1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA‘LIM
VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
Boshlang`ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi
kafedrasi
Sherbekova Kamolot G`anijonovna
Boshlang`ich sinf darslarida axborot texnologiyalardan foydalanish
mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: ________________________
TOShKENT 2013
2
MUNDARIJA
KIRISH
2
I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalardan
foydalanishni nazariy asoslari. 3
1.1. Axborot texnologiyalarning ahamiyati 3
I bob xulosasi
II BOB. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o axborot
texnologiyalardan foydalanish metodikasi 9
2.1.Masala yechishni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish
2.2. 4-sinflar uchun qiziqarli geometriya mavzusini o’tkazish bo’yicha
multimediyali dars ishlanmasi 11
II bob xulosasi 16
III BOB. Boshlang’ich sinf matematika darslarida tashkil etilgan tajriba-
sinov ishlari 17
3.1. Tajriba sinov ishlari 17
III bob xulosasi 21
UMUMIY XULOSA 22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 23
3
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston
Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvar
kuni bo’lib o’tgan qo’shma majlisidagi ―Mamlakatni modernizatsiya qilish va
kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimiz‖ hamda Vazirlar
mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo’lib o’tgan majlisidagi ―Asosiy
vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyotini va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirish‖
mavzularidagi ma’ruzalari mazmun-mohiyati va undagi xulosalarni o’rganish
yuzasidan Vazirlar mahkamasining 2010 yil 23 fevraldagi 101-F –sonli farmoyishi
bilan bilan tasdiqlangan tashkiliy tadbirlarni amaliyotga joriy etish
jamiyatimizdagi kun tartibidagi bosh masalalardan biridir. [1]
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida ― ....mamlakatni modernizatsiya qilish va
kuchli fuqаrolik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimiz‖ degan fikr
mulohazalaridan jamiyatimizda barkamol avlodni tarbiyalash boshlang’ich
ta’limning asosiy vazifalardin biri ekanligi gavdalanadi. Ayniqsa, bo’lajak
boshlang’ich sinf o’qituvchlari ta’lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik
jamiyatining barpo etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona
tarbiya mazmunida his etilishi zaruriyati mavjuddir.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Barkamol avlod yili‖
davlat dasturi to’g’risidagi Qarorida mamlakatimizda sog’lom va barkamol
avlodni tarbiyalash yoshlarning o’z ijodiy va intelektual saloxiyatini ro’yobga
chiqarish bo’yicha qo’yilgan vazifalarda ―....ta’lim jarayoniga yangi axborot
kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya
vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar
kollejlari, litseylari va Oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash ...
samarali tizimini yanada rivojlantirish‖ ko’zda tutilganligi dolzarb
vazifalarimizdan biridir. [1]
Prezidentimiz I.A.Karimov o’z asarlarida ―Yoshlar uchun,ular chin inson,o’z
diyorimiz,o’z mamlakatning chinakam vatanparvarlari bo’lib o’sishlari uchun faol
4
kurashmog’imiz lozim‖- deb ta’kidlaganlar.Shuning uchun biz yoshlarni
tarbiyalashda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ma’suliyatiga yuklatilganligini
aytishimiz darkor.[6,62 b]
O’qituvchining pedagogik mahoratida uning nutqi, notiqlik qobiliyati muhim
ahamiyatga ega. Ayniqsa ushbu muammoga mustaqillikdan keyingi yillarda jiddiy
e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda avvalo milliy
istiqlol mafkurasi muhim ahamiyatga ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan
biri
─
millat tilidir. Respublikamizning ―Davlat tili haqida‖gi, ―Ta’lim
to’g’risida‖gi Qonunlari, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ va boshqa hujjatlarda
barkamol avlod tarbiyasida o’z ona tiliga nisbatan mehr
─
muxabbat tuyg’ularini
shakllantirish e’tirof etilgan. Yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida
o’qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati alohida e’tibor kasb etadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29
avgustdagi IX sessiyasida so’zlagan nutqida ta’kidlaydiki, ―O’z fikrini mutlaqo
mustaqil ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni,
avvalambor, rahbarlik kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham
qiyin‖.
Bitiruv malakaviy ishning mavzusini Boshlang’ich sinf darslarida
aхborot texnologiyalardan foydalanish deb nomladik.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Boshlang’ich sinf darslarida
aхborot texnologiyalardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
- Boshlang’ich sinf darslarida aхborot texnologiyalardan foydalanishni
nazariy asoslarini o’rganish;
- Boshlang’ich sinf darslarida aхborot texnologiyalardan foydalanish
metodikasini amaliyotga tadbiq etish.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti: Boshlang’ich sinf matematika o’qitish
jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: Boshlang’ich sinf darslarida aхborot
texnologiyalardan foydalanishni uslubiy asoslari.
5
Bitiruv malakaviy ishning metodlari: Mavzuga oid ilmiy – nazariy,
pedagogik – psixologik, ilmiy - uslubiy manbalarini o’rganish va tahlil qilish,
Respublikamizda nashr qilingan adabiyotlar, internet saytlari hamda o’quv
jarayonini tahlili, kuzatish, suhbat, pedagogik tajriba.
Bitiruv
malakaviy
ishning
metodologik
asoslari:
O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, ―Ta’lim to’g’risida‖ gi qonun, ―Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖, umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun darsliklar va
o’quv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi to’g’risida Nizom,
umumiy o’rta ta’limni yanada takomillashtirishni ta’minlashga doir qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’lim-tarbiya
jarayonini takomillashtirishga oid yondashuvlari, tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-
pedagogik, falsafiy, psixologik manbalar.
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: Bitiruv malakaviy ishida
ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari
foydalanishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ish kirish, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan iborat.
6
I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalardan
foydalanishni nazariy asoslari
1.1.Axborot texnologiyalarning ahamiyati
Jamiyatning har bir a’zosi, o’zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda
turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan
axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi.
Modomiki shunday ekan, o’qituvchi ham o’z kasbiy va pedagogik mahoratini
zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi asosida oshirib borishi mumkin. Har bir
o’qituvchi mehnat faoliyati jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli
foydalanishi uchun avvalo o’z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi
lozim. Zamonaviy axborot texnologiyalari o’z muhitida axborot ob’ektlarini,
ularning o’zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to’plash
texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va
huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi. [41]
Hozirgi kunda o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning
imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O’qituvchi tomonidan targ’ib
etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo’naltirilgan xarakterda ega bo’lishi,
ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda
tabaqalashtirilgan bo’lishi kerak.
Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy-texnik,
iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivojlanadi. Bu
muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omildir. Ilmiy-texnik taraqqiyot,
madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni rivojlantirishi yoki
sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki
umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari insonni iqtisodiyot, madaniyat,
siyosiy hayotda qizg’in faoliyat ko’rsatish uchun tayyorlaydi. SHuning uchun ham
ta’lim muassasalari o’qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch bo’g’ini
sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
7
SHu bilan bir qatorda umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari
o’qituvchilari o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar va ilmiy-texnik taraqqiyot
o’zining ifodasini kechikib topmoqda. O’qituvchi va o’quvchilarning fikrlashi va
qabul qilish faoliyatida yangi g’oyalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini
o’zlashtirish ma’lum bir vaqtni talab etadi.
SHaxsga yo’naltirilgan o’qitish, birinchi navbatda, ta’limning paradigmasini
o’zgartiradi. Agar ta’lim tizimida o’qitish ustuvor sanalgan bo’lsa, hozir kunda
jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o’qishga o’rgatishga yo’naltirilgan.
SHu sababdan ta’limning o’qituvchi-darslik-o’quvchi paradigmasi o’quvchi-
darslik-o’qituvchi paradigmasi bilan o’rin almashmoqda. O’qituvchi endilikda
yangi statusga ega bo’ladi, endi uning vazifasi o’quvchilarni mustaqil bilim olish
faoliyatini tashkil etish, bilimlarni mustaqil egallash va ularni amaliyotda
qo’llashga o’rgatishdan iborat. O’qituvchi bunday maqsadlarda o’qitishning
metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o’quvchilarga nafaqat
tayyor bilimlarni o’zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash,
mustaqil egallash, o’zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va
avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imkoniyatini
yaratish kerak. Bunday o’qitishni ―rivojlantiruvchi‖ ham deb atash mumkin.
Bilimlarni o’zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisoblansada,
bilimlarni har qanday o’zlashtirish yoki egallash o’quvchining fikrlashiga
rivojlantiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni faoliyat shakllarini
faollashtirish lozim. Egallangan bilimlarni oddiy qaytarish o’quvchi va
o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishda yetarli bo’lmaydi. Faol
bilish, mustaqil fikrlash faoliyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash
faoliyati va olingan bilimlarni qo’llash jarayoni yangi bilimlarni shakllanishiga,
o’quvchining samarali fikrlash manbaiga aylanadi.
SHu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim
sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur
axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo’ya bilish va uning yechimini hal
etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va bu bilimlarni yangi masalalarni
8
yechishda qo’llash uchun yo’naltirilgan. Endilikda shaxsga yo’naltirilgan
ta’limning zaruriyligi barchaga ayon bo’lmoqda.
SHaxsga yo’naltirilgan o’qitish – bu o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini,
qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg’or pedagogik va axborot
texnologiyalaridan o’quvchi shaxsini rivojlantirishda samarali foydalanuvchi
o’qitishdir. SHunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan o’qitishda o’qitishni
tabaqalashtirish va individuallashtirish asosiy tamoyil sifatida qaraladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang-barangligi –
o’quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib taklif
etilayotgan hollardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim
tizimida ham o’z aksini topishi zarur. O’qituvchining har xil sathli o’qitishni
zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning
yechimi bo’la oladi.
O’quv mashg’ulotlarining o’quvchilarni kundalik fanlar majmuasi va ular
bo’yicha berilgan topshiriqlar majmuasi bilan hisoblashishga to’g’ri keladigan
qilib tashkil etilishi ko’plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday holda
o’quvchilar biron bir fanga o’zlarining diqqat e’tiborini to’liq qarata olmaydilar.
Bunday notugalliklarni bartaraf etishda, modulli o’qitish eng yaxshi yechim
hisoblanishi mumkin.
Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo’nalishi –
bu insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil faoliyat asosida intellektual va
axloqiy rivojlanishidir. Bunda 3 ta asosiy vazifaga e’tibor qaratiladi:
1. Ta’lim tizimini isloh etish.
2. Mustaqil faoliyat tamoyilini ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyili sifatida
e’tirof etish.
3. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.
Zamonaviy insonning o’qish jarayoni faqat bog’cha, maktab, litsey yoki
kollej, oliy ta’lim muassasalari bilan tugamaydi. Inson butun umri davomida ta’lim
olishi zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bo’lishi kerak. Demak, uzluksiz ta’lim – davr
9
talabidir. Bu muammo zamonaviy axborot texnologiyalariga bo’lgan ehtiyojni
yanada shakllantiradi. [41]
XXI asr axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir
ta’lim muassasasidan:
- o’qitish va o’qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bo’linmalarining;
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
imkoniyatining mavjudligini belgilash, ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni
qo’llashning eng muhim ko’rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu sohada erishilayotgan
yutuqlarni hisobga olib, kompyuter texnologiyasini quyidagi jihatlarda ta’lim
muassasasi umumiy faoliyati jarayonlarida qo’llash samarali bo’lishini ta’kidlash
lozim:
- ta’lim muassasasi hujjatlarini kiritish va shakllantirish;
- dars jadvallarini tuzish;
- muassasa o’qituvchilari hamda o’quvchilar bo’yicha ma’lumotlar bankini
yaratish va undan foydalanish;
- o’qituvchilar faoliyatining monitoringini yaratish;
-o’quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishni interfaol telekonferentsiya,
virtual maslahatlar, muhim axborotlarni o’qituvchilarning jamoaviy yoki
shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash orqali tez tashkil etish;
-ta’limni boshqarish yoxud boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan elektron
pochta orqali bog’lanish sharoitini yaratish;
- boshqa o’quv muassasalari, jumladan chet el muassasalari bilan ijodiy
bog’lanishni tashkil etish;
- Internet tizimi yordamida axborot izlash va uni tanlash.
Ta’lim muassasasining o’quv faoliyatida esa:
- axborot va axborot texnologiyalarini majburiy o’rganishni tashkil etish;
- barcha fanlar bo’yicha o’rgatuvchi dasturlardan foydalanish;
10
- kompyuter testlari yordamida o’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish;
- kutubxonalar kataloglaridan foydalanish va ommabop kutubxona-lardagi
kitoblarga Internet orqali buyurtma berish;
- o’qituvchilarning metodik ishlanmalari, ma’ruza matnlari va boshqa o’quv
qo’llanmalarini nashrga tayyorlash;
- Internet tizimidagi ma’lumotlardan foydalanib, o’quvchilar tomonidan
ma’ruzalar va referatlarni mustaqil tayyorlashga erishish;
- o’quv va badiiy adabiyotlarning elektron matnlaridan foydalanish;
- maxsus entsiklopedik lug’atlardan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim.
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda, o’qituvchi uning mazmuniga
ko’ra bir qancha vazifalarni bajarish mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega
kompyuter texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik funktsiyalarni bajaradi:
- multimedia texnologiyasini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga
qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini
faollashtiradi va o’quv materialini o’zlashtirilishining samaradorligi oshadi;
- real holatlarda, namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo’lgan
jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berishi bilan muhim
hisoblanadi;
- o’quv materiallarini o’zlashtirilishi faqat darajasiga ko’ragina emas, balki
o’quvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko’ra ham
samarali hisoblanadi;
- masofadan turib ta’lim olishni faqat sirtdan o’qiyotgan o’quvchilar yoxud
internet ta’lim uchungina emas, balki sababli dars qoldirgan o’quvchilar
uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
- o’quvchilarga mustaqil izlanish yo’li bilan materiallarni izlash, topish
hamda muammoli masalalarga javob topish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini
bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
- o’quvchilarlarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar yechishi, insho,
bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash
11
va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish
uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri
kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan «qo’llab-
quvvatlovchi axboroti»ni ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon
talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi,
gipermatn va multimedia, o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul
qilingan.
Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida
kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning
standart shakllari mavjud bo’lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar,
referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va
ko’rinishli axborotlarni cheksiz ko’p miqdorda va albatta, belgilangan shakllardagi
ko’rinishlarini qabul qiladi. [41]
Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo’yicha qo’shimcha
axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan
bog’langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo’yicha tuzilmali axborotlashtirilgan
tizimga ega bo’ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan
tashqi elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo’lmaydi. Bilimlar bazasining
birlamchi bibliografik o’xshashlari sifatida turli entsiklopediyalar, lug’atlar xizmat
qiladi.
O’quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va
psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter tizimiga
eksport tizimi qo’shimcha kiritilgan bo’lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq
orqali bilimlarni baholash va bu masala bo’yicha yetarlicha natijalarni aniqlash
mumkin.
Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning maqsadiga ko’ra,
ba’zan o’quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqtai nazaridan,
ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo’yicha boshqa bir hollarda
12
esa, o’qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng
foydalaniladi.
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o’quv materiallari bo’yicha
axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ
kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar
bo’yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga
dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmunini sezilarli o’zgartirish va keskin
boyitishga yordam beradi, uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil
bo’ladi.
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai
nazaridan tahlil etadigan bo’lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot
yordamida o’quvchi o’quv rejasida ko’rsatilgan istalgan fan sohasida maxsus
o’quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniga ega ekanligi ma’lum bo’ladi.
Kompyuter vositasi, o’quvchi yoxud o’qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular
bilan bemalol «muloqotga kiradi», bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy
xususiyatlaridan sanaladi.
Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o’qitish bo’yicha
yoxud alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi holatda («kirib
boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek o’qitishda ma’lum
texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida
kompyuterni qo’llanish holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi
munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi. [41]
Kompyuterli o’qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u o’qitish
jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan yangi o’quv materialini
tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o’quvchilarning ma’lum fan
bo’yicha erishgan bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirishda namoyon bo’ladi.
Bunday jarayonda o’qituvchi kompyuterning o’quvchi uchun turli vazifalarni,
xususan o’qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim ob’ekti, o’zaro muloqot kabi
funktsiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda o’qituvchining vazifasi dars
13
jarayonida o’quvchilarni kompyuterdan to’g’ri foydalanishlarini nazorat qilishdan
iborat:
Kompyuterning o’qituvchilik vazifasini bajarishi quyidagi jarayonlarda
namoyon bo’ladi:
o’quv axborotining manbai (o’qituvchini yoki darslikni qisman, ba’zan
to’la o’rnini bosuvchi sifatida);
ko’rsatmali qo’llanmalar (multimedia-telekommunikatsiya imkoniyati
bo’lgan yangi sifat darajasida);
individual axborot fazosining yaratilganligi;
mashq qildirgich;
o’quvchi bilimi, ko’nikma va malakasi tashxisi va nazorati muhiti.
Ishchi qurol sifatida kompyuter quyidagi vazifalarni bajaradi:
matnlarni tayyorlash va saqlash muhiti;
matnlar muharriri;
grafiklar quruvchi va ularning muharriri;
keng imkoniyatli hisoblash mashinasi (olingan natijalarni turli ko’rinishda
ifoda etuvchi);
modellashtirish vositasi.
Kompyuterning ta’lim ob’ekti sifatidagi vositachilik vazifasi:
dasturlashtirish (vazifali jarayonlar bo’yicha kompyuter yordamida
o’qitish);
dasturiy mahsulotlarni yaratish;
turli axborot muhitidan foydalanish. [41]
I bob xulosasi
Kompyuter va Internet yordamida keng auditoriya bilan bog’lanish va uning
natijasi sifatida o’zaro muloqotlashuvchi jamoa muhiti yaratiladi.
Ta’limni intensivlashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o’quv
jarayonining samaradorligini oshirishadi, bunda:
14
talabalar, o’qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik
adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar;
uzoq hududlarda joylashgan yetakchi ta’lim muassasalarining ilmiy
laboratoriyalari bilan tanishadilar;
turli mavzularda videokonferentsiyalar tashkil qilish amalga oshiriladi;
o’qituvchilarning o’zaro seminar va treninglari o’tkaziladi;
masofaviy ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o’xshash juda ko’p
imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga tatbiq etish o’quv jarayonida
zamonaviy o’qitish metodlarini qo’llashga keng imkoniyatlar ochadi.
15
II BOB. Boshlang’ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalardan
foydalanish metodikasi
2.1.Masala yechishni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish
Umumta’lim maktablarning moddiy–texnika resurslari ortib borishi bilan
matematika darsida o’qituvchi an’anaviy ko’rsatmali vositalarni kompyuter
slaydlari bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Bunday imkoniyatlar
ayniqsa masala yechishni o’rgatish jarayonida qo’l keladi. Masala syujetining
dinamikasi slaydlarda yoki multiplikatsiya orqali ko’rsatib berilishi mumkin.
Bunday vositalar ayniqsa, murakkab masala ustida ishlashda, o’zaro proportsional
bog’langan miqdorlarga oid masalalarni tushuntirishda va ayniqsa harakatga doir
masalalarni yechishda qo’l keladi. O’qituvchi eng oddiy slaydlarni o’zi yaratish
imkoniga ega. Keyinchalik esa, bunday ko’rsatmali elektron vositalar mutaxasislar
yordamida tayyorlanib, maktablarga tarqatilishi ham mumkin bo’ladi.
Biz quyida ba’zi bir masalalar uchun slaydlar namunalarini keltirishga harakat
qildik.
Masala. Do’konda birinchi kun 160 kg olma sotildi, bu barcha olmaning 1/3
qismi, ikkinchi kun qolgan olmaning 4/5 qismi sotildi. Uchinchi kun sotish uchun
necha kg olma qolgan?
Bu butun va kasr qismi orasidagi munosabatni topishga oid masala.
Yechish. Ekranda masalaning matni keltirilgach, rasmlar paydo bo’ladi.
Birinchi bo’lib, birinchi kun barcha olmalarning 3/1 qismiga teng ekanligi
ko’rsatilib, hamma olmalar massasi topiladi va yechimi yoziladi.
16
Keyin qolgan olmalar hisoblanadi. Uning uchun hamma olmalar massasidan
birinchi kungi olmalar massasi ayriladi.
Masalani yechishda ekranda ― 1/3-160 ‖ –birinchi kunda sotilgan olmalar massasi,
― 4/5-? ‖ – ikkinchi kunda sotilgan olmalar massasi ekanligi yozilib, uchinchi kun
qancha olma sotilganligini topish kerakligi ko’rsatiladi.
So’ngra ekranda yechimi va javobi beriladi. Uchinchi kun 64 kg olma sotilganligi
ko’rsatiladi.
17
Demak, slayddan foydalanish o’quvchiga amaliy ishlab (ko’z oldiga keltirib)
masalaning yechimini topishga yordam beradi. Ma’lumki, ko’z bilan ko’rish
eshitishdan ko’ra o’quvchi xotirasida yaxshi saqlanadi. SHuningdek, kompyuter
orqali bir marta ko’rsatilib, o’tilgan taqdimot va slaydlarni qayta ko’rib chiqish
mumkin. Bu esa masalalarning yechish jarayonini va shunga o’xshash
tushunchalarning ta’riflanish holatini takroran ko’rish imkoniyatini beradi.
O’quvchilarga kompyuter vositalari asosida amaliy mashqlar bajarishga shart-
sharoit yaratish o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini oshirishga olib keldi.
2.2. 4-sinflar uchun qiziqarli geometriya mavzusini o’tkazish bo’yicha
multimediyali dars ishlanmasi
Darsning mavzusi: «To’g
’
ri to’rtburchak va kvadratning perimetri»
Darsning maqsadlari:
O’quvchilarga geometriya va geometrik shakllar haqida tushuncha berish,
to’rtburchak va kvadratning perimetrini topishni o’rgatish, og'zaki matematik hisob
ko’nikmasini va o'z fikrini mustaqil bayon etishni rivojlantirish, yo'1 harakati
qoidalarini yana ham mustahkamlash, Vatanga bo’lgan muhabbatni va o’zaro
do’stona munosabatlarni tarbiyalash.
18
Jihozi: jadvallar, parovoz, geometrik shakllardan yasalgan qo’g’irchoq,
geometrik jismlar, krossvord, test-gantellari, svetofor maketi, mo"jlzalar maydoni,
jetonlar (qizil, yashil, sariq), magnitofon.
Darsning turi: multimediya darsi.
Darsning uslubi: interfaol, fanlararo o’zaro bog’liqlik, musobaqa,
muammoli vaziyatlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
O’qituvchi: Bolalar, bugun biz sizlar bilan geometriya saltanatiga quvnoq
parovozda sayohat qilamiz. Darsimiz davomida sizlar bilan daryolarni (rasmlar)
kechamiz, tog’lardan (rasmlar) oshamiz, osmonda biz uchun quyosh (rasmlar) nur
sochadi, onda-sonda yomg'ir (rasmlar) yog’ishi mumkin. Sayohatimizda bular bari
bizga geometrik shakllar haqida tushunchalar olishimizga yordam beradi.
«Geometriya» yunonchadan tarjima qilinganda «geo»-yer, «metriya»-
o’lchov, ya'ni yerni o’lchash demakdir.
Geometriya bu - turli geometrik shakllar xossalarini o’rganuvchi fan, U —
matematikaning ajralmas bolagidir. E'tibor berib qaralganda tabiatda tabiiy holda
ko’pburchaklar mavjud emas. Mavjudlari ham insonlar tafakkuri asosida
yaratilgan. Demak, inson ilmi va fan taraqqiyqti bo’lmaganda edi yer yuzi bu qadar
go’zal bo’lmas edi.
1-slayd
19
Sizlar butun sayohat davomida jetonlar yig’ishingiz kerak bo’ladi.
Qaranglar, bu jetonlarning xar xilligi sizlarga nimadir eslatyaptimi? Barakalla,
bular haqiqatan ham svetofor ranglarini eslatadi. Ana ko’rdingizmi, darsimizning
dastlabki soniyalaridanoq «GEOMETRIYA» saltanati mo’jizalarini ko’rsatishni
boshlayapti.
Darsimizning shiori:
«Matematikasiz fikr yutq, fikrsiz esa inson».
Sinf o’quvchilari kichik guruhlarga bo’linadilar
2-slayd
Uy vazifasini tekshirish
(Kitob, daftar, ruchka, chizglch,
qalam, o’chirg’ich haqidagi
topishmoqlarni topib, yo’lda
kerakli
bo’ladigan
dars
qurollarini tayyorlab olishadi).
3-slayd
Og'zaki hisob (aqliy Hujum).
Birinchi bekat: «Nuqta, nuqta, vergulcha».
«Maqolni
«...kishi maydonda jangchi emas»
«...o'lchab,... kes».
«...kishi hamma uchun, hamma ... kishi uchun».
« . . . k a l l a yaxshi...undan ham yaxshi»,
«Siyosiy daqiqa» (Xotirani tekshirish).
«Qiziqarli matematika».
Mana, «GEO»ning fikrlash uchun haqiqiy boshi bor. Endi mana bu
krossvordni yechsak, unga tana hadiya etgan bo’lamiz.
20
Demak, bizning bugungi mavzuimizning nomi: «To’g’ri to’rtburchak va
kvadratning perimetri».
4-slayd
Husnixat daqiqasi
Hozir biz «Geo»ga chiroyli yozish uchun mehnatsevar qoo’lchalar sovg'a
qilamiz. Buning uchuri daftarlarimizga 2 va 1 raqamini yozib chiqamiz.
5-slayd
Yangi mavzu bayoni:
2-Bekat.
Endi ―Geo‖ga yurish
uchun
oyoqchalar
kerak bo’ladi.
Matematik diktant.
Har
bir
guruh
ishtirokchisi 4 va 5
xonali son aytadi.
2 1
21
O’qituvchi: Kvadrat - bu nima? To’g’ri to’rtburchak-chi? Demak, barcha
tomonlari teng to’g’ri to’rtburchak kvadrat deyiladi. Kvadratning perimetri
P=a+a+a+a=4*a
6- slayd
7- slayd
Bo’sh kataklarni to’ldiring. Ushbu jadval har bir guruhga bittadan
tarqatiladi.
A
1
2
3
4
5
6
7
8
9
B
9
8
7
6
5
4
3
2
1
A+B
22
A*B
8- slayd
Dam olish daqiqasi:
Gulla, yashna mustaqil O’zbekiston! (musiqiy).
Muammoli vaziyat – 1
―Bor ekanda yo’q ekan. To’rtburchak va Uchburchak bo’lgan ekan.
Uchburchak bo’lgan ekan. Uchburchak to’rtburchakka doim xasad bilan qarar
ekan. Bir kuni kechqurun To’rtburchak uxlab yotganda Uchburchak qaychi bilan
to’rtburchakning bir uchini qirqib tashlabdi. Tongda turishganida qanday g’aroyib
hodisa yuz berdi?‖
9- slayd
A+B=10 sm 8 mm
P=? sm
Yechish:
1. 10 sm 8 mm *2=20 sm 16 mm = 21 sm 6 mm
Javobi: 21 sm 6 mm
10- slayd
Muammoli vaziyat – 2
―Kvadrat bu – barcha tomonlari teng bo’lgan to’rtburchak‖. Ushbu jumla
to’g’rimi?
Mustaqil ish
Kvadratning perimetrini toppish uchun biz uning bir tomoniin 4 ga
ko’paytirar edik. Demak, kvadratning tomonini topish uchun perimetrni 4 ga
bo’lish kerak.
11- slayd
Qiziqarli test
1. Eng kichik uzunlik o’lchovi, bu - …
23
A) mm;
B) dm;
C) sm
D) m
2. Eng katta uzunlik o’lchovi, bu - …
A) sm;
B) dm;
C) m;
D) km.
3. P=4*a bu ... perimetri.
A) kvadrat;
B) to’g’ri to’rtburchak.
4. 60 va 80 sonlarining yig’indisini toping.
A) 800;
B) 140;
C) 4800;
D) 360;
5. 50 va 60 sonlarining ko’pytmasini toping.
A) 300;
B) 3000;
C) 60;
D) 10000.
12 – slayd.
Darsni yakunlash.
‖Ortiqcha‖ shaklni toping (metaplon bilan ishlash);
24
— Nimaga tanlangan shakl «ortiqcha»?
— Nima bilardingiz, nima bildingiz, nima bilmoqchi edingiz?
13-slayd
Baholash
Yig’ilgan jetonlarga qarab o’quvchilar reyting asosida baholanadilar.
Uyga vazifa:
- Keyingi sayohatga chiqish uchun uyda tayyorgariik ko’rib kelasizlar,
buning uchun 87-betdagi 17- va 18- mashqlarni bajarasizlar.
II bob xulosasi
Kompyuterning o’qituvchilik vazifasini bajarishi quyidagi jarayonlarda
namoyon bo’ladi:
o’quv axborotining manbai (o’qituvchini yoki darslikni qisman, ba’zan
to’la o’rnini bosuvchi sifatida);
ko’rsatmali qo’llanmalar (multimedia-telekommunikatsiya imkoniyati
bo’lgan yangi sifat darajasida);
individual axborot fazosining yaratilganligi;
mashq qildirgich;
o’quvchi bilimi, ko’nikma va malakasi tashxisi va nazorati muhiti.
Ishchi qurol sifatida kompyuter quyidagi vazifalarni bajaradi:
matnlarni tayyorlash va saqlash muhiti;
matnlar muharriri;
grafiklar quruvchi va ularning muharriri;
keng imkoniyatli hisoblash mashinasi (olingan natijalarni turli ko’rinishda
ifoda etuvchi);
25
modellashtirish vositasi.
Kompyuterning ta’lim ob’ekti sifatidagi vositachilik vazifasi:
dasturlashtirish (vazifali jarayonlar bo’yicha kompyuter yordamida
o’qitish);
dasturiy mahsulotlarni yaratish;
turli axborot muhitidan foydalanish.
2.2. –faslda 4-sinflar uchun qiziqarli geometriyani o’rgatish maqsadida «To’g
’
ri
to’rtburchak va kvadratning perimetri»mavzusini o’tkazish bo’yicha multimediyali
dars ishlanmasi keltirildi.
O’quvchilarga geometriya va geometrik shakllar haqida tushuncha berish,
to’rtburchak va kvadratning perimetrini topishni o’rgatish, og'zaki matematik hisob
ko’nikmasini va o'z fikrini mustaqil bayon etishni rivojlantirish, yo'1 harakati
qoidalarini yana ham mustahkamlash, Vatanga bo’lgan muhabbatni va o’zaro
do’stona munosabatlarni tarbiyalash darsning maqsadlari belgilab olinib,ushbu
maqsadlarga erishildi.
26
III BOB. Boshlang’ich sinf matematika darslarida tashkil etilgan tajriba-sinov
ishlari
3.1. Tajriba sinov ishlari
Men Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 26-maktabda pedagogik
amaliyotni o’tadim. Pedagogik amaliyot davrida boshlang’ich sinf o’quvchilariga
mavzularni o’qitishda kompyuter texnologiyalardan foydalanib darslar o’tdim.
Boshlang’ich sinf matematika darslarini o’tishda noan’anaviy usullardan
foydalandim. Bitiruv malakaviy ishimda o’tkazilgan darslardan namunalar
keltiraman.
Mavzu: «Qavslar».
Maqsad:
-qavsli misollarni yechishni o’rgatish,
-hisoblash malakalarini va og’zaki nutqni rivojlantirish;
-bilish faoliyatini tarbiyalash;
-qavsli ifodalarni o’rgatish;
- qavsli ifodalarni hisoblashni o’rgatish;
- 20 ichida sonlarni qo’shish va ayirish amallarini bajarish malakalarini
shakllantirish.
Ko’rgazmali texnik vosita: «Matematika» darsligi, «Qavslar»mavzusini taqdimoti
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism.(slayd 1)
2. Uy vazifasini tekshirish.(slayd 2)
27
3. Og’zaki hisob.(slayd 3)
4.Mavzuga kirish.(slayd 7)
10-4+3=9
10-4+3=3
-Bolalar qarang Botir va Dildora misolni to’g’ri yechishdimi
-Bu misollar nimasi bilan o’xshaydi? (Misolning chap tomonlari o’xshash)
-Ular nima bilan farqlanadi? (javoblari bilan)
-Bu misollarni yechishda kim xato qildi?
-Dildorani xatosi qaerda?
-Bolalar, amallarni tartibini bilish kerak.
-Nima uchun amallar tartibini bilish kerak?(to’g’ri natijani topish uchun)
-Siz nima deb o’ylaysiz, faqat bu misolni yechishda amallar tartibini bilish
kerakmi?
-Barakalla bolalar!
-Dildora birinchi 4 va 3 sonlarini qo’shganda misolni yechimi to’g’ri bo’lar edi.
Bu amalni qanday qilib birinchi bajarish kerakligini ko’rsatish mumkin?
O’quvchilarni javoblari eshitiladi.
-Sonlarni o’rnilarini almashtira olmaymiz, shuning uchun matematikada yangi
belgi paydo bo’lgan.
5.Yangi mavzuni bayoni.
-Qadimda odamlarga shunga o’xshash misollarni yechishda birinchi amal
qo’shishni bajarishda oval bilan belgilashgan.(slayd 8). Vaqt o’tishi bilan
matematika rivojlanib oval ko’p joyni egallagani uchun chizish noqulay bo’lgan,
ovalning yuqori chiziqlari olib tashlangan,faqat yon chiziqlari qolgan va ularni
qavslar deyilgan.(slayd 9)
6. Qoidalarni o’rganamiz.(slayd 10)
28
7.Darslik bilan ishlaymiz 119 betdagi 2 misolni yechiladi.(slayd 12)
Misollarni yechamiz.
9+(7+3)
(6+4)-5
8.Dam olish daqiqasi.
9.Doskada misollarni yechamiz.(slayd 13)
(18-8)+2 (13-3)+10 30+(10-2)
19+(10-9) 10-(4+4) (8-2)+40
10.Didaktik o’yin.
-O’quvchilar +; -; =; ( ; ); 2; 5; 6; 7; 9; 10; 50; 57 belgi va sonlar yozilgan
kartochkalar bilan chiqishadi.
-Misolni tuzishadi
a) 7 soniga 9 va 6 sonlarning ayirmasi qo’shiladi.
b) 50 soniga 5 va 2 sonlarining yig’indisi qo’shiladi.
11. Dars yakuni.
-Nima yangi tushunchani bildingiz?
-Nima qiyin bo’ldi?
12.Uyga vazifani tushuntiriladi.
III bob xulosasi
Ushbu bobda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 26-maktabda
pedagogik amaliyot davrida boshlang’ich sinf o’quvchilariga mavzularni
o’qitishda ko’pgina ko’rgazmali qurollardan foydalanilgan darslardan namunalar
keltirilgan.
«Qavslar» mavzusini o’qitishda qavsli misollarni yechishni o’rgatish,hisoblash
malakalarini va og’zaki nutqni rivojlantirish,bilish faoliyatini tarbiyalash,qavsli
ifodalarni o’rgatish,qavsli ifodalarni hisoblashni o’rgatish, 20 ichida sonlarni
qo’shish va ayirish amallarini bajarish malakalarini shakllantirish maqsad qilib
29
olib,ko’rgazmali texnik vositalar «Matematika» darsligi, «Qavslar»mavzusini
taqdimoti slaydlar bilan o’tkazilgan dars ishlanmasi keltirilgan.
30
UMUMIY XULOSA
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi kompyuter texnologiyasi (kompyuter
savodxonligi) mazmunining quyidagi tuzilmalari to’g’risida ma’lumotga ega
bo’lishi kerak lozim deb hisoblaymiz:
informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilishi;
kompyuter texnikasining funktsional imkoniyatlarini bilishi;
zamonaviy operatsion tizimlarni bilish va ularning asosiy buyruqlarini
o’zlashtirishi;
zamonaviy dasturiy vositalar va operatsion tizimlarni (Norton Commander,
Windows, ularning versiyalarini) bilish va ularning vazifalarini
o’zlashtirishi;
kamida bitta matn muharriri bilan tanish bo’lishi;
algoritmlar, tillar va dasturlashtirish haqida dastlabki tushunchalarga ega
bo’lishi;
amaliy dasturlardan foydalanish to’g’risida dastlabki tajribaga ega bo’lishi.
Kompyuter texnologiyalari asosida o’qituvchi o’zining kasbiy mahoratini
oshirish uchun mustaqil faoliyatida quyidagi vazifalarni bajarishi lozim ekan:
1. O’quv jarayonini bir butun guruh va bir butun fan (o’quv jarayonining
grafigi, tashqi tashxis, joriy, oraliq va yakuniy nazorat va boshqalar) sifatida
tashkil etish.
2. O’quv jarayonida guruhni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish joylarini
taqsimlash, ko’rsatmalar, guruh ichida boshqarish va boshqalar.
3. O’quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko’rsatish, har bir
o’quvchi bilan individual muloqot olib borish. Kompyuter yordamida eshitish va
ko’rish imkoniyatlari, individual o’qitishning eng samarali shakllariga erishiladi.
4. Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o’quv va
namoyish qurilmalarining har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o’quv-
metodik ko’rsatma, qo’llanmalar va boshqalar) ma’lum o’quv kursining mazmuni
31
bilan aniqlangan bog’liqlik asosida tayyorlanadi.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida masala yechishga o’rgatishda axborot
texnologiyalaridan ya’ni kompyuter vositasidan foydalanish metodikasini
keltirdik.
Ikkinchi bobda boshlang’ich sinf matematika darslarida axborot
texnologiyalardan
foydalanish,
ya’ni
masalalarni
yechishda
axborot
texnologiyalardan foydalanish metodikasi, 4-sinflar uchun qiziqarli geometriya
mavzusini o’tkazish bo’yicha multimediyali dars ishlanmasi keltirildi.
Kompyuter va Internet yordamida keng auditoriya bilan bog’lanish va uning
natijasi sifatida o’zaro muloqotlashuvchi jamoa muhiti yaratiladi.
Ta’limni intensivlashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o’quv
jarayonining samaradorligini oshirishadi, bunda:
talabalar, o’qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik
adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar;
uzoq hududlarda joylashgan yetakchi ta’lim muassasalarining ilmiy
laboratoriyalari bilan tanishadilar;
turli mavzularda videokonferentsiyalar tashkil qilish amalga oshiriladi;
o’qituvchilarning o’zaro seminar va treninglari o’tkaziladi;
masofaviy ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o’xshash juda ko’p
imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
Axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga tatbiq etish o’quv jarayonida
zamonaviy o’qitish metodlarini qo’llashga keng imkoniyatlar ochadi.
Uchinchi bobda pedagogik amaliyot davrida boshlang’ich sinf o’quvchilariga
mavzularni o’qitishda kompyuter texnologiyalardan foydalanilgan darsdan
namuna keltirilgan.
32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Karimov I.A. ―Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik
jamiyati barpo etish-ustivor maqsadimiz‖. O’zbekiston Respublikasi Oliy
majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvar kuni
bo’lib o’tgan qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. Adolat gazetasi –
Toshkent.: 2010 yil, 29 yanvar. №4 (761) 1-3 bet
2. ―Barkamol avlod yili‖ davlat dasturi. O’zbekiston Respublikasi
prezidentining Qarori. Adolat gazetasi – Toshkent.: 2010 yil , 29 yanvar.
№4 (761), 1-2 bet
3. Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch – Toshkent.: 2008.
4. Karimov I.A. ―Yuksak malakali mutaxasislar - taraqiyot omili ‖-
Toshkent.: O’zbekiston, 1995-24 bet
5. Karimov I. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.:
―Sharq‖ nashriyot - matbaa konserni. 1997.
6. Karimov I.A ―O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖- Toshkent.:
O’zbekiston, 2011, 440 bet.
7. O’zbekiston Respublikasining ―Ta’lim to’g’risidagi qonun‖ // Barkamol
avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997,
20-29 bet.
8. O’zbekiston Respublikasining ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to’g’risida‖ gi qonun // Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining
poydevori.- Toshkent.: Sharq, 1997, 31-61 bet.
9. Abdullayeva B.S va b Oliy matematika asoslari - Toshkent. ―Iqtisod-
moliya‖, 2011, 392- b.
10. Abdullayeva B.S va b Boshlang’ich sinf o’quvcnilariga geometrik
materiallarni o’rgatish metodikasi -Toshkent:OOO ―Jahon print‖,
2011,90 b.
11. Abdullayeva B.S va b Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan
tashqari ishlarni tashkil etish-Toshkent.: OOO ―Jahon print‖,2011,146- b.
33
12. Azizxodjayeva N.H ―Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat‖-
Toshkent.: TDPU, 2003, 174 bet.
13. Axmedov M va boshqalar Matematika 1, Toshkent.: O’zinkomsentr,
2003, 160-bet.
14. Axmedov M va boshqalar 1-sinfda matematika darslari – Toshkent.:
O’zinkomsentr, 2003, 96-bet.
15. Ahmedov M., Ibragimov P., Abdurahmonova N., Jumayev M. E.
―Birinchi sinf matematika darsligi.‖ – T.: ‖Sharq‖, 160-bet.
16. A’zamov A. ‖Yosh matematika qomusiy lug’at‖- Toshkent.: Qomuslar
bosh tahririyati, 1991, 478 bet.
17. Bikbayeva N.U va boshqalar ‖Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish
metodikasi ‖- Toshkent.: O’qituvchi, 2007, 208 bet.
18. Bikbayeva N.U va boshqalar Matematika 2 – Toshkent.: O’qituvchi,
2010, 208 bet.
19. Bikbayeva N.U va boshqalar Matematika 3 – Toshkent.: O’qituvchi,
2010, 206 bet.
20. Bikbayeva N.U, Yangabayeva E, K.Girfanova ‖Kichik yoshdagi maktab
o’quvchilarini boshlang’ich matematik ta’limning Davlat ta’lim
standartlari asosida o’qitish‖ Toshkent.: – 2008, ‖Turon - Iqbol‖, 8 bet.
21. Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o’qitish metodikasi (kasb-
hunar kollejlari o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma) – T.: ‖Ilm-Ziyo‖,
2003, 240b
22. Jumayev M.E., „Matematika o’qitish metodikasidan praktikum―-
Toshkent.: O’qituvchi, 2004, 328 bet.
23. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z „Boshlang’ich sinflarda matematika
o’qitish metodikasi― Toshkent.: Fan va texnologiya, 2005, 312 bet.
24. Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish
nazariyasi.-T.: ‖Ilm-Ziyo‖, 2005, 240-bet
25. Jumayev M.E. va boshqalar 1-sinf daftari- Toshkent.: Sharq, 2006, 64
bet.
34
26. Jumayev M. „Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan
labaratoriya mashg’ulotlari ― Toshkent.: Yangi asr avlodi, 2006, 256- bet.
27. Jumayev M.E. ‖O’quchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo’lajak
boshlang’ich sinf o’qituvchilarining metodik – matematik tayyorgarligi‖
– Toshkent.: Fan, 2009, - 240 b.
28. Tadjiyeva Z.G’. Boshlang’ich sinf matematika darslarida tarixiy
materiallardan foydalanish.-T.: ‖Uzkomsentr‖, 2003, 24- bet.
29. Tadjiyeva Z.G’. va boshqalar „Boshlang’ich sinf matematika, ta’lim
samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish―-Toshkent.:
Jahon Print, 2007, 100 bet.
30. Stoylova L. va boshqalar „Boshlang’ich matematika kursi asoslari― –
Toshkent.: O’qituvchi, 1991, 336 bet.
31. Mardonova G’.I. „Matematikadan test topshiriqlari 1-sinf‖- Toshkent.:
O’qituvchi, 2007, 48 bet.
32. Mardonova G’.I. „Matematikadan test topshiriqlari 2-sinf‖- Toshkent.:
O’qituvchi, 2007, 60 bet.
33. Mardonova G’.I. „Matematikadan test topshiriqlari 3-sinf‖- Toshkent.:
O’qituvchi, 2007, 64 bet.
34. Mardonova G’.I. „Matematikadan test topshiriqlari 4-sinf‖ -Toshkent.:
O’qituvchi, 2007, 56 bet.
35. Qo’chqorov va boshqalar Matematika 4. – Toshkent.: Yangi yo’l poligraf
servis, 2007, 208 bet.
36. Xoliqov A ‖Pedagogik mahorat‖ – Toshkent.: Iqtisod – moliya, 2010 –
yil, 350 b.
37. Tolipov O’ ‖Pedagogik texnologiya‖ –Toshkent.: Fan, 2005, 205 bet.
38. Yo’ldoshev
J.G’. Yangi pedagogik texnologiya yo’nalishlari,
muammolari//Xalq ta’limi, 1999. N 4. –B. 4-11.
Do'stlaringiz bilan baham: |