“Assalom Navro’zi olam” nomli
TADBIR SSENARIYSI
Jarchi chaqirig’i:
1-jarchi: Odamlar-u odamlar,
Bog’da bitgan bodomlar,
Eshitmadim demanglar,
Navro’zni olqishlanglar,
Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!
2-jarchi: Bozorlar bo’lsin to’kin,
Xalqimiz eksin ekin,
Hunarmand-u kosiblar,
Chevar-u holvagarlar,
Barcha-barchangiz bu kun,
Sayldan kech qolmanglar-o, ho-hoy!
(Doirachilar to’garagining “ZARB” guruhi chiqishi)
1-boshlovchi: Bugun shodiyona Navro’zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to’yi!
Assalom yangi yil! Assalom bayram!
Senga atalgusi yuraklar kuyi.
2-boshlovchi: Yuraklarga solib hayajon,
Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
Yelkasida bayram libosi,
Qo’llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag’ishlab chiroy,
Yurtga keldi yana ko’klamoy.
Do'stlaringiz bilan baham: |