Ota-onalar yig`ilish bayonnomasi. N 12. 12. 2019Yil



Download 15.5 Kb.
Sana26.01.2020
Hajmi15.5 Kb.
Ota-onalar yig`ilish bayonnomasi.N 2.

12.12.2019Yil.

Qatnashdi 19 ta.

Qatnashmadi 5ta.

Kun tartibi:

1.Bolada jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish.

2.Boladek fikrlaymiz.(Trening)

3.Yangi yil bayramiga tayyorgarlik.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan guruh tarbiyachisi Raxmadjanova M.S so`zga chiqdi .Hurmatli ota-onalar birinchi masala yuzasidan kelib chiqqan holda shuni aytmoqchiman.

Yangi 2019-2020 oq`uv yilining birinchi yarim yilligida bolalarimizning sentyabr oyiga nisbatan rivojlanish ko`rsatkichlari yuqori darajada o`sgan.Bolalar bilan markazlarda ishlashda qiyinchiliklar nisbatan kamroq.Bolalar o`z xoxish-istaklarini bemalol dadil namoyish etmoqdalar.Bunda sizlarning e`tiboringiz xam yetarli darajada.Xammangizga juda yaxshi ma`lumki biz yangi “Ilk qadam” dasturi asosida beshta faollik markazlarida ishlayapmiz.Bu yangi dastur bolalarning yanada ko`proq o`yinli ta`limda o`zlarining “Men”nini rivojlantirmoqda bolalar asosan o`yin bilan mashg`ulotlarni o`tkazmoqdalar.Bu dastur asosida biz bolajonlar bilan juda ko`p ochiq mashg`ulotlar xam olib bordik.Buning uchun sizlarga xam katta raxmat aytaman bolalarga berilgan qaxramon kiyimlarini,niqoblarini va she`rlarini yodlatib bormoqdasizlar.Mana endi bolalaringizning rivojlanish xaritalarini ko`rib chiqishingiz mumkin.

Mana bu belgilar bolalarga qo`yiladigan davlat talablari standartlariga mos ravishda bolangiz talablarni bajarganliklari.Bajara olmagan bolalar kuzatuvning keying bosqichida kuzatilib yana belgilanadilar.

Kun tartibidagi 1-masala bo`yicha yig`ilish qaror qiladi

1.Bolalarda jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning fikrlarini e`tiborga olish.

2.Bolalarda ruhiy tushkunlikni yuzaga keltirmaslik.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan 44-DMTT katta tarbiyachisi Shabidinova F.E so`zga chiqdilar.Bolalar bilan avvalo muloqot qilganda ulardek fikrlashni o`rganish kerak ularning fikrlarini tinglay ola bilish kerak.Hozirgi zamon bolalari yangi texnalogiyalar asrida yashamoqda shuning uchun bolalar bilan faoliyat olib borganda mashg`ulotlarda AKT lardan ko`proq foydalanish kerak.Bolalar sizning aksingiz siz uyda qanday muhitni tashkil etsangiz bolalar shu muhitda rivojlanishadi.Iloji boricha bolalarning fikrlarini e`tiborga oling.Albatta vaqtlarini unumli o`tkazing.Keling endi sizlar bilan bolangizni qay darajada yaxshi bilishingizni sinab ko`ramiz.

Psixologik test.

Mana barchangizning test natijalaringizni olib bolalarning javoblari bilan tekshirib sizlarga javoblaringizni aytamiz.

Bolalar o`zlarining sirli olamlari borligiga ishonishadi shuning uchun ularning sirli olamlarida o`zlari yaxshi ko`rgan qaxramon bo`lishlariga to`sqinlik qila ko`rmang.

Oilaviy muammolarni bolalarsiz o`zingiz xal qiling.

E`tiboringiz uchun raxmat.


Kun tartibidagi ikkinchi masala bo`yicha yi`g`ilish qaror qiladi:

1.Boladek fikirlashni o`rganish.

2.Bolalarning sirli olamida eng zo`r qaxramon vazifasida bo`lish.

Kun tartibidagi uchinchi masala bo`yicha tarbiyachi Xasanova A so`zga chiqdi.Hurmatli ota-onalar 2 haftadan so`ng biz bolalarimiz bilan yangi yil bayramini o`tkazamiz.Sizlar bilan kelishgan holda yaxshi kayfiyatda o`tkazish niyatidamiz.Shu munosabat bilan xonamizni va musiqa xonasini bezatishimiz kerak .Shuning uchun hamkorlik qilishda yordam berasiz degan umiddamiz.Bayram uchun bolarga kiyimlar,niqoblar va turli bezaklarni ta`minlab berishingiz kerak.Tarbiyachilar bergan she`r,qo`shiqlarni va raqslarni uyda xam takrorlashingizni so`rayman.Bolalar kayfiyatini ko`tarish maqsadida yangi yil sovg`asini tashkil eting.

Kun tartibidagi so`ngi masala bo`yicha yig`ilish qaror qiladi:

1.Xona va zalni bezatish uchun hamkorlik.

2.Bolalarning kiyim va niqoblarini ta`minlab berish.

3 Yangi yil sovg`asini tashkil etish.

Quyida ko`rilgan vazifalar ota-onalar bilan birgalikda bajariladi.

Muddat:Doimo



Tarbiyachi:Raxmadjanova M.S

12.12.2019 Yil.
Download 15.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Alisher navoiy
Toshkent davlat
tashkil etish
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
tibbiyot akademiyasi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
universiteti fizika
fizika matematika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
Samarqand davlat
tabiiy fanlar