Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili fakulteti
2-bosqich 207-rus guruh talabasi Abdurazzoqov Asilbekga
TAVSIFNOMA
Amaliyotchi talaba Abdurazzoqov Asilbek Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 63- umumta’lim maktabiga fevral oyining 22-sanasidan mart oyining 22-sanasigacha malakaviy o’quv amaliyotini o’tadi. Amaliyotning tayyorlov bosqichida talaba maktab sharoiti, rahbariyat tarkibi, maktab o’qituvchilari va o’quvchilari bilan tanishdilar.
Amaliyotning ikkinchi bosqichi ya’ni asosiy bosqichida talaba
Abdurazzoqov Asilbek o’ziga biriktirilgan guruh va guruh murabbiyining maktabdagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Chet tili va boshqa fan o’qituvchilarining darslariga kirib kuzatdi, darslarni tahlil qildi. O’quv va tarbiyaviy ish rejalar bilan tanishib, ular asosida o’zlari o’quv va tarbiyaviy ish rejalar tuzdilar. Shuningdek o’quv muassasasidagi mavjud dasturlar, darsliklar, uslubiy qo’llanmalar bilan tanishib, o’rganib chiqdi. O’zlariga berilgan kundalikni to’ldirib bordi. Talaba
Abdurazzoqov Asilbek faol amaliyotga kirishdi, o’qituvchilarning amaliy va nazariy darslariga, ochiq tarbiyaviy soat va darsdan tashqari tadbirlar o’tkazishlarida yaqindan yordam berdi. Amaliyotchi dars jarayonida ham juda faol ishtirok etdi. Dars davomida ko’rgazmali qurollar, multimedia vositalari va tarqatma materiallardan foydalanishda fan o’qituvchisiga yordam berdi va dars jarayonida bevosita ishtirok etdi.
Shuningdek, u o`zining xushmuomilaligi, kirishuvchanligi hamda hamisha quvnoq kayfiyatda o’quvchilar bilan munosabatda bo’lishi orqali maktab o’quvchilarida iliq taassurot qoldirdi. Abdurazzoqov Asilbek o’zining pedogogik konikmalarini mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga 10-15 daqiqaga mo’ljallangan mikro-dars ham o’tdi. Shuningdek u o’tkazgan tarbiyaviy soat darsi ham sinf rahbari tomonidan yuqori baholandi. Tarbiyaviy soat mavzusi keng qamrovli, ma`naviy va madaniy tarbiyaga asoslangan bo`lib, bolalar ongiga ezgu g`oya va fikrlarni singdirish uchun maxsus tayyorlangan, shu bilan birga amaliyotchi tomonidan mavzu a’lo darajada yoritib berildi.
Umuman olganda, amaliyotchi har tomonlama pedagog faoliyatini o’rganishda faollik ko’rsatdi va amaliyotda sinab ko’rishga ham erishdi. O’quvchilar bilan tez til topisha oldi, fan o’qituvchilari hurmatiga sazovor bo’ldi. O’ziga yuklatilgan vazifani tajribali o’qituvchilar singari vaqtida va anniq bajarishga harakat qildi.
Amaliyotchi talaba amaliyot davrida ko’zlagan maqsadiga: o’qituvchilik kasbini o’rganish, maktab hayoti hamda faoliyati bilan tanishishga erishdi.
Abdurazzoqov Asilbekning uddaburonligi, tirishqoqligini nazarda tutgan holda unga maktab ma’muriyati _______ baho qo’yishni tavsiya etadi.
Maktab amaliyot rahbari: ___________ Jalilova Yayra
Maktab direktori: ___________ Elmurodova Tamara
Do'stlaringiz bilan baham: |