2-mavzu. Pеdаgоgik tехnоlоgiyaning rivоji 1-reja. Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy mohiyati



Download 33,54 Kb.
bet1/5
Sana28.07.2021
Hajmi33,54 Kb.
#130805
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy mohiyati


2-MAVZU. Pеdаgоgik tехnоlоgiyaning rivоji

1-REJA. 1. Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy mohiyati.

Respublikada ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq  o‘zgarishlar ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni milliy ruh bilan sug‘orish, samarali an’anaviy uslublarni saqlab qolgan holda yangilarini yaratish  va amaliyotda qo‘llash borasida olib borilayotgan ishlarga bog‘liq. Bu yo‘nalish keng  qamrovli bo‘lib, mazmunan takomillashib bormoqda. Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’limning butun jarayonini aniq reja asosida tashkil qilish hamda o‘quv jarayonini maqsadga ko‘ra individuallashtirishni nazarda tutadi.

Ta’lim tizimining fan, texnika va ishlab chiqarish sohalari bilan integratsiyalashuviga erishuvini ta’minlashni bugungi kunning dolzarb muammosi sifatida kun tartibiga qo‘yilishi bu borada muayyan vazifalarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ta’lim mazmunini tubdan yangilash, uni ilg‘or qarashlar bilan boyitishga erishish, ta’lim-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini ta’minlash ana shunday vazifalar sirasiga kiradi.

Rivojlangan mamlakatlar ilmiy-pedagogik tajribasi, mamlakatimizda ilmiy-metodik izlanishlar olib borgan va borayotgan pedagog-olimlar ilmiy-metodik xulosalarining ko‘rsatishicha, zamonaviy ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini o‘z ichiga qamrab olgan yangi pedagogik texnologiyalar qo‘yilgan maqsadga erishishga kafolat beradi.

Respublika Prezidenti Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda quyidagi fikrlarga alohida e’tibor berish lozimligini ta’kidladi: "Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlashni alohida nazoratga olish zarur"[9].

Malakali kadrlarni tarbiyalash uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, ushbu jarayonning muvaffaqiyatli yakunlanishi yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan o‘qitish texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llashni va keng ko‘lamli axborotlardan foydalanishda tezkorlikka erishishni taqozo etadi. 

Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy­axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy­tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosnijamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g‘oyalari amaliyotga keng ko‘lamda muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to‘laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga etkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutishi lozim. CHunonchi, mazkur jarayonning uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da «... ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv­tarbiya jarayonini yangi o‘quv­uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog‘i zarur.

Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog­o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalari mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Pedagogik texnologiya (PT) barkamol insonni shakllantirishni kafolatlovchi jarayonni tashkil qilishning ilmiy-uslubiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. SHu nuqtai nazardan pedagogik texnologiya tahsil oluvchini mustaqil mutolaa qilish, bilim olish, erkin fikrlay olishga o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.

SHu o‘rinda, shuni alohida e’tirof  etib o‘tish joizki,  jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jadallik bilan taraqqiy etib, jahon  hamjihatligida  o‘zining siyosiy,  iqtisodiy, ma’naviy, madaniy mavqeini  kundan-kunga orttirib bormoqda. Bu  kelajakda xalq xo‘jaligining  barcha jabhalarida, jumladan, sanoat,  qishlok xo‘jaligi, madaniyat, maorif sohalarida  ishlaydiganlarning  bilimdon, ishbilarmon  tadbirkor, tashabbuskor   bo‘lishini talab etadi. Bunday xususiyatlarga  ega bo‘lishning  tamal toshi   maktab ostonasida  qo‘yiladi.  SHunga ko‘ra bunday shaxslarni  tarbiyalash  uchun o‘qitish va  tarbiyalashning mavjud, strategik usullari, shakllari,  vositalari  etarli emas. Demak, ta’lim – tarbiya jarayoniga  yangi  pedagogik texnologiyalarni  tadbiq  etish  lozim. Bu birinchi  zaruriy  shartlardir. Ikkinchi zaruriy shart  B. Ziyomuhammedov  va  SH. Abdullaevalar  o‘z risolalarida  tavsiflaganlaridek:

-         ma’lum sabablarga ko‘ra jahon hamjihati  taraqqiyotidan  ortda  qolib ketgan  jamiyatimiz, taraqqiy etgan  mamlakatlar  qatoridan  o‘rin olishi  uchun, aholi  ta’limini  jadallashtirish va  samaradorligini  oshirish  maqsadida  eng  ilg‘or  pedagogik tadbirlardan foydalanish  ehtiyojining paydo bo‘lishi;

-         ikkinchidan,  an’anaviy  o‘qitish  tizimi yozma va og‘zaki  so‘zlarga  tayanib  ish ko‘rish  tufayli  axborotli o‘qitish  sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi  faoliyati  birgina  o‘quv jarayonining  tashkilotchisi sifatida  emas, balki nufuzli bilimlar  manbaiga  aylanib qolganligi;

-         uchinchidan, fan-texnika  taraqqiyotining  o‘ta rivojlanganligi  natijasida axborotlarning keskin  ko‘payib  borayotganligi  va ularni  yoshlarga  bildirish uchun maktab vaqtining chegaralanganligi;

-         to‘rtinchidan, kishilik  jamiyati   o‘z taraqqiyotining  shu  kundagi  bosqichida   nazariy va emperik bilimlarga  asoslangan tafakkurdan tobora  foydali  natijaga  ega bo‘lgan, aniq yakunga  asoslangan  texnik  tafakkurga   o‘tib borayotganligi;

-         beshinchidan, yoshlarni  hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng  ilg‘or bilim  berish  usuli hisoblangan  ob’ektiv borliqqa  tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni  talab qilishidan»  iborat. (9,7-8).  

   Ilmiy-pedagogik nazariyaning ta’kidlashicha, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilganligi  emas balki, an’anaviy  (bayon qilish, eslab qolish) shaklda olib borilayotganligi, tahsil oluvchilarning aniq  tafakkuri  paradigma  (namuna) misollari asosida o‘qitilayotganligi  natijasida mustaqil fikrlash, o‘zgalar fikriga  ko‘r-ko‘rona ergashishning  shakllanayotganligi uchinchi zaruriy shartdir.  Bu hol, albatta,  Har qanday taraqqiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ta’lim oluvchilarni uzoqni ko‘rolmaydigan holga solib qo‘yadi. Bilimli bo‘lish, iste’dodni  rivojlantirish, ijodiy tafakkurni takomillashtirishning yagona yo‘li  - yangi  pedagogik texnologiyalardir.

   Xullas, mutaxassis o‘zi o‘qitadigan  o‘quv predmeti mashg‘ulotlarini  YAPT  asosida tashkil etib, darslarni loyihalashtirsa,  ta’lim jarayoni  takomillashadi, ijodiy faoliyat yuksaladi, ilg‘or  tajriba  mukammal o‘zlashtiriladi  va ularni  amalda qo‘llash  uchun imkoniyatlar  yaratiladi.


Download 33,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish