Xususiy iqtisodiy qonunlar insoniyat taraqqiyotining bir necha bosqichlarida amal qiladi. Masalan: talab va taklif qonuni, qiymat qonuni, pul muomalasi qonuni va boshqalar.
Umumiy iqtisodiy qonunlar, ilmiy tushunchalarni bilish, yaxlit va keng ma’noda, Iqtisodiy Sotsiologiya fanini yaratish yoxud to’ldirishda muhim rol o’ynaydi.
Iqtisod nazariyasi yuqoridagi qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy kategoriyalarni ham o’rganadi.
Ma’lum bir iqtisodiy munosabat va uning qonunlarini bilib olish ularni ifodalovchi iqtisodiy kategoriyalarni anglab yetish yo’li bilan amalga oshadi. Shu sababli iqtisodiyotni o’rganish uning kategoriyalarini bilib olishdan boshlanadi. Ayrim iqtisodchilar iqtisodiy kategoriyalarni iqtisodiyot ilmining «kaliti» yoki «tili» deb ham ataydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |