va mohiyati Bozor munosabatlari 
tizimida mehnat bozori muhim o‘rinni egallaydi. Mana shu bozorda mehnatga qobiliyatli kishilar 
va davlat biror bir jamoa va xususiy tashkilotlarning nomidan ish ko‘ruvchilar va ish 
beruvchilarning manfaati to‘qnash keladi. Mehnat bozorida vujudga keladigan munosabatlar 
yaqqol ifodalangan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo‘lib, ular mamlakat aholisi 
ko‘pchiligining muhim ehtiyojlariga daxldor bo‘ladi. Mehnat bozori mexanizmi orqali aholining 
ish bilan bandligi va mehnatga haq to‘lash darajalari belgilanadi. Mehnat bozorida ro‘y berayotgan 
jarayonlarning jiddiy oqibati ishsizlik bo‘lib, u umuman olganda salbiy hodisa hisoblansa ham, 
lekin amalda jamiyat hayotining muqarrar natijasidir. Aholining ish bilan bandligi uning takror 
ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir, chunki kishilarning turmush darajasi, kadrlarni tanlash, 
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga, ularni ishga joylashtirishga, ishdan mahrum 
bo‘lib qolgan kishilarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turishga sarflanadigan xarajatlarning 
barchasi ana shu aholining ish bilan bandligiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham aholining ish bilan 
bandligi, ishsizligi, mehnat faoliyati uchun zarur resurslar va umuman mehnat bozori singari 
muammolar mamlakat iqtisodiyoti uchun dolzarb bo‘lib, ular tarmoqlararo funksional tizim 
hisoblanadi. Respublikamizda bozor islohotlari jarayonlarini avj oldirish hozirgi kunda mehnat 
bozori subyektlarining yangi mehnat tuzilmalariga bo‘lgan qiziqishlarini va yangi maqsadlari 
shakllanishi jarayonlari faol avj olishiga olib kelmoqda hamda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va 
taklif shakllanishini yuzaga keltirmoqda. Bir vaqtning o‘zida mehnat bozori subyektlarining 
o‘zaro aloqalarini jamoashartnomaviy va normativ-huquqiy bazalarini doimiy rivojlantirish, 
mehnat bozori infratuzilmalarini kelgusida rivojlantirishni talab qiladi. Bozor munosabatlari 
sharoitida har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshirish 
samarasizdir. Shuning uchun ham Mehnat bozori iqtosodiyoti dagi ish faoliyatini tashkil qilish 
asoslarini ilmiy asosda yoritish samarali mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishining ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyatini oshiradi. Mehnat bozorini to‘liq ishlashi uchun rivojlangan infratuzilmani 
shakllantirish lozim. Mehnat bozori faoliyat ko‘rsatishining sifat ko‘rsatkichlarini eng muhim 
mezoni uning infratuzilmasining rivojlanish darajasidir. Infratuzilma iqtisodiyotda turli xo‘jalik 
tizimlari va bu tizimlardagi asosiy subyektlar o‘rtasida faol o‘zaro aloqadorlikni ta’minlash uchun 
shart-sharoit yaratishi zarur. Mehnat bozori iqtosodiyoti ning mohiyatini yoritib berishda ko‘pgina 
ilmiy adabiyotlarda Mehnat bozori iqtosodiyoti ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi davlat va 
nodavlat muassasalar tizimini, korxona va firmalarning kadrlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlarini, 
jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarini, mehnat bozoridagi talab va taklif o‘rtasidagi samarali 
o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashni o‘z ichiga oluvchi mehnat bozori tarkibiy qismi sifatida 
ifodalanadi. Ba’zi iqtisodchi olimlarning qarashlarida Mehnat bozori iqtosodiyoti mohiyatini 
ifodalashda quyidagi ta’riflarni uchratish mumkin( «kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, 
bandlik jamg‘armalari, reklama bilan shug‘ullanuvchi firmalar va boshqalar». 
D.S.Cherneykoning fikricha( «mehnat bozoridagi jami iqtisodiy, huquqiy va boshqaruv 
institutlari, tashkilotlar va faoliyat turlari uning funksiyalarini amalga oshirilishida ko‘maklashishi 


zarur». Shuningdek, Varfolomeyeva O.A. ta’kidlaydiki( «Mehnat bozori iqtosodiyoti – 
bandlikka ko‘maklashuvchi institutlar tizimi va boshqarish mexanizmlari sifatida mehnat bozorida 
ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi iqtisodiy jihatdan foydali o‘zaro hamkorlikni 
ta’minlovchi tizimdir». Mehnat bozori iqtosodiyoti ning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritib 
berishda Abdurahmonov Q.X. aniq ta’rifni bergan. Unga muvofiq Mehnat bozori iqtosodiyoti – 
davlat muassasalarini, ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi nodavlat tuzilmalarini, korxona va 
firmalarning kadrlar xizmatini, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarini, ish kuchini talab va taklif 
qilish o‘rtasidagi eng samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy muhitni o‘z 
ichiga oladi, ular ishchi kuchiga ehtiyoj bilan taklif o‘rtasidagi eng samarali o‘zaro hamkorlikni 
ta’minlaydi. Mehnat bozori iqtosodiyoti ning mohiyatini yoritib berishda uning qo‘yidagi o‘ziga 
xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish zarur( Mehnat bozori iqtosodiyoti – bu ko‘p funksiyali tizim 
bo‘lib, aholining ish bilan bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyalashning turli xil tashkiliy shakl 
va usullaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi( Mehnat bozori iqtosodiyoti dagi institutlar va 
tashkilotlar mehnat bozorini boshqarishda huquqiy, moliyaviy – iqtisodiy va axborot 
mexanizmlarini yuzaga keltiradi( Infratuzilma tarkibidagi (aholining ish bilan bandligiga 
ko‘maklashuvchi) obyektlar va mexanizmlar mehnat bozorining samarali shakllanishi va 
rivojlanishi uchun qo‘lay shart-sharoitlarni yaratilishiga qaratilmog‘i zarur. Mehnat bozori 
iqtosodiyoti ning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati quyidagicha talqin etiladi( Mehnat bozori 
iqtosodiyoti – bu ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi davlat va nodavlat muassasalarini, korxona 
va firmalardagi kadrlar bo‘limlarini, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalarini, ishchi kuchini talab 
va taklif qilish o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi va o‘zaro hamkorlikni 
ta’minlovchi normativ-huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy va axborot mexanizmlari muhitini o‘z ichiga 
oluvchi mehnat bozorining tarkibiy qismidir. Mehnat bozori iqtosodiyoti institutlar tizimi sifatida, 
davlat va nodavlat ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi tuzilmalar va mexanizmlar, mehnat bozori 
shakllanishi va rivojlanishi uchun huquqiy, moliyaviy va iqtisodiy jihatdan tartibga solishda qo‘lay 
shart-sharoitlarni ta’minlaydi. 1.2. «Mehnat bozori iqtosodiyoti » fanining maqsadi, vazifalari, 
predmeti va tamoyillari Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida har qanday iqtisodiy 
munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga 
oshishining shunday asoslari birinchi navbatda qanday darajadagi infratuzilmaning mavjudligi, 
infratuzilmaning mehnat munosabatlarining barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’siri, mehnat 
sohasidagi huquq va kafolatlarning amalga oshishida ko‘mak va imkon berishi bilan belgilanadi. 
Shuning uchun ham mehnat bozorining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun uning infratuzilmasini 
rivojlantirish kerak. Mehnat bozori iqtosodiyoti – ish beruvchi va yollanuvchi o‘rtasidagi eng 
samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydigan davlat, nodavlat, jamoat tashkilotlari va 
jamg‘armalari kabilardir. Infratuzilma ish kuchining bahosi, mehnat sharoiti, xodimlarni 
tayyorlash va qayta tayyorlash xususida ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga solish, shuningdek, mehnat bozorida ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar huquqlarini 
himoya qilish jarayonlarini tashkil etishi va tartibga solishi lozim. Iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish jarayonini boshdan kechirayotgan mamlakatlar singari O‘zbekistonda ham 
mehnat bozorini samarali boshqarish va uning infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq 
yechimini topish lozim bulgan bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiylari sifatida Mehnat 
bozori iqtosodiyoti rivojlanishining mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash, davlat ish bilan 
bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini ta’minlash, nodavlat ish bilan bandlik xizmatlarini 
yaratish, mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini takomillashtirish, Mehnat bozori 
iqtosodiyoti ning rivojlanish istiqbollarini belgilash kabi muammolarni alohida qayd etib o‘tish 
lozim. Fanning maqsadi – bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida respublikamizda Mehnat 
bozori iqtosodiyoti rivojlanishi bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan 
iborat. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Mehnat bozori iqtosodiyoti ning ijtimoiy-


iqtisodiy mohiyati, mazmunini o‘rganish hamda uning elementlari va funksiyalarini aniqlash; 
Mehnat bozori iqtosodiyoti rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillarini ishlab chiqish; 
Mehnat bozori iqtosodiyoti tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro aloqadorligini aniqlash; Mehnat 
bozori iqtosodiyoti rivojlanish mezonlari va ko‘rsatgichlarini ishlab chiqish; Mehnat bozori 
iqtosodiyoti rivojlanish holatini tahlil etish va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; mehnat 
bozorida har tomonlama samarali va istiqbolli ish bilan bandlik dasturini tuzish maqsadida uning 
har bir bo‘limi uchun ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining 
asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish; nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari faoliyatlarining asosiy 
yo‘nalishlarini aniqlash va ularni alohida belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib, tasniflash; davlat 
ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash usullarini tasniflash va 
ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; hududiy ish bilan bandlik xizmati faoliyatini har tomonlama 
baholashda ijtimoiy iqtisodiy, demografik va mintaqaviy xususiyatlarni e’tiborga oluvchi, 
markazlashgan tartibda yangi ko‘rsatkichlar hisobi bo‘yicha dasturiy ta’minotini ishlab chiqish; 
mehnat bozorida hududiy axborot tizimini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan takomillashtirishning asosiy 
yo‘llarini aniqlash; Mehnat bozori iqtosodiyoti tashkiliy tarkiblari rivojlanishining istiqbollari 
bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Fanning predmeti – Mehnat bozori iqtosodiyoti 
subyektlarining faoliyatida amalga oshadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi. 
Ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish uchun «Mehnat bozori iqtosodiyoti » fanida quyidagi usullar 
keng qo‘llaniladi: tenglashtirish va taqqoslash; guruhlash va kuzatish; statistik tahlil va omilli 
tahlil; iqtisodiy-matematik; ekspert baholash va dasturlash; sotsiologik tadqiqot; xlosa chiqarish. 
Mehnat bozorini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy-huquqiy va tuzilmaviy shart-
sharoitlar Mehnat bozori iqtosodiyoti rivojlanishining quyidagi asosiy tamoyillarini to‘liq amalga 
tadbiq etgan holda, mazkur bozorni shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi: mehnat va ish bilan 
bandlikda erkinlikni ta’minlash. Insonga ijtimoiy mehnatda qatnashishi yoki qatnashmaslikni 
tanlash ustuvor huquqi berilishi; ish kuchini talab va taklif qilish o‘rtasidagi eng samarali o‘zaro 
hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy mexanizmni yaratish; ish bilan bandlik bo‘yicha 
yagona davlat siyosatini amalga oshirish. Ish bilan bandlik bo‘yicha davlat siyosatining atrofida 
hamma darajadagi ma’muriy hududlarning aholini ish bilan ta’minlash faoliyatidagi mustaqilligini 
hisobga olib yagona umumdavlat ish bilan bandlik siyosatini yuritish; ish bilan bandlikni 
ta’minlash bo‘yicha nazorat. Ish bilan bandlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirishda kasaba uyushmasi, tadbirkorlar assotsiatsiyasining boshqaruv organlari bilan 
hamkorlikda nazoratni amalga oshirish; ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishda uch 
tomonlama ijtimoiy hamkorlik (hukumat, kasaba uyushmalari vakillari va tadbirkorlar vakillari); 
ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
belgilangan “kun kechirish uchun zarur miqdordan kam bo‘lmaslik”ka rioya qilgan holda erkin 
belgilash . Shuningdek, Mehnat bozori iqtosodiyoti rivojlanishi doirasida o‘tkaziladigan 
tadqiqotlar mehnat bozorini ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning 
asosiy yo‘nalishlari va maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, Mehnat bozori iqtosodiyoti ning 
iqtisodiyot va boshqaruv sohasida turli darajalardagi subyektlari faoliyatlarini takomillashtirish, 
ish bilan bandlik masalalari hamda ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha ishonchli axborotlarni beradi. 
Shunday qilib, «Mehnat bozori iqtosodiyoti » fani, bir tomondan, real mavjud bo‘lgan voqelik 
haqidagi bilimlarni kengaytirishga, ikkinchi tomondan, mehnat bozori tizimida yuzaga keladigan 
yangi aloqalar va jarayonlarni qaror toptirishga ko‘maklashadi. 1.3. Mehnat bozori iqtosodiyoti 
ning darajaviy bo‘limlari Mehnat bozori iqtosodiyoti iqtisodiyot va boshqaruv sohasida turli 
darajalardagi subyektlar sifatida qo‘yidagilardan iborat: Xalqaro tashkilotlar, masalan, Xalqaro 
Mehnat Tashkiloti, turli mamlakatlar mehnat bozorlaridagi faoliyatlari bo‘yicha koordinatsiyani 
amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy-mehnat munosbatlarini boshqarish va 
tartibga solish ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq tub o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Xalqaro 


Mehnat Tashkilotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat : ijtimoiy mehnat muammolarini 
hal qilishga qaratilgan xalqaro siyosat va dasturlarni ishlab chiqish; mazkur siyosatni amalga 
oshirish maqsadida Konvensiyalar va Tavsiyalar tarzida mehnat normalarini yaratish va qabul 
qilish; ishtirok etuvchi mamlakatlarga ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishda (texnikaviy va 
boshqa hamkorlik) yordam berish; inson huquqlarini himoya qilish (mehnat qilish huquqi, 
birlashish huquqi, majburlovchi mehnatdan, kamsitishdan himoya qilish va boshqalar); 
mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilash uchun kambag‘allikka qarshi kurash olib borish, 
ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish; mehnat sharoitlarini va ishlab chiqarish muhitini yaxshilash, 
xavfsizlik texnikasi va mehnat gigiyenasi dasturlarini ishlab chiqish, atrof muhitni muhofaza qilish 
va tiklash; mehnatkashlar va tadbirkorlar tashkilotlariga ularning ijtimoiy mehnat munosabatlarini 
tartibga solish sohasida hukumat bilan birgalikda olib boradigan ishlarida yordam berish; 
mehnatkashlarning eng nochor guruhlarini: xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar, keksa kishilar, 
kelgindi (mehnat) kishilarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Yuqorida 
keltirilgan vazifalar Xalqaro Mehnat Tashkilotining asosiy vazifalari hisoblanadi. Xalqaro Mehnat 
Tashkilotining barcha xalqaro tashkilotlardan faqat o‘z ishining mazmuni bilan emas, shu bilan 
birga uning uch tomonlama tuzilishi bilan ham farq qiladi. Bu tashkilotning barcha darajalarida 
mamlakatlar nomidan hukumatlar, mehnatkashlar va tadbirkorlar tashkilotlari, xususan, 
O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadilar, ular baravar huquqlarga egadirlar. Ularning 
muloqotlari, munozaralari, va qarorlar qabul qilishi ijtimoiy bitimlar tuzish jarayonida 
manfaatlarni o‘zaro hisobga olishni va bitimlarga erishishni nazarda tutadi. Turli-tuman ko‘pincha 
esa butunlay qarama-qarshi manfaatlarni kelishib olish juda murakkab va qiyin ish hisoblanadi, bu 
esa tashkilotning tuzilishi xususiyatlarini belgilab beradi. Mehnat bozori iqtosodiyoti subyekti 
sifatida davlatning roli. Davlat iqtisodiyotning davlat sektorida tadbirkor sifatida ham, ko‘pgina 
investitsion dasturlarni amalga oshirish subyekti sifatida ham namoyon bo‘ladi. Davlatning qonun 
chiqaruvchi organlari qonunlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi, bozor munosabatlarining 
huquqlari va umumiy tamoyillarini o‘rnatadi. Davlatning subyekti sifatida mehnat bozoridagi 
siyosatni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari amalga oshiradi. Bu umumdavlat, 
hududiy va joylardagi boshqaruv darajalari asosida amalga oshiriladi. Mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish vazirligi O‘zbekistonda mehnat bozori va aholini ish bilan bandligini tartibga 
soluvchi asosiy davlat organi hisoblanadi. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 
yil 13 fevraldagi PQ-2810-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
«O‘zbekiston Respublikasida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish 
to‘g‘risida» 2001 yil 13 fevraldagi 75-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Mazkur vazirlik 
mehnat, ish bilan bandlik, aholini ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy ta’minot sohasida davlat 
boshqaruvining markaziy organi hisoblanadi va faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysinadi. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
aholining moddiy faravonligini barqaror o‘sishini ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona ijtimoiy 
siyosatini shakllantirish va realizatsiya qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida aholini 
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish; demografik rivojlanishni amalga oshirish istiqbollarini ishlab 
chiqish va nazorat etish, mehnat bozorini shakllanishi bo‘yicha faol siyosatni o‘tkazish va 
mehnatga layoqatli aholini, xususan, yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash, ish joylarini 
yaratishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va mehnat resurslari balansi asosida kadrlar 
tayyorlash bozor sharoitlariga muvofiq mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-
tadbirlar ishlab chiqish, mehnatni muhofaza qilish va normalash tizimini takomillashtirish; ko‘p 
bolali va kam ta’minlangan oilalarni, nogironlarni, pensionerlarni amaldagi ijtimoiy himoyalashni 
ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining zaif qatlamlarini manzilli 
ijtimoiy himoya qilishning samarali mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish; ijtimoiy 
ta’minotni tashkil etish va boshqarish, nogironlarni ijtimoiy-uslubiy ekspertiza va reablitatsiya 


xizmati faoliyaini boshqarish, aholiga protez-ortopediya ko‘magini tashkil etish. Hududiy darajada 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi mehnat, bandlik, ijtimoiy 
muhofaza, pensiya va aholining ijtimoiy ta’minot yo‘nalishi bo‘yicha hududiy davlat boshqaruv 
organi hisoblanadi. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyruqlari, qarorlariga amal qiladi. Bosh boshqarma 
o‘zining funksiyalari va vazifalarini aialga oshirishda boshqa hududiy davlat boshqaruvi organlari, 
mahalliy xokimliklar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Bosh boshqarma yuridik shaxs 
hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassalarida depozit va boshqa hisob raqamlariga, 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muxrga, 
shuningdek, tegishli muxr va shtamplarga ega bo‘ladi Bosh boshqarma tizimiga quyidagilar kiradi: 
tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar; tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot 
bo‘limlari; nogironlar va qariyalar uchun “ Muruvvat” va “ Sahovat uylari”; hududiy reabilitatsiya 
markazlari. Bosh boshqarma va uning tuman (shahar) bo‘limlarining moddiy texnik ta’minoti, 
shuningdek xodimlarning mehnatiga xaq to‘lash ajratiladigan mablag‘lar doirasida davlat budjeti 
mablag‘lari xisobiga hamda Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi, mehnat 
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida 
ta’qiqlanmagan boshqa manbalar xisobiga amalga oshiriladi. Bosh boshqarmalarning asosiy 
vazifalari va funksiyalari. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - 
mintaqalar bo‘yicha mehnat bozorini shakllantirishda samarali siyosatni amalga oshirish, 
demagrafik omillarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va tarkibiy qayta tashkil etishni 
istiqbolli yo‘nalishlarni etiborga olgan holda bandlikning yangi shakllarini keng tatbiq etish 
hisobiga aholi bandligining o‘sishini ta’minlash; demografik o‘zgarishlar va kadrlarni kasbiy 
tayyorgarligi bilan bog‘liq o‘zgarib borayotgan talablarni hisobga olgan holda mehnat , ish bilan 
bandlik va aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va 
yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish; - ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band 
bo‘lmagan aholiga kasbiy qayta tayyorlash va ishga joylashtirish bo‘yicha sifatli hizmatlar 
ko‘rsatish; - aholining extiyojmand toifalarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amaliy chora 
tadbirlarning amalga oshirilishini taminlash, kamxarj oilalar, nogironlar va yolg‘iz keksalarga 
yordam ko‘rsatishdan tabaqalashtirilgan tarzda va aniq yondashuvni ko‘chaytirish: - mehnat, 
bandlik va aholini ijtimoiy muxofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilish 
ustidan qattiq nazoratni amalga oshirish, mehnat munosabatlrini, moddiy rag‘batlantirish va 
mehnatni muhofaza qilish mexanizmlari takomillashtirish chora- tadbirlarini ishlab chiqish. Bosh 
boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: A). 
Mehnat bozorini shakllantirish va aholini ish bilan ta’minlash sohasida : – aholini ish bilan bandlik 
darajasi va tarkibini eng to‘liq va holisona baholashni ta’minlash, ishga joylashtirishga muxtoj 
shaxslarni aniqlash maqsadida mehnat bozoridagi ahvolni monitoringini tashkil etadi: – 
hududlarning demografik rivojlanish prognozlari asosida aholini ish bilan ta’minlash yuzasidan 
takliflar ishlab chiqadi: – ishsizlarni hisobga olishni tashkil qiladi: – o‘rta mahsus, kasb xunar 
ta’limi boshqarmasi bilan birgalikda o‘rta mahsus, kasb xunar ta’limi muassasalarini 
bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishini tadqiq etadi, hamda ular natijalari asosida ishchi kadrlar 
va mutaxassislarning tayyorlov yo‘nalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi: 
– aholini ish bilan ta’minlash, yoshlarni, ishdan bo‘shab qolgan xodimlarni va aholining boshqa 
toifalarini ishga joylashtirish , shuningdek, bo‘sh ish joylari bo‘yicha axboratlarni shakllantirishini 
va tahlil etilishini tashkil qiladi; – shaxsiy yordamchi va dexqon xo‘jaliklarida qoramol o‘stirish 


bilan band bo‘lgan shaxslar xisobini amalga oshiradi; – yoshlarning va ish bilan band bo‘lmagan 
aholining kasb - xunarga xoxishini va mehnat yo‘nalishlarini aniqlash uchun sotsiologik 
tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etadi; – ish o‘rinlarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish, 
muvofiqlashtirish va amalga oshirishda qatnashadi; – iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta 
tashkil etish davomida, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarni inkirozga uchrashi va 
tugatilishi natijasida ishdan bo‘shab qolgan xodimlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza 
qilishga doir maqsadli dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi; – aholini o‘zini o‘zi ish bilan 
ta’minlashini rag‘batlantirish va qo‘llab quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi; – davlat va 
xo‘jalik boshqaruvi organlariga , mahalliy xokimliklarga va tashkilotlarga, korxonalar bilan 
kooperatsiyada kasanachilikni kengaytirish masalalarida ko‘maklashadi; – ishsizlar uchun xaq 
to‘laniladigan jamoat ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi, o‘rta maxs, kasb - xunar boshqarmasi 
bilan xamkorlikda ishsizlarni kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini 
oshirishni tashkil etadi. B). Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy ta’minlash sohasida: – 
manfaatdor idoralar tashkilotlar va muassasalar bilan birgaalikda pensionerlar, nogironlar va 
yolg‘iz keksa fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, sanatoriya va kurortda 
davolanishga yo‘llanmalar va maxsus xarakatlanish vositalari berilishida qatnashadi; – mahalliy 
davlat xokimiyati organlari uchun pensionerlar , nogironlar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan 
oilalarni , aholining davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashga muxtoj bo‘lgan boshqa ijtimoiy 
nochor guruxlarini ijtimoiy muxofaza qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; – ish bilan 
ta’minlashga ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf 
etadi: – ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli 
foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash ishlarini tashkil etadi; – ishsizlar va ularning oila 
a’zolarini Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi mablag‘lari xisobiga 
ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashni ta’minlanishini tashkil etadi; – eng kam ish o‘rinlarini ajratilishi va 
ularning ijtimoiy muxofazaga muxtoj shaxslar bilan butlanishi masalalarini o‘rganadi va taxlil 
etadi;;dexqon va fermer xo‘jaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun 
belgilangan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy muxofaza chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarilishini 
tashkil etadi. V). Mehnat munosabatlarini tartibga solish mehnatni tashkil etish unga xaq to‘lash 
shartlarini va uni muhofaza qilishni takomillashtirish sohasida: – mehnatni moddiy rag‘atlantirish 
mexanizmlarini va mehnatga xaq to‘lashni tartibga solish metodlarini takomillashtirishga doir 
chora - tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadi; – mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy 
muxofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda 
davlat nazoratini amalga oshiradi; – yoshi bo‘yicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish 
xuquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar 
ro‘yxatlarini tatbiq qilish tartibi to‘g‘risida tushintirishlar beradi; – mehnat sharoitlariga ko‘ra 
ishchi joylarini atestatsiyadan o‘tkazishda metodik yordam ko‘rsatad . G). Pensiya xizmati 
ko‘rsatish va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar bilan ta’minlash sohasida : – pensiyalar, 
nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlarini (kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha-budjet tashkilotlaridan 
tashqari) o‘z vaqtida tayinlash va to‘lashni amalga oshiradi: – yuridik shaxs bo‘lmasdan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga , shuningdek, dexqon xo‘jaliklirining 
ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘layotgan a’zolariga xomiladorlik va tug‘ruq, chaqaloq tug‘ilganligi 
bo‘yicha nafaqalarni xisoblash va to‘lashni, hamda dafn marosimi uchun to‘lovni amalga oshiradi; 
– “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi O‘zbekiston yuyespublikasi Qonunining 
15-moddasiga muvofiq mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligidan nogironlik bo‘yicha 
tayinlangan va to‘langan mablag‘larni aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan regress talab va 
da’volar asosida belgilangan tartibda undirib olishni amalga oshiradi; – yuridik shaxs bo‘lmasdan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek, dexqon xo‘jalik a’zolaridan 
tushayotgan badallarini xisobini olib boradi; – yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati 


bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning , shuningdek shaxsiy yordamchi va dexqon xo‘jaliklarining 
qoramol o‘stirish, hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanayotgan 
a’zolarining mehnat daftarchalarini yuritish va saqlashni amalga oshiradi; – budjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish monitoringini olib 
boradi; – mahalliy davlat xokimiyati organlari bilan pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiyalarni 
o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha o‘zaro yaqin aloqani amalga oshiradi: – yuridik shaxs bo‘lmasdan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va dexqon xo‘jaliklari a’zolariga ijtimoiy sug‘urta 
bo‘yicha nafaqalarni olish xuquqini beruvchi hujjatlarning xaqqoniyligini tekshiradi: – pensiyalar, 
nafaqalar hamda kompensatsiya to‘lovlarinig to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishini nazorat qiladi; – 
ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan pensiyalar, hamda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha 
nafaqalarning to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishini tekshirishga doir nazorat –taftish ishlarini amalga 
oshiradi va tashkil qiladi; – ishlamayotgan va ishlayotgan fuqarolarga pensiyalar, nafaqalar hamda 
kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash uchun mablag‘larga bo‘lgan extiyoj xajmini aniqlaydi va har 
oyda, belgilangan muddatlarda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga 
buyurtmalarini taqdim etadi: – pensiyalar, nafaqalar hamda boshqa ijtimoiy to‘lovlarni tayinlash 
va to‘lash ishlarini tashkil etadi va ularga metodik raxbarlik qiladi: – imtiyozli pensiya ta’minoti 
uchun xuquq beruvchi ishlab chiqarishlar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar R 
o‘yxatlarini qo‘llash masalalari yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro 
xamkorlik qiladi. D). Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida : – ijro etuvchi viloyat , tuman , shahar 
xokimiyat organlari ishtirokida yolg‘iz keksa fuqarolar, nogironlar va davlatning qo‘llab 
quvvatlashga muxtoj bo‘lgan boshqa aholi guruhlariga ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni 
tashkil etadi: – ijtimoiy ta’minot muassasalarida (“Muruvvat” va “Sahovat” uylarida, 
pansionatlarda, sanatoriyalarda) yashayotgan keksa fuqarolar va nogironlarga maishiy , tibbiy va 
madaniy xizmat ko‘rsatishni tashkil qiladi, ushbu muassasalarning moddiy - texnika bazasi 
mustaxkamlashni ta’minlaydi; – yolg‘iz keksa fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish 
xizmatlarining kompleks tarmoqlarini tashkil etadi va ularni ishini nazorat qiladi; – aholiga 
ijtimoiy yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablag‘lar jalb etish ishlarida nodavlat, 
notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning o‘zaro xamkorlik qilishni ta’minlaydi: – 
yolg‘iz keksa fuqarolar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi nodavlat 
xizmatlar tashkil etishga ko‘maklashadi, hamda ularning ishi ustida nazoratni ta’minlaydi; – o‘ziga 
qarashli tashkilotlarning aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturlarini moliyalashtirish 
extiyojlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ishlarini, shu jumladan ularning tijorat 
faoliyatini muvofiqlashtiradi. Mehnat bozori iqtosodiyoti subyektlari sifatida, turli ijro etuvchi 
hokimiyat organlari davlat ish bilan bandlik xizmati bilan o‘zaro aloqadorlikda faoliyat yuritadilar, 
masalan, yoshlar ishi bo‘yicha Qo‘mita, ta’lim bo‘yicha Qo‘mita va hokazo. Mehnat sohasidagi 
yollanma ishchilarning birlashmalari - kasba uyushmalari. Mehnat bozori iqtosodiyoti tarkibiga: 
nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari, tijorat mehnat birjalari va kadrlar agentliklari; ishchi kuchini 
tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlari; tijorat ish bilan bandlik xizmati 
birlashmalari; ish beruvchilar assotsiatsiyasi, kadrlarga maslahat markazlari; mehnat bozori haqida 
axborot tizimi va boshqalar kiradi. Yangi ming yillikda Mehnat bozori iqtosodiyoti subyekti 
bo‘lib, internet tarmog‘idagi mehnat birjalari hisoblanadi. Internet tarmog‘idagi mehnat 
birjalaridan aholining keng qatlami ish bilan bandlikka oid ma’lumotlardan keng miqyosda 
foydalanishlari mumkin. Nazorat va muhokama savollari «Mehnat bozori iqtosodiyoti » fani 
nimani o‘rganadi? Fanning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? «Mehnat bozori iqtosodiyoti 
» kategoriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmunini tushuntiring? Mehnat bozori 
iqtosodiyoti ning tarkibiy qisimlari va elementlari nimalardan iborat? Mehnat bozori iqtosodiyoti 
ning darajaviy qismlarini tushuntirib bering? Mehnat bozori iqtosodiyoti rivojlanishidagi mavjud 
muammolar nimalardan iborat? Mehnat bozori iqtosodiyoti ning rivojlanish tamoyillarini 


tushuntirib bering? Xalqaro Mehnat Tashkilotining asosiy vazifalari nimalardan iborat? Hozirgi 
davrda Mehnat bozori iqtosodiyoti ni rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb vazifalar nimalardan 
iborat? II-Mavzu. MEHNAT BOZORI IQTOSODIYOTI FUNKSIONAL ELEMENTLARI VA 
TARKIBIY QISMLARI Reja: 2.1. Mehnat bozori iqtosodiyoti funksional elementlari va tarkibiy 
qismlari 2.2. Mehnat bozorini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari 2.3. Mehnat bozorida kasbga 
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi 2.1. Mehnat bozori iqtosodiyoti funksional elementlari va 
tarkibiy qismlari Mehnat bozori iqtosodiyoti funksional elementlari va tarkibiy qismlari bo‘yicha 
quyidagi tizimlarni o‘z ichiga oladi: Mehnat bozori iqtosodiyoti ning ustqurmaviy elementlari: 
bunga davlatning tartibga solish va normativ-huquqiy roli, mehnat shartnomalari va hokazolar 
kiradi. Davlatning tartibga solish roli huquqiy normalar va qonunlarning qabul qilinishi, mehnat 
munosabatlarini tartibga solish, investitsiyalar harakatini boshqarish, ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirish, ishchi kuchi shakllanishiga ta’sir etishdan iborat. Mehnat bozori iqtosodiyoti ning 
tashkiliy tarkibi, ya’ni, makro va mikro darajalardagi tashkiliy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv 
tuzilmalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ishga joylashtirish bo‘yicha tashkiliy tuzilmalar, 
bularga, davlat, munitsipial organlar, nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari va assotsiatsiyalar 
kiradi; ta’lim tizimi, bunga davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatidagi o‘quv markazlari 
hamda o‘rta va oliy o‘quv yurtlari kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari sifatida, 
fuqarolarni o‘qitish bo‘yicha ish bilan bandlik xizmati organlari bilan shartnomaviy hamkorlikda 
mehnat bozoriga yangi mutaxassislarni tayyorlab beradi; rekrut tizimi, bunga rekrut agentliklari 
va ixtisoslashgan mehnat birjalari kiradi; axborot tizimi-mehnat bozori holati haqida axborotlarni 
to‘plash; ijtimoiy tizim – ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lganlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar 
bo‘yicha markazlar va tashkilotlar; moliyaviy tizim – bularga davlat ish bilan bandlik jamg‘armasi, 
tijorat ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi jamg‘armalar, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga 
ko‘maklashuvchi o‘quv yurtlarining jamg‘armalari kiradi. Mehnat bozori iqtosodiyoti tarkibidagi 
institutsional tuzilmalar va tashkilotlar o‘rtasida yuzaga keladigan ish bilan bandlikka oid ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi. Mehnat bozori subyektlari 
munosabatlari tizimiga maxsus organlarining qo‘shilishi ular o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lmasligini 
ta’minlash, turli-tuman iqtisodiy vositalar va usullar, huquqiy normalar yordamida ish bilan 
bandlik jarayonlari va siyosatini tashkil etish hamda tartibga solishni ta’min etish zarur. 
Camarali ish bilan bandlikni ta’minlash mehnat bozorining bosh ijtimoiyiqtisodiy funksiyasi 
hisoblanadi. Mehnat bozori iqtosodiyoti bu funksiyani bajarilishini ta’minlaydi, shunday ekan, 
Mehnat bozori iqtosodiyoti ning muvaffaqiyatli shakllanishi va rivojlanishi mezoni sifatida ishchi 
kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash hisoblanadi. Shuningdek, Mehnat 
bozori iqtosodiyoti ning bosh masalasi – mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi 
samarali hamkorlikni va iqtisodiy shart-sharoitlarni ta’minlashni nazarda tutadi. Mehnat bozori 
iqtosodiyoti ning asosiy funksiyasi ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi ish kuchining narxi, 
mehnat sharoiti, xodimning muayyan ijtimoiy muammolarini hal qilish, ish bilan band bo‘lgan va 
band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ish joylarini yaratish va saqlash, 
aholiga axborot xizmatlarini ko‘rsatish, ishchi kuchi harakatchanligini qo‘llab-quvvatlash, 
ijtimoiymehnat nizolarini tartibga solish xususidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. 
Odatda bu munosabatlar jamoa shartnomalari tizimi asosida tartibga solinadi. Bozor iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlarda jamoa shartnomasi tizimi mehnat bozorida davlatning tartibga 
solishdan ko‘ra faolroq rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 29-
moddasiga muvofiq jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi 
mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ 
hujjatdir . Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid 
munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini 
muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi. Binobarin, unda bevosita shartnomada 


mustahkamlangan normalar yoki tegishli lokal hujjatga havola etish yordamida mehnat jarayonida 
taraflarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi barcha tub masalalar mavjud bo‘lishi kerak. 
Jamoaviy shartnoma mehnat munosabatlari barqarorligiga erishishda muhim ahamiyatga ega. 
Jamoaviy shartnoma tizimi mehnat bozoridagi xo‘jalik subyektlarining o‘zaro munosabatlaridagi 
mojarolarni o‘zicha bartaraf eta olmaydi. Chunki, ushbu mojarolar asosini ijtimoiy manfaatlar, 
maqsadlar, intilishlar, talablardagi farqlar tashkil etadi. Garchi, jamoaviy bitimlar tizimi 
manfaatlarni kelishib, o‘zaro bir qarorga kelish va mojarolarni tezlik bilan bartaraf etish 
jarayonlarini ko‘zda tutsada, muzokaralar jarayoni ancha maqbul natijalarga erishish jarayonini 
ham yaratadi. Ayni paytda bitim shartlari shartnoma shaklini olib, ikki tomonni mazkur shartlar 
asosida ijtimoiy va iktisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida oxirgi choralarni ko‘rmasdan, 
ya’ni ish tashlash yoki ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘ymay, harakat qilishga majbur etadi. Shuni 
qayd etib o‘tish kerakki, asosan jamoaviy mehnat shartnomasi tizimi va bevosita davlatning 
tartibga solib borishi amal qilishiga qaramay, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar 
yakka tartibda ham hal etilishi mumkin. Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchi 
uchun ancha foydalidir. Shaxsiy shartnoma tizimi mehnatchining mehnat sharoiti va unga 
to‘lanadigan ish haqini shu odamga qarab belgilash imkonini beradi. Jamoaviy bitimlarga ko‘ra 
esa, bunday qilib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko‘p hollarda 
mehnatkashlarni ijtimoiy kafolatlarning kattagina qismidan mahrum etadi va bir qator salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida 
doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha yoki to‘liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar bilan almashtirish 
qoyda tusiga kirmoqda. Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy jihatdan kam 
muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan. Shu bois davlat ayniqsa, 
xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida yollashning shaxsiy shartnoma 
shakllari rivojini nazorat qilib borishi kerak. Aks holda norozilik kuchayishi natijasida davlat 
ishsizlik bo‘yicha ijtimoiy to‘lovlarni ancha ko‘paytirishga majbur bo‘lib qoladi. Mehnat bozori 
iqtosodiyoti funksiyalariga xodimni va ish beruvchini shartnoma tuzishga va o‘zaro yordam 
ko‘rsatishga tayyorlash, shartnoma tuzishda ko‘maklashish, mehnat bozoriga chiquvchilarni 
himoya qilish va ularning o‘zaro yordam ko‘rsatishini har tomonlama ta’minlash kiradi. 
Rivojlangan mehnat bozori ish beruvchilar bilan yollangan xodimlarning o‘zaro yordam 
ko‘rsatishidan tashqari, u yoki bu jamoat tuzilmalarining (kasaba uyushmalari, tadbirkorlar va 
ishsizlarning birlashmalari, ijarachilar ittifoqlari va hokazolarning) jamoa manfaatlarini himoya 
qilish institutsion tuzilmalaridan tashqari, ijtimoiy hamkorlik masalalarida davlatning 
vositachiligini ham nazarda tutadi. Maxsus davlat idoralarining mehnat bozori subyektlarining 
munosabatlari tizimiga kirishi ular o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishining oldini olish, turli 
iqtisodiy vositalar, usullar va huquqiy normalar yordamida aholini ish bilan bandlik jarayonlari 
siyosatini tashkil etish hamda tartibga solishni ta’minlamog‘i lozim. O‘tish davri iqtisodiy 
siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan bozorni boshqarish (tartibga solish) siyosati uchta asosiy 
maqsadga erishishni nazarda tutadi: tarkibiy qayta qurishni rag‘batlantirish va bo‘shab qolgan 
xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish; ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik 
bilan jalb qilish; ish qidirayotganlarning har birini ish bilan ta’minlash. 2.2. Mehnat bozorini 
boshqarishning asosiy yo‘nalishlari Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mehnat bozorini boshqarishda 
bir qator yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ular aholi ish bilan bandligi davlat xizmatiga taalluqlidir. Bu 
xizmatning asosiy vazifasi mehnat bozori haqidagi axborotni mehnatga layoqatli aholiga tarqatish 
hisobiga mehnat bozorining faoliyat ko‘rsatishi samaradorligini oshirishdan iboratdir. Aholining 
ish bilan bandligiga ko‘maklashish bilan bog‘liq xizmatlar davlat ish bilan bandlik xizmati 
organlari tomonidan bepul ko‘rsatiladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi ish bilan 
bandlikning nodavlat xususiy xarakterdagi tuzilmalari ham tashkil etilishiga imkon bermoqda. 
Bular xodimlarni tanlash bo‘yicha tijorat agentliklari; o‘quv yurtlari huzuridagi muassasalar va 


hokazo muassasalardir. Mehnat bozori iqtosodiyoti ning asosiy tarkibiy qismi sifatida bandlikka 
ko‘maklashish markazlarining faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Bandlikka ko‘maklashish 
markazlari mehnat bozori haqidagi, uning ahvoli va istiqboli to‘g‘risidagi axborotlarni o‘zida 
to‘playdi. Bozor tuzilmasi sifatidagi mehnat bo‘limi xilma-xil vazifalarni bajaradi. 
Respublikamizda mehnat bozorining shakllanishi mehnat resurslarining ortishi sharoitida sodir 
bo‘lmoqda. Har yili ish qidirayotgan fuqarolar soni 30-40 ming kishiga, bandlikka ko‘maklashish 
markazlari orqali ish bilan ta’minlanganlar soni 20-30 ming kishiga ko‘paymoqda. Davlat ish bilan 
bandlik siyosati doirasida mehnat bozorini tartibga solishda ish bilan bandlik jamg‘armalarining 
ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish vazirligi tarkibida Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi 
faoliyat olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 apreldagi 173-
son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlashga 
ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom”ga binoan jamg‘armaning asosiy vazifalari: - ishsizlarni moddiy qo‘llab-
quvvatlash yuzasidan davlat kafolatlarini amalga oshirish; - mehnat bo‘limlari ta’minotini 
moliyalashtirish; - tijorat banklarida kredit liniyalari ochish yo‘li bilan ish o‘rinlarini saqlab qolish 
va yangi ish o‘rinlari uchun kreditlar berish; - fuqarolarni ishga joylashtirish, mehnat, aholini ish 
bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha meyoriy hujjatlarni ishlab 
chiqish, sotsiologik kuzatuvlar o‘tkazish yo‘li bilan bog‘liq harajatlarni mablpg‘ bilan 
ta’minlashdan iboratdir. Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘lari 
quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: a) korxona, muassasa, tashkilotlar ish haqi fondidan majburiy 
ajratmalar; b) respublika va mahalliy budjetlardan dotatsiyalar; v) qo‘shimcha va yangi ish 
o‘rnilarini yaratish uchun kichik va o‘rta biznes subyektlarini kreditlash uchun tijorat banklari 
tomonidan ochilgan kredit liniyalaridan foizlar; g) yuridik va jismoniy shaxslarni ihtiyoriy 
badallari; d) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar. O‘zbekiston Respublikasining 
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga muvofiq “Aholini ish bilan 
ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalash va mehnat 
organlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Davlat 
jamg‘armasi tuziladi”. “Shuningdek ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi 
mablag‘larini sarflash yo‘nalishlarini aholini ish bilan ta’minlash borasidagi tegishli respublika, 
hududiy va boshqa maxsus dasturlarga muvofiq belgilanadi”. Ish bilan bandlik jamg‘armasi 
xarajatlarini shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qismlarga ajratish mumkin: Ishsizlik 
bo‘yicha nafaqaga sarflanadigan mablag‘lar, ishsizlarga moddiy yordam ko‘rsatish, uzoq muddatli 
pensiyalar to‘lash. Bularni passiv siyosat deb atash qabul qilingan. Qayta tayyorlash va jamoat 
ishlariga sarflanadigan mablag‘lar. Aytib o‘tilgan bu shakllarni birlashtirib turadigan tomon shuki, 
ular qonun bilan kafolatlanmagan. Shu bilan birga “Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” moddasiga doir 
xarajatlarni mehnat bozoridagi faol siyosat shakllariga kiritish qabul qilingan. Ish bilan bandlik 
xizmatlarini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar (ularni ta’minlash, kapital mablag‘lar, 
“Bandlik” axborot xizmati). Ish bilan bandlik jamg‘armasi mablag‘larini ishchi kuchlaridan 
foydalanish va aholi ish bilan bandligi bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida 
vaqtincha moliyaviy qiyinchilikni boshidan kechirayotgan korxonalarga, turli mulkchilik 
ko‘rinishidagi yangi korxonalarni yaratishga kreditlar berish yo‘li bilan hamda korxonalarda 
qo‘shimcha ish joylarini yaratishga sarflash ishchi kuchiga talabni oshirishda muhim vosita 
hisoblanadi. Shuningdek, ish bilan bandlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ishsizlarni kasbga 
o‘qitishni moliyaviy jihatdan ta’minlash respublikamizda malakali mehnat bozori shakllanishiga 
va buning natijasi ularoq Mehnat bozori iqtosodiyoti rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga 
muvofiq “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ajratmalari hisobiga hosil etiladigan ish 


ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘larining yetmish foizi keyinchalik 
ularni tumanlar va shaharlar o‘rtasida qayta ta’minlash sharti bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat organlarini tasarrufida qoladi, o‘ttiz foizi esa Respublika 
miqyosida markazlashtiriladi”. Respublikamizda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi 
Davlat jamg‘armasi budjetdan tashqari jamg‘arma hisoblanib, ishsizlikni sug‘urtalash davlat 
tomonidan boshqariladi. Bunda tadbirkorlar va xodimlarning vakillik organlari ishsizlarga ijtimoiy 
yordam ko‘rsatish jamg‘armalarini boshqaruvchi davlat organlari bilan faol hamkorlikni amalga 
oshiradilar. Ish bilan bandlik Davlat jamg‘armasining asosiy vazifalari kengaytirilgan ko‘rinishda 
uchta blokda guruhlashtirilishi mumkin: 1. Aholini ish bilan bandligining faol siyosatini amalga 
oshirish bo‘yicha choralar: – mehnat resurslari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, 
ish bilan bandlik siyosatining ilmiy asoslangan tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy yo‘nalishlarini 
ta’minlash; – ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilganlarni kasbiy 
yo‘naltirish, qayta o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarni to‘liq yoki qisman 
moliyalashtirish; – aholi ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha dasturlar va tadbirlarni 
moliyalashtirishda ishtirok etish; – yangi ish joylarini yaratish, tadibirkorlik faoliyatini 
rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlarni imtiyozli kreditlashtirish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
moliyalashtirishni amalga oshirish; – nogironlar, nafaqa yoshidagi shaxslar, bolali ayollar 
mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish joylari (ishlab chiqarishlar)ni tashkil qilish 
bo‘yicha tadbirlarni qisman yoki to‘liq moliyalashtirish. 2. Ish bilan bandlikning passiv siyosatini 
amalga oshirish bo‘yicha choralar: – ishsizlik bo‘yicha nafaqalar va kompensatsiyalarni to‘lash; – 
amaldagi qounchilikka muvofiq moddiy yordam hamda boshqa to‘lovlarni ko‘rsatish. 3. Aholi ish 
bilan bandligi xizmatining mazmuni: – axborot-ma’lumotnoma tizimini yaratish va rivojlantirish; 
mehnat bozoridagi talab va taklifning tahlili va istiqboli, ish joylari va ish bilan bandlik xizmatiga 
murojaat qilgan fuqarolarning hisobi; – ish bilan bandlik xizmatining moddiy-texnik 
ta’minlanishini amalga oshirish, kerakli texnika, uskunalarni xarid qilinishini moliyalashtirish; – 
ish bilan bandlik xizmatlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va malakasini oshirishga xarajatlar; 
– ish bilan bandlik xizmatlari uchun turar joylar va ijtimoiy-madaniy obyektlar qurishda ulushli 
ishtirok etish. – aholi ish bilan bandligi Davlat jamg‘armasi mablag‘lari quyidagilar hisobidan 
shakllanadi: – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tmomnidan belgilangan majburiy to‘lovlar; 
– jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy badallari; – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi 
tomonidan ko‘zda tutilgan boshqa badallar. Har qanday jamiyat mehnat bozorida raqobat kurashi 
qizigan sari umumiy ta’lim tizimiga bo‘lgan ehtiyoj talablari ham orta boradi. Natijada shunga 
mos holda umumta’lim tizimi ham rivojlanadi. Bozor munosabatlari mehnat jarayoniga ta’sir 
ko‘rsatishi tufayli kasb-hunar ta’limi va eng avvalo, ishchilarning umumta’lim darajasini ko‘tarish 
zarurligini talab etadi. Iqtisodiyotda bozor munosabatlarining rivojlanishi va iqtisodiyotdagi 
tarkibiy o‘zgarishlarga mos malakali kadrlar tayyorlash tizimini va ularning bilim olish darajasini 
takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirdi. Iqtisodiyotning zamonaviy soha va tarmoqlarini 
modernizatsiyalash jarayonida tarkibiy o‘zgarishlarga mos malakali kadrlar tayyorlash tizimini 
takomillashtirish o‘z ichiga uzoq davr islohotlarning strategik yo‘nalishlarini aniqlashdan ularni 
tugallashgacha bo‘lgan davrni oladi va u bir qator qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi bilan sodir 
bo‘ladiki, ularni bilish bu jarayonni boshqarish imkonini beradi. Malakali kadrlar tayyorlashda 
mehnat bozori qonunlarining harakatlanishi raqobatbardosh ishchi kuchi sifatini yuqori darajaga 
ko‘tarish imkonini beradi. Milliy iqtisodiyotimiz dunyo miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi lozim. 
Shuning uchun ham bizning fikrimizcha, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga mos malakali 
kadrlar tayyorlash iqtisodiy islohotlar sharoitining eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. 
Iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli olib borish ko‘rsatkichlaridan biri aholini ish bilan bandligi 
hisoblanadi. Mustaqil davlatimiz siyosati, jamiyatimizning hozirgi rivojlanish darajasi, 
madaniyati, fan va texnikasi, bozor iqtisodiyotiga kirib borishi oliy ta’lim oldida turgan yangi 


masalalar faqatgina sifat jihatidan yangi mazmun va texnologiyadagi o‘qitishnigina emas, balki 
bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga tushunadigan mutaxassis-kadrlarga bo‘lgan talabni va ularni 
tayyorlash yo‘nalishlarini aniqlashga yangicha yondashuvni ham talab qiladi. Bu degani, 
iqtisodiyotni rivojlantirishdagi muvaffaqiyatlar kadrlar tayyorlashning sifat o‘lchamlari bilan 
hamda sifat jihatdan yangi ishchi kuchining mavjudligi bilan belgilanadi. Davlat miqiyosida oliy 
ma’lumotli kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish, aholini ish bilan bandligini oshirish va 
boshqa jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish mexanizmini yaratish o‘ta muhim bo‘lib 
bormoqda. Bu esa mamlakat oliy o‘quv yurtlariga talabalarni qabul qilish rejasi milliy iqtisodiyot 
tarmoqlarining haqiqiy talabiga to‘liq mos bo‘lishini taqoza etmoqda. AQSH, Germaniya, 
Yaponiya, Fransiya va boshqa iqtisodiyoti eng rivojlangan va intellektual taraqqiy etgan 
mamlakatlar tajribasining tahlili shuni ko‘rsatdiki, barcha darajadagi kadrlarni tayyorlashning 
yuqori sifati va raqobatbardoshligi quyidagilar orqali ta’minlanadi: ta’lim, ilm-fan va ishlab 
chiqarishning uzviy bog‘liqligi; ta’lim muassasalari va ilm-fan, texnika, texnologiyalar va 
iqtisodiyotning so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan kasb-hunar ta’lim dasturlarining 
turlitumanligi; kasbiy ta’lim tizimini iqtisodiyotning ustuvor va yuqori daromadli tarmog‘iga 
aylantirish; ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash, kasb-
hunar ta’limi tizimiga yuqori malakali o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish; ta’lim jarayonini 
kompyuterlash va axborotlashtirish; kadrlar tayyorlash sifatini obyektiv nazorat qilish va baholash 
tizimlaridan foydalanish; tafakkurni, qobiliyatni va shaxsga xos bo‘lgan fazilatlarni, shuningdek, 
kasbiy yo‘naltirilganlikni rivojlantirish, o‘lchash va baholash muammolari bo‘yicha psixologik-
pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish; o‘qituvchilarning moddiy va ijtimoiy himoyalanganining yuqori 
darajasini ta’minlash. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash strategiyasining negizida sifatni 
ta’minlashning uchta asosiy sikllariga kompleks yondashuv yotadi: Birinchi bosqichda, kadrlar 
ehtiyojlari prognozlanadi va ularga nisbatan talablar belgilanadi, ya’ni kadrlar modeli yaratiladi, 
sifatning ilgarilab boruvchi yuqori darajasi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda malakali kadrlarni 
tayyorlash amalga oshiriladi, bu esa belgilangan sifat darajasini ta’minlashi lozim. Uchinchi, 
malakali kadrlardan professional faoliyat sohasida foydalanish bilan bog‘liq bosqichda 
ta’minlangan sifat darajasi muntazam oshib borishi kerak. Iqtisodiyoti eng rivojlangan va 
intellektual taraqqiy etgan mamlakatlarning yuqorida keltirilgan strategiyasi va tajribasiga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasining ta’lim standartlari xalqaro standartlar asosida ishlab 
chiqilish kerak, bu mutaxassislarni tayyorlash sifatiga erishish va uni baholashga yagona 
yondashuvni ta’minlaydi. Bu raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va intellektual sohada yaqin 
hamkorlikni tashkil qilishda xalqaro tajribadan foydalanishga yordam beradi. Shunday kelib 
chiqqan holda, iqtisodiyoti eng rivojlangan va intellektual taraqqiy etgan mamlakatlarning 
yuqorida keltirilgan strategiyasi va tajribasiga muvofiq kadrlar tayyorlash sifatini, 
raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga mos malakali kadrlar 
tayyorlash tizimini takomillashtirishning asosiy tarkibiy qismi quyidagilardir: malakali kadrlar 
tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-
fuqarolarni shakllantirish; bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
Markazlari tomonidan “Aholini ish bilan bandligini ta’minlash hududiy Dasturi”ni rejalashtirish 
jarayonida kelajakdagi potensial ishchi kuchi taklifi (o‘quv yurtlarini bitiruvchilari, kasb-hunar 
kollejlari, litsey, maktab bitiruvchilari va boshqalar) haqida aniq va to‘liq ma’lumotlar asosida 
yangi ish o‘rinlarini yaratish lozim; davlat va jamiyatda malakali kadrlar tayyorlash tizimi amal 
qilishi va rivojlanishining kafillari yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarining faoliyatini 
uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatishi; fuqarolarning bilim olishi, kasb tanlashi, o‘z 
malakasini oshirishi huquqlarini ro‘yobga chiqarish; malakali kadrlar tayyorlash muassasalarini 
o‘zbekt tilidagi zamonaviy o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar bilan, shuningdek, moddiy-texnik 


baza bilan ta’minlash; uzluksiz ta’lim faoliyatida ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning 
shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni ildam tayyorlanishi uchun zarur 
shart sharoitlar yaratish; zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal 
etish uchun milliy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuvini amalga oshirish; 
zamonaviy ilm-fan, texnika yutuqlari, texnologiyalardan foydalanib xalqaro meyorlar asosida 
ishlab chiqilgan ilgarilovchi va Kompleks ta’lim standartlaridan foydalanish; oliy malakali ilmiy 
va pedagog kadrlar tayyorlashni amlga oshirish; malakali kadrlar tayyorlaydigan muassasalarning 
tarkibiy va sifat bo‘yicha isloh qilinayotganini hisobga olib o‘qituvchilarni zamonaviy bilimlar va 
yutuqlar asosda qayta tayyorlash; kadrlar tayyorlash jarayonida eng yangi pedagogik, axborot, 
kompyuter va boshqa texnologiyalardan foydalanishni hisobga olib fanlar bo‘yicha 
namunaviy rejalar va dasturlarni takomillashtirish; barcha darajadagi malakali kadrlar tayyorlash 
sifatini o‘lchash va baholashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish va joriy qilish; kadrlar 
tayyorlash jarayonini ilmiy tadqiqot jihatdan ta’minlash infratuzilmasini vujudga keltirish; 
ta’limning axborot tarmoqlaridan foydalanish maqsadida bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot 
bazasini shakllantirish va rivojlantirish; yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, 
yoshlarning ilmiy iqtidorini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; shaxsni kasbga yo‘naltirish va 
mehnat bozori talablari, imkoniyatlari va undagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hisobga olib, 
bandlikning eng maqbul turini tanlashda yordam beradigan, shuningdek, iqtidorli yoshlarning 
qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan kasbga yo‘naltirish tizimini rivojlantirish; tarmoqli va 
mintaqaviy iqtisodiyot uchun integratsiyalangan ta’lim muassasalari doirasida raqobatbardosh 
kadrlar tayyorlashda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning salohiyatidan samarali foydalanish; 
mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi integratsiyasini faollashtirish, ta’lim sohasi 
va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o‘zaro tajriba 
almashinuv jarayonini kuchaytirish; ishlab chiqarishning talab ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 
kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi va darajasini shakllantirish; o‘rta maxsus ma’lumotga ega 
kadrlar ichidan oliy kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashning shakl va 
usullarini kengaytirish; ta’lim muassasalarini moliyalash mexanizmini takomillashtirish va uni 
iqtisodiy rivojlangan hamda intellektual rivojlangan mamlakatlar darajasiga olib chiqish; turli 
darajadagi ishlaydigan kadrlarni va ishdan bo‘sh mutxassislarni qayta tayyorlash hisobiga 
respublikaning raqobatbardosh kadrlar salohiyatini takror ishlab chiqarish; barcha darajadagi 
kadrlarning malaka tariflarini mehnat bozori talablari shakllanmasdan oldin ishlab chiqish; barcha 
darajadagi kadrlarni maqsadli tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirish. Yuqoridagi 
ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish va bajarishni davom ettirish iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o‘zgarishlarga mos kadrlarni va ularning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Garchi 
kadrlar tayyorlashning milliy tizimi yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishlarini nisbatan 
kechiktirsada, lekin ularning sifatli va jahon standartlariga javob beradigan holatda chiqishini 
ta’minlaydi. Zero, ijtimoiy-iqtisodiy va hayotiy munosabatlarda sifat omili ustuvor ahamiyatiga 
egadir. Malakali kadrlar tayyorlash milliy modeli mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini 
ta’minlovchi, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini 
qondiruvchi ustivor sohadir. Shu bilan birga, u ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs 
shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratadi. 2.3. Mehnat bozorida kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi 
Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq tahlili va ta’lim tizimidagi jahon 
miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, 
ijodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega 
bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini 
shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Shuningdek, ushbu dasturga muvofiq mehnat bozorini, eng 


avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan 
holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etishga kirishildi. Bandlikka ko‘maklashish markazlari 
va ayrim korxonalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ishchilarning, ayniqsa, yosh ishchilarning kasb-
hunar malakasi, mehnat va ishlab chiqarish intizomi ancha pasayib ketganligi, tez va ishtiyoq bilan 
ishlash layoqatining yo‘qligini ko‘rsatdi. Talab va taklif orasida mutanosiblik mavjud emasligini 
e’tiborga olish, ishlab chiqarish sohasida qayta o‘qitishning quyidagi turlarini tashkil etishga 
kirishilgan: yangi ishchilarni tayyorlash; ishchilarni qayta tayyorlash (qayta o‘qitish); ishchilarni 
ikkinchi kasblarga tayyorlash; ishchilarning malakasini oshirish. Mamlakatimizda mehnat 
bo‘limlariga murojaat qilganlarning aksariyat qismini erkaklar tashkil qiladi, ammo ayollar 
miqdori asta-sekin o‘sib bormoqda, 2009 yilda u 48,8 foizni tashkil qildi. O‘zbekistondagi joriy 
mehnat bozori yuqori darajada faollashganligi bilan tavsiflanadi, bu aholini ish bilan ta’minlash 
bo‘yicha mehnat bo‘limlari faoliyatining samaradorligi oshganligidan dalolat beradi. O‘z 
navbatida yuqori malakali va serg‘ayrat kadrlarni davlatning ishtirokisiz tayyorlash ancha mushkul 
ishdir. Faqat davlat yetarli darajada qudratli moddiy, moliyaviy resurslarga va huquqiy omillarga 
ega bo‘lib, ular yordamida moslashuvchan ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Shu 
bilan birga davlat bozor tuzilmalari tashabbusini, bozorning o‘z-o‘zini tashkil etishini bo‘g‘masligi 
lozim. O‘zgaruvchan bozorning qaror topishini tartibga solish tizimi boshqaruvning murakkab 
davlat va bozor sohalarini qamrab oladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, malakali 
kadrlarni tayyorlash bo‘yicha nodavlat tuzilmalarning shakllantirilishi mehnat bozorida 
raqobatchilik muhitini kuchaytiradi. Bu esa, mehnat bozorida sifat ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga olib 
keladi. Mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik taklif qilinayotgan ish kuchi sifatining ish beruvchi 
talabiga mos kelishidir. Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yuritish mehnat bozorida raqobat 
kurashini kuchaytirish, qaytadan tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘lgan kadrlar sonini ko‘paytirish, 
ularning malakalarini oshirish uchun ta’lim masalasi bilangina emas, balki ijtimoiy sabablar va 
mehnat bozori ehtiyojlari bilan ham bog‘liq. Ta’lim tizimini qayta qurishning asosiy maqsadi 
ishchi va mutaxassislarning bilim darajasini jahon standartlariga moslashtirishdir. Bu qayta qurish 
ta’lim tizimi sifatini shunday darajaga ko‘tarishi lozimki, u ishlab chiqarishni ilmiy-texnika 
jihatidan yangilanadigan mos kadrlarni tayyorlay olsin. Iqtisodni ko‘tarish mehnat bozorida 
ishchining raqobatbardoshligini ta’minlay olishga erishilishi kerak. Ta’lim xizmatlari 
imkoniyatlari davlat va nodavlat o‘qitish maskanlari tarmog‘ining rivojlanishi bilan bog‘liq. Qayta 
qurilayotgan ta’lim tizimi ishlab chiqarish tarmoqlari talablariga hozirgi kun tuzilmaviy tarkibidan 
kelib chiqib emas, balki yanada ilgarilashni ta’minlash hisobiga, ishlab chiqarish kuchlari 
rivojlanishining bundan keyingi tezlashishiga ham mos bo‘lishi lozim bo‘ladi. Xo‘jalik 
yuritishning yangi usuliga o‘tish davrida oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining samara bilan ish 
olib borishini ta’minlash uchun ularga ma’lum darajada ijtimoiy-iqtisodiy mustaqillik berish lozim 
bo‘ladi. Xo‘jalik yuritishning kadrlarni tayyorlash borasida olib boradigan ishlari samarali bo‘lishi 
uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur bo‘ladi: mutaxassislar tayyorlash va ular malakasini 
oshirish ishlarini olib borishga qodir bo‘lgan o‘quv ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish va ularga 
moliyaviy va moddiy imtiyozlar berish; o‘quv yurtlari faoliyatini boshqarishda iqtisodiy 
uslublardan kengroq foydalanish; mutaxassislarni qayta tayyorlashning eng maqbul yo‘llarini 
tanlash va miqdor jihatidan ularni mehnat bozoridagi talab ehtiyojiga qarab o‘zgarib turishini 
ta’minlash. 
MEHNAT BOZORI IQTOSODIYOTI FUNKSIONAL ELEMENTLARI VA TARKIBIY 
QISMLARI
Reja:
2.1. Mehnat bozori iqtosodiyoti funksional elementlari va tarkibiy qismlari


2.2. Mehnat bozorini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari
2.3. Mehnat bozorida kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi
2.1. Mehnat bozori iqtosodiyoti funksional elementlari va tarkibiy qismlari Mehnat bozori 
iqtosodiyoti funksional elementlari va tarkibiy qismlari bo‘yicha quyidagi tizimlarni o‘z ichiga 
oladi: Mehnat bozori iqtosodiyoti ning ustqurmaviy elementlari: bunga davlatning tartibga solish 
va normativ-huquqiy roli, mehnat shartnomalari va hokazolar kiradi. Davlatning tartibga solish 
roli huquqiy normalar va qonunlarning qabul qilinishi, mehnat munosabatlarini tartibga solish, 
investitsiyalar harakatini boshqarish, ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ishchi kuchi 
shakllanishiga ta’sir etishdan iborat. Mehnat bozori iqtosodiyoti ning tashkiliy tarkibi, ya’ni, 
makro va mikro darajalardagi tashkiliy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari quyidagilarni 
o‘z ichiga oladi: ishga joylashtirish bo‘yicha tashkiliy tuzilmalar, bularga, davlat, munitsipial 
organlar, nodavlat ish bilan bandlik xizmatlari va assotsiatsiyalar kiradi; ta’lim tizimi, bunga davlat 
va nodavlat ish bilan bandlik xizmatidagi o‘quv markazlari hamda o‘rta va oliy o‘quv yurtlari 
kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari sifatida, fuqarolarni o‘qitish bo‘yicha ish bilan 
bandlik xizmati organlari bilan shartnomaviy hamkorlikda mehnat bozoriga yangi mutaxassislarni 
tayyorlab beradi; rekrut tizimi, bunga rekrut agentliklari va ixtisoslashgan mehnat birjalari kiradi; 
axborot tizimi-mehnat bozori holati haqida axborotlarni to‘plash; ijtimoiy tizim – ijtimoiy 
himoyaga muhtoj bo‘lganlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha markazlar va tashkilotlar; 
moliyaviy tizim – bularga davlat ish bilan bandlik jamg‘armasi, tijorat ish bilan bandlikka 
ko‘maklashuvchi jamg‘armalar, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashuvchi o‘quv 
yurtlarining jamg‘armalari kiradi. Mehnat bozori iqtosodiyoti tarkibidagi institutsional tuzilmalar 
va tashkilotlar o‘rtasida yuzaga keladigan ish bilan bandlikka oid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi. Mehnat bozori subyektlari munosabatlari tizimiga 
maxsus organlarining qo‘shilishi ular o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lmasligini ta’minlash, turli-tuman 
iqtisodiy vositalar va usullar, huquqiy normalar yordamida ish bilan bandlik jarayonlari va 
siyosatini tashkil etish hamda tartibga solishni ta’min etish zarur . Camarali ish bilan bandlikni 
ta’minlash mehnat bozorining bosh ijtimoiyiqtisodiy funksiyasi hisoblanadi. Mehnat bozori 
iqtosodiyoti bu funksiyani bajarilishini ta’minlaydi, shunday ekan, Mehnat bozori iqtosodiyoti 
ning muvaffaqiyatli shakllanishi va rivojlanishi mezoni sifatida ishchi kuchiga talab va taklif 
o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash hisoblanadi. Shuningdek, Mehnat bozori iqtosodiyoti ning 
bosh masalasi – mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi samarali hamkorlikni 
va iqtisodiy shart-sharoitlarni ta’minlashni nazarda tutadi. Mehnat bozori iqtosodiyoti ning asosiy 
funksiyasi ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi ish kuchining narxi, mehnat sharoiti, xodimning 
muayyan ijtimoiy muammolarini hal qilish, ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan aholini 
kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ish joylarini yaratish va saqlash, aholiga axborot 
xizmatlarini ko‘rsatish, ishchi kuchi harakatchanligini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy mehnat 
nizolarini tartibga solish xususidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Odatda bu 
munosabatlar jamoa shartnomalari tizimi asosida tartibga solinadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
mamlakatlarda jamoa shartnomasi tizimi mehnat bozorida davlatning tartibga solishdan ko‘ra 
faolroq rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 29-moddasiga muvofiq 
jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-
iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir . Jamoa 
shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini 
shartnoma 
asosida 
tartibga 
solishga 
va 
ularning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
manfaatlarini 
muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi. Binobarin, unda bevosita shartnomada 
mustahkamlangan normalar yoki tegishli lokal hujjatga havola etish yordamida mehnat jarayonida 


taraflarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi barcha tub masalalar mavjud bo‘lishi kerak. 
Jamoaviy shartnoma mehnat munosabatlari barqarorligiga erishishda muhim ahamiyatga ega. 
Jamoaviy shartnoma tizimi mehnat bozoridagi xo‘jalik subyektlarining o‘zaro munosabatlaridagi 
mojarolarni o‘zicha bartaraf eta olmaydi. Chunki, ushbu mojarolar asosini ijtimoiy manfaatlar, 
maqsadlar, intilishlar, talablardagi farqlar tashkil etadi. Garchi, jamoaviy bitimlar tizimi 
manfaatlarni kelishib, o‘zaro bir qarorga kelish va mojarolarni tezlik bilan bartaraf etish 
jarayonlarini ko‘zda tutsada, muzokaralar jarayoni ancha maqbul natijalarga erishish jarayonini 
ham yaratadi. Ayni paytda bitim shartlari shartnoma shaklini olib, ikki tomonni mazkur shartlar 
asosida ijtimoiy va iktisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida oxirgi choralarni ko‘rmasdan, 
ya’ni ish tashlash yoki ishdan bo‘shatishga yo‘l qo‘ymay, harakat qilishga majbur etadi . Shuni 
qayd etib o‘tish kerakki, asosan jamoaviy mehnat shartnomasi tizimi va bevosita davlatning 
tartibga solib borishi amal qilishiga qaramay, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar 
yakka tartibda ham hal etilishi mumkin. Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchi 
uchun ancha foydalidir. Shaxsiy shartnoma tizimi mehnatchining mehnat sharoiti va unga 
to‘lanadigan ish haqini shu odamga qarab belgilash imkonini beradi. Jamoaviy bitimlarga ko‘ra 
esa, bunday qilib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko‘p hollarda 
mehnatkashlarni ijtimoiy kafolatlarning kattagina qismidan mahrum etadi va bir qator salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida 
doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha yoki to‘liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar bilan almashtirish 
qoyda tusiga kirmoqda. Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy jihatdan kam 
muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan. Shu bois davlat ayniqsa, 
xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida yollashning shaxsiy shartnoma 
shakllari rivojini nazorat qilib borishi kerak. Aks holda norozilik kuchayishi natijasida davlat 
ishsizlik bo‘yicha ijtimoiy to‘lovlarni ancha ko‘paytirishga majbur bo‘lib qoladi. Mehnat bozori 
iqtosodiyoti funksiyalariga xodimni va ish beruvchini shartnoma tuzishga va o‘zaro yordam 
ko‘rsatishga tayyorlash, shartnoma tuzishda ko‘maklashish, mehnat bozoriga chiquvchilarni 
himoya qilish va ularning o‘zaro yordam ko‘rsatishini har tomonlama ta’minlash kiradi. 
Rivojlangan mehnat bozori ish beruvchilar bilan yollangan xodimlarning o‘zaro yordam 
ko‘rsatishidan tashqari, u yoki bu jamoat tuzilmalarining (kasaba uyushmalari, tadbirkorlar va 
ishsizlarning birlashmalari, ijarachilar ittifoqlari va hokazolarning) jamoa manfaatlarini himoya 
qilish institutsion tuzilmalaridan tashqari, ijtimoiy hamkorlik masalalarida davlatning 
vositachiligini ham nazarda tutadi. Maxsus davlat idoralarining mehnat bozori subyektlarining 
munosabatlari tizimiga kirishi ular o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishining oldini olish, turli 
iqtisodiy vositalar, usullar va huquqiy normalar yordamida aholini ish bilan bandlik jarayonlari 
siyosatini tashkil etish hamda tartibga solishni ta’minlamog‘i lozim. O‘tish davri iqtisodiy 
siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan bozorni boshqarish (tartibga solish) siyosati uchta asosiy 
maqsadga erishishni nazarda tutadi: tarkibiy qayta qurishni rag‘batlantirish va bo‘shab qolgan 
xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish; ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik 
bilan jalb qilish; ish qidirayotganlarning har birini ish bilan ta’minlash. 2.2. Mehnat bozorini 
boshqarishning asosiy yo‘nalishlari Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mehnat bozorini boshqarishda 
bir qator yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ular aholi ish bilan bandligi davlat xizmatiga taalluqlidir. Bu 
xizmatning asosiy vazifasi mehnat bozori haqidagi axborotni mehnatga layoqatli aholiga tarqatish 
hisobiga mehnat bozorining faoliyat ko‘rsatishi samaradorligini oshirishdan iboratdir. Aholining 
ish bilan bandligiga ko‘maklashish bilan bog‘liq xizmatlar davlat ish bilan bandlik xizmati 
organlari tomonidan bepul ko‘rsatiladi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi ish bilan 
bandlikning nodavlat xususiy xarakterdagi tuzilmalari ham tashkil etilishiga imkon bermoqda. 
Bular xodimlarni tanlash bo‘yicha tijorat agentliklari; o‘quv yurtlari huzuridagi muassasalar va 
hokazo muassasalardir. Mehnat bozori iqtosodiyoti ning asosiy tarkibiy qismi sifatida bandlikka 


ko‘maklashish markazlarining faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Bandlikka ko‘maklashish 
markazlari mehnat bozori haqidagi, uning ahvoli va istiqboli to‘g‘risidagi axborotlarni o‘zida 
to‘playdi. Bozor tuzilmasi sifatidagi mehnat bo‘limi xilma-xil vazifalarni bajaradi. 
Respublikamizda mehnat bozorining shakllanishi mehnat resurslarining ortishi sharoitida sodir 
bo‘lmoqda. Har yili ish qidirayotgan fuqarolar soni 30-40 ming kishiga, bandlikka ko‘maklashish 
markazlari orqali ish bilan ta’minlanganlar soni 20-30 ming kishiga ko‘paymoqda. Davlat ish bilan 
bandlik siyosati doirasida mehnat bozorini tartibga solishda ish bilan bandlik jamg‘armalarining 
ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish vazirligi tarkibida Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi 
faoliyat olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 apreldagi 173-
son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlashga 
ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom”ga binoan jamg‘armaning asosiy vazifalari: - ishsizlarni moddiy qo‘llab-
quvvatlash yuzasidan davlat kafolatlarini amalga oshirish; - mehnat bo‘limlari ta’minotini 
moliyalashtirish; - tijorat banklarida kredit liniyalari ochish yo‘li bilan ish o‘rinlarini saqlab qolish 
va yangi ish o‘rinlari uchun kreditlar berish; - fuqarolarni ishga joylashtirish, mehnat, aholini ish 
bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha meyoriy hujjatlarni ishlab 
chiqish, sotsiologik kuzatuvlar o‘tkazish yo‘li bilan bog‘liq harajatlarni mablpg‘ bilan 
ta’minlashdan iboratdir. Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘lari 
quyidagilar hisobiga shakllantiriladi: a) korxona, muassasa, tashkilotlar ish haqi fondidan majburiy 
ajratmalar; b) respublika va mahalliy budjetlardan dotatsiyalar; v) qo‘shimcha va yangi ish 
o‘rnilarini yaratish uchun kichik va o‘rta biznes subyektlarini kreditlash uchun tijorat banklari 
tomonidan ochilgan kredit liniyalaridan foizlar; g) yuridik va jismoniy shaxslarni ihtiyoriy 
badallari; d) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar. O‘zbekiston Respublikasining 
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga muvofiq “Aholini ish bilan 
ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlarini moliyalash va mehnat 
organlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Davlat 
jamg‘armasi tuziladi”. “Shuningdek ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi 
mablag‘larini sarflash yo‘nalishlarini aholini ish bilan ta’minlash borasidagi tegishli respublika, 
hududiy va boshqa maxsus dasturlarga muvofiq belgilanadi”. Ish bilan bandlik jamg‘armasi 
xarajatlarini shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qismlarga ajratish mumkin: Ishsizlik 
bo‘yicha nafaqaga sarflanadigan mablag‘lar, ishsizlarga moddiy yordam ko‘rsatish, uzoq muddatli 
pensiyalar to‘lash. Bularni passiv siyosat deb atash qabul qilingan. Qayta tayyorlash va jamoat 
ishlariga sarflanadigan mablag‘lar. Aytib o‘tilgan bu shakllarni birlashtirib turadigan tomon shuki, 
ular qonun bilan kafolatlanmagan. Shu bilan birga “Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” moddasiga doir 
xarajatlarni mehnat bozoridagi faol siyosat shakllariga kiritish qabul qilingan. Ish bilan bandlik 
xizmatlarini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar (ularni ta’minlash, kapital mablag‘lar, 
“Bandlik” axborot xizmati). Ish bilan bandlik jamg‘armasi mablag‘larini ishchi kuchlaridan 
foydalanish va aholi ish bilan bandligi bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida 
vaqtincha moliyaviy qiyinchilikni boshidan kechirayotgan korxonalarga, turli mulkchilik 
ko‘rinishidagi yangi korxonalarni yaratishga kreditlar berish yo‘li bilan hamda korxonalarda 
qo‘shimcha ish joylarini yaratishga sarflash ishchi kuchiga talabni oshirishda muhim vosita 
hisoblanadi. Shuningdek, ish bilan bandlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ishsizlarni kasbga 
o‘qitishni moliyaviy jihatdan ta’minlash respublikamizda malakali mehnat bozori shakllanishiga 
va buning natijasi ularoq Mehnat bozori iqtosodiyoti rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga 
muvofiq “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ajratmalari hisobiga hosil etiladigan ish 
ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘larining yetmish foizi keyinchalik 


ularni tumanlar va shaharlar o‘rtasida qayta ta’minlash sharti bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat organlarini tasarrufida qoladi, o‘ttiz foizi esa Respublika 
miqyosida markazlashtiriladi”. Respublikamizda ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi 
Davlat jamg‘armasi budjetdan tashqari jamg‘arma hisoblanib, ishsizlikni sug‘urtalash davlat 
tomonidan boshqariladi. Bunda tadbirkorlar va xodimlarning vakillik organlari ishsizlarga ijtimoiy 
yordam ko‘rsatish jamg‘armalarini boshqaruvchi davlat organlari bilan faol hamkorlikni amalga 
oshiradilar. Ish bilan bandlik Davlat jamg‘armasining asosiy vazifalari kengaytirilgan ko‘rinishda 
uchta blokda guruhlashtirilishi mumkin: 1. Aholini ish bilan bandligining faol siyosatini amalga 
oshirish bo‘yicha choralar: – mehnat resurslari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, 
ish bilan bandlik siyosatining ilmiy asoslangan tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy yo‘nalishlarini 
ta’minlash; – ish bilan bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilganlarni kasbiy 
yo‘naltirish, qayta o‘qitish va qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarni to‘liq yoki qisman 
moliyalashtirish; – aholi ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha dasturlar va tadbirlarni 
moliyalashtirishda ishtirok etish; – yangi ish joylarini yaratish, tadibirkorlik faoliyatini 
rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlarni imtiyozli kreditlashtirish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
moliyalashtirishni amalga oshirish; – nogironlar, nafaqa yoshidagi shaxslar, bolali ayollar 
mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish joylari (ishlab chiqarishlar)ni tashkil qilish 
bo‘yicha tadbirlarni qisman yoki to‘liq moliyalashtirish. 2. Ish bilan bandlikning passiv siyosatini 
amalga oshirish bo‘yicha choralar: – ishsizlik bo‘yicha nafaqalar va kompensatsiyalarni to‘lash; – 
amaldagi qounchilikka muvofiq moddiy yordam hamda boshqa to‘lovlarni ko‘rsatish. 3. Aholi ish 
bilan bandligi xizmatining mazmuni: – axborot-ma’lumotnoma tizimini yaratish va rivojlantirish; 
mehnat bozoridagi talab va taklifning tahlili va istiqboli, ish joylari va ish bilan bandlik xizmatiga 
murojaat qilgan fuqarolarning hisobi; – ish bilan bandlik xizmatining moddiy-texnik 
ta’minlanishini amalga oshirish, kerakli texnika, uskunalarni xarid qilinishini moliyalashtirish; – 
ish bilan bandlik xizmatlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va malakasini oshirishga xarajatlar; 
– ish bilan bandlik xizmatlari uchun turar joylar va ijtimoiy-madaniy obyektlar qurishda ulushli 
ishtirok etish. – aholi ish bilan bandligi Davlat jamg‘armasi mablag‘lari quyidagilar hisobidan 
shakllanadi: – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tmomnidan belgilangan majburiy to‘lovlar; 
– jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy badallari; – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi 
tomonidan ko‘zda tutilgan boshqa badallar. Har qanday jamiyat mehnat bozorida raqobat kurashi 
qizigan sari umumiy ta’lim tizimiga bo‘lgan ehtiyoj talablari ham orta boradi. Natijada shunga 
mos holda umumta’lim tizimi ham rivojlanadi. Bozor munosabatlari mehnat jarayoniga ta’sir 
ko‘rsatishi tufayli kasb-hunar ta’limi va eng avvalo, ishchilarning umumta’lim darajasini ko‘tarish 
zarurligini talab etadi. Iqtisodiyotda bozor munosabatlarining rivojlanishi va iqtisodiyotdagi 
tarkibiy o‘zgarishlarga mos malakali kadrlar tayyorlash tizimini va ularning bilim olish darajasini 
takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirdi. Iqtisodiyotning zamonaviy soha va tarmoqlarini 
modernizatsiyalash jarayonida tarkibiy o‘zgarishlarga mos malakali kadrlar tayyorlash tizimini 
takomillashtirish o‘z ichiga uzoq davr islohotlarning strategik yo‘nalishlarini aniqlashdan ularni 
tugallashgacha bo‘lgan davrni oladi va u bir qator qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi bilan sodir 
bo‘ladiki, ularni bilish bu jarayonni boshqarish imkonini beradi. Malakali kadrlar tayyorlashda 
mehnat bozori qonunlarining harakatlanishi raqobatbardosh ishchi kuchi sifatini yuqori darajaga 
ko‘tarish imkonini beradi. Milliy iqtisodiyotimiz dunyo miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi lozim. 
Shuning uchun ham bizning fikrimizcha, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga mos malakali 
kadrlar tayyorlash iqtisodiy islohotlar sharoitining eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. 
Iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli olib borish ko‘rsatkichlaridan biri aholini ish bilan bandligi 
hisoblanadi. Mustaqil davlatimiz siyosati, jamiyatimizning hozirgi rivojlanish darajasi, 
madaniyati, fan va texnikasi, bozor iqtisodiyotiga kirib borishi oliy ta’lim oldida turgan yangi 
masalalar faqatgina sifat jihatidan yangi mazmun va texnologiyadagi o‘qitishnigina emas, balki 


bozor iqtisodiyoti qonuniyatlariga tushunadigan mutaxassis-kadrlarga bo‘lgan talabni va ularni 
tayyorlash yo‘nalishlarini aniqlashga yangicha yondashuvni ham talab qiladi. Bu degani, 
iqtisodiyotni rivojlantirishdagi muvaffaqiyatlar kadrlar tayyorlashning sifat o‘lchamlari bilan 
hamda sifat jihatdan yangi ishchi kuchining mavjudligi bilan belgilanadi. Davlat miqiyosida oliy 
ma’lumotli kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish, aholini ish bilan bandligini oshirish va 
boshqa jarayonlarni davlat tomonidan boshqarish mexanizmini yaratish o‘ta muhim bo‘lib 
bormoqda. Bu esa mamlakat oliy o‘quv yurtlariga talabalarni qabul qilish rejasi milliy iqtisodiyot 
tarmoqlarining haqiqiy talabiga to‘liq mos bo‘lishini taqoza etmoqda. AQSH, Germaniya, 
Yaponiya, Fransiya va boshqa iqtisodiyoti eng rivojlangan va intellektual taraqqiy etgan 
mamlakatlar tajribasining tahlili shuni ko‘rsatdiki, barcha darajadagi kadrlarni tayyorlashning 
yuqori sifati va raqobatbardoshligi quyidagilar orqali ta’minlanadi: ta’lim, ilm-fan va ishlab 
chiqarishning uzviy bog‘liqligi; ta’lim muassasalari va ilm-fan, texnika, texnologiyalar va 
iqtisodiyotning so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan kasb-hunar ta’lim dasturlarining 
turlitumanligi; kasbiy ta’lim tizimini iqtisodiyotning ustuvor va yuqori daromadli tarmog‘iga 
aylantirish; ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash, kasb-
hunar ta’limi tizimiga yuqori malakali o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish; ta’lim jarayonini 
kompyuterlash va axborotlashtirish; kadrlar tayyorlash sifatini obyektiv nazorat qilish va baholash 
tizimlaridan foydalanish; tafakkurni, qobiliyatni va shaxsga xos bo‘lgan fazilatlarni, shuningdek, 
kasbiy yo‘naltirilganlikni rivojlantirish, o‘lchash va baholash muammolari bo‘yicha psixologik-
pedagogik tadqiqotlar o‘tkazish; o‘qituvchilarning moddiy va ijtimoiy himoyalanganining yuqori 
darajasini ta’minlash. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash strategiyasining negizida sifatni 
ta’minlashning uchta asosiy sikllariga kompleks yondashuv yotadi: Birinchi bosqichda, kadrlar 
ehtiyojlari prognozlanadi va ularga nisbatan talablar belgilanadi, ya’ni kadrlar modeli yaratiladi, 
sifatning ilgarilab boruvchi yuqori darajasi aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda malakali kadrlarni 
tayyorlash amalga oshiriladi, bu esa belgilangan sifat darajasini ta’minlashi lozim. Uchinchi, 
malakali kadrlardan professional faoliyat sohasida foydalanish bilan bog‘liq bosqichda 
ta’minlangan sifat darajasi muntazam oshib borishi kerak. Iqtisodiyoti eng rivojlangan va 
intellektual taraqqiy etgan mamlakatlarning yuqorida keltirilgan strategiyasi va tajribasiga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasining ta’lim standartlari xalqaro standartlar asosida ishlab 
chiqilish kerak, bu mutaxassislarni tayyorlash sifatiga erishish va uni baholashga yagona 
yondashuvni ta’minlaydi. Bu raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va intellektual sohada yaqin 
hamkorlikni tashkil qilishda xalqaro tajribadan foydalanishga yordam beradi. Shunday kelib 
chiqqan holda, iqtisodiyoti eng rivojlangan va intellektual taraqqiy etgan mamlakatlarning 
yuqorida keltirilgan strategiyasi va tajribasiga muvofiq kadrlar tayyorlash sifatini, 
raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga mos malakali kadrlar 
tayyorlash tizimini takomillashtirishning asosiy tarkibiy qismi quyidagilardir: malakali kadrlar 
tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-
fuqarolarni shakllantirish; bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
Markazlari tomonidan “Aholini ish bilan bandligini ta’minlash hududiy Dasturi”ni rejalashtirish 
jarayonida kelajakdagi potensial ishchi kuchi taklifi (o‘quv yurtlarini bitiruvchilari, kasb-hunar 
kollejlari, litsey, maktab bitiruvchilari va boshqalar) haqida aniq va to‘liq ma’lumotlar asosida 
yangi ish o‘rinlarini yaratish lozim; davlat va jamiyatda malakali kadrlar tayyorlash tizimi amal 
qilishi va rivojlanishining kafillari yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarining faoliyatini 
uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatishi; fuqarolarning bilim olishi, kasb tanlashi, o‘z 
malakasini oshirishi huquqlarini ro‘yobga chiqarish; malakali kadrlar tayyorlash muassasalarini 
o‘zbekt tilidagi zamonaviy o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar bilan, shuningdek, moddiy-texnik 
baza bilan ta’minlash; uzluksiz ta’lim faoliyatida ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning 


shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni ildam tayyorlanishi uchun zarur 
shart sharoitlar yaratish; zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal 
etish uchun milliy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuvini amalga oshirish; 
zamonaviy ilm-fan, texnika yutuqlari, texnologiyalardan foydalanib xalqaro meyorlar asosida 
ishlab chiqilgan ilgarilovchi va Kompleks ta’lim standartlaridan foydalanish; oliy malakali ilmiy 
va pedagog kadrlar tayyorlashni amlga oshirish; malakali kadrlar tayyorlaydigan muassasalarning 
tarkibiy va sifat bo‘yicha isloh qilinayotganini hisobga olib o‘qituvchilarni zamonaviy bilimlar va 
yutuqlar asosda qayta tayyorlash; kadrlar tayyorlash jarayonida eng yangi pedagogik, axborot, 
kompyuter va boshqa texnologiyalardan foydalanishni hisobga olib fanlar bo‘yicha 
namunaviy rejalar va dasturlarni takomillashtirish; barcha darajadagi malakali kadrlar tayyorlash 
sifatini o‘lchash va baholashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish va joriy qilish; kadrlar 
tayyorlash jarayonini ilmiy tadqiqot jihatdan ta’minlash infratuzilmasini vujudga keltirish; 
ta’limning axborot tarmoqlaridan foydalanish maqsadida bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot 
bazasini shakllantirish va rivojlantirish; yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, 
yoshlarning ilmiy iqtidorini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; shaxsni kasbga yo‘naltirish va 
mehnat bozori talablari, imkoniyatlari va undagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hisobga olib, 
bandlikning eng maqbul turini tanlashda yordam beradigan, shuningdek, iqtidorli yoshlarning 
qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan kasbga yo‘naltirish tizimini rivojlantirish; tarmoqli va 
mintaqaviy iqtisodiyot uchun integratsiyalangan ta’lim muassasalari doirasida raqobatbardosh 
kadrlar tayyorlashda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning salohiyatidan samarali foydalanish; 
mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi integratsiyasini faollashtirish, ta’lim sohasi 
va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o‘zaro tajriba 
almashinuv jarayonini kuchaytirish; ishlab chiqarishning talab ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 
kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi va darajasini shakllantirish; o‘rta maxsus ma’lumotga ega 
kadrlar ichidan oliy kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashning shakl va 
usullarini kengaytirish; ta’lim muassasalarini moliyalash mexanizmini takomillashtirish va uni 
iqtisodiy rivojlangan hamda intellektual rivojlangan mamlakatlar darajasiga olib chiqish; turli 
darajadagi ishlaydigan kadrlarni va ishdan bo‘sh mutxassislarni qayta tayyorlash hisobiga 
respublikaning raqobatbardosh kadrlar salohiyatini takror ishlab chiqarish; barcha darajadagi 
kadrlarning malaka tariflarini mehnat bozori talablari shakllanmasdan oldin ishlab chiqish; barcha 
darajadagi kadrlarni maqsadli tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirish. Yuqoridagi 
ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish va bajarishni davom ettirish iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o‘zgarishlarga mos kadrlarni va ularning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Garchi 
kadrlar tayyorlashning milliy tizimi yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishlarini nisbatan 
kechiktirsada, lekin ularning sifatli va jahon standartlariga javob beradigan holatda chiqishini 
ta’minlaydi. Zero, ijtimoiy-iqtisodiy va hayotiy munosabatlarda sifat omili ustuvor ahamiyatiga 
egadir. Malakali kadrlar tayyorlash milliy modeli mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini 
ta’minlovchi, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini 
qondiruvchi ustivor sohadir. Shu bilan birga, u ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs 
shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratadi. 2.3. Mehnat bozorida kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi 
Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq tahlili va ta’lim tizimidagi jahon 
miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, 
ijodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega 
bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini 
shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Shuningdek, ushbu dasturga muvofiq mehnat bozorini, eng 
avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan 


holda hunar-texnika ta’limini qayta tashkil etishga kirishildi. Bandlikka ko‘maklashish markazlari 
va ayrim korxonalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ishchilarning, ayniqsa, yosh ishchilarning kasb-
hunar malakasi, mehnat va ishlab chiqarish intizomi ancha pasayib ketganligi, tez va ishtiyoq bilan 
ishlash layoqatining yo‘qligini ko‘rsatdi. Talab va taklif orasida mutanosiblik mavjud emasligini 
e’tiborga olish, ishlab chiqarish sohasida qayta o‘qitishning quyidagi turlarini tashkil etishga 
kirishilgan: yangi ishchilarni tayyorlash; ishchilarni qayta tayyorlash (qayta o‘qitish); ishchilarni 
ikkinchi kasblarga tayyorlash; ishchilarning malakasini oshirish. Mamlakatimizda mehnat 
bo‘limlariga murojaat qilganlarning aksariyat qismini erkaklar tashkil qiladi, ammo ayollar 
miqdori asta-sekin o‘sib bormoqda, 2009 yilda u 48,8 foizni tashkil qildi. O‘zbekistondagi joriy 
mehnat bozori yuqori darajada faollashganligi bilan tavsiflanadi, bu aholini ish bilan ta’minlash 
bo‘yicha mehnat bo‘limlari faoliyatining samaradorligi oshganligidan dalolat beradi. O‘z 
navbatida yuqori malakali va serg‘ayrat kadrlarni davlatning ishtirokisiz tayyorlash ancha mushkul 
ishdir. Faqat davlat yetarli darajada qudratli moddiy, moliyaviy resurslarga va huquqiy omillarga 
ega bo‘lib, ular yordamida moslashuvchan ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Shu 
bilan birga davlat bozor tuzilmalari tashabbusini, bozorning o‘z-o‘zini tashkil etishini bo‘g‘masligi 
lozim. O‘zgaruvchan bozorning qaror topishini tartibga solish tizimi boshqaruvning murakkab 
davlat va bozor sohalarini qamrab oladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, malakali 
kadrlarni tayyorlash bo‘yicha nodavlat tuzilmalarning shakllantirilishi mehnat bozorida 
raqobatchilik muhitini kuchaytiradi. Bu esa, mehnat bozorida sifat ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga olib 
keladi. Mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik taklif qilinayotgan ish kuchi sifatining ish beruvchi 
talabiga mos kelishidir. Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yuritish mehnat bozorida raqobat 
kurashini kuchaytirish, qaytadan tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘lgan kadrlar sonini ko‘paytirish, 
ularning malakalarini oshirish uchun ta’lim masalasi bilangina emas, balki ijtimoiy sabablar va 
mehnat bozori ehtiyojlari bilan ham bog‘liq. Ta’lim tizimini qayta qurishning asosiy maqsadi 
ishchi va mutaxassislarning bilim darajasini jahon standartlariga moslashtirishdir. Bu qayta qurish 
ta’lim tizimi sifatini shunday darajaga ko‘tarishi lozimki, u ishlab chiqarishni ilmiy-texnika 
jihatidan yangilanadigan mos kadrlarni tayyorlay olsin. Iqtisodni ko‘tarish mehnat bozorida 
ishchining raqobatbardoshligini ta’minlay olishga erishilishi kerak. Ta’lim xizmatlari 
imkoniyatlari davlat va nodavlat o‘qitish maskanlari tarmog‘ining rivojlanishi bilan bog‘liq. Qayta 
qurilayotgan ta’lim tizimi ishlab chiqarish tarmoqlari talablariga hozirgi kun tuzilmaviy tarkibidan 
kelib chiqib emas, balki yanada ilgarilashni ta’minlash hisobiga, ishlab chiqarish kuchlari 
rivojlanishining bundan keyingi tezlashishiga ham mos bo‘lishi lozim bo‘ladi. Xo‘jalik 
yuritishning yangi usuliga o‘tish davrida oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining samara bilan ish 
olib borishini ta’minlash uchun ularga ma’lum darajada ijtimoiy-iqtisodiy mustaqillik berish lozim 
bo‘ladi. Xo‘jalik yuritishning kadrlarni tayyorlash borasida olib boradigan ishlari samarali bo‘lishi 
uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur bo‘ladi: mutaxassislar tayyorlash va ular malakasini 
oshirish ishlarini olib borishga qodir bo‘lgan o‘quv ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish va ularga 
moliyaviy va moddiy imtiyozlar berish; o‘quv yurtlari faoliyatini boshqarishda iqtisodiy 
uslublardan kengroq foydalanish; mutaxassislarni qayta tayyorlashning eng maqbul yo‘llarini 
tanlash va miqdor jihatidan ularni mehnat bozoridagi talab ehtiyojiga qarab o‘zgarib turishini 
ta’minlash. 
MEHNAT BOZORI IQTOSODIYOTI TARKIBIY QISMLARI VA ULARNING O‘ZARO 
ALOQADORLIGI REJA
3.1. Mehnat bozori iqtosodiyoti mehnat sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi mexanizm sifatida
3.2. Mehnat bozori iqtosodiyoti tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligi


3.3. Ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy vositachi agentliklar va firmalar
3.1. Mehnat bozori iqtosodiyoti mehnat sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi mexanizm sifatida Keyingi vaqtlarda bir qancha mualliflar mehnat bozorini tizimli tarzda 
qarab chiqishga yaqindan yondoshmoqdalar. Masalan, S.A.Kuzmin mehnat bozori institutini 
o‘rganishning muhimligini ta’kidlar ekan, mehnat bozori tizimining tuzilishini belgilab berdi. 
Tizimli uslubiyot nuqtai nazaridan M.A. Vinokurovning fikri ancha o‘rinlidir. Uning nazarida 
«Mehnat bozori – bu ish kuchini shakllantirish, iste’mol qilish, taqsimlash va qayta taqsimlash, 
uni yollash va haq to‘lash xususida vujudga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi 
bo‘lib, bu munosabatlar huquqiy normalar bilan tartibga solinadi va mehnat resurslarini boshqarish 
usuli sifatida namoyon bo‘ladi». Mehnat bozorining boshqarilishi insonni mehnat qilish 
qobiliyatini taklif qiluvchi xodimlarni, ish kuchiga bo‘lgan talabni belgilovchi ish beruvchilarni, 
shuningdek, ularning manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi va qondiruvchilarni, hamda ish kuchiga 
bo‘lgan taklifning hajmini, tuzilishini belgilab beruvchi yo‘nalish va mexanizmlarni ham o‘z 
ichiga oladi. Ana shu yo‘nalishlar majmuasi, vatanimizda amalga oshirilayotgan bozor shart-
sharoitlariga mos holda tadbiq etilgan bo‘lib, ular ish bilan bandlik va ishsizlikni davlat yo‘li bilan 
boshqarishda muhim o‘rin egallaydi. Mehnat bozori ham har qanday tizim singari o‘z rivojlanish 
darajasi, tashqi va ichki muhitning ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq ravishda muayyan aniq maqsadli 
yo‘l – yo‘riqlarga ega bo‘lishi lozim. Mehnat bozori – mehnat bozori subyektlari va ularning 
muayyan tuzilmaga ta’sir ko‘rsatishining (axborot, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishining) 
ijtimoiy-iqtisodiy tizimidir. Mazkur tizim ko‘p o‘lchovlidir. Undan turli ijtimoiyiqtisodiy 
jarayonlar, chunonchi kasbiy tayyorgarlik, kasbiy tanlash, moddiy rag‘batlantirish va natijalarga 
baho berish, qayta o‘qitish va yollash, chora belgilash va marketing singari jarayonlar o‘z ifodasini 
topadi. Bundan tashqari, mehnat bozori tizimi o‘zaro bog‘langan ko‘pgina kichik tizimlardan 
(natijadorlik va unumdorlik, mehnatga haq to‘lash va uni normalash kabilardan) iborat bo‘ladi va 
ularning har biri bir qator vazifalarni ado etadi . Mehnat bozorida barcha qatnashchilarning 
iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi rivojlangan tuzilmaviy tarkiblarning mavjudligi 
jamiyatda xodimlar uchun konyunktura o‘zgarishlarining ta’sirini yumshatish, ishlab chiqarishni 
oqilona tashkil etish va foydani ko‘paytirish imkonini beradigan shartsharoitlar yaratishga qodir 
bo‘ladigan mehnat bozorini shakllantirish imkonini beradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri 
sharoitlarida mehnat bozorini “mehnatga qobiliyatli” ishchi kuchini xarid qilish – sotishni amalga 
oshiruvchi tizim sifatida ko‘rib chiqish o‘rinli emas. Shuning uchun u ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat sohasining ochiq, murakkab, ko‘p aspektli va o‘suvchi tizimchasi 
bo‘lib, ishchi kuchiga talab-taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantiruvchidir. Mazkur bozor 
ishchi kuchi talab va taklifini tartibga solishda bevosita ishtirok etadi va aholining oqilona ish bilan 
bandligini shakllanishi hamda ishsizlikni kamaytirishga ko‘maklashadi. Mehnat bozori 
iqtosodiyoti ning tarkibiy qismi asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: davlat muassasalari, ish 
bilan bandlikka ko‘maklashuvchi nodavlat tuzilmalar, korxonalar va firmalarga kadrlar bilan 
xizmat ko‘rsatish, xususiy vositachi firmalar, samarali ish bilan bandlikni ta’minlaydigan jamoat 
tashkilotlari va jamg‘armalar kabilar (1.1-rasm). O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan 
ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni Respublika hududida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarning 
mehnatga bo‘lgan huquqini amalga oshirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy 
shartsharoitlarini, shuningdek bu huquqni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha davlat kafolatini belgilab 
berdi. Ana shu qonunga muvofiq rivojlangan Mehnat bozori iqtosodiyoti tarkibiy qismlari 
elementlari 1.1-rasmda keltirilgan. Ishlab chiqarish moddiy bazasining jiddiy tarkibiy qayta 
qurilishi va uni uzliksiz yangilab borilishi, uning o‘sish sur’atlarining pasayishi jonli mehnatni 
siqib chiqarish jarayonini muqarrar qilib qo‘yadi va ish bilan bandlik muammosini 


keskinlashtiradi. Rivojlangan mamlakatlarda 80-yillarda shu narsa yaqqol ko‘zga tashlandiki, 
aholini ish bilan bandligini bevosita rag‘batlantirish (milliy bo‘limni, davlat idorasini, jamoat 
ishlarini kengaytirish) chora–tadbirlari ham, shuningdek ish bilan bandlikni bilvosita 
rag‘batlantirish (investitsiyalarni rag‘batlantirish, davlat xaridlarini ko‘paytirish va shu kabilar) 
chora-tadbirlari ham o‘zini oqlamadi. Xo‘jalik yuritishning o‘zgarib borayotgan shart-sharoitlari 
ishga joylashish va ish kuchidan foydalanishning tobora ko‘proq moslashuvchan shakllarini talab 
qilmoqda. Moslashuvchan mehnat bozorining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘ziga quyidagilarni qamrab 
oladi: moslashuvchan ish bilan bandlik (mehnat faoliyati va yollash tashkiliy shakllarining 
harakatchanligi va o‘zgaruvchanligi); ish bilan bandlikning funksional moslashuvchanligi (keng 
malaka va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xodimlarning o‘zaro harakati); moslashuvchan ish 
tartiblari. Bu holat aholini mehnatda bandlikka nisbatan yangicha yondashuvlar shakllanishi 
hamda keng qamrovli bandlikning yangi konsepsiyasida o‘z ifodasini topadi. Mehnat bozorida 
moslashuvchan munosabatlarning shakllanib borishi mazkur bozor infratuzilmasi rivojlanishida 
egiluvchanlikni mustahkamlaydi. Har bir mamlakatda mehnat, aholini ish bilan bandlik va ijtimoiy 
siyosat masalalari yuzasidan davlat va mintaqaviy idoralar tizimi mavjuddir. Bu idoralarning 
tuzilishi o‘zgarishi mumkin, lekin har qanday ma’rifatli davlat sohalari bo‘yicha normativ hujjatlar 
ishlab chiqadi: barcha korxonalardagi mehnat sharoitlari bo‘yicha; davlat korxonalarida va davlat 
muassalarida (budjet sohasidagi) mehnatga haq to‘lashdagi nisbatlar bo‘yicha; aholining ish bilan 
bandligini boshqarish bo‘yicha; nafaqa ta’minoti bo‘yicha; ishsizlarga, nogironlarga, aholini kam 
ta’minlangan qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha; ish beruvchilar va ish oluvchilar 
vakillarining o‘zaro munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha. Mintaqalardagi mehnatni 
boshqarish idoralari asosiy diqqat e’tiborini ish bilan bandlik, ijtimoiy siyosat, ish beruvchilar 
bilan ish oluvchilar o‘zaro munosabatlarini tartibga solish masalalariga qaratadilar. Mehnat 
bozori iqtosodiyoti ning takomillashganligi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanish 
darajasini ko‘rsatadi. Rivojlangan mamlakatlarda Mehnat bozori iqtosodiyoti ga mehnat 
sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm sifatida qaraladi. Mehnat 
bozori iqtosodiyoti tarkibiy qismi elementlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish va 
mehnat bozorini boshqarishdagi ahamiyati mazkur bozordagi davlat siyosatining maqsadidan 
kelib chiqadi. Mehnat bozoridagi davlat siyosatining maqsadi bo‘shab qolgan potensial 
ishchilarning samarali ish bilan bandligini shakllantirish, yoppasiga ishsiz bo‘lib qolishga yo‘l 
qo‘ymaslik va ochiq ishsizlikning o‘sishini to‘xtatib turish sifatida ta’riflanishi mumkin. Ana shu 
maqsadga erishish ish o‘rinlari egasi bo‘lgan ish beruvchiga muayyan sifatiga ega bo‘lgan ish 
kuchini sotib olish, bu bilan ishlab chiqarish omillarining qo‘shilishini ta’minlash, ish qidirayotgan 
kishilarga esa, kasb-malakasiga, demografik va boshqa tavsiflariga muvofiq mos keladigan ish 
o‘rni tanlash imkonini beradi. Ishsizlarga ta’lim olish sohasida (kasbiy qayta tayyorlash va malaka 
oshirish) xizmatlar ko‘rsatiladi, ularni ta’minlash (jamoat ishlari va boshqa vaqtincha ishlar) va 
ishsizlik darajasini nazorat qilish yuzasidan chora tadbirlar ko‘riladi va hokazo. Tashkiliy jihatdan 
respublikamizda mehnat bozori ijtimoiy institutlar tizimi sifatida maydonga chiqmoqda, ulardan 
har biri qisman yoki to‘la ravishda mehnatni rivojlantirishga doir qandaydir vazifani bajaradi, 
ya’ni tayyorgarlik, foydalanish, rag‘batlantirishni ado etadi. Shulardan davlatning ish bilan bandlik 
xizmati mehnat bozorini tartibga solishda asosiy ahamiyatga ega. Davlatning ish bilan bandlik 
xizmati ishchi kuchini takror ishlab chiqarishni tartibga solishning yangi instrumentlarini amalga 
oshirish, ya’ni ijtimoiy institutni tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqaradi, usiz bozor to‘liq 
faoliyat yurita olmaydi. Davlat ish bilan bandlik xizmati – bu ishchi kuchining uyushgan bozoridir. 
U mehnat resurslari qo‘llanishini bir sohadan boshqasiga erkin o‘tishini ta’minlab, quyidagilarni 
yuzaga kelishiga imkoniyat yaratadi: jamiyatning har bir a’zosini erkin mehnat va shaxsiy 
daromadining o‘sishi asosida – o‘z hayotiy imkoniyatlarini amalga oshirishga keng imkoniyatlar, 
ya’ni mehnatga samarali ishtiyoq mexanizmini yaratadi; yuqori mehnat unumdorligiga iqtisodiy 


majburlash shakli sifatida ishchi kuchini tashuvchilar o‘rtasida uni yanada foydaliroq sohalarga 
qo‘llash bo‘yicha raqobatni rivojlantirish; ishlab chiqarishni boshqarish subyektlari, ishlovchining 
shaxsi va uning mehnat potensialidan yanada samarali foydalanish yuzasidan raqobatni 
kuchaytirish. Ish bilan bandlik xizmatining oyoqqa turish sharoitida barcha ixtisoslashgan ishchi 
kuchining shakllanish usuli bo‘lib kasbga yo‘llash ishtirok etadi. Kadrlar bozorini o‘rganuvchi 
chet el mutaxassis-marketologlarning fikricha, qachonki hozirgi zamon sharoitida mos ilmiy-
amaliy tajribaga ega bo‘lganlar jami xodimlar potensialining 20-30 foizini tashkil etsagina, bozor 
iqtisodiyoti ijobiy samara berishi mumkin. Xalq xo‘jaligidagi mehnatda bandlarning qaror 
topgan tarmoq va kasbiy tuzilishi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi darajasini, 
iqtisodiyot rivojlanishining ijtimoiy yo‘nalish darajasini tavsiflab beradi. 3.2. Mehnat bozori 
iqtosodiyoti tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligi Aholini ish bilan bandligini tartibga solish va 
mehnat bozorini boshqarishda mazkur bozor infratuzilmasi tarkibiy qismining obyektlari ish bilan 
bandlik sohasidagi o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi quyidagi shart-sharoitlar asosida yuzaga 
keladi (1.1-rasm): mehnat qonunchiligi; ish bilan bandlik sohasidagi ijtimoiy hamkorlik 
mexanizimining yaratilishi; respublika miqyosida yagona ish bilan bandlik siyosatining yuritilishi; 
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ijtimoiy mehnat munosabatlari 
tobora ko‘proq uch tomonlama bitimlar (hukumat, kasaba uyushmalari vakillari va tadbirkorlar 
vakillari) asosida yoki kasaba uyushmalari bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi ikki tomonlama bitimlar 
asosida hal etilmoqda. Ijtimoiy mehnat munosabatlarining bu tizimi bozor iqtisodiyoti 
mamlakatlarida jahon urushidan va Rossiya hamda Yevropadagi bir qator mamlakatlarda bo‘lib 
o‘tgan revolyutsiyalardan keyin keng rivoj topdi. Ijtimoiy totuvlikka erishish va uni saqlash inson 
huquqlarini himoya qilish, uch tomonlama muzokoralar o‘tkazish, ijtimoiy mehnat 
munosabatlarini tartibga solish maqsadlari yo‘lida xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) barpo etilgan 
edi. Bu tashkilot o‘z faoliyati davomida muzokoralar jarayonini rivojlantirish va yuzaga keladigan 
ijtimoiy mehnat muammolarini va nizolarini uch tomonlama muzokoralar va bitimlar asosida 
tartibga solish (tripartizm) bo‘yicha katta tajriba to‘pladi hamda amaliy ishlarni bajardi. 
O‘zbekiston XMTga a’zo bo‘lganidan keyin uning asosiy Konvensiyalarini imzolagan va ijtimoiy 
mehnat siyosati sohasida muhim xalqaro majburiyatlar olgan. Tripartizm va ijtimoiy hamjihatlik 
ijtimoiy sherikchilikning eng samarali shaklidir. Bu tamoyillar iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy 
adolat talablarini hisobga olgan holda o‘zaro maqbul qarorlar qabul qilish asosida davlat, 
tadbirkorlar va xodimlarning manfaatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, ish bilan 
bandlik sohasida ijtimoiy hamkorlik mexanizmining takomillashib borishi mehnat 
munosabatlarida jamoa shartnomasi (mehnat shartnomasi) bilan tartibga solish tizimida 
qatnashmaydigan ish beruvchilar va xodimlar tashkilotlarini muzokoralarga tegishli darajalardagi 
bitimlarni tayyorlash va tuzish ishlariga jalb etishni ta’minlaydigan tadbirlar ishlab chiqish 
imkonini beradi. Bugungi kunda ish bilan bandlik siyosatining asosiy vazifasi mehnatga qobiliyatli 
fuqarolarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini butun choralar bilan rivojlantirish orqali 
to‘liq va erkin tanlangan ish bilan bandlikka yordam ko‘rsatish, ommaviy ishsizlikni to‘xtatib 
qolish va ayni vaqtda korxonalarga muvaffaqiyatli ishlab chiqarish uchun xodimlarni erkin yollash 
imkonini ta’minlashdir. Shu tariqa, ish bilan bandlik siyosatining asosiy maqsadlari mehnatdan 
foydalanish muammolari, uning samaradorligini oshirish bilan bog‘liqdir. Bunga aholini ish bilan 
bandlik tizimlaridagi siljishlar yordam berishi lozim (tarmoq tuzilmasi, ilg‘or texnologiyalar 
ulushining ortishi hisobiga kasb malaka tuzilmasi – malakali mehnat va zamonaviy kasblar 
salmog‘ining ko‘payishi hisobiga, demografik tuzilma – ancha ma’lumotli yoshlar hisobiga). Ish 
bilan bandlik siyosatini shakllantirishning asosiy tamoyillariga rioya qilish zarur bo‘lib, ular 
quyidagilardan iborat: Ish bilan bandlik muammolarini hal etishga har tomonlama yondashish. U 
mazkur muammolarni hal etishda davlat hokimiyati ijroya organlari bilan mamlakat subyektlari 
hokimiyat organlari, tadbirkorlar va jamoat birlashmalarining davlat, mintaqaviy va tarmoq 


dasturlari tizimi doirasida o‘zaro yordam ko‘rsatishlarini nazarda tutadi; Ish bilan bandlik 
siyosatini mablag‘ bilan ta’minlashning ustivorligi, bunda barcha darajadagi budjetlarning tegishli 
imkoniyatlarini, davlatning budjetdan tashqari ijtimoiy jamg‘armalarini, korxonalar va 
mehnatkashlarning o‘zlari, ularning jamoat birlashma mablag‘larini bir joyga to‘plashga e’tibor 
berilishi; Mehnat bozorining barcha elementlarini muvozanatli tartibga solish, bunda faqat ishchi 
kuchiga, ish o‘rinlariga bo‘lgan talabni qondirish va ish bilan bandlik hamda ishsizlikning 
muayyan, istalgan darajasiga erishish nazarda tutilmasdan, shu bilan birga ish kuchini taklif etish, 
uning sifati va qiymati (narxi), ish o‘rinlari dinamikasi ko‘rsatkichlariga, iqtisodiy jihatdan faol 
aholining mehnat qilish sabablariga ta’sir ko‘rsatish ham hisobga olinishi kerak; Davlatning 
aholini mehnatda bandlik siyosati doirasida ishlab chiqariladigan va joriy etiladigan dasturlar 
hamda tadbirlarni iqtisodiy samaradorligi. Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish 
jamg‘armasi mablag‘larini faol va nofaol yo‘nalishlariga sarflash bo‘yicha jamoat ishlarini tashkil 
etishda mahalliy hokimiyat organlari mehnat organlari bilan aloqadorlikda amalga oshiradilar. 
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 22-
moddasiga muvofiq “Mahalliy davlat hokimiyati organlari mehnat organlarining taklifiga ko‘ra va 
ularning ishtirokida aholini ish bilan ta’minlash maqsadida o‘z mulkidagi korxonalar, muassasalar 
va tashkilotlarda hamda shartnomalar asosida boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 
haq to‘lanadigan jamoat ishlarining amalga oshirilishini tashkil etadilar”. Haq to‘lanadigan 
jamoat ishlari – fuqarolarning mehnat qilish borasidagi davlat tomonidan kafolatlanadigan 
huquqlaridan biridir. Jamoat ishlari qoida tariqasida, mehnat organlari tomonidan belgilangan 
tartibda ishsiz shaxs deb e’tirof etilgan fuqarolar uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab 
qilmaydigan, ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega bo‘lgan vaqtinchalik mehnat faoliyati hisoblanadi. 
3.3. Ishga joylashtirish bo‘yicha xususiy vositachi agentliklar va firmalar O‘zbekiston xalq 
xo‘jaligida aholining mehnatda bandlik tuzilmasining o‘zgarish istiqbollari birinchi navbatda 
ishlab chiqarish tuzilmalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Ana shu tarmoq 
guruhlaridagi ish bilan bandlar soni bir xilda o‘sayotgani yo‘q - eng past sur’atlar moddiy 
buyumlashgan ishlab chiqarish tarmoqlarida, eng yuqori sur’atlar ishlab chiqarish infratuzilmasi 
tarmoqlaridadir. Industrial tarmoqlarning rivojlanishidagi uzoq davom etadigan yo‘nalishlar 
shunga olib keladiki, mehnatda bandlarning kasbiy tarkibi ana shu tarmoqlar ta’siri ostida vujudga 
keldi . 2006-2009 yillarda mamlakat mehnat resurslari 17,5%ga o‘sdi, yiliga o‘rtacha o‘sish 3,1% 
ga teng bo‘ldi. Mehnat salohiyatning tez sur’atlar bilan o‘sishi ish bilan bandilikni ta’minlash 
muammosini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Mamlakatda 2009 yilda 900 mingdan ziyod ish joyi 
yaratildi, ulardan 70-75%i qishloq joylarda. Kichik va xususiy biznes ish joylari yaratilishining 
sezilarli manbasi bo‘lib qolmoqda. Hozirgi kunda faqatgina kichik korxona va mikrofirmalarda 
900 mingdan ortiq kishi ishlamoqda. Qishloq xo‘jaligi ishchi kuchlarini kamayishi va boshqa 
faoliyat turlariga-xizmatlar sohasi, kichik biznesgaqayta taqsimlanishi ko‘lamlari sezilarli o‘sdi. 
Iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlarga mos ravishda va aholining mehnat tanlovining 
o‘zgarganligi sababli, ish bilan bandlikning tarmoqlararo tarkibi o‘zgarmoqda. Qishloq xo‘jaligida 
ish bilan bandlik ulushi qisqarmoqda (сўнгги 7 йил мобайнида 38,0% гача), ijtimoiy soha, 
axborot ta’minotida ishlovchilar sonining nisbatan ko‘payishi aniqlangan. Ish o‘rinlari tarkibida 
malakasiz, kam malakali mehnatni talab qiladigan o‘rinlar ulushi yuqori darajada saqlanib qolishi 
yuksak kasb mahorati va bilimning qadrini pasaytiradi, buning oqibatida ta’lim sifatining nufuzi 
tushub ketadi. Malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda rivojlanayotgan industrial 
tarmoqlar bilan ta’lim (oliy) muassasalari o‘rtasida kadrlarni yetkazib berish bo‘yicha aloqadorlik 
va uzviylikni ta’minlash zarur. Mehnat bozorining hududlararo va tarmoqlararo ahvoli haqida 
ishonchli va to‘liq ma’lumotning yo‘qligi ishchi kuchi safarbarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Respublikamiz ish bilan bandlik xizmati organlari oldida turgan asosiy vazifalardan mehnat bozori 
su’bektlari o‘rtasida ish bilan bandlik masalalari bo‘yicha axborot tizimini vujudga keltirishdan 


iborat. Ish bilan bandlik xizmatining ish samaradorligini oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish 
sifatini yaxshilashning asosiy shartlaridan biri axborot markazini tashkil qilishdan iborat. 
Vaqtincha ish bilan bandlik. Vaqtincha ish bilan bandlik ishga joylashtirilganlarning soni to‘liq 
darajada ham davlat, ham tijorat tuzilmalari hamda bir martalik xizmatlarga (masalan, dala 
hovlilari ishlari, vositachilik xizmatlari va boshqalarga) muhtoj aholining ayrim qatlamlari uchun 
ish beruvchilar tomonidan tashkil qilinayotgan ish joylarining soniga bog‘liq. Vaqtincha ishga 
joylashtirishning asosiy vazifasi ishsizlarni nafaqaga nisbatan daromadning yuqoriroq darajasini 
ta’minlashdan iboratdir. Shuni ta’kidlash joyizki, vaqtinchalik ishlar o‘zining mehnat 
imkoniyatlarini baholash, mehnat salohiyatini rivojlantirish va amalga oshirishga ehtiyoj sifatida, 
bir tomondan, kamroq kasbiy tajribaga va boshqa tomondan esa o‘zlarining mehnat salohiyatlarini 
rivojlantirishning qulayroq obyektiv sharoitlariga ega odamlarda kuchliroq aks ettirilishi kerak. 
Ish bilan bandlikning bunday nostandart shakli yaqin vaqtlarda o‘z malakasini oshirish yoki 
boshqa kasbni olishni mo‘ljallagan odamlarni ham jalb qilishi mumkin. G‘arbiy Yevropa 
mamlakatlaridagi mehnatkashlar tarkibida vaqtincha xodimlarningsalmog‘i 3 dan 10 %gacha 
doirasida o‘zgarib turadi. Mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining hozirgi holatida ish bilan 
bandlik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishning samarali tizimi, aholining har xil 
guruhlari bo‘yicha ularning ehtiyojlari rivojlanishini hisobga olmasdan nostandart ish bilan 
bandlik shakllarini yaratish mumkin emas. Shubhasiz, aholining har xil guruhlari uchun nostandart 
ish bilan bandlikning u yoki bu shakllarida ishtirok etish darajasi har xildir, buning ustiga uni 
o‘zgarishi qandaydir ijtimoiykasbiy guruhga tegishliliga qaraganda jinsiy va yosh guruhiga 
ko‘proq bog‘liqdir. Ish bilan bandlikning nostandart shakllarini rivojlantirish dasturlarini ishlab 
chiqishda quyidagilarni amalga oshirish zarur: Ish bilan bandlikning nostandart shakllarining ish 
bilan bandlikning umumiy muammolarini hal qilishdagi o‘rnini belgilash; Ish bilan bandlikning 
ushbu shakllari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiyot sohalari, ish turlari, ishni tashkil qilish 
shakllarini aniqlash; Ish bilan bandlikning ushbu shakllari sharoitlarida ish beruvchilar tomonidan 
ish joylarini tashkil qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash; Aholi uchun ish bilan 
bandlikning nostandart shakllari afzal bo‘lgan guruhlarini aniqlash. Ish bilan bandlikning 
egiluvchan shakllari ishsizlik muammolarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bir tomondan, ular 
mehnatga qobiliyatli aholiga xodimlarning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish bilan ish bilan 
bandlikning eng qulay shakllarini yoki ishlash tartiblarini beradi, boshqa tomondan, ular 
tadbirkorlarga ishlab chiqarishning rivojlanish ehtiyojlari va vujudga kelgan ehtiyojlaridan kelib 
chiqqan holda, mehnat resurslarining miqdori va sifati bilan manipulyatsiya qilishda yordam 
beradi. Shunday qilib, egiluvchan ish bilan bandlikning oshishi zamonaviy mehnat bozorini 
shakllanishining eng muhim istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ammo faqat ishlab 
chiqaruvchilarning hamkorligini oshirishga mo‘ljallangan egiluvchan mehnat bozorini 
oshirishning bunday jarayoni tarixan o‘zini oqlaydi, bu faqat xodimning manfaatlarini har 
tomonlama rivojlanishida qanoatlantirishi mumkin. Ma’lumki, mehnat bilan vaqtincha 
bandlikning muddati bir kundan (kunbay ishlash) tortib ikki yilgacha yoki aniq belgilangan 
muddatgacha davom etishi mumkin. Keyingi yillarda muayyan muddatga mo‘ljallangan mehnat 
bilan vaqtincha bandlik va vositachi firmalar orqali vaqtincha ish bilan bandlik shakllari ancha 
kengroq yoyilmoqda. Hozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlarda ko‘pchilik fuqarolar ish bilan 
bandlikka ko‘maklashish xizmatlari orqali emas, balki korxonalar va tashkilotlarning bevosita 
kadrlar xizmatiga murojaat qilib yoki xususiy vositachi agentliklar yordamida ishga 
joylashmoqdalar. 
Korxonalar 
mazkur 
firmalar 
orqali 
muayyan 
kategoriyadagi 
va 
mutaxassislikdagi ish kuchini vaqtincha yollashga buyurtmalarini rasmiylashtiradilar. Firmalar 
kontrakt shartlariga muvofiq o‘z xodimlariga ish haqi to‘laydilar. Ma’lum miqdordagi ijtimoiy 
to‘lovlar va imtiyozlar bilan ta’minlaydilar, oraliq kasblar bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini amalga 
oshiradilar. Mehnatkashlarni vositachilik firmalari orqali ishga yollash ish qidirishni 


osonlashtiradi, ishsizlik davrini qisqartirish sohasida mehnatda bandlikka muayyan kafolatlar 
beradi, kasbiy tayyorgarlikning muayyan turlarini olish imkoni yaratiladi. Vositachi firmalar bilan 
tuziladigan ish bo‘yicha vaqtincha ish kuchidan foydalnuvchi korxonalar o‘z faoliyatlarining 
samaradorligini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar, buning uchun: ular ishlab chiqarishning mazkur 
bosqichida iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli talab qilinadigan ish kuchi miqdoridangina 
foydalanishlari mumkin, bunda ular o‘zlarini ish bilan bandlik kafoltlari bilan bog‘lamaydilar; 
vaqtincha xodimlardan ko‘pincha nufuzli ish o‘rinlarida foydalanilmaydi; betobligi sababli ishda 
bo‘lmagan, ta’til muddatini, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tayotgan doimiy xodimlar 
vazifalarini bajarib turishni korxonalardagi vaqtincha xodimlar zimmasiga yuklaydilar. Shuni ham 
ta’kidlash kerakki, vositachi firmalar orqali ishga yuqori malakali xodimlarga nisbatan ham tobora 
kengroq tadbiq etilmoqda. Bu hol, masalan, ishlab chiqarish yuqori unumli, avtomatlashgan 
texnika va texnologiya bilan ta’min etilgan hollarda yuz bermoqda. Asbob-uskunalarni sozlash, 
joriy ta’mirlash uchun malakali ishchilar, dasturiy xodimlar, ishchi kuchining maxsus bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lgan boshqa toifalari kerak bo‘ladi. Muammoni hal etishning bitta yo‘li 
kadrlarni firma ichida tayyorlash va qayta tayyorlashdan iborat bo‘lib, u ma’lum darajada 
chiqimlar qilinishini talab etadi. Muammoni hal etishning ko‘pgina korxonalar uchun ancha qulay 
ikkinchi yo‘li – malakali xodimlarni vositachilar orqali vaqtincha yollashdir. O‘zbekistonda tashqi 
mehnat migratsiyasi agentligi oldida Mehnat bozori iqtosodiyoti ni rivojlantirishda tashqi mehnat 
migratsiyasi va ish kuchi eksporti mehnat bozorining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ishchi 
kuchi eksporti – bu ishchi kuchini biror mamlakatga ma’lum muddatga shartnoma asosida 
foydalanish sharti bilan sotilishidir. U boshqa eksport tovarlaridan ma’lum muddatga foydalanishi 
bilan farq qiladi. Ishchi kuchi eksporti talaygina foydalilik jihatlarga ega: ya’ni, mamlakatimizda 
ishchi kuchi taklifiga talab yetarli darajada emas. Ishchi kuchi eksporti esa, bu muammoni hal 
etishga yordam beradi. Eksport natijasida ishsizlar ma’lum muddatga ish bilan ta’minlanadilar; 
ishchi kuchi jahon bozoriga chiqarilgach, raqobatchilik muhiti unga sifatlilik, mukammallik, 
ishonchlilik kabi bir qancha talablarni qo‘yadi. Bozordagi mavjud shiddatli raqobatga bardosh 
bergan har qanday tovar, tabiiyki, ichki bozorda ham yuqori sifatga va yuqori qiymatga ega 
bo‘ladi. Shu bilan birga jahon mehnat bozoriga chiqqan tovar – ishchi kuchi ilg‘or mamlakatlar 
tajribasini, zamonaviy, mukammal texnologiyalar sirini o‘zlashtirib yanada yuqori sifatga 
erishadi, o‘z kasbi bo‘yicha zarur axborotlar hajmini kengaytirib, malakaviy samaradorlik 
darajasini mustahkamlaydi; xorijiy mamlakatda malaka oshirayotgan ishchi kuchi egasida til 
o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ladi; ishchi kuchi eksportidan kelgan tushum YAMMning tarkibiy 
qismi bo‘lmish milliy daromadning o‘sishiga olib keladi; ishchi kuchi eksporti o‘z navbatida 
malakali ishchi kuchi importining kamayishiga olib keladi. Buning natijasida respublikamizning 
malakali ishchi kuchiga bo‘lgan talabi o‘z ishchi kuchi hisobiga qondiriladi va ortiqcha xarajatga 
hojat qolmaydi; eksport qilingan ishchi kuchi mamlakatga chet el valyutasi tushumini ko‘paytiradi. 

Download 284,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish