Laboratoriya ishi №3 №305-000 xavotaqsimlagichining tuzilishi, ishlashi va sinovi ishdan maqsad



Download 1,48 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#228195
Bog'liq
3 лаборатория иши


LABORATORIYA ISHI №3

305-000 XAVOTAQSIMLAGICHINING TUZILISHI, ISHLASHI VA SINOVI


Ishdan maqsad: 305-000 xavotaqsimlagichining tuzilishi, ishlashi va sinovi tormoz uskunalari, vagon, g‘amlama rezervuar, tormoz silindri, pnevmatik, elektropnevmatik, kolodkalar, bashmoq, triangel, traversa, richaklar ishlash sharoitida tekshirib ko’rish.
1. №305 elektrohavotaqsimlagichlar vazifalari va ularning asosiy xarakteristikalari
№ 305 elektrohavotaqsimlagichi elektropnevmatik tormozlar bilan jihozlangan harakatdagi tarkiblarda rezervli № 292-001 havotaqsimlagichi bilan yoki tez ta’sir qiluvchi uchlamchi klapanlar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Rezervli havotaqsimlagichlar g‘amlama rezervuarni zaryadkalash hamda elektropnevmatik tormoz o‘chib qolsa, yo ishlamasa, shuningdek stop-kran ishga tushib ketsa yoki poezd uzilgan hollarida tormozlashni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.

Elektrohavotaqsimlagichning bir qancha modifikatsiyalari qo‘llaniladi: № 105-000 lokomotivli tortishli yo‘lovchi poezdlariga va ikki o‘tkazgichli elektropnevmatik tormozlarga o‘rnatilgan; № 305-002 - rekuperativ-resostatli tormozi bo‘lgan elektropoezdlarga o‘rnatilgan; № 305-003 - huddi № 105-001 kabidir, lekin boshqalardan farqli ishi kuchlanishi 50 V bo‘lsa, bu erda esa ishchi kuchlanishi 110 V.

Elektrohavotaqsimlagich 2 pnevmatik reledan (8.1 - rasm) 9 tormozi elektromagnit ventili bo‘lgan 4 elektr qismidan, 6 perekrisha va selenli 8 ustun ( № 305-000 da) ,shuningdek qayta ulanuvchi 18 klapandan, ular o‘rnatiladigan kameradan (uning ichki hajmi 1,5 -1,6 l) tashkil topgan. Rezervli havotaqsimlagich shuningdek kamera flansida mahkamlangan bo‘lib, kameraning o‘zi esa tormoz silindrining privalli flansiga yoki maxsus kronshteyniga mahkamlangan.

Pnevmatik rele 16 korpusga ega bo‘lib, u jezli presslangan 16 egarli ichkariga kirgizuvchi klapanga presslangandir.

Korpusning pastki qismiga rezinali zichlab turuvchi 1 sokol aylantirib kirgizilgan. 13 rezinali diafragma relesi tashqi perimetri bo‘yicha rele korpusi va elektr qismi orasiga siqilgan, ichki perimetri bo‘yicha relening atmosferali klapanining rezinali birlashmasiga ega bo‘lgan yo‘naltruvchi stakandagi gaykaga siqilgan. Diafragma ostidagi bo‘shliq, tormozi silindri bilan, diafragma ustida esa - elektr qismi bilan aloqalanadi.

Elektr qismi 12 korpusi 5 yakor va 10 elektromagnitni yo‘naltiruvchi ikkita jez vtulkalar - 3, 11 presslangan. YAkorlarda klapanlarni rezinali zichlashtiruvchilari mavjud.

Elektromagnitlarning korpusi va flanetslari 9 elektromagnit ventili g‘altagining o‘zagi ostidan va 6 perekrisha ventili o‘zagi ostida atmosferali nippeli bilan bo‘lgan po‘latli membranalar bilan siqilgan.

Rasm. – 8.1. № 305 - 000 elektrohavotaqsmmlagichi.
Elektr qismi korpusi yuqoridan 7 qopqoq bilan berkitilgan. Elektromagnitlarning g‘altaklari quyidagi xarakteristikalarga ega: nominal kuchlanishi 50 V; ishga tushish kuchlanishi 30 V dan ko‘p emas; yakorlarning kuchlanishini tushishi 10 V dan kam emas; sim markasi PEV 1; simning diametri 0,21 mm; o‘ramlar soni 6000; qarshiligi 360 Om; nominal quvvat 7 Vt.

Kameradagi elektr qismi korpusi mahkamlanuvchi flanets bo‘shlig‘ida kolodka kamerasi tekis kontaktlariga tegib turuvchi uchta prujinali 17 kontaktlari o‘rnatilgan.

Qayta ulanadigan klapan ikkita 21 qopqog‘i bo‘lgan 20 korpusdan iborat bo‘lib, ular rezinali prokladkalar orqali shpilkalarga mahkamlanadi. Qopqoqlarda klapan egari va siqilgan havoni o‘tkazish uchun kanallari mavjud. Korpusda yon tomonidan rezinali zichlab turuvchi qayta ulaydigan 22 klapan o‘rnatiladi.

3 aryadka da (8.2 - rasm) siqilgan havo rezervli 2 havotaqsimlagichni 1 g‘amlama rezervuar orqali to‘ldiradi. Ikkala elektromagnitli 4,5 ventillari tokdan holi. Pnevmatik rele diafragmasi tepasidagi 6 bo‘shliq 4 perekrisha ventili orqali atmosfera bilan aloqalanadi. Tormoz silindri shuningdek 7 atmosfera klapani orqali yoki rezervli 2 havotaqsimlagichi orqali atmosfera bilan aloqalanadi.

Tormozlashda ikkala elektromagnit ventillari qo‘zg‘aladi, ular yakorlari qo‘zg‘aladi, 6 rele bo‘shlig‘i atmosferadan berkitiladi va g‘amlama re­zervuar bilan aloqalanadi.

Diafragma relesi oshib boruvchi bosimi bilan pastga egiladi, 7 atmosferali klapanni berkitadi va 8 iste’mol klapanini ochadi. Ochiq bo‘lgan iste’mol klapani orqali siqilgan havo g‘amlama rezervuardan tormoz silindriga keladi.

Silindrdagi bosimni oshishi uning xhjmidan qatiy nazar rele kamerasidagi bosimga tegishli ravishda oshib boradi: tormoz silindrining katta xajmida 8 iste’mol klapani kattaroq ochiladi, kichik xajmda esa iste’mol klapanini ochilishi kamayadi, chunki diafragma relesi ostida bosim­ni ko‘tarilishi sekin yoki juda tez sodir bo‘lishi mumkin emas. Tormoz silindri kanaliga siqilgan havo rele tomonidan qayta ulovchi 9 klapanni silindr elektrohavotaqsimlagich bilan aloqalanuvchi va havotaqsimlagichga olib boruvchi va atmosfera bilan aloqalanuvchi holatiga olib tashlaydi.

Poezd tormoz snlindrlarida zarur bosim olingandan so‘ng, mashinachi krani ushlagichini perekrisha holatiga o‘tkaziladi, boshqaruv zanjiridagi qutblilik o‘zgaradi, 5 tormoz ventili tokdan holi bo‘ladi va uning klapani g‘amlama rezervuarning 6 bo‘shliq, va rele kamerasi bilan aloqalanuvchi kanalni berkitadi; 4 perekrisha ventili tok ostida bo‘lib, uning klapani at­mosfera teshigini yopadi va rele kamerasida mavjud bosim saqlanadi. SHunday bosim rele va tormoz silindrida uning zichligidan qatiy nazar saqlanadi.

Tez to‘xtatish jarayonida mashinachi krani ushlagichini VI holatda eng kamida poezd to‘xtaguncha saqlab turiladi, g‘altaklarga tok ikkala elektromagnitli ventilli g‘altaklarga keladi va rele kamerasi 5 tormozlash klapani ventili orqali g‘amlama rezervuar bilan aloqalanadi. Bu bilan rele kamerasi zichligini tormoz ishiga ta’siri yo‘qotiladi. Tez to‘xtatishda elektrohavotaqsimlagich bilan birgalikda elektrohavotaqsimlagich harakatini rezervlaydigan havotaqsimlagich ham ishga tushadi.

Qo‘yib yuborishda ikkala elektromagnit ventili tokdan ho­li bo‘ladi, 6 bo‘shliq va rele kamerasi 4 perekrisha ventil klapani orqali atmosfera bilan aloqalanadi. Rele kamerasidagi bosim pasayadi diafragma yuqoriga egadi va rele kamerasidagi bosimini tegishli kamayishi bilan 7 klapan orqali atmosferaga tormoz silindri orqali siqilgan havoni chiqarib yuborilishi sodir bo‘ladi. Qo‘yib yuborish jarayonini har qanday vaqtda perekrisha ventili g‘altagiga tok uzatish bilan to‘xtatib qo‘yish mumkin, bunda rele kamerasining atmosfera bilan aloqalanuvchi kanali bekiladi. Bunday holda qo‘yib yuborish bosqichi hosil bo‘ladi. Elektropnevmatik tormoz boshqaruvi jarayoni odatda tormoz magistralini razryadkalamay amalga oshiriladi. Bu yuqori darajada tormozning emirilishidan saqlaydi, chunki perekrisha holatida havotaqsimlagich orqali g‘amlama rezervuarlarning iste’moli sodir bo‘ladi.

Magistralni razryadkalash bilan tormozlashni bajarish faqat taqiqlovchi belgiga yaqinlashganda, boshi berk stansiyaga kirilganda, to‘xtash platformalari oldida, ya’ni eletropnevmatik tormoz ishlamaganda pnevmatik boshqaruvga tezda o‘tish zarurati tug‘ilsa bajariladi. Elektropnevmatik tormozning normal ishida mashinachi kranining tenglashtiruvchi rezervuari poezddagi g‘amlama rezervuarga nisbatan sekinroq razryadkalanadi va havotaqsimlagich ishga tushmaydi. Ba’zi nosoz havotaqsimlagich esa ishlab ketishi mumkin.

№ 305 elektrohavotaqsimlagichi elektropnevmatik tormozlarning barcha ijobiy xususiyatlarini ta’minlaydi - ularning tez harakatlanuvchilik darajasining yuqoriligini tormozlashning boshqaruvchanligi va ravonligi, tormoz kuchining yuqori va past tomonga to‘g‘irlash imkoniyatining mavjudligi. U tormozlarni avtomatik boshqarish va poezdni belgilangan tezlikdan minimal og‘ishi bilan yurgizishga moslashgan.

Lekin bu uskuna bir qancha kamchilikka ega: tormoz silindridagi chegaralangan yuqori bosimning yo‘qligi; tormozlashda ikkala elektromagnit ventillarini qo‘zg‘atishning zarurligi - ham tormozli ham perekrishanikini, buning sababidan tok iste’moli ikki baravar oshadi; elektr iste’moli yo‘qolgan hollarda elektr boshqaruvida o‘z-o‘zidan tormozning qo‘yib yuborilishi, bu esa elektropnevmatik tormozlarni pnevmatiklilari bilan almashtiruvchi qo‘shimcha avtomatik uskunalarni qo‘llashni talab etadi. So‘nggi kamchiligi chiziqli simlarning toksiz holati tormozning qo‘yib yuborish xolatiga to‘g‘ri keluvchi qabul qilingan elektr boshqaruvi sxemasi bilan aniqlanadi. Bu boshqaruv sxemasi boshqa mavjudlari ichida bir qancha yutuqlarga ega, ulardan asosiysi - boshqaruv zanjirlari va elektr qismlarning har qanday nosozligida tarkibda tormozni qo‘yib yuborish mustahkamliligining yuqoriligi.

№ 170 elektrohavotaqsimlagichlari bilan 1947 -1961 yillarda chiqarilgan elektropoezdlar jihozlangan edi. Bu havotaqsimlagichlar o‘rniga №305 - 001 elektrohavotaqsimlagichlari 1962 yildan ishlab chiqarilmokda.

Prinsipnal sxemasi va ishlashiga ko‘ra № 170 va № 305 bir xil.

№ 371 elektrohavotaqsimlagichlari magnit - relsli tormoz bilan jihozlangan tezkor harakatdagi tarkib uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagi modifikatsiyalarga ega: 371 - 000 - 12 - lokomotiv tortishni yo‘lovchi vagonlari uchun , 371 - 000 - 13 - elektropoezdlarning pritsepli vagonlari uchun; 371 - 000 - 14 - reostatli tormoz bilan jihozlangan elektropoezd­larning motorli vagonlari uchun.

№ 371 - 000 - 12 elektrohavotaqsimlagichi quyidagi asosiy qismlardan iborat: bosh qismi, tez to‘xtatishni tezlashtiruvchi pnevmatik relesi bo‘lgan kameraga mahkamlangan elektr qismidan, № 371 - 000 - 12 va № 371 -000-14-elektrohavotaqsimlagichlari pnevmatik boshqaruvda ishga tushadi, lekin farqi shundaki № 371 - 000 -12 ni ishchi kuchlanishi 50 V, № 371 - 000 - 14 niki esa 110 V, elekgr sxemalari esa selenli to‘g‘irlovchisizdir.



№ 371- 000 - 13 elektrohavotaqsimlagichi № 371 - 000 - 14 dan elektro-magnitli almashtirish ventilining yo‘qligi bilan farqlanadi.

NAZORAT SAVOLLARI:


  1. № 305 elektrohavotaqsimlagichining asosiy qismlari qaysilar?

  2. № 305 elektrohavotaqsimlagichi elektropnevmatik tormozning qanday qoniqarli talablariga javob beradi?

  3. № 305 elektrohavotaqsimlagichining kamchiliklari nimalardan iborat?

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish