Hayot faoliyati xavfsizligidan 8-seminar mashĝuloti



Download 98,5 Kb.
bet1/2
Sana14.03.2021
Hajmi98,5 Kb.
#61692
  1   2
Bog'liq
8-topshiriq(1-u)
nemis tili 12, foydalanilgan adabiyotlar, foydalanilgan adabiyotlar, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mashinasozlik korxonalarida inn, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mashinasozlik korxonalarida inn, asm 6, Shirinova Dilshoda Kompyuter lingvistikasi 2, Shirinova Dilshoda Kompyuter lingvistikasi 2, 1-SINF Texnologiya-конвертирован, 5-SINF Biologiya, avtokredit-shartnoma, avtokredit-shartnoma, ingliz 5 2, Poytaxt

Hayot faoliyati xavfsizligidan 8-seminar mashĝuloti

Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar:

1. Kuchlanish ostida bo‘lgan o‘tkazgichlarni qo‘l etmaydigan qilib bajarish;

2. Elektr tarmoqlari o‘tkazgichlarini ayrim joylashtirish;

3. Elektr qurilmalari korpusida elektr tokining hosil bo‘lishiga qarshi chora-tadbirlarni belgilash:

a) kam kuchlanishga ega bo‘lgan elektr manbalaridan foydalanish;

b) ikki qavatli muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash;

v) potensiallarini tenglashtirish;

g) yerga ulab muhofazalash;

d) nol simiga ulab muhofazalash;

e) muhofaza o‘chirish qurilmalaridan foydalanish;

4. Maxsus elektr muhofazalash sistemalaridan foydalanish;

5. Elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chora- tadbirlarini qo‘llash.



Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr o‘tkazgichlarini qo‘l etmaydigan qilib bajarishda tok o‘tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash, ularni bo‘y etmaydigan balandliklarga o‘rnatish, shuningdek, o‘tkazgichlarni to‘siq vositalari bilan ta’minlash kiradi.

Elektr tarmoqlarini ayrim joylashtirishda - elektr tarmoqlarini o‘zaro transformator yordamida tarmoqlarga bo‘lib yuborish tushuniladi. Buning natijasida ajratilgan tarmoqlar katta muhofaza izolyasiyasi qarshiligiga ega bo‘ladi, shuning bilan o‘tkazgichlarining erga nisbatan sig‘imi kichkina bo‘lganligidan xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi va uning turlari

Har qanday elektr qurilmasini, agar uning metall korpuslarida elektr kuchlanishi hosil bo‘lishi xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’iy nazar, uning korpusini yerga ulab qo‘yiladi va bu elektr qurilmalarini yerga ulab muhofaza qilish deb ataladi.

Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bo‘lsa uni yerga o‘tkazib yuborishdan iborat.

Elektr qurilmalarni yerga ulab muhofaza qilishning asosiy hususiyati, qurilma korpusiga o‘tib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat.

Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, yerga qoqilgan va elektr tokini yerga o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o‘tkazgich tushuniladi. Yerga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo‘ladi: bir joyga yig‘ilgan va kontur bo‘yicha joylashtirilgan.

Nolga ulab muhofaza qilish

Elektr qurilmalarining tok o‘tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo‘yish nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi.

Muhofazalovchi nol simi elektr manbai g‘altagining neytral qismlarini mustahkam erga ulash bilan boshlanib uch faza bilan birlikda to‘rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo‘ylab tortib boriladi va iloji boricha ko‘proq (ma’lum masofalarda) yerga ulab boriladi.

Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi yerga ulab muhofaza qilishniki bilan bir xil, ya’ni elektr asbobi korpusiga o‘tib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat. Nolga ulab muhofaza qilishning ishlash prinsipini korpusga o‘tib ketgan elektr tokini nol simi bilan ulash hisobiga qisqa tutashuv hosil qilish bilan, elektr qurilmasiga kelayotgan tok kuchining ortib ketishiga erishiladi. Buning natijasida elektr qurilmasini muhofaza qilish uchun o‘rnatilgan saqlovchi-eruvchi qurilmani yoki saqlovchi avtomatni o‘chirish bilan elektr qurilmasiga kelayotgan elektr tokini uzib qo‘yiladi. Bunday vazifani bajaruvchi, saqlovchi-eruvchi qurilmalar yoki avtomatlar oldindan elektr qurilmasidagi elektr tokining ma’lum miqdorda oshishiga mo‘ljallab o‘rnatib qo‘yiladi.



Saqlovchi qurilmalar yordamida korpusiga tok o‘tkazib yuborayotgan (buzilgan) elektr qurilmasini saqlovchi-eruvchi qurilmalar o‘rnatilganda o‘chirish 5-7 s, avtomatlar yordamida esa 1-2 s davomida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari nolga ulangan qismlar erga qo‘yilgan bo‘lganligi sababli saqlovchi-eruvchi qurilmalar elektr qurilmasini o‘chirguniga qadar ularni erga ulab muhofaza qilish sistemasi sifatida kishilarni elektr toki xavfidan saqlab turadi.

Boshqacha aytganda, nolga ulangan elektr sistemasida erga ulanganligi sababli kuchlanish xavfsiz darajaga tushib qolgan bo‘ladi.


Download 98,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi