Husayn Voiz Koshifiy qayerlarda tahsil olgan. Hirotga kelishiga kim sabab bo’lgan?



Download 19,98 Kb.
Sana22.05.2021
Hajmi19,98 Kb.
#65263

Savollar

  1. Husayn Voiz Koshifiy qayerlarda tahsil olgan. Hirotga kelishiga kim sabab bo’lgan?

  2. Koshifiy, asosan, qaysi fanlarni chuqur o’rgangan, uning xalq o’rtasida mashhur bo’lgan asarlarining nomini ayting.

  3. Husayn Voiz Koshifiy va’zlarning shuhrat qozonishiga,asosan qanday omillar sabab bo’lgan?

  4. Husayn Voiz Koshifiy notiqlik san’atiga doir qanday asarlar yozgan?

  5. “Futuvvatnomayi sultoniy…” asarida martabaga yetmaganlarning suhbat odobida sakkizta qoidaga amal qilish ta’kidlangan. Bu qoidalar nimalardan iborat?

Javoblar

  1. Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy XV asrda yashab ijod etgan atoqli olim va adib, axloq va ma’rifat targ‘ibotchisidir. Uning nomi o‘z zamonidayoq mashhur bo'lib el og'ziga tushgan edi. Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy tahminan 1440 yillarda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhaq kentida tug’ilgan uning ota onasi bolaligi haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo’q. Bo'lg'usi olim dastlabki ta’limni o‘z vatanida olgan... U arab, fors, turkey tili, matematika, astranomiya, kimyo, musiqa, adabiyot, fiqhdan to’liq ma’lumotga ega bo’lgan. Yoshligidanoq voizlik – so’z san’ati bilan shug’ullangan. Koshifiy Sabzavorda tez orada ko’zga ko’ringan voiz –notiq bo’lib tanilgan. Nishapurda 1455-1468 yillarda esa Mashhadda yashab, voizlik qilgan. 1468- yilning oxirlarida XV asming ulug‘ allomasi Abdurahmon Jomiyning nazariga tushgan Koshifiy uning tavsiyasi bilan o‘sha davming madaniy markazlaridan bo‘lgan Hirot shahriga keladi va qolgan umrini asosan Xirotda Temuriylar rahnamoligida o’tkazadi.

  2. Husayn Voiz Koshifiyning ilmiy qiziqishi va salohiyati bag‘oyat keng bo‘lib, u ilmi nujum, tafsir, falsafa, adabiyotshunoslik, tilshu-noslik, fiqh bo'yicha xilma-xil asarlar yozib qoldirgan. Uning “Axloqi Muhsiniy”, “Anvori Suhayliy”, “Risolai Xotamiya”, “Tafsiri Hu-sayniy”, “Javohir ut-tafsir”, “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javon-mardlik tariqati”, “Ravzat ush-shuhado” (“Shahidlar bog‘i”), “Sahifai shohi” kabi asarlari xalq o‘rtasida keng tarqalgan. Husayn Voiz Abdurahmon Jomiyning ixlosmand muridi, shogirdi sifatida ham, islom dinining targ‘ibotchisi sifatida ham el o‘rtasida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan. So‘zamol va zakiy, har tomonlama bilim-don bu zot ayni paytda Alisher Navoiyning do‘sti va muxlisi ham edi. Shu boisdan o ‘zining ikkita tafsiri, ya’ni “Tafsiri Husayniy” va “Javo-hir ut-tafsir at-tuhfat ul-amir” nomli asarlarini Navoiyga bag‘ishlaydi.

  3. Husayn Voiz notiq sifatida shu qadar hurmatga sazovor bo`lganki, buning asosiy sabablaridan biri, uning ovozining shiraliligi, ohangi, ichki ruhiy holatni turli harakatlar bilan ifoda qila bilishi bo`lgan. Shuning uchun bo`lsa kerak, uni doimo har yerga taklif etishavergani, shuning natijasida u aniq jadval bilan ishlashga majbur bo`lgan. U juma kuni ertalab Hirotning markaziy chorsusida joylashgan shoh namozgohida va'z aytgan, shu kuni peshindan keyin Alisher Navoiyning masjidida, seshanba kuni Sulton Husaynning madrasasida, chorshanba kuni pir Mujarrad Xoja Abdul Valid Ahmad mozori boshida, payshanba kuni Sulton Ahmad Mirzo mozori boshida nutq so`zlagan. Bularning barchasi, notiqning har tomonlama bilimdonligidan va jahonning baland-pastini yaxshi bilganligi, uning nutqining sermazmun bo`lishini ta'minlagan omillardan biridir.

  4. Husayn Voiz Koshifiy eng asosiy fazilati, uning ilm egasi ekanligidadir. U juda ko`p fanlarni egallagan va ularning har birida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borgan mashhur olimlardan biridir. Uning: "Javohirut tafsir" yoki "Tafsiri Husayniy", "Mavohibud dunyo", "Lubbi lubob” "Ravzatush shuhado", "Dah, majlis", "Mahzanul insho", "Sabo", "Koshifiya", "Asrori Qosimiy", "Hotamnoma", "Matla'ul anvor", Voiz Koshifiyning bizgacha etib kelgan “Axloqi Muxsiniy”, “Risolati Xotamna” (kitobi Xotamnoma), “Anvari Suxayliy”, ya'ni “Kalila va Dimna”, “Tafsiri Xusayniy”, “Javohimoma” kabi asarlari arab, urdu, tatar, turk, nemis, ingliz, frantsuz va boshqa ko'pgina tillarga tarjima qilingan"Ixtiyorot" va boshqa bir qator asarlari shundan dalolat beradi.

  5. Mashhur notiq Husayn Voiz Koshifiy “Futuvvatnomayi sultoniy” asarida nutq odobi haqida ibratli fikrlarini bayon etadi. Ko`ngildagi yashirin sirlar zarurat taqozosi bilan quyidagi holatlarda oshkor etiladi: mazlumlar faryodiga, iltijosiga javob berish, ularga madad berish uchun so`z aytish “Futuvvatnomayi sultoniy” asari dan o'rin olgan. Koshifiy mazkur asarida notiqlik san'atida odob masalasiga alohida urg'u beradi, notiqning o'zini tutishi, nutq so'zlayotganidagi holati, umuman, notiqlik san'atining qonun qoidalari haqida asosli fikrlarini “aqlning oynasi” bo'lgan tajribalaridan kelib chiqib, notiqlikka xos amaliy va nazariy xulosalarga keladi.

Martabaga yetmaganlarning ham suhbat odobi sakkiz qoidaga asoslanadi:

1. So`ramagunlariga gapirmasin.

2. Gapirganda ovozini baland ko`tarmasin.

3. Gapirayotganda o`ngu so`lga qaramasin.

4. G’arazli va kinoyali gaplarni gapirmasin.

5. Qattiq gapirmasin, betga choparlik qilmasin.

6. Pushaymon bo`lmaslik uchun o’ylab gapirsin.

7. Odamlar gapini bo`lib so`z qotmasin.

8. Ko`p gapirmasin. Chunki ko`p gapirish aqli noqislik belgisidir. Oz bo`lsa ham o’z gapirishni shior etsin.
Download 19,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish