O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
AMALIY MATEMATIKA YO’NALISHI
104 - guruh talabasi
Berdiyorov Sanjarning
Algoritm va ma’lumotlar strukturasi
“Ma'lumotlarni saralash. Saralashning ildizli usuli”mavzusida
KURS ISHI
Bajardi: Berdiyorov S
Tekshirdi: Nurmamatov M
SAMARQAND – 2021
Mundarija
KIRISH
I BOB. Nazariy qism
1.1.Saralash algoritmlari haqida……………….……………….5-bet
1.2.Saralashning ildizli usuli…………… ……………………..14-bet
II BOB. Amaliy qism
2.1. Ildizli saralash algoritmining c++ dasturi………………….15-bet
Xulosa………………………………………………………………….18-bet
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………...……...19-bet
Kirish
Agar ma’lumotlar kompyuter xotirasida muayyan tartibda saqlanadigan bo’lsa axborotga ishlov berish va uni izlash bilan bog’liq ko’p masalalar tezroq, oddiyroq va samaraliroq hal qilinadi. Bir qator hollarda ma’lumotlarning tartibga solinganligidan foyda aniq ravshan va maxsus isbotlashlarni talab etmaydi. Agar lug’at yoki telefon ma’lumotnomasida so’zlar va familiyalar alifbo tartibida joylashtirilmaganda ulardan foydalanish qanchalik qiyin bo’lishini tasavvur etish mumkin. Lekin ma’lumotlarni saralash zaruriyati masalasi har safar muayyan vazifaga nisbatan hal qilinishi zarur. Bunda tashqi xotira qurilmalari imkoniyatlari, operativ xotira hajmi, ma’lumotlarga murojaat qilish tezligi, ularni yangilab turish tezligi va ishlov berish xarakteri kabilarni tahlil qilish zarur.
Turli ilovalarda tartibga solishning turli mezonlaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar ularga murojaat qilish ehtimolining qiymati, qancha tez-tez murojaat etib turilishiga ko’ra tartibga solinishi mumkin. Odatda tartibga
solish kalit bo’yicha amalga oshiriladi.Axborot tizimlari bilan ishlov beriladigan ma’lumotlar birligi bir qator axborot maydonlaridan iborat bo’lgan yozuv hisoblanadi. Kalit bitta yozuv maydoni ichidagi narsalar (kalit maydoni) yoki muayyan maydonlar majmuidan iborat bo’lishi mumkin. Keyingi holda kalit tarkibiy deb ataladi. Yozuv faqat bittagina maydondan iborat bo’lishi mumkin va u bu holda kalitli hisoblanadi. Tartibga solish natijasida yozuvlar kalitlarning qiymati oshib borishi yoki kamayib borish bo’yicha joylashadi. Masalan, fakulbtet talabalari to’g’risidagi ma’lumotlardan iborat bo’lgan yozuvlar talabalarning zachet daftarchalari nomerilari bo’yicha tartibga solingan bo’lishi mumkin. Yozuvlarni kalitlarining qiymati oshib borishi yoki kamayib borishi
bo’yicha tartibga solish jarayoni saralash deb ataladi. Ba’zan, ayniqsa yozuvlarning kaliti tarkibiy bo’lgan hollarda, tartibga solingan yozuvlar ichida ham tartibga solish zarur bo’ladi, Masalan, fakulbtetning barcha talabalari to’g’risidagi yozuvlar guruhlarning nomerlari bo’yicha, har bir guruh ichida esa familiyalarning birinchi harfi alifbo tartibida tartibga solingan bo’lishi mumkin. Bu holda guruh nomeri katta, familiyaning harfi esa kichik kalit bo’ladi.Umuman olganda kalitlarning bir nechta darajalarini belgilash mumkin, bunda katta kalit birinchi rang kaliti, kichik kalitlar esa tegishlicha ikkinchi, uchinchi rang kalitlari deb ataladi va hokazo. Bu holda saralash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Dastlab yozuvlar massivi birinchi rang kaliti bo’yicha saralanadii So’ngra birinchi rang kalitining qiymatlari bir xil bo’lgan yozuvlar ikkinchi kalit rangi bo’yicha saralanadi va hokazo.
Masalan, lug’atning birinchi rang kaliti so’zning birinchi harfi, ikkinchi rang
kaliti esa ikkinchi harfi va hokazo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |