O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAHSUS TA`LIM
VAZIRLIGI
ANDIJON NUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
“Muhandislik” fakulteti
TTDIT yo`nalishi 1-kurs 2-guruh talabasi
Halilova Munojatning
“FIZIKA” fanidan
Tekshirdi: Katta o`qituvchi Umarova G.
Andijon-2011
Mavzu:
Buyuk mutafakkir o`zbek fizik olimlari.
REJA:
1.
Buyuk o`zbek olimi Al-Farg`oniyning fizikaga qo`shgan ulkan
hissasi.
2.
Abu Rayhon Beruniy kashfiyotlari.
3.
Mirzo Ulug`bek astronom olim.
Abul Abbos ibn Muhammad ibn Kasir Farg`oniy
Abul Abbos ibn Muhammad ibn Kasir Farg`oniy (861 yil Bag`dodda vafot
etgan) — buyuk astronom, matematik va geograf. O`rta asr Yevropa ilmiy
adabiyotida uni Alfraganus deb ataganlar. Farg`oniy arab xalifaligining Bag`dod
va Damashq shaharlarida IX asrda yashagan. O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy, siyosiy
va madaniy hayoti tarixida IX asrdan XIII asr boshlarigacha, ya’ni mo‘g‘ullar
bosqiniga qadar o‘tgan vaqt Uyg‘onish davri bo‘ldi. Uning asosiy belgilari ilm-fan
va madaniyatning barcha jabhalarida qilingan buyuk kashfiyotlarda o‘z aksini
topdi. Bunday yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni
o‘rganish, tub ildizlarini aniqlash bugungi kunda yanada muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ma’lumki, shu davrda qurilish, obodonlashtirish ishlarini keng miqyosda
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yirik davlatlar — Qoraxoniylar (XI-XII
asrlar) va Xorazmshohlar (XII-XIII asr boshi) vujudga keldi. Shu bilan birga, ilm-
fan, madaniyat gullab-yashnadi. Bunda shu davrda yashagan buyuk allomalar —
Muhammad Xorazmiy (783-850 yillar), Ahmad al-Farg‘oniy (797-861), Ahmad
ibn Muhammad Saraxsiy (IX asr), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Nosir Xisrav
(XI asrning birinchi yarmi), Mahmud Koshg‘ariy (XI asrning ikkinchi yarmi),
Abulqosim Zamaxshariy (1074-1144), Muhammad Najib Bakron (XII asrning
ikkinchi yarmi — XIII asr boshi) kabi o‘nlab olimu fuzalolarning hissasi nihoyatda
kattadir. Ular orasida Ahmad al-Farg‘oniy alohida o‘rin tutadi.
Darhaqiqat, insoniyatni o‘n ikki asr davomida hayratga solib kelayotgan
bebaho me’moriy yodgorlik — «Nilometr» Farg‘oniy yaratgan eng olamshumul
asbobdir. Mazkur inshoot qanday yaratilgani Ahmad al-Farg‘oniy merosini
o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning deyarli barchasida quyidagi tarzda qayd
etiladi: «Farg‘oniy Bog‘dod xalifasi al-Mutavakkilning buyrug‘i bilan Nil
daryosida suv sathini o‘lchaydigan inshootni qurish va ishga tushirish uchun 861
yilda Fustot (Qohira) shahriga borgan».
U Nil daryosidagi Ravzo orolida mukammal suv o‘lchash qurilmasi barpo
etgan. Alloma shu qadar chuqur egallagan suv ilmi manbaini, uning ildizlarini,
albatta, u tug‘ilib voyaga yetgan yurt – Movarounnahrdan izlash lozim. Bu
maqsadni amalga oshirish uchun esa o‘lkamizda qadimdan suvga bo‘lgan
munosabat, suv ilmi, uning rivojlanish bosqichlari tarixiga nazar tashlash o‘rinli.
Nil daryosida bunyod etilgan suv o‘lchash qurilmasi — «Nilometr» turli
manbalarda turlicha nomlanadi. Masalan, Sharq olimlari asarlarida u «Miqyos an-
Nil», «Miqyosi jadid» deb atalsa, G‘arb olimlarining shu sohaga oid tadqiqotlarida
«Nilometr» deb atalgan. Fikrimizcha, «Miqyos an-Nil» yoki «Nilometr» deb
atalishi to‘g‘ri. Chunki qurilma Nil daryosi suvining sathini o‘lchash maqsadida
yaratilgan, ya’ni bu nom uning vazifasiga juda mosdir. «Miqyosi jadid» esa
qurilmadan amaliy maqsadlarda foydalanishda qulaylik yaratish uchun imkon
beradigan maxsus jadvallar, ko‘rsatmalar majmui bo‘lsa kerak.
Hozirgi kunda «Nilometr» qurilgan vaqt va u kim tomonidan bunyod
etilgani haqida turlicha fikrlar mavjud. Jumladan, bir guruh tadqiqotchilar
«Nilometr» 861 yilda Ahmad al-Farg‘oniy boshchiligida qurilganligini qayd
etadilar. Angliyalik gidrolog olim G.Xerstning 1952 yili Londonda chop etilgan
«Nil» nomli monografiyasida chalkash fikrlarni uchratamiz. Uzoq yillar Misrda
yashab, Nil daryosini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib borgan olim o‘zining
mazkur ishida «Nilometr» to‘g‘risida alohida to‘xtalib, inshootning 711 yilda
qurilgani haqida yozadi. Lekin ushbu fikrni bayon qilishda qanday manbaga
asoslangani to‘g‘risida axborot bermaydi.
Suv sathini Ahmad al-Farg‘oniy taklif etgan
santimetr aniqlikda o‘lchash usuli hozirgi
kunda ham dunyo miqyosida qo‘llaniladi.
Jahon Meteorologiya Tashkiloti (JMT)ga
a’zo bo‘lgan barcha davlatlarda suv
havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari,
hatto dengizlar va okeanlar)ning sathi ham
shu aniqlikda o‘lchanadi. Jahon suv
o‘lchash amaliyotida shu maqsadda, ya’ni
turli suv havzalaridagi suv sathlarini
o‘lchashda
foydalanilayotgan
turli
ko‘rinishdagi
maxsus
o‘lchov
taxtachalarining barchasi «Nilometr»dagi kabi santimetr aniqlikda darajot-
bo‘laklarga bo‘lingan.
Yuqorida «Nilometr»ga umumiy tavsif berilganda uning asosiy qismi
bo‘lgan quduq Nil daryosi bilan yer osti suv yo‘llari orqali tutashtirilganligi qayd
etilgan edi. Ana shu suv yo‘llarining soni manbalarda turlicha ko‘rsatilgan.
Yer osti suv yo‘llari soni nechta bo‘lishidan qat’i nazar, Ahmad al-Farg‘oniy
«Nilometr» tizimida ulardan foydalanish natijasida suv sathini aniq o‘lchash
imkoniyatiga ega bo‘lgan va muhim muammolarni hal etgan.
Ulardan birinchisi va eng muhimi, inshootni daryo o‘zanidan ma’lum
masofada qurishdir. Nil daryosida ham o‘zan jarayonlari jadal kechadi. Bu holat
qirg‘oq chizig‘ining o‘zgaruvchanligida, qayiqlar suzib yurishi mumkin bo‘lgan
chuqurliklarning o‘zgarib turishida, mavjud suv omborlarining loyqa oqiziqlar
bilan to‘lib borishida kuzatiladi.
Ma’lumki, qadimdan Nil daryosi o‘z suvining loyqaligi bilan ajralib turgan.
To‘g‘ri, hozirgi kunda uni «Zangori Nil» deb atashadi. Bunga sabab Nil daryosi
havzasida oxirgi 100 yilda 10 dan ortiq yirik to‘g‘onlar qurildi. Daryodagi loyqa
oqiziqlarning asosiy qismi ana shu suv omborlarida cho‘kib qolib, daryoning quyi
oqimida nisbatan tiniq suv oqadi. Baland Asvon to‘g‘oni qurilgunga qadar esa
uning har bir kub metr suvida o‘rtacha 1,5 kg. loyqa oqiziqlar bo‘lgan. Alloma
inshootni loyihalash va qurishda masalaning shu tomonlarini ham e’tiborga olgan.
Agar shu holatlar hisobga olinmaganda edi, inshootda daryo suvidagi loyqa
oqiziqlarning cho‘kib qolishi tabiiy holga aylanardi. Lekin, «Nilometr»dan ming
yillar davomida foydalanish davrida bunday hodisalar umuman qayd etilmagan va
shu tufayli inshoot yordamida uzluksiz kuzatishlar olib borilgan.
Bundan qariyb 1150 yil muqaddam qurilgan inshootning suv o‘lchash
aniqligi hozirgi kunda nafaqat u haqida xabardor bo‘lgan kishilarni, hatto shu soha
mutaxassislarini ham lol qoldirmoqda. Masalan, angliyalik gidrolog olim
A.K.Bisvas «Nilometr»ning suv sathini o‘lchash aniqligiga tan berib, «bu qurilma
Nil daryosi suvi sathini o‘ta aniq o‘lchagan» deb yozadi.
O‘rni kelganda shuni ham ta’kidlash lozimki, suv sathini aniq o‘lchashda
alloma taklif etgan yer osti suv yo‘llaridan foydalanish usuli ham hozirgi kunda
jahon suv o‘lchash amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. Masalan, daryolar, ko‘llar,
suv omborlari, kanallarda suv sathini o‘zi o‘lchab, yozib boradigan «Valday» yoki
okean va dengizlar suv sathlarini o‘lchashga mo‘ljallangan «Rordansa» tipidagi
qurilmalar, «Nilometr»dan andoza olib qurilgan. Shu bois ham xuddi «Nilometr»
usulida ishlaydi.
Ahmad al-Farg‘oniy ilmiy va amaliy faoliyatining bir tomchisi bo‘lmish
«Nilometr» shoirlarga ham ilhom bag‘ishlagan. Masalan, buyuk V.Shekspir
o‘zining «Antoniy va Kleopatra» asarida uni quyidagi mazmunda madh etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |