Hozirgi zamon jahon ilmi-fanida va ijtimoiy-siyosiy harakatlarida ma’naviyatning ba’zi sohalari va ijtimoiy shakllariga e’tibor kuchaymoqda



Download 65,5 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi65,5 Kb.
#894274
Bog'liq
Hozirgi zamon j-WPS Office


Hozirgi zamon jahon ilmi-fanida va ijtimoiy-siyosiy harakatlarida ma’naviyatning ba’zi sohalari va ijtimoiy shakllariga e’tibor kuchaymoqda. XIX asr oxirgi choragida yevropa mamlakatlari ma’naviy ongida, hayotida chuqur o’zgarishlar bo’y ko’rsata boshladi. Ratsionalizmga ishonch susaydi. Dinning va cherkovning mavqei umuman tushib ketdi. Adabiyot va san’atda dekadans (tushkunlik), XX asr ibtidosida avangaristik, turli xil modernistik oqimlar kupayib ketdi. Ilmiy-texnika yutuqlari tufayli ommaviy madaniyat tez tarqaldi.

1914 yilda boshlagan I-jahon urushi insoniyatga mislsiz qiyinchiliklar olib keldi. Avstriya-Vengeriya, Usmonli turk, Rossiya imperiyalari parchalanib ketdi. Rossiyada sotsialistik inqilob g’alaba qozondi. Italiya va Germaniyada oqibatda fashizm hokimiyatni qo’lga oldi. Vayrongarchilik, ocharchilik, ishsizlik, jinoyatchilik, nogironlar sonining urush tufayli kupayib ketishi, boshqa ko’plab salbiy o’zgarishlar an’anaviy va mumtoz qadriyatlar deformatsiyalashuviga, ularning ko’pchiligiga odamlar ishonmay va rioya etmay qo’yishiga olib keldi.


G’arb ijtimoiy ongida, madaniyati va axloqida yuz bergan o’zgarishlarni anglash, tahlil qilish, sabablarini tushuntirish bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni jonlantirdi. O. SHpengler, Karl Popper, Xose Ortega-i-Gasset, Kassirer, hayot falsafasi, ekzistensializm (Sartr, Kamyu, Xaydegger, Marsel, YAspers), personalizm, fenomenologiya (Gusserl) oqimlari paydo bo’ldi. Lekin II- jahon urushi g’arb ma’naviyatiga va ilmiy qarashlariga yanada katta zarba berdi. Qurbonlar, nogironlar soni I jahon urushiga nisbatan 5-6 baravar ko’p bo’ldi. Xolokost tufayli sal kam 6 mln yahudiy o’ldirib yuborildi. Ba’zi bir qishloqlar butun aholisi bola-chaqalari bilan to’liq qirib tashlandi, yoki tiriklayin yoqib yuborildi. Inson hayotining qadr-qimmati tushib ketdi. Zo’ravonlik, qotillik, talonchilik, irqchilik va ashaddiy milliychilik, doimiy xavf va ijtimoiy qo’rquv, inson huquqlari va erkinliklarining toptalishi, siyosiy chaqimchilik va repressiyalar Germaniya, Italiya va ularning ittifoqchi mamlakatlarida, SSSRda odamlar ma’naviyatini, qadriyatlar tizimini izdan chiqardi, salbiy tomonga o’zgartirdi. XX asrning 60-70 yillaridan pragmatizm, fenomenologiya, ekstiyensializm, neopozitivizm asta-sekin ta’sirini yo’qota boshladi. Falsafiy antropologiya, frankfurt maktabi, strukturalizm, tanqidiy ratsionalizm va sh.k. yangi oqimlar ta’siri kuchaydi. Eng asosiysi – ikkinchi jahon urushidan keyin o’n yil o’tib barcha sohalarda urush asoratlari tugatilib, keskin yuksalish yuz berdi. Mustamlakachilik tizimi yemirila boshladi. Ozodlik, tenglik, mustaqillik, inson huquqlari, ijtimoiy adolat, ijtimoiy taraqqiyot g’oyalari odamlar ongida qattiq o’rnashdi.
An’anaviy axloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy, ekologik qarashlar XX asr II yarmida, ayniqsa 70 – 80 yillarda sezilarli o’zgardi. Bu jamiyat hayotida ham o’z ifodasini topdi. SHarqda er-xotin, oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarda patriarxallikning ba’zi avtoritar qoidalari ancha yumshadi, xotin-qizlarning erkinligi, haq-huquqlari, ijtimoiy faolligi ancha-muncha o’sdi. SHarq xotin-qizlar orasida S. Bandranayke (SHri Lanka), I. Gandi (Hindiston), Bxutto (Pokiston) kabi prezidentlar, bosh vazirlar yetishib chiqdi. Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fillandiya, Litva, Latviya. yevropa , Lotin Amerikasining qator davlatlari va hukumatlarini xotin-qizlar muayyan muddat boshqardilar yoki boshqarmoqda. Bular gender tengligi, feministik harakat, inson huquqlari kabi masalalarda qilingan amaliy, siyosiy-ijtimoiy, ilmiy-nazariy ishlarning natijasidir.
Lekin ushbu masalalarda bugun, XXI asrda, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va amaliy ijtimoiy-siyosiy ishlarning kamchiliklari ham talaygina. Oila va nikoh institutini bekor qilish (feministik harakat), birjinsli nikohlarni qonuniylashtirish, gender tengligini, inson huquqlarini, so’z, e’tiqod, axborot erkinligini formal va vulgar tushunish, tabiiy instinktni ma’naviy me’yorlardan ustun quyishni xolis ilmiy o’rganish shular jumlasidandir. Axborot texnologiyalari rivojlanishi ma’naviyat, inson ruhiyati, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tashkil qilish masalalariga ta’sir ko’rsatish, inson ongi bilan manipulyatsiya qilish imkoniyatini orttirdi. Reklama allaqachon iste’mol tovariga aylanishga ulgurgan ommaviy madaniyat mahsulotlarini va yuqori doiralarga kerakli siyosiy g’oyalarni odamlar ongiga singdirishga xizmat qilmoqda. Xullas, ma’naviyatning turli sohalarini har xil siyosiy, iqtisodiy doiralarning geopolitik manfaatlaridan kelib chiqib o’rganishga e’ibor kuchaydi. Lekin tadqiqotlar ko’pincha ma’naviyat atamasi emas, boshqa atamalar, boshqa konkret muammolar bilan bog’lab olib boriladi.
Ma’naviy madaniyat deganda, g’arbda ko’proq diniy madaniyat, cherkov faoliyati tushuniladi. Bu haqda biz o’tgan mavzularda gapirgan edik. SHuningdek, g’arbda spiritualizm (spiriti – “ruhiy”, “ma’naviy” mazmunni bildiradi) degan amaliyot bor. Spiritualizm o’lgan kishi ruhini chorlab u bilan muloqot qilishni anglatadi. SHu sababdan biz qo’llaydigan ma’naviy madaniyat atamasini ayrim g’arb tillariga aynan lug’aviy mazmuniga qarab “spiritual madaniyat” deb o’girish mumkin emas. G’arbda ma’naviyat o’rnida zarur hollarda, axloqiy va intellektual madaniyat tushunchalari ishlatiladi. Ma’naviyat atamasi deyarli qo’llanilmasa-da, uni madaniyatning ong, tafakkur, axloq, adabiyot va san’at, huquq va siyosiy, diniy e’tiqodga, ilm-fanga oid madaniyatning alohida sohasi sifatida defferinsial (alohida) yoki qisman umumiy sistema sifatida fenomeologik, kulturologik, semiotik, strukturalistik, neopozitivistik, etnologik, sotsiologik, politolgikk, futurologik tadqiq etish kengayib borayotir.
E. Gusserl, Xose Ortega –i –Gasset, M. Xaydegger, K. YAspers, S. Kerkegor, O.SHpengler, E. Kassirer, R. Karnap. E.Fromm, K. Levi Stros ma’naviyat atamasini qo’llamasalar-da, ma’naviy madaniyat inson ongi, ruhiyati, irodasi, tili,tafakkuri, madaniyatini san’atdagi tasvirlash, ifodalash, in’ikos jarayonlarini, ya’ni keng mazmundagi ma’naviyatni o’z qarashlari, olg’a surgn g’oyalari va konsepsiyalari nuqtai nazardan qisman yoki nisbatan to’laroq tadqiq etdilar. Bugungi mavjud turlicha yondashuvlarga ularning hamda XIX asrning F. Nitsshe, F. Dostoyevskiy kabi mutafakkirlarining qarashlari ancha ta’sir ko’rsatgan.
Rang-barang modernistik, postmodernistik, multikulturalizm, sivilizatsiyalararo to’qnashuv va h.k. yangi konsepsiyalar olg’a surayotgan g’oyalar, shu jumladan bahsli, ziddiyatli g’oyalar, ular qo’llagan metodologiya, bir tomondan, hozirgi zamon jamiyati ziddiyatlariga borib taqalsa, ikkinchi tomondan – yuqorida qayd etilgan va etilmagan XX asr olimlarning qarashlari, metodlari ta’siri bilan bog’liq. Masalan, fenomologiyaga Gusserl asos solgan. Fenomologiyadan ekzistensializm ko’p g’oyalar va uslublarni qabul qilgan. Ekzistensializm o’z navbatida ommaviy madaniyat va ommaviy jamiyat tanqidchisi Ortega-i-Gasset qarashlariga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Ortega-i-Gassetning ta’siri esa XX asr ijtimoiy fikriga, kulturologiyasi, sotsiologiyasiga ancha sezilarlidir.
Zaruratga qarab, biz keyingi mashg’ulotlarda g’arb olimlarning konkret masalalarga umumiy yondashuvi (qisman avalgi mavzularda ularning ba’zi birlarini keltirib o’tdik) to’g’risida to’xtalamiz.
Ma’lumki, zamonaviy jamiyat turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, qatlamlardan iborat. Ularning eng yiriklari sinflar, eng kichiklari 2-3 maslakdosh kishini birlashtiruvchi guruhga bo’linishi mumkin. Ularning bir biridan farq qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy,siyosiy, huquqiy manfaatlari, qiziqishlari bor. O’z ijtimoiy-sinfiy guruhiy manfaatlarini anglash, ularga amaliy hissiy va mafkuraviy-g’oyaviy munosabat turli ijtimoiy guruhlar tuyg’ulariga, ijtimoiy mayllariga,dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi, ma’naviyatiga ancha kuchli ta’sir ko’rsatadi., bir biridan ularni farqlaydi. Muayyan voqea, jarayon, holat har xil ijtimoiy guruhlarda o’zgacha munosabat, kayfiyat uyg’otishi mumkin. Masalan, qandaydir mahsulotga bozorda talab ortishi, mahsulot narhining o’sishi ushbu mahsulot ishlab chiqaruvchilarning kayfiyatini ko’tarsa, uni iste’mol qiluvchilarni xursand qilmaydi. Ularning narx ko’tarilishiga beradigan bahosi bir xil bo’lmaydi.
Odamlar ijtimoiy-tabaqaviy belgilardan tashqari, kasblarga, bilimlariga, madaniy saviyasiga, ijtimoiy faolligiga, mehnat va hayot tajribasiga, yoshiga, jinsiga va yana ko’plab xususiyatlariga ko’ra ham farqlanadi va ayni paytda turli toifalarga, guruhlarga birlashadi. Bir toifaga, guruhga mansub kishilarning tuyg’u va hissiyotida, hayotga munosabatida, baholar va qadriyatlar tizimida, qiziqishlarida, istak va intilishlarida, qadriyatlar tizimi va ideallarida o’xshashlik, o’ziga xos mushtaraklik bor. Ularning ko’ngil va aql dunyosi o’zaro ancha-muncha yaqin. Masalan, yoshlarning qiziqishlari, zamonaviy madaniyatga, iste’mol buyumlariga, zamonaviy modaga munosabati keksa yoshdagilarnikidan keskin ajralib turadi, ammo o’zaro ancha yaqin. Ayollarning voqea va hodisalarga beradigan baholari erkaklarnikiga o’xshamaydi.
Turli guruhlarning qarashlari va qadriyatlar, baholar tizimida farq ba’zi masalalarda ancha kuchli, hatto qarama-qarshi bo’lishi mumkin. Masalan, hokimiyat uchun siyosiy kurash masalalarida. Elitar (yuksak) madaniyat va ommaviy (tuban) madaniyat mahsulotlarini baholashda ham ba’zi guruhlar munosabati o’zaro mos kelmasligi, hatto qarama-qarshi bo’lishi hayotda uchrab turadi. Masalan, opera, balet, klassik musiqa janrlari zamonaviy ommaviy musiqaning jaz, rok, pop-art, rep kabi janrlarining ba’zi ishqibozlari tomonidan eskirgan, qiziq emas, o’z umrini o’tab bo’lgan, deya bepisandlik bilan baholanishi , aksincha, klassik musiqaning ba’zi shinavandalari yuqorida qayd etilgan ommaviy musiqani hech qanday estetik qimmatga ega bo’lmagan ritmik shovqin-suron, deya baholashlari mumkin. Odatda, aynan shunday har xil munosabatlar keng tarqalgan.
Bir davrda, bir jamiyatda yashayotganiga qaramasdan odamlar, guruhlar o’rtasida nega bunday har xil munosabatlar, baholar keng tarqalgan? CHunki ularning psixologiyasi har xil, ularning ijtimoiy manfaatlari, qiziqishlari, maqsadlari, intilishlari har xil. Ba’zan farq unchalik katta va keskin ko’rinish olmaydi, ba’zan, aksincha, keskin ko’rinish oladi, qarama-qarshilik, konflikt darajasiga ko’tarilishi mumkin.
SHu sababdan ma’naviyatni, uning rivojlanishini, odamlarga sotsial (ijtimoiy) ta’sirini oldindan ko’ra bilish, teran tushuntirish qiyin. Ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy guruhlarning, tabaqa va qatlamlarning , shu jumladan har xil kasblarga oid guruhlarning hamda mehnat jamoalarining ruhiyatini, psixologiyasini, kayfiyatini, qiziqishlarini, ularni qanday idrok etishini, ma’naviy hodisalarga munosabatini, baholarini, o’z qiziqishlarini qanday amalga oshirishni va ko’plab shunga o’xshash psixologik masalalarni o’rganadi. Turli guruhlarning ma’naviy faoliyati erkin tanlash jarayoniga, yaratuvchanlik faoliyatiga tabiiy va ijtimoiy instinktlarining ta’siri ijtimoiy psixologiya yordamida teranroq anglab olinadi. Jamiyatda vujudga kelgan barqaror muhit, zamonaning har xil da’vatlari, talablari, axborot xuruji, turli tuman tahdidlar, ya’ni beqarorlik unsurlari ham ijtimoiy guruhlar va umuman jamiyat ma’naviyatiga ruhiy, psixologik bosim o’tkazadi. Ijtimoiy psixologiya ushbu masalalarni o’z predmetidan kelib chiqib o’rganadi.
Turli ijtimoiy guruhlarning, tabaqalar va qatlamlarning kayfiyati, ruhiyati, intilishlari va jamiyatda amalga oshirilayotgan yaratuvchanlikka, har xil tahdidlarga, zamon talablariga munosabatini, fikrini bilmasdan turib, biz zamonaviy jarayonlarni samarali tashkil eta olmaymiz. SHu sababdan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar sotsiologik tadqiqotlar bilan to’ldirilishi, birgalikda olib borilishi zarur.
Sotsiologiya so’zi lug’aviy mazmuniga ko’ra jamiyatshunoslik, jamiyat to’g’risidagi fan deb tarjima qilinishi mumkin. Terminologik mazmuni ancha konkret. Sotsiologiya fani uch qatlamdan iborat. Birinchisi – umumnazariy sotsiologiya. U jamiyat faoliyati va rivojlanishining eng umumiy qonunlari, aloqalari, bog’liqliklari, xususiyatlarini nazariy tahlil qiladi. Umumnazariy sotsiologiya – bu jamiyat falsafasi, yoki ijtimoiy falsafadir. Ikkinchisi – sotsiologiya fanining o’z nazariyasi. U amaliy konkret sotsiologik tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish, jamiyatda vujudga kelgan yoki kelayotgan turli tendensiyalarni aniqlash, ularni nazariy jihatdan baholash, jamiyat rivojlanishining umumiy va xususiy qonunlariga bog’lash hamda sotsiologik tadqiqotlarning turli nazariy konsepsiyalari, metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Uchinchisi – amaliy sotsiologik tadqiqotlar: kuzatishlar, intervyular, anketa yordamidagi so’rovlar, har xil tematik bayonlar, referatlar, insholar, ma’ruzalar uyushtirish, o’tkazish va tahlil qilish shaklllari.
Konkret sotsiologik tadqiqotlar qilinayotgan ishlar samaradorligini aniqlashda, ma’naviy-madaniy tadbirlarning o’tkazuvchilari, mualliflari bilan uning iste’molchilari, aholi o’rtasida ikkitomonlama aloqani ta’minlashda, ma’naviy ishlarda turli guruhlarning qiziqishlarini, hoxish –istaklarini, talablarini hisobga olishda katta ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida XX asrda jadal rivojlangan fanlardan biri – bu sotsiologiyadir. Ayniqsa amaliy sotsiologik tadqiqotlar zamonaviy jarayonlar va jamiyatning aktual hayotini o’rganuvchi barcha fanlarga – iqtisod fanidan, tilshunoslik, adabiyotshunoslik fanlarigacha, siyosatshunoslikdan pedagogika-psixologiya fanlarigacha kirib bordi. Ayni paytda sotsiologiya boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning ba’zi konkret usullari va vositalarini o’zlashtirish hisobiga boyib, teranlashib, kengayib bormoqda. Ulardan har xil tajribalar, eksperimentlar o’tkazishni, masalan, pedagogik-psixologik eksperimentlar yoki aholini ijtimoiy muhofaza qilishning turlicha ko’rinishlari va shakllarini qo’llash, u yoki bu yirik dasturlarni, tadbirlarni ideologik jihatdan ta’minlash, aholi ongiga ta’sir ko’rsatish kabi usullar sotsiologiya fanlarigacha mavjud edi. Ularni sotsiologiya fani o’zlashtirmoqda. SHu bois sotsiologiyaning jamiyat ma’naviy hayotidagi ta’siri kuchayib borayotir.
Ma’naviyat mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlaydigan “Ma’naviyat metodologiyasi” fani o’quv dasturida yuqorida ko’rib chiqilgan ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya qatorida gerantologiya, kulturologiya, futurologiya fanlarida ma’naviyat masalalari talqini degan savol bor. Dasturni tuzuvchilar o’z saviyalaridan kelib chiqib, gerantologiyani ma’naviyatni o’rganuvchi fanlar qatoriga kiritibdi, uni ko’rib chiqishimizga to’g’ri keladi.
Gerant yunon tilida “qariya” degan mazmunni anglatadi. Gerant deb qadimgi YUnonistonda oqsoqollar kengashi a’zosini ataganlar. Bugungi kunda uzoq umr ko’rish masalalari bilan shug’ullanuvchi tibbiy-biologiya fanining maxsus bo’limi gerantologiya deb ataladi. Gerantologiya keyingi yillarda ancha yuksak sur’atlarda rivojlanmoqda. U asosan tibbiyot-biologik xususiyatlarini saqlab qolgan bo’lsa-da, psixologik, sotsiologik, yuridik, ijtimoiy-siyosiy masalalar bilan ham bog’lanayotir. Bu tushunarli, albatta.
Birinchidan, uzoq umr ko’rish, jismoniy va aqliy faollikni saqlab qolish uchun faqat organizm sog’lom va baquvvat bo’lishi yetarli emas. Eng avvalo inson o’z hayotidan, turmush tarzidan ma’lum darajada qoniqish hosil qilishi lozim. Ro’zg’ori notinch, bolalari, qarindosh-urug’lari, atrofdagi kishilar bilan munosabati yaxshi bo’lmagan kishi, yoki turli qiyinchiliklar, omadsizliklar, ichkilikbozlik, giyohvandlik, jinoyatchilik tufayli hayotdan bezgan kishilar uzoq umr ko’rishni unchalik ham istamaydilar, o’zlarini turli xavf-xatar va kasalliklardan ehtiyot qilmaydilar. Uzoq umr ko’rish, tez qarib qolmaslik, psixologik va ma’naviy muhitga ham bog’liq. Buni mumtoz adabiyotimizda “hayotga shukronalik”, Olloh sinovlarga rozilik, qanoat, deb ataganlar. Umuman nafs va hirsni jilovlash, o’zini ortiqcha ovqatdan, ziyofat va maishatdan cheklash, shukronalik, saxovat, mehr-oqibat, hasad qilmaslik, qalban poklik, tozalik va boshqa ko’plab imon-e’tiqod va odob-axloq bilan bog’liq tushunchalar gerantologik konsepsiyalarni boyitmoqda.
Nohalol, vijdoni nopok kishi qo’rquvda, stress holatida yashaydi. U o’zining bu holatini anglamasligi, qo’rquvni ongli ravishda sezmasligi mumkin. Ammo ongostida bunday qo’rquv, stress doimo mavjud va inson umrini, sog’lig’ini zimdan egovlaydi. YUqoridagilardan oydinlashmoqdaki, gerantologiya va ma’naviyat o’zaro bog’liq. Ma’naviyati yoki taraqqiyot darajasi past jamiyatda o’rtacha umr ko’rish yuqori bo’lmaydi. Odamlar turli kasalliklardan, epidemiyalar, ocharchiliklardan tashqari, alkogolizm, jinoyatchilik, giyohvandlik, noto’g’ri ovqatlanish, o’z salomatligiga e’tibor bermaslik tufayli o’rtacha uzoq yashamaydilar. Ularning ko’pchiligida uzoq umr ko’rishga qaratilgan psixologik mo’ljal shakllanmaydi.
Ma’naviyat va gerantologiya bog’likligi faqat ma’naviyatning uzoq umr ko’rishiga ta’sirida emas, shuningdek uzoq umr ko’rgan, hayotiy tajribasi katta avlodning yosh avlod tarbiyasiga bevosita ta’sirida, ibratida ham namoyon bo’ladi. Bu o’zbek xalq ertaklarida mumtoz va zamonaviy adabiyotda o’z ifodasini topgan. Ulardan ko’plab misollar keltirish mumkin.
Kitobning bu qismi ma’naviyat metodologiyasi bo’lgani uchun, o’quv dasturida qo’yilgan savol unchalik to’g’ri emasligini ta’kidlash lozim. Savol ma’naviyat masalalarining gerantologik talqini emas, aksincha gerantologiya masalalarining ma’naviy talqini, deb qo’yilsa, to’g’riroq bo’lardi. Gap talqin haqida ketmoqda. Uzoq umr ko’rish, tez qarib qolmaslik nazaridan ma’naviyatni talqin qilish, uning boshqacha ilmiy talqinlaridan nimasi bilan farq qilishi lozim? Qoniqarli javob yo’q, bo’lishi mumkin ham emas. Savol biroz sun’iy. Aksincha, uzoq umr ko’rishni insonparvarlik, xalqpavarlik, axloq, huquq, siyosat nuqtai nazardan talqin qilish mumkin. Bunday talqin uning tibbiy-biologik talqinidan aniq farq qiladi. Jamiyatda qariyalarga munosabat, izzat-hurmat, jamiyatdagi ma’naviy muhit, qariyalarning ijtimoiy muhofazasi,ularga beriladigan turli imtiyozlar, ularning nafaqa, dori-darmon, zarur oziq-ovqat, har xil ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlanishi va sh.k.lar qariyalarning umri uzayishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bular esa jamiyatning ma’naviyatiga, insonparvarlik darajasiga, davlat olib boradigan siyosatga bevosita bog’liq. Xullas, o’quv dasturimizda mantiq oyog’i osmondan, teskari keltirilgan.
Filosofiya va barcha fanlar azaldan kelajda bizni nima kutyapti, ertaga hayot qanday bo’ladi (tabiatshunoslikda tabiat qaysi tomonga o’zgaradi va h.k.).degan savollarga javob izlagan, turli xil farazlar, taxminlar olg’a surilgan. XX asrda hatto falsafa fanida futurologiya deb ataladigan yo’nalish paydo bo’ldi. Futurologiya lotincha futurum – kelajak – va logos – ta’limot so’zlaridan yasalgan. Keng mazmunda futurologiyani kelajakshunoslik, tor mazmunda jamiyat kelajagi to’g’risida nazariya, deb tarjima qilish mumkin. Futurologiya, futurizm XX asr boshlaridan ko’p qo’llanila boshladi. Hatto badiiy adabiyotda ushbu so’z bilan atalavchi o’ziga xos estetik oqim vujudga keldi. Vl. Mayakovskiy o’z davrida futurist – shoir sifatida katta shuhrat qozongan edi. Futurologiyani bugungi mazmunda ilk bor 1943 yilda nemis sotsiologi O.Flextxaym, sinfiylikdan ustun turuvchi “kelajak falsafasi” sifatida fanga kiritdi. Futurologiya 50-60 yillar boshida barcha fanlarning ilmiy bashoratlarini (prognozlarni) umumlashturuvchi, ijtimoiy jarayonlar istiqbolini aniq ko’rsatib beruvchi monopol fan maqomiga da’vogarlik qildi. Lekin 60-yillar oxiridan u asta-sekin mashhurligini yo’qota boshladi. CHunki uning predmeti va usullari ancha noaniq, yagona tizimni tashkil etmas, boshqa fanlar ichida tarqalib ketgan. SHu sababdan atamaning o’zi kam qo’llaniladigan, uning o’rniga “kelajakni tadqiq etish” atamasi ko’proq ishlatiladigan bo’ldi.
Futurologiyada bir necha oqimlar ajralib turadi. Ulardan birinchisi postindustrial, texnokratik jamiyat konsepsiyalari bilan bog’liq. U jamiyat rivojlanishini asosan ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan bog’laydi va ma’naviy omillar ahamiyatini pisand qilmaydi, ularni ikkinchi darajali deb hisoblaydi. Bundan ushbu oqimning an’anaviy qadriyatlarga, yuksak madaniyatga, dinga, adabiyot va san’atga bepisand qarashi kelib chiqadi. Ma’naviyatga texnokratik yondashuv biryoqlamaligi tanqidi munosabati bilan bu haqda avvalgi mavzuda to’xtalgan edik. Ularni takrorlab o’tirmaymiz.
Futurologiyaning ikkinchi yo’nalishi XX asrning 60-70 yillarida mashhur bo’lgan konvergensiya nazariyasidir. U kapitalizm va sotsializm ilmiy-texnika taraqqiyoti munosabati bir xil ishlab chiqarish texnologiyalari, maishiy turmush standartlari, iste’mol tovarlari, odamlarning bo’sh vaqtini tashkil qilish va h.k. omillar ta’sirida o’zaro o’xshash xususiyatlarga, belgilarga ega bo’lib boradi, degan g’oyani ilgari surdi. G’arb kapitalistik jamiyati sinfiy qarama-qarshiliklarni (konfrontatsiyani) yengib o’tib, ijtimoiy sheriklikka, ijtimoiy muhofazaga e’tiborni kuchaytirganligi, sotsialistik mamlakatlarda proletariat diktaturasi g’oyalari “xalq davlati” va ba’zi bir liberal demokratik g’oyalar tarqalayotgani, aholi turmush farovonligi oshayotgani ilmiy dalil sifatida keltirilgan edi. Konvergensiya biologiyada ikki organizmning, turning bir xil sharoitida yashashi oqibatida, tabiatga moslashish qonunga ko’ra, ularga o’xshash belgilarning paydo bo’lishini anglatadi. Jamiyatshunoslikdagi konvergensiya nazariyasi o’sha paytda bir biriga qarama-qarshi turgan siyosiy sistemalar (kapitalizm va sotsializm)ning muqarrar ravishda kelajakda o’zaro o’xshash belgilarga ega bo’lishini bashorat qilishdir.
Konvergensiya nazariyasining ayrim unsurlari haqiqatan yuz berdi. Sotsializm saqlanib qolgan Xitoyda, Kuba va Vetnamda bozor munosabatlari (birida ko’proq, birida ozroq) rivojlana boshladi. SHimoliy Koreya G’arb mamlakatlari bilan munosabatida konfrontatsion va mahdudlik (izolyatsion) pozitsiyasini saqlab turibdi. Bozor iqtisodiyotiga o’tgan sobiq sotsialistik va rivojlanayotgan boshqa mamlakatlar ma’naviyatida, aholisi dunyoqarashi va qadriyatlar tizimida g’arb ma’naviyati unsurlari toboro ko’payib borayotir. Bu ayniqsa jahonda ommaviy madaniyat tez tarqalayotganida, globallashuv jamiyat taraqqiyotining asosiy tendensiyalaridan biriga aylanayotganida, ma’naviy hayotning ko’p sohalarida o’xshashlik paydo bo’lyotganida ko’rinmoqda. Ayni paytda ko’pchilik rivojlangan g’arb mamlakatlarida “sotsializm” unsurlari – ijtimoiy muhofazasining turli shakllari va minimal kafolatlari qaror topti, ayniqsa SHvetsiya, Finlyandiya, Daniya, SHvetsariya, Germaniya, Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda, sotsializm transformatsiyasidan keyin, konvergensiya nazariyasi o’z dolzarbligi va ko’lamini yo’qotdi.
Futurologiyadagi oqimlarning uchinchisi – radikal oqim. Unga binoan “g’arb sivilizatsiyasi” halokatga mahkum. Ilmiy –texnika revolyutsiyasi g’arb sivilizatsiyasini halok qiladi. A.Uskou (AQSH), XX asrning 60-70 yillarida ancha tarqalgan G.Adorno, G. Markuze kabi olimlarning “yangi so’llar” nazariyasi, qarashlari ham futurologik mazmunga ega. Ma’naviyat sohasida ular an’anaviy qadriyatlarni, axloqiy, estetik me’yorlarning ko’pchiligini inkor qiladi. Burjua ikkiyuzlamachi axloqining illatlari, deb baholaydi. “Til inqilobi”, “seksual inqilob” va turli xil shunga o’xshash “inqiloblar” tarix sahnasidan tushib ketgan g’arbdagi “xippi” va “pank”larning harakati, yoshlarning ba’zi bir noformal uyushmalari, feministik va gender harakatining ayrim qarashlari, hujjatlari futurologiyaning radikal oqimiga mansub deyish mumkin. Futurologiyaning radikal qarashlarida har xil halokatli konkret bashoratlar talaygina. yerga asteroid kelib urilishi, global isib ketish, yirik vulqonlar otilishi, yangi muz davri, texnogen halokatlar, ekologik va demografik halokatlar, sivilizatsiyalararo to’qnashuv va boshqa “bashoratlar” shular jumlasidandir.
Rim klubi bashoratlari xam futurogik mazmunga ega. Ayni paytda ular ilmiy-metodologik jihatdan ancha asoslidir. Ularda turli farazlar, taxminlar variantlari qayd etiladi. Ularni har qanday bashoratlar kabi yuz foiz ehtimollikda yuz beradi deb bo’lmaydi. Rim klubi insoniyat kelajagini aniq aytib berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan emas. U jamiyat turli omillar ta’sirida qanday muammolarga, havf-xatarlarga duch kelishi mumkinligidan odamlarni ogoh qilish, ularning oldini olish uchun ilmiy, texnologik, iqtisodiy kuchlarni birlashtirish, hamkorlik qilish zarurligiga jahon jamoatchiligi e’tiborini qaratgan edi. Rim klubi haqida Muhiddin Rahimning “Tafakkur” jurnali 2014 yil 4-sonida chop etilgan “Qismating nadur odamzod yohud Rim klubi bashoratchilari”maqolasidan batafsil ma’lumot olish mumkin.
Ma’naviyat rivojlanishi millatlar taqdiri, milliy tillar kelajagi bilan bog’lab ham qaralmoqda. Globallashuv sharoitida bu borada yangi prognozlar paydo bo’layotir, eskilari yangicha talqinda tiklanayotir. Ulardan biriga muvofiq go’yoki jahonda 300 mlndan kam xalqlar o’zligini, o’z tili va madaniyatini saqlab qololmaydi, boshqa yirik xalqlarga qo’shilib assimilyatsiya bo’lib ketadi. Bashoratlar orasida F.Fukuyamanning “Tarix intihosi” masalasini alohida ta’kidlash lozim. Fukuyama fikriga ko’ra, dunyoda qanday ziddiyatlar, to’qnashuvlar, urushlar, inqiloblar yuz bermasin, oqibatda hammasi yangi kelishuvlar, demokratiya va huquq rivojlanishi uchun yangi imkoniyat vujudga kelishi bilan tugaydi. Ikkinchi jahon urushi oqibatida fashizm yakson bo’ldi. Germaniya, Italiya, YAponiya demokratiya yo’liga o’tdi. Sobiq urush yakunida sotsialistik mamlakatlar, qisman Xitoy demokratik qadriyatlarni tan ola boshladi. Rivojlanayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida ham g’arb texnologiyalari, globallashuv, ommaviy madaniyat ta’sirida demotratik unsurlar, inson huquqlari va erkinliklari, g’oyalari tobora ko’paymoqda. Demak, xulosa qiladi. F. Fukuyama, g’arb liberal qadriyatlar butun dunyoni asta-sekin egallaydi. O’shanda turli davlatlar, sivilizatsiyalar o’rtasidagi siyosiy, madaniy ziddiyatlar va kurashlar ham barham topdi. Tarix oxiriga yetadi, intiho topadi. CHunki shu paytgacha biz bilgan tarix turli g’oyalar, siyosiy qarashlar, tuzumlar, qadriyatlar kurashi edi. Hamma bir xil qadriyatlar tizimiga o’tsa, an’anaviy ziddiyatlar va kurashlar o’z-o’zidan yo’qoladi.
Fukuyama qarashlari utopik xarakterdagi, ammo yashirincha neokolonialistik g’arb kosmonolik g’oyalarini targ’ib etivchi mafkuradir. Xullas, jahon ilm-fanida ma’naviyatning jihatlari, ma’naviy hayot har xil ilmiy va e’tiqodiy pozitsiyalardan o’rganilmoqda. Har xil bashoratlar, ssenariylar olg’a surilmoqda.
Ayrim olimlar ma’naviyatga diniy-mistik nuqtai nazardan yondashadilar. U inson mutlaqo tushuntirishdan ojiz, ilohiy inoyat, “qalb ko’zi” bilan ko’rilgan haqiqat, g’oyibdan insonga ko’rsatilgan hidoyat, yo’l, ishora, ko’ngilga solingan ijod va faoliyat, botiniy ilmlar, nozik va ilohiy his-tuyg’ular va h.k. deb tushuntiriladi. An’anaviy diniy-mistik qarashlar zamon ta’sirida o’zgarib, yangi ko’rinishlar kasb etmoqda. Bugun har xil ezoterik qarashlar, kosmos (koinot) yuborayotgan kodlashtirilgan belgilar, timsollar, ramzlar, salbiy va ijobiy energetika va shunga o’xshash qarashlar ham jamiyatning ma’naviyat, ma’naviy hayot to’g’risidagi tasavvurlari va qarashlarida aks etmoqda.
Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish