Yassi yuzali detallarni ishchi yuzalariga termik ishlov berish manbasini asoslash
Mavjud mashinalarga davriy ravishda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash orqali ularning ishga yaroqliligi saqlab turiladi. Bunday
tadbirning muhimligini quyidagi misollardan ko‘rish mumkin.
V.V.Kurchatkinning taxriri ostida chop etilgan darslikda “Qadimdan bugungi kunga qadar, birinchi ish qurolidan (tosh, pichoq va bolta) tortib to zamonaviy kosmik raketalar va robotlargacha inson nimani ixtiro qilgan bo‘lsa, u o‘z imkoniyati darajasida uni ishonchli bo‘lishiga harakat qilgan. Ammo, butunlay buzilmaydigan va doimiy ishga yaroqli mashina yaratish mumkin emas, chunki unga turli omillar ta’sir etishi natijasida vaqt o‘tishi bilan detallari o‘z xossalarini yo‘qota boshlaydi va natijada ishonchliligining belgilangan ko‘rsatkichlaridan chetga chiqa boshlaydi. Ushbu chetga chiqishlarni bartaraf etish uchun ularga texnik xizmat ko‘rsatiladi va ta’mirlanadi”.-deb ko‘rsatib o‘tilgan.
Yana bir adabiyotda quyidagilar yoritilgan. Avtomobillarning yangiligida texnikaviy holatini belgilovchi parametrlari ularning turlari va konstruksiyalariga qarab texnik xujjatlarda keltiriladi va ular ekspluatatsiya jarayonida yuklanish hamda tashqi muhit ta’sirida o‘zgarib boradi. Zamonaviy avtomobillar 15-20 ming qismlardan iborat bo‘lib, ishlash davomida ularning 7-9 ming xillarining birlamchi xususiyatlari o‘zgarib boradi, shu jumladan, 3-4 ming xillarining ishlash davri avtomobilning ishlash davridan kamroqdir. SHu sababli, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularning ta’mirlash ehtiyoji avtomobil ishlay boshlagan paytdan boshlanadi.
Taniqli rus olimi V.M.Kryajkov esa “Mashinalarni ta’mirlash alohida maqsad emas, balki, ularni ishga yaroqliligini ta’minlash umumiy tizimidagi juda katta ahamiyatga ega bo‘g‘in hisoblanadi. CHunki hozirgi kundagi mavjud texnikalardan ta’mirlashlarsiz foydalanib
bo‘lmaydi. Ta’mirlash bilan bir vaqtda ularni xizmat muddatini oshirish borasida takomillashtirish ham mumkin bo‘ladi”.- degan.
Ushbu misollar asosida xulosa qilish mumkinki, qishloq xo‘jaligi yangi va sifatli texnika bilan to‘la ta’minlanmas ekan, ularni o‘z vaqtida yangi va zamonaviy turlari bilan almashtirib turilmas ekan, mavjud texnikalarni davriy ravishda joriy va kapital ta’mirlash tizimiga ehtiyoj mavjud bo‘laveradi.
Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ehtiyojini vujudga keltiruvchi asosiy sabablar quyidagilardan iborat.
Akademik SH.U.Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, “Mashinalarda yuzaga keladigan nosozliklarga detallarida turli xil nuqsonlar paydo bo‘lishi va ularning eyilishi sabab bo‘ladi [13]. Ushbu sabablar ichida detallarning eyilishi etakchi hisoblanadi. SHuning uchun qishloq xo‘jalik va melioratsiya mashinalarini ishdan chiqishining oldini olishga nosozlikka olib keluvchi detallarni o‘z vaqtida almashtirish yoki ularning eyilishga chidamliligini oshirish orqali erishish mumkin.
Q.X.Mahkamov asarida “Mashinalar yaratish va ulardan foydalanishning ko‘p yillar davomida orttirilgan tajribasiga qaramasdan, mavjud mashinalar bugungi kun talabiga hali to‘la javob bera olmayapti. Jumladan, bu mashinalar ishqalanish birikmalarining
buzilishi oqibatida ishdan chiqishi nisbatan ko‘p. Ushbu mashinalar ishdan chiqishining 80% dan ortig‘i eyilish natijasida sodir bo‘ladi” - deyilgan .
SH.A.SHoobidov va A.Irgashevlarning o‘quv qo‘llanmasida “Eyilish mashinada nuqsonlar paydo bo‘lishining asosiy sababchisi. Mashinani ishlatish jarayonida uning o‘zaro tutashgan uzel va detallarining normal ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi joiz o‘lchamdan chetga chiquvchi tirqishlar paydo bo‘ladi. Buning asosiy sababi tutashgan detallarning o‘zaro ishqalanishi natijasida sodir bo‘ladigan eyilishdir. SHuni ta’kidlash lozimki, mashinalarda sodir bo‘ladigan buzilishlarning 80% idan ko‘prog‘i eyilish hisobiga to‘g‘ri keladi”- deb ko‘rsatib o‘tilgan.
S.M.Babusenko traktor va avtomobillarning ishonchliligini pasayishiga va xizmat muddatlarining kamayishiga asosan detallarning eyilishi sabab bo‘lishini ko‘rsatib o‘tgan. Eyilish muqarrar hodisa. Biroq bu hodisa mohiyatini hamda unga qarshi kurash choralarini bilish va ularni amalda qo‘llash orqali detallar eyilishini ko‘p darajada kamaytirish va mashinalarning ishonchliligini oshirish mumkinligini ta’kidlagan.
A.S.Pronikov esa, “Mashinalar konstruksiyasiga qo‘yilgan talablarga amal qilish ko‘pgina birikmalarning og‘ir sharoitlarda ishlashiga va eyilishiga sabab bo‘ladi. Birikmalarining eyilishi mashinaning ishga yaroqlilik, ishonchlilik darajasi kabi texnik ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etib, ularni pasayishiga olib kelishini” aytgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |