1-mavzu. Visual studio muhitida ishlash.
Net platformasining asoslari bilan tanishib bo‘lgandan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri amaliyotga o‘tamiz. Buning uchun biz dasturlash muhiti bilan tanishib chiqamiz.
Ishni Visal Studio .Net ni ishga tushirshdan boshlaymiz. Muhitni o`rganish davrida men 2010 –versiadan foydalandim. Ko‘z oldimizda Asosiy oyna ochiladi, asosiy sahifasida bir nechta panellardan iborat
1– rasm. Visal Studio .Net ning asosiy oynasi
Oynaning markazida ish sohasi joylashgan bo`lib, unda fayllar vkladkalar (yorliqlar) sifatida bo`ladi. U orqali mavjud fayllarni ochishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda, ish sohasida HTML sahifa ochilgan bo`lib, yangi yoki mavjud bo‘lgan loyihani ochishimiz mumkin.
Asosiy sahifasining Recent Projects bo`limida – oldingi ishlangan loyihalardan 10 tasi ekranda ko‘rsatilgan bo‘ladi, ularni ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marotaba bosish orqali ishga tushirish mumkin. Shu bo‘limning yuqori qismida Open Projects… va CreateProjects… bandlar