Hayotimiz guli, oftobi- ayol



Download 21.28 Kb.
bet1/6
Sana13.05.2020
Hajmi21.28 Kb.
  1   2   3   4   5   6

HAYOTIMIZ GULI, OFTOBI- AYOL

Sahna uzra onalar madhini tarannum etuvchi yoqimli, hazin kuy taraladi. Sahnaga 1-boshlovchi bo'lib, o'g'il bola va 2-boshlovchi sifatida qiz bola ohista yurib, chiqib kelishadi.



1-boshlovchi:

  • Jannat onalaming poyida emish...

«Onadan tug'ilgan payg'ambarlar ham».

Munis onajonlar sochlari kumush,

Topar duosidan ming dardlar malham.

2- boshlovchi:

- Onam, onajonim, nuri jahonim,

Tengi, timsoli yo'q, farishta onam.

Jannat isi anqir janbil, rayhonim,

Chin ibrat maktabi har ishda onam.

1- boshlovchi:


  • Assalomu alaykum, dilbar va latofatli ayollar-muhtarama onajonlar! Aziz ustozlar! Qadrli opa-singillar! Bir-biridan lobar, go'zal qizlar!

Fahmlagandirsiz, sizning yurak taftingizga bu yilgi juda qattiq kelgan qahraton qish-qirovli kunlar ham dosh bera olmay, ortga chekinib, ko'klam nafasi ufira boshladi.

2- boshlovchi:

Ona diyorimiz uzra bahor nasimlari esib turgan ushbu orombaxsh, umidli kunlarda xonadonlarimiz farishtasi, oila qo'rg'oni va fayz bag'ishlovchi, biz farzandlarni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazuvchi, Yaratganning tengsiz mo’jizasi bo'lgan ayol zotini ulug'lash uchun yig'ildik, yuragimizdagi eng yuksak, nozik tuyg’ularni ifoda etgan holda bahorning ilk shodiyonasi - go'zallik va nafosat bayrami - 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash uchun» yig'ildik.

1-boshlovchi:

-Muhtarama onajonlar! Tadbirimizda ishtirok etayotgan aziz ayollar! Ustozlar, opa-singillar, lobar qizlar!

Barchalaringizni go'zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Toleingiz hamisha baland, umringiz uzoq, xonadoningiz tinch oilangiz totuv, rizqu nasibangiz ziyoda bo'lsin!

2-boshlovchi:

Dunyoda shunday bir ulug' zot borki, Tangri o’zi uni mukarram qilgan. Ne bir fotihlar uning qarshisida tiz cho'kmagan, butun boyligi va qudrat'ni uning poyiga sochishga tayyor turmagan, deysiz?




Download 21.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
navoiy nomidagi
samarqand davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
rivojlantirish vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
fanining predmeti
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
haqida umumiy
fizika matematika
Toshkent axborot
vazirligi muhammad
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati
Navoiy davlat