O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
“Amaliy matematika va informatika” yo’nalishi
18.06-guruh talabasi Otajonova Oyzoda Sodiqjon qizining
“Hisoblash usullari” fanidan “Galyorkin, kollakatsiya va Rits metodlari” mavzusidagi
KURS ISHI
Kurs ishi rahbari Ismoilov Axrorjon
FARG’ONA 2021
MUNDARIJA
I.BOB CHEGARAVIY MASALALARNI YECHISHDA VARIATSION VA PROYEKSION USULLAR 5
1.1. Chegaraviy masalalarni yechish usullari 5
1.2. Variatsion masalalar bilan chegaraviy masalalarning o`zaro aloqasi 10
1.3. Rits metodi 15
II.BOB PROYEKSION USULLAR 18
2.1. Proyeksion usullar bilan chegaraviy masalalarning o`zaro bog`liqligi 18
XULOSA 23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 24
KIRISH
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” asarida “…korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish” inqirozga qarshi choralardan biri sifatida ko`rsatilgan. Birinchi Prezidentimizning 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risidagi farmonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligini oshirish yo`nalishlari belgilab berilgan. Uning «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro`-e’tibori, avvalambor farzandlarimizning o`nib-o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir. Biz bunday o`tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak» degan oqilona gaplariga amal qilmog`imiz lozim. Bu vazifalarni zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tadbiqisiz bajarish mumkin emas. Ilmiy asoslangan rejalar tuzish, ularni amaliyotga joriy etish eng ilg`or axborot- kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2010 yil 17 dekabrdagi navbatdan tashqari sessiyasida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning qilgan ma’ruzasida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanish, shuningdek, internet tizimini o`quv va ilmiy ishlar jarayoniga tadbiq etish, o`zlashtirish hamda yanada rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri ekanligi qayd etildi.
Elektron hisoblash mashinalarining inson faoliyatining turli sohalariga tobora chuqurroq kirib borishi hozirgi zamon muhandislaridan hisoblash texnikasi va amaliy matematika usullarini yetarli darajada bilishlarini talab etmoqda. Oliy texnika o`quv yurtlarining talabalari birinchi kursdayoq hisoblash usullari va algoritmik tillarni o`rganadilar, ulardan umummuhandislik va maxsus fanlar bo`yicha laboratoriya ishlari, kurs ishlari hamda diplom ishlarini bajarishda foydalanadilar.
Hisoblash usullarini yuqori malakali mutaxassislar yaratadilar. Oliy texnika o`quv yurtlarining talabalari va ilmiy xodimlari shu usullarning asosiy g`oyalarini tushunsalar va o`z masalalarini yechishda ulardan foydalana olsalar shuning o`zi yetarlidir. Hozirgi paytda amaliy matematikaning qator bo`limlari bo`yicha chuqur mazmunli darsliklar, ilmiy va o`quv qo`llanmalari mavjud. Ammo, ularning ko`pida muayyan matematik yo`nalishgina yoritilgan bo`lib, oliy texnika o`quv yurtlarining talabalari ularni o`rganish uchun maxsus matematik tayyorgarlikka ega bo`lmaganliklari tufayli bu fanni o`zlashtirishda qiynaladilar. Ayniqsa hisoblash matematikasi usullari har tomonlama tushunarli qilib yozilgan qo`llanma va darsliklar o`zbek tilida yetarli emasligi talabalar uchun bir qancha qiyinchiliklar tug`dirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |