Hujayra yadrosi, tuzilishi, tarkibi, yadrocha. Yadroning tarkibi qismlari nukisolozma. Xromatin. Xromosoma sikli tarkibi funksional holati



Download 1,42 Mb.
bet1/9
Sana28.06.2022
Hajmi1,42 Mb.
#715378
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hujayra yadrosi, tuzilishi, tarkibi, yadrocha Yadroning tarkibi


Mavzu. Hujayra yadrosi, tuzilishi, tarkibi, yadrocha. Yadroning tarkibi qismlari nukisolozma. Xromatin. Xromosoma sikli tarkibi funksional holati
REJA:

  1. Hujayra yadrosining tuzilishi.

  2. Yadro membranasining tuzilishi va tarkibi.

  3. Yadroning hujayrada tutgan o„rni.

  4. Yadrochaning tuzilishi va vazifasi.

  5. Xromasoma tuzilishi.



Tayanch so‘zlar: Eukariot, prokariot, zigota, yadro po„sti, kariolemma, nukleolemma, ergastoplazma, Ultratsentrifuga, nukleol, RNK, DNK, nukleonema, xromatin, xromanema, sentromera, telomer.

Eukariotik hujayralarning eng muhim xususiyati sitoplazmadan membrana orqali ajralib turadigan yadroning bo„lishidir. Bo„yalmagan tirik hujayralarda yadro bir jinsli pufakchadek ko„rinadi. Ba‟zan yirik yoki mayda donachali strukturalar bo„ladi. Hamma hollarda ham o„zining yorug„lik sindirish ko„rsatkichi bilan farqlanadigan yadrocha aniq ajralib turadi. Hujayra nazariyasining mualliflaridan Shleyden va Shvanlar hujayraning o„sishi va rivojlanishida markaziy rolni yadro o„ynashligini taxmin qilgan edilar. Ular, bu rol nimadan iborat va u qanday namoyon bo„lishi haqida aniq tasavvurga ega bo„lmagan bo„lsada, ularning taxminlari keyinchalik to„liq tasdiqlandi.


Yadroning eng muhim ahamiyati shundaki, bu hujayra, to„qima, organ va butun organizm uchun zarur bo„lgan barcha axborotni o„zida tutadi, tinimsiz boradigan barcha fiziologik, biokimyoviy jarayonlarni boshqarib turadi.

Yadroning tuzilishi.
A-o„simlik,B-oshqozon osti bezi hujayralari yadrosining elektron mikroskopik tuzilishi. 1-yadro, 2-yadrocha, 3-yadro qobig„i, 4-pora, 5-xromatin,6-mitoxndriya, 7-xloroplast, 8-Golji apparati, 9-endoplazmatik to„r,10-hujayra qobig„i, 11- vakuola, 12-tonoplast.

Bakteriyalar va ba‟zi ko„k yashil suv o„tlari shakllangan yadroga ega emas; ularning yadrolari yadrochasiz va sitoplazmadan aniq ko„rinadigan yadro membranasi bilan ajralib turmaydi. Lekin yadroning asosiy komponenti irsiy axborotni olib yuruvchi xromosomalar hamma hujayralarda bo„ladi. Bunday hujayralarni prokariotlar deyiladi. Ularning yadro zonasi ham eukariotlarniki kabi rolni bajaradi. Yuksak o„simliklarning to„rsimon naylari hujayralari, eritrotsitlar hayotining ko„p davrida yadroga ega bo„lmaydi, ammo ular ham ixtisoslashmagan vaqtda yadroli bo„ladi. Yadroning soni turli hujayralarda turlicha, bir yadroli hujayralar tipik hisoblanadi. Ammo, ko„p yadroli hujayralar ham uchraydi. Ba‟zan, bu bir necha hujayralarning qo„shilib ketishidan yuzaga keladi. Masalan, ko„ndalang chiziqli muskullarda, yuksak o„simliklarning sut tomirlarida yadroning soni ko„p, suv o„tlaridan vasheriya hujayralarida hattoki, bir necha yuzta bo„lishi mumkin.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish