ADU BTSTI yo’nalishi maxsus sirtqi bo’limi 3-bosqich 305-guruh talabasi
Dildora G’ulomovaning ona tili
o’qitish metodikasidan yozgan
“Alifbe bayrami”
SSENARIYSI
Boshlovchi:-Assalomu alaykum, aziz murabbiylar, hurmatli ota-onalar, davramizga tashrif buyurgan qadrli mehmonlar! Bugungi 1-sinf o’quvchilarining “Savodxonlik bayrami”ga xush kelibsiz!
Muborak ayyomingiz,
Dillar quvonchga to’lsin.
“Alifbe” bayramingiz,
Barchaga qutlug’ bo’lsin.
O’quvchilar:
Rahmat sizga muallim,
Berdingiz bizga ta’lim.
Boshlovchi:-Qani bolajonlar, bayramimizni boshlaymizmi?
O’quvchilar:-Ha, albatta, boshlaymiz.
1-o’quvchi:
Salom sizga yurak to’ridan,
Daramizga yig’ilgan do’stlar,
Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib,
Deymiz sizga:”Xush kelibsizlar!”
2-o’quvchi:
Quyoshdek shu’la sochgan,
Bizni erkalab quchgan.
Sizgadir ushbu kalom,
Hamma:Muallimlar, assalom!
(O’quvchilar raqs ijro etishadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |