O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
Malakaviy amaliyot bo’yicha
HISOBOT
Bajaruvchi: “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
F.I.SH
yo’nalishi I-kurs talabasi ____________________________________
F.I.SH
Tekshiruvchi - Amaliyot rahbari: ______________________
Buxoro -2022
M U N D A R I J A :
Kirish………………………………………………………………………………………………
1.O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. TIF Milliy Bank …………………
2. TIF Milliy Bank chakana biznes va korporativ bo’limi vazifa va funksiyalari.
3.Chakana biznes bo’limi va korporativ bo’limida mijozlarga hizmat ko’rsatish.
Xulosa va takiflar ……………………………………………………..
Kirish
Bank - pul mablaglarini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-xisob va boshqa vositachilik operatsialarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Banklar paydo bo’lishining asosi bo’lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi xisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo’lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo’lishini taqazo etadi.
Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o’z bo’sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo’lgan subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank so’zi italyancha «banka» so’zidan olingan bo’lib, «stol», «pullik stol» degan ma’noni anglatadi, chunki o’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo’yib xisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancheri» deb atalib, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u o’tirgan stol sindirib tashlangan va uni «Bancorotto», ya’ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo’lishining boshlang’ich nuqtasi bo’lib XVI asrda Florensiya va Venesiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar xisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o’z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular o’rtasida naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan.
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan.
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694 yilda aksioner bank sifatida tashkil bo’lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo’lgan.
Natural xo’jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotik munosabatlarining rivojlanishi pullik xisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo’l ochdi.
Ssuda kapitalisti asosan o’z bo’sh mablag’ini karzga berib ssuda foizi sifatida daromadga ega bo’lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larni kreditga berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo’sh pul mablag’larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag’ni jamlab uni xarakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. TIF Milliy Bank
Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini yig’uvchi, uni unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag’larini samarali ishlatish asosida o’z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operasiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi.
Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug’ildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |