Haydarqulova Sarvinoz
1. Ona plata ( motherboard) - bosh plata hisoblanadi va barcha chip , qurilmalarni bir- biriga ulash uchun asos . Ona plata birlashtiradi va boshqaradi .
2. Windows operatsion tizimi - bu maxsus dastur, asosiy vazifasi kompyuter ishini boshqarish , kompyuter va foydalanuvchi o'rtasida muloqotni o'rnatish , tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash , har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta'minlash . Windows operatsion tizimining daslabki versiyasi 1991-yil yaratilgan Windows 3.1 ,keyin Windows 95 ,98 ,2000 va 2001 versiyalari mavjud . Windows -ing. "Window - Oyna" degan ma'noni anglatadi , Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi .
3. Markaziy protsessor - kompyuterning boshqa apparat va dasturiy ta'minotidan buyruqlarining aksariyatini talqin qilish va bajarish uchun mas'ul bo'lgan kompyuterning asosiy qurilmasi . Markaziy protsessor - ( CPU ing. Central Processing Unit ) kompyuterning dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarini bajaradigan asosiy ish komponenti bo'lib , hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi.
4.Tezkor xotira - kompyuterning muhim qismi undan amallarni bajarish uchun programma belgilarni oladi va amalni bajarib , natijani yana unda saqlaydi. Kompyuter o'chirilsa tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar yo'q bo'lib ketadi , shuning uchun ularni qattiq diskda saqlash lozim .
5. Qattiq disk -- kompyuterlarni HDD ( yani inglizcha Hard -qattiq , Disk Drive ) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo'lmaydi bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb atash mumkin.
6. Doimiy xotira- kompyuterga berilgan va avvaldan unga joylashgan doimiy xotira mavjud . Bunday xotirani faqat o'qish mumkin , shuning uchun ham u ROM Read only memory - faqat o'qish uchun deb ataladi .Qurilmalarga xizmat ko'rsatishning asosiy fumksiyalarini bajarish uchun foydalaniladi .
7. Kesh xotira - bu kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi .U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashadi .
8. Video karta - lotincha ko'ryapman va saggeya - varoq - kompyuterdagi mos keluvchi qurilma boshqaruvida monitor ishini boshqaruvchi mikrosxema . Videolarta kuchli animatsion videolar yaratishda keng foydalaniladi.
9.Ovoz kartalari- audio kartalar deyiladi , asosan 2 xil Musiqiy va Multimedia . Bu qurilma ovozni qayta ishlash, yozish, filmlar yoki o'yinlar ko'rish , musiqa tinglash uchun foydalaniladi.
10.Tizimli blok - kompyuterning asosiy elektron qurilmasi va u quyidagilardan tashkil topadi : Tizimli plata , tezkor xotira ,qattiq disk , markaziy protsessor v a tok manbai bloki .
11.Klaviatura - 101-105 ta klavishlardan tashkil topgan. Ular vazifasiga ko'ra 5 turga bo'linadi : 1. Harflar va raqamlar, 2. Boshqaruvga oid klavishlar, 3.Funksional klavishlar , 4. Kichik sonlar kiritadigan klavishlar, 5.Maxsus belgilardan iborat belgilar .
12. Sichqoncha-- sichqoncha odatda 2 yoki 3 tugmali bo'ladi : chap ,o'ng va o'rta . Chap tugmada asosan vazifalar bajariladi ,suriladi . O'ng tugma kontekst tugma . O'rta tugma esa varoqlash uchun foydalaniladi.
13. Lazerli disklar -- kompakt disklar disk yurituvchi CD--ROM egiluvchan disklar usti lazer bilan qoplangan va lazer nuri disk yo'lakchasi bo'ylab yo'naladi.
14. Elektr ta'minot bloki --shaxsiy kompyuterda elektr energiyasi bilan taminlash, ichki sistalarni sovutish va ichki komponentlarni himoyalash .
15.Yumshoq disk -- diskyurituvchi va yumshoq disk kompyuterda dastur dastur ,matn ,rasm va boshqa ko'rinishdagi ma'lumotlarni saqlash uchun mo'ljallangan .
16. Printer -- kompyuterda olingan natijalarni ,programma va berilganlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. 3 xil bo'ladi : 1. Matritsali 2. Oqimli 3. Lazerli
17. Skaner -- matn ,grafika tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Uning xarakteristikasi rangli va rangsiz qilinishi mumkin
18.Plotterlar -- chizmalarni qog'ozga chiqaruvchi qurilma. Bu loyihachila va arxitektura uchun juda qulay.
19. Web kamera -- raqamli serverdan iborat tarmoq qurilmasi , video kuzatuvni tashkil qilish va video uzatish uchun qurilma sifatida ishlatiladi.
20. Qulochinlar-- musiqa ,nutq yoki boshqa tovushlarni shaxsiy tinglash uchun mo'ljallangan qurilma .
21. Monitor -- matn va grafiklarni ma'lumotlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi . 3 xil turlari bor : 1 qavariq ,2 elsd ,3 ploski .
22. Modem -- uzluksiz signallarni raqamli va raqamli ma'lumotlarni uzluksiz signalga almashtirib beradigan, internetni tarqatuvchi qurilma kompyuterlararo aloqani o'rnatish .
23. Planshet--mobil qurolma ,noutbooklarga qaraganda kamroq operativ xotiraga ega
24 . Noutbooklar -- hajmi ixcham, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuter darajasiga deyarli teng . Ular elektr energiyasi va batareyasi bilan ishlatish mumkin.
25. Super kompyuter - katta tezlikni talab qiladiga va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun foydalaniladi.
26. Kuler ( sovutgichlar) --
27. Flesh xotira -- u doimiy emas bu xotira texnologiyasida ma'lumotlar quvvatni kesganda saqlanadi degan manoni anglatadi.
28. Wi- fi -- simsiz aloqa o'rnatish texnologiyasi, internet, tarmoq qurish uchun vosita hisoblanadi.
29. Bluetooth -- bu qisqa masofaga simsiz aloqa texnologiyasi mobil telefonlar kompyuterlar va tadhqi qurilmalar kabi qurilmalarga qisqa masofadan ma'lumotlarni yoki ovozni simsiz uzatish imkonini beradi .
30. Kalonka -- ovozni kuchaytirib beruchi qurilma .
Do'stlaringiz bilan baham: |