O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi andijon nuhandislik-iqtisodiyot instituti “Muhandislik”



Download 190,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.07.2021
Hajmi190,01 Kb.
#109941
  1   2   3   4   5
Bog'liq
buyuk mutafakkir ozbek fizik olimlari.



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAHSUS TA`LIM 

VAZIRLIGI 

 

ANDIJON NUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI 

 

“Muhandislik” fakulteti 

TTDIT yo`nalishi 1-kurs 2-guruh talabasi  

Halilova Munojatning 

“FIZIKA” fanidan 

 

 

 

 

Tekshirdi: Katta o`qituvchi Umarova G. 

 

 

Andijon-2011 


 

 

 

 

Mavzu:

 Buyuk mutafakkir o`zbek fizik olimlari. 

 

REJA: 

1.

 

Buyuk o`zbek olimi Al-Farg`oniyning fizikaga qo`shgan ulkan 

hissasi. 

 

2.

 

Abu Rayhon Beruniy kashfiyotlari. 

 

3.

 

Mirzo Ulug`bek astronom olim. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Abul Abbos ibn Muhammad ibn Kasir Farg`oniy 

 

 



 

 

Abul  Abbos  ibn  Muhammad  ibn  Kasir  Farg`oniy  (861  yil  Bag`dodda  vafot 



etgan)  —  buyuk  astronom,  matematik  va  geograf.  O`rta  asr  Yevropa  ilmiy 

adabiyotida  uni  Alfraganus  deb  ataganlar.  Farg`oniy  arab  xalifaligining  Bag`dod 

va Damashq shaharlarida IX asrda yashagan. O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy, siyosiy 

va  madaniy  hayoti  tarixida  IX  asrdan  XIII  asr  boshlarigacha,  ya’ni  mo‘g‘ullar 

bosqiniga qadar o‘tgan vaqt Uyg‘onish davri bo‘ldi. Uning asosiy belgilari ilm-fan 

va  madaniyatning  barcha  jabhalarida  qilingan  buyuk  kashfiyotlarda  o‘z  aksini 

topdi.  Bunday  yuksak  taraqqiyotni  yuzaga  keltirgan  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatni 

o‘rganish,  tub  ildizlarini  aniqlash  bugungi  kunda  yanada  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi.  

Ma’lumki,  shu  davrda  qurilish,  obodonlashtirish  ishlarini  keng  miqyosda 

amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yirik davlatlar — Qoraxoniylar (XI-XII 

asrlar) va Xorazmshohlar (XII-XIII asr boshi) vujudga keldi. Shu bilan birga, ilm-

fan,  madaniyat  gullab-yashnadi.  Bunda  shu  davrda  yashagan  buyuk  allomalar  — 

Muhammad  Xorazmiy  (783-850  yillar),  Ahmad  al-Farg‘oniy  (797-861),  Ahmad 

ibn Muhammad Saraxsiy (IX asr), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Nosir Xisrav 

(XI  asrning  birinchi  yarmi),  Mahmud  Koshg‘ariy  (XI  asrning  ikkinchi  yarmi), 

Abulqosim  Zamaxshariy  (1074-1144),  Muhammad  Najib  Bakron  (XII  asrning 

ikkinchi yarmi — XIII asr boshi) kabi o‘nlab olimu fuzalolarning hissasi nihoyatda 

kattadir. Ular orasida Ahmad al-Farg‘oniy alohida o‘rin tutadi.  

Darhaqiqat,  insoniyatni  o‘n  ikki  asr  davomida  hayratga  solib  kelayotgan 

bebaho  me’moriy  yodgorlik  —  «Nilometr»  Farg‘oniy  yaratgan  eng  olamshumul 

asbobdir.  Mazkur  inshoot  qanday  yaratilgani  Ahmad  al-Farg‘oniy  merosini 

o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning deyarli barchasida quyidagi tarzda qayd 

etiladi:  «Farg‘oniy  Bog‘dod  xalifasi  al-Mutavakkilning  buyrug‘i  bilan  Nil 

daryosida  suv  sathini  o‘lchaydigan  inshootni  qurish  va  ishga  tushirish  uchun  861 

yilda Fustot (Qohira) shahriga borgan».  

U  Nil  daryosidagi  Ravzo  orolida  mukammal  suv  o‘lchash  qurilmasi  barpo 

etgan.  Alloma  shu  qadar  chuqur  egallagan  suv  ilmi  manbaini,  uning  ildizlarini, 

albatta,  u  tug‘ilib  voyaga  yetgan  yurt  –  Movarounnahrdan  izlash  lozim.  Bu 

maqsadni  amalga  oshirish  uchun  esa  o‘lkamizda  qadimdan  suvga  bo‘lgan 

munosabat, suv ilmi, uning rivojlanish bosqichlari tarixiga nazar tashlash o‘rinli.  



Nil  daryosida  bunyod  etilgan  suv  o‘lchash  qurilmasi  —  «Nilometr»  turli 

manbalarda turlicha nomlanadi. Masalan, Sharq olimlari asarlarida u «Miqyos an-

Nil», «Miqyosi jadid» deb atalsa, G‘arb olimlarining shu sohaga oid tadqiqotlarida 

«Nilometr»  deb  atalgan.  Fikrimizcha,  «Miqyos  an-Nil»  yoki  «Nilometr»  deb 

atalishi  to‘g‘ri.  Chunki  qurilma  Nil  daryosi  suvining  sathini  o‘lchash  maqsadida 

yaratilgan,  ya’ni  bu  nom  uning  vazifasiga  juda  mosdir.  «Miqyosi  jadid»  esa 

qurilmadan  amaliy  maqsadlarda  foydalanishda  qulaylik  yaratish  uchun  imkon 

beradigan maxsus jadvallar, ko‘rsatmalar majmui bo‘lsa kerak.  

Hozirgi  kunda  «Nilometr»  qurilgan  vaqt  va  u  kim  tomonidan  bunyod 

etilgani  haqida  turlicha  fikrlar  mavjud.  Jumladan,  bir  guruh  tadqiqotchilar 

«Nilometr»  861  yilda  Ahmad  al-Farg‘oniy  boshchiligida  qurilganligini  qayd 

etadilar.  Angliyalik  gidrolog  olim  G.Xerstning  1952  yili  Londonda  chop  etilgan 

«Nil»  nomli  monografiyasida  chalkash  fikrlarni  uchratamiz.  Uzoq  yillar  Misrda 

yashab,  Nil  daryosini  o‘rganish  bo‘yicha  tadqiqot  olib  borgan  olim  o‘zining 

mazkur  ishida  «Nilometr»  to‘g‘risida  alohida  to‘xtalib,  inshootning  711  yilda 

qurilgani  haqida  yozadi.  Lekin  ushbu  fikrni  bayon  qilishda  qanday  manbaga 

asoslangani to‘g‘risida axborot bermaydi. 

 

Suv sathini Ahmad al-Farg‘oniy taklif etgan 



santimetr  aniqlikda  o‘lchash  usuli  hozirgi 

kunda  ham  dunyo  miqyosida  qo‘llaniladi. 

Jahon  Meteorologiya  Tashkiloti  (JMT)ga 

a’zo  bo‘lgan  barcha  davlatlarda  suv 

havzalari  (daryolar,  ko‘llar,  suv  omborlari, 

hatto  dengizlar  va  okeanlar)ning  sathi  ham 

shu  aniqlikda  o‘lchanadi.  Jahon  suv 

o‘lchash  amaliyotida  shu  maqsadda,  ya’ni 

turli  suv  havzalaridagi  suv  sathlarini 

o‘lchashda 

foydalanilayotgan 

turli 


ko‘rinishdagi 

maxsus 


o‘lchov 

taxtachalarining  barchasi  «Nilometr»dagi  kabi  santimetr  aniqlikda  darajot-

bo‘laklarga bo‘lingan. 

Yuqorida  «Nilometr»ga  umumiy  tavsif  berilganda  uning  asosiy  qismi 

bo‘lgan quduq Nil daryosi bilan yer osti suv yo‘llari orqali tutashtirilganligi qayd 

etilgan edi. Ana shu suv yo‘llarining soni manbalarda turlicha ko‘rsatilgan. 

Yer osti suv yo‘llari soni nechta bo‘lishidan qat’i nazar, Ahmad al-Farg‘oniy 

«Nilometr»  tizimida  ulardan  foydalanish  natijasida  suv  sathini  aniq  o‘lchash 

imkoniyatiga ega bo‘lgan va muhim muammolarni hal etgan. 

Ulardan  birinchisi  va  eng  muhimi,  inshootni  daryo  o‘zanidan  ma’lum 

masofada  qurishdir.  Nil  daryosida  ham  o‘zan  jarayonlari  jadal  kechadi.  Bu  holat 



qirg‘oq  chizig‘ining  o‘zgaruvchanligida,  qayiqlar  suzib  yurishi  mumkin  bo‘lgan 

chuqurliklarning  o‘zgarib  turishida,  mavjud  suv  omborlarining  loyqa  oqiziqlar 

bilan to‘lib borishida kuzatiladi. 

Ma’lumki, qadimdan Nil daryosi o‘z suvining loyqaligi bilan ajralib turgan. 

To‘g‘ri,  hozirgi  kunda  uni  «Zangori  Nil»  deb  atashadi.  Bunga  sabab  Nil  daryosi 

havzasida  oxirgi  100  yilda  10  dan  ortiq  yirik  to‘g‘onlar  qurildi.  Daryodagi  loyqa 

oqiziqlarning asosiy qismi ana shu suv omborlarida cho‘kib qolib, daryoning quyi 

oqimida  nisbatan  tiniq  suv  oqadi.  Baland  Asvon  to‘g‘oni  qurilgunga  qadar  esa 

uning  har  bir  kub  metr  suvida  o‘rtacha  1,5  kg.  loyqa  oqiziqlar  bo‘lgan.  Alloma 

inshootni loyihalash va qurishda masalaning shu tomonlarini ham e’tiborga olgan. 

Agar  shu  holatlar  hisobga  olinmaganda  edi,  inshootda  daryo  suvidagi  loyqa 

oqiziqlarning  cho‘kib  qolishi  tabiiy  holga  aylanardi.  Lekin,  «Nilometr»dan  ming 

yillar davomida foydalanish davrida bunday hodisalar umuman qayd etilmagan va 

shu tufayli inshoot yordamida uzluksiz kuzatishlar olib borilgan. 

Bundan  qariyb  1150  yil  muqaddam  qurilgan  inshootning  suv  o‘lchash 

aniqligi hozirgi kunda nafaqat u haqida xabardor bo‘lgan kishilarni, hatto shu soha 

mutaxassislarini  ham  lol  qoldirmoqda.  Masalan,  angliyalik  gidrolog  olim 

A.K.Bisvas «Nilometr»ning suv sathini o‘lchash aniqligiga tan berib, «bu qurilma 

Nil daryosi suvi sathini o‘ta aniq o‘lchagan» deb yozadi. 

O‘rni  kelganda  shuni  ham  ta’kidlash  lozimki,  suv  sathini  aniq  o‘lchashda 

alloma  taklif  etgan  yer  osti  suv  yo‘llaridan  foydalanish  usuli  ham  hozirgi  kunda 

jahon  suv  o‘lchash  amaliyotida  keng  qo‘llanilmoqda.  Masalan,  daryolar,  ko‘llar, 

suv omborlari, kanallarda suv sathini o‘zi o‘lchab, yozib boradigan «Valday» yoki 

okean  va  dengizlar  suv  sathlarini  o‘lchashga  mo‘ljallangan  «Rordansa»  tipidagi 

qurilmalar,  «Nilometr»dan  andoza  olib  qurilgan.  Shu  bois  ham  xuddi  «Nilometr» 

usulida ishlaydi. 

Ahmad  al-Farg‘oniy  ilmiy  va  amaliy  faoliyatining  bir  tomchisi  bo‘lmish 

«Nilometr»  shoirlarga  ham  ilhom  bag‘ishlagan.  Masalan,  buyuk  V.Shekspir 

o‘zining  «Antoniy  va  Kleopatra»  asarida  uni  quyidagi  mazmunda  madh  etadi: 


Download 190,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish