HISOBLASH GEOMETRIYASINING ASOSIY TUSHUNCHA VA USULLARI, KO'RINMAS CHIZIQLAR VA SOHALARNI YO'QOTISH ALGORITMLARI
Reja:
Kirish
I BOB Ko’rinmas chiziq va sirtlarni olib tashlash algoritmlari.
1.1. Ko’rinmas sirtlarni ajratish va olib tashlash algoritmi.
1.2. Ko’rinmas chiziqlarni olib tashlash. Roberts algoritmi.
II BOB Hisoblash geometriyasining asosiy tushunchasi
2.1. Hisoblash geometriyasini usullari, ko'rinmas chiziqlar.
2.2. Sohalarni yo'qotish algoritmlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizning prezidenti bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan globallashuv jarayonida oliy ta’lim tizimida ham tub ishotlarni amalga oshirishni, oliy ta’lim tizimini xalqaro talablar va standartlar asosida rivojlantirishni hayotning o‘zi talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bevosita tashabbusi asosida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida oliy ta’lim muassasalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab qo‘yilmoqda. Bu vazifalarni hayotga tadbiq etishda fuqarolik jamiyati institutlarining ham bevosita ishtiroki nazarda tutiladi.
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va rolini nazariy jihatdan o‘rganish va tahlil qilib borish dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar dasturga muvofiq, 2017-2021 yillarda 48 ta OTMlarda jami 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari obyektlar qurilishi, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari bajariladi. Shuningdek, 53 ta OTMda 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta OTMda barcha OTMlar foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi. Mazkur Dasturga asosan, 2017-2021 yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatiladi. Shu asosda har yili 350 dan ortiq xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlar mamlakatimiz OTMlariga o‘quv jarayoniga jalb etiladi.
Hоzirgi ijtimоiy-iqtisоdiy sharоitda O`zbekistоn ta’lim tizimi оldida turgan vazifalardan biri -ahоlining keng tabaqasiga sifatli va tushunarli ta’lim berishdan ibоrat. Ko`zatishlar shuni ko`rsatmоqdaki, Respublikamizda an’anaviy ta’lim tizimi uddasidan chiqmaydigan, ta’lim xizmatiga zarurat tug’ilayotgan shaxslar kоntingenti paydо bo`lmоqda.
Masоfaviy ta`limda talaba va o`qituvchi fazоviy bir-biridan ajralgan hоlda o`zarо maxsus yaratilgan o`quv kurslari, nazоrat shakllari, elektrоn alоqa va Internetning bоshqa texnоlоgiyalari yordamida dоimiy mulоqоtda bo`ladilar. Internet texnоlоgiyasini qo`llashga asоslangan masоfaviy o`qitish jahоn axbоrоt ta`lim tarmоg`iga kirish imkоnini beradi, integratsiya va o`zarо alоqa tamоyiliga ega bo`lgan muhim bir turkum yangi funktsiyalarni bajaradi.
Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini (EATR) yaratish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dasturiy ta’minotlar tahlilini bayon etishdan oldin, EAT resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik.
EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik ko‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi[Fanning o‘quv–metodik majmuasi/ O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2009-yil].
Do'stlaringiz bilan baham: |