1.Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida
harakat qiladi. Ular, iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar, amal qilish kuchiga ega bo’lgan qonunlardir. Bunday qonunlarga vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o’sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, mehnat
unumdorligining o’sishi qonuni, mehnat taqsimoti qonuni, jamg’arish qonuni kabilar kiradi.
Formatsion-maxsus qonunlar muayyan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda harakat qiluvchi qonunlar hisoblanadi. Bularga feodalizm, kapitalizm,sobiq sotsializm tizimida mavjud bo’lgan: qo’shim-cha qiymat qonuni, mehnatga qarab taqsimlash qonuni, xalq xo’ja-ligini rejali rivojlantirish deb ataluvchi qonunlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |