Hayot faoliyati xavfsizligidan 8-seminar mashĝuloti



Download 98,5 Kb.
bet2/2
Sana14.03.2021
Hajmi98,5 Kb.
#61692
1   2
Bog'liq
8-topshiriq(1-u)

Muhofazalovchi o‘chirish qurilmasi

Agar elektr qurilmasi korpusida inson hayoti uchun xavfli kuchlanish hosil bo‘lib qolsa, uni tezda o‘chirish imkoniyatini beradigan qurilmalarga muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari deyiladi.

Bunday tokning hosil bo‘lishiga masalan, elektr toki fazasi korpusga urib ketishi, tarmoqda hisobga olingan kuchlanishga nisbatan kuchliroq kuchlanish paydo bo‘lishi va boshqalar sabab bo‘ladi. Bunda elektr tarmoqda elektr parametrlarining o‘zgarishi ro‘y beradi. Masalan, elektr qurilmasi tok o‘tkazmaydigan qismlarida kuchlanish paydo bo‘ladi, fazadagi kuchlanish erga nisbatan o‘zgaradi va boshqalar.

Muhofazalovchi o‘chirish qurilmasi, xavf hosil qilgan elektr asbobni 0,2 s dan oshmagan vaqt davomida o‘chirish imkoniyatini berishi kerak.

Muhofazalovchi o‘chirish asbobi bir qancha qismlardan tashkil topgan bo‘lib, asosan elektr sistemasida biror bir parametrning o‘zgarishini sezib, elektr sistemasiga berilayotgan tokni avtomatik uzuvchi qurilmaga signal beradi. Bu elementlarning asosiysi qabul qiluvchi qurilma bo‘lib (asosan qabul qiluvchi qurilma sifatida rele qo‘llaniladi), u elektr sistemasidagi parametr o‘zgarishlarini qabul qiladi, agar kelayotgan signal kuchsiz bo‘lgan holda uni kuchaytiruvchi qurilma o‘rnatiladi, shuningdek, bu sistemaning to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirib turuvchi nazorat asboblari hamda signal lampalari o‘rnatilishi mumkin.

Avtomatik tokni uzish qismining vazifasi olingan signalga asoslanib elektr qurilmasini ta’minlayotgan elektr tarmog‘ining butunlay uzib qo‘yishdan iborat.

Elektr sistemalarining saqlovchi qurilmalari sistemada elektr quvvati nominal miqdordan ortib ketgan taqdirda avtomatik ravishda tokni uzib qo‘yadi. Muhofaza qurilmasi elektr sistemasidagi tok quvvati nominal miqdordan 25% ortib ketsa, muhofaza qurilmasiga o‘rnatilgan eruvchan qism erib ketadi va tok kelishi to‘xtaydi. Bu eruvchan qismni elektr sistemasiga berilayotgan tok kuchining maksimal zarur miqdoriga moslab tanlanadi. Uning erib ketish vaqti undan o‘tayotgan tok kuchiga bog‘liq.

Agar tok kuchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, eruvchi qism 0,2 s davomida erib ketadi.

Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trubkasimon turlari bo‘ladi, ularning hammasida ham eruvchi qismni o‘zgartirish imkoniyati bor.

Elektr yordamida qo‘lda ishlatiladigan - drel, gayka buragich, silliqlovchi, pardoz berish mashinalari va boshqalarga elektr tokiga oson ulanib, oson o‘chirilishi, ishlatish davrida tok o‘tkazuvchi qismlariga odamning tegib ketish va tok ta’siriga tushib qolish xavfi bo‘lmasligi talablari qo‘yiladi.

Bunday asboblar bilan ishlaganda elektr toki ta’siriga tushib qolish, uning metall korpuslari orqali, yaxshi erga ulangan metall qismlarda turib ishlov berayotgan vaqtda, zax xonalarda ish bajarishda, shuningdek, ochiq havoda ish olib borganda bo‘lishi mumkin. Xavfli sharoitlarda ishlaganda ushbu elektr asboblarini elektr xavfi darajasini kamaytirish uchun ishlatish kuchlanishi 36 V dan oshmagan, 1 kvt gacha quvvatga ega bo‘lgan, chastotasi 200 Gs li elektr quvvatidan foydalanish tavsiya etiladi.

Qo‘lda ishlatiladigan asboblarni 110 va 220 V kuchlanishlarda ishlatishga faqat xavfsiz xonalarda ish olib borishda ruxsat etiladi.

Qo‘lda ishlatiladigan elektr asboblarining tuzilishida xavfsizlikni ta’minlash elementlari bo‘lishi, shuningdek, 36 V kuchlanishdan ortiq, kuchlanishda ishlaydigan asboblar uchun, diametri 4 mm dan kam bo‘lmagan o‘tkazgichdan tayyorlangan, nol simiga yoki erga ulangan simga ulash uchun qisqichga ega bo‘lishi shart.

Elektr asbobini tokka ulash ko‘p simli kabellardan tashkil topgan bo‘lishi, oddiy sim bo‘lgan taqdirda rezina shlang kiygizilib muhofazalangan bo‘lishi lozim.



Ko‘pincha bunday kabellar tarkibida nolga, erga ulash uchun mo‘ljallangan simlar ham bo‘ladi. Rozetkalarda esa erga ulangan yoki nol simi nuqtalari bo‘ladi.

Test javoblari: 1 B. 2 C. 3 C. 4 C. 5 C.
Download 98,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish